Научная статья на тему '“BOBURNOMA” VA “JAHONGIRNOMA” ASARLARIDA MIRZO ULUG’BEK SHAXSI'

“BOBURNOMA” VA “JAHONGIRNOMA” ASARLARIDA MIRZO ULUG’BEK SHAXSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yuldashev B.U.

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) qalamiga mansub tarixiy asar “Boburnoma” o‘rta asrlarda yaratilgan nodir manbalardan biri hisoblanadi. Dastlab bu asar “Vaqo’e” deb atalgan va muallif Movarounnahr, Xuroson va Hindistonda o‘z boshidan o’tkazgan va ko‘rgan voqealarni bayon qilgan. Keyinchalik “Boburnoma” sifatida shuhrat topgan bu mashhur asar muallifi Bobur Temuriylar saltanatining Farg‘ona ulusida tavallud topgan. Otasi Umar Shayx mirzoning fojiali vafotidan so’ng hali o’n ikki yoshga ham to’lmagan Bobur taxtga o’tirgan va tanazzulga yuz tutgan Temuriylar davlatini saqlab qolishga harakat qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“BOBURNOMA” VA “JAHONGIRNOMA” ASARLARIDA MIRZO ULUG’BEK SHAXSI»

"BOBURNOMA" VA "JAHONGIRNOMA" ASARLARIDA MIRZO

ULUG'BEK SHAXSI

Yuldashev B.U.

ilmiy xodim, Temuriylar tarixi davlat muzeyi https://doi.org/10.5281/zenodo.11159922 Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) qalamiga mansub tarixiy asar "Boburnoma" o'rta asrlarda yaratilgan nodir manbalardan biri hisoblanadi. Dastlab bu asar "Vaqo'e" deb atalgan va muallif Movarounnahr, Xuroson va Hindistonda o'z boshidan o'tkazgan va ko'rgan voqealarni bayon qilgan. Keyinchalik "Boburnoma" sifatida shuhrat topgan bu mashhur asar muallifi Bobur Temuriylar saltanatining Farg'ona ulusida tavallud topgan. Otasi Umar Shayx mirzoning fojiali vafotidan so'ng hali o'n ikki yoshga ham to'lmagan Bobur taxtga o'tirgan va tanazzulga yuz tutgan Temuriylar davlatini saqlab qolishga harakat qilgan.

Boburning amakisi Samarqand hukmdori Sulton Ahmad mirzoning vafotidan so'ng Buyuk Amir Temur poytaxtini egallash uchun Movarounnahrdagi temuriyzodalar o'rtasida ayovsiz kurash boshlanadi. Sulton Ahmad mirzoning o'g'il farzandlari yo'q uchun avvaliga Samarqand taxtiga Boburning yana bir amakisi Sulton Mahmud mirzo o'tirgan. Bir yil o'tmay Sulton Mahmud mirzo ham hayotdan ko'z yumgan va unung o'g'illari o'rtasida tax tuchun kurash boshlangan. Bu kurashda Farg'ona podshohi Bobur ham ishtirok etgan.

O'n to'rt Yoshida bobokaloni Amir Temur taxtini egallagan Bobur Farg'onada boshlangan isyon sabab Samarqandni tashlab chiqqan. Oradan uch yil o 'tib u yana Samarqandni egallaydi, ammo bu safar Shayboniyxon boshliq Abulxayriy sultonlar tomonidan uzoq qamalda qolgan va yana shaharni tashlab chiqqan. Taqdir taqozasi bilan Movarounnahrni ham tark etgan Bobur 1504 yili Kobulda o'z davlatiga asos solgan. Asta-sekinlik bilan o'z davlati sarhadlarini kengaytirib borgan Bobur 1511 yili uchinchi marta Samarqand taxtini egallagan. Bobur bu gal ham mustahkam o'rnashib qololmagan va Hisor orqali Kobulga qaytib ketgan. Keyinchalik esa Shimoly Hindistonni fath etgan Bobur turkiy tilda "Boburnoma" ni yozishga kirishgan.

Farg'ona va Movarounnahr shaharlari, o'sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot, hayvonot va tabiat olamini yoritgan muallif temuriylar tarixi va shajarasini ham keltirib o'tgan. Bobur o'z asarining bir necha joylarida ulug' mutafakkir olim va hukmdor Mirzo Ulug'bek haqida ma'lumotlar berib o'tgan.

Bobur bobokaloni Amir Temur va Ulug'bek qurdirgan me'moriy obidalar va bog'-rog'lar haqida maroq bilan hikoya qilgan. "Ulug'bek mirzoning imoratlaridin

Samarqand qal'asining Ichida madrasa va xonoqohdur. Xonaqohning gunbazi bisyor ulug' gunbazdur, olamda oncha ulug' gunbaz yo'q deb nishon berurlar. Yana ushbu madrasa va xonaqohga yovuq bir yaxshi hammom solibtur, Mirzo hammomig'a mashhurdur, har nav' toshlardin farshlar qilibtur. Xuroson va Samarqandta oncha hammom ma'lum emaskim, bo'lg'ay. Yana bu madrasaning janubida bir madrasa solibtur, Masjidi Muqatta' derlar. Bu jihattin Muqatta' derlarkim, qit'a-qit'a yig'ochlarni tarosh qilib , islimiy va xitoiy naqshlar solibtur, tamom devorlari va saqfi ushbu yo'sunluqtur. G'olibo bu masjidning qiblasi bila madrasa qiblasining orasida bisyor tafovuttur." [2, B.60]

Mirzo Ulug'bekning astronomiya sohasidagi ilmiy yutuqlari va alloma tuzgan "Ziji Ko'ragoniy" nomli asari o'sha paytlardayoq keng shuhrat topgan. Ammo vaqt o'tishi bilan Ulug'bek qurdirgan rasadxona vayronaga aylanib tuproq ostida qolib ketgan. Samarqandlik arxeolog V.L. Vyatkin 1908-yili rasadxonaning qoldiqlarining aniq joyini topishga muvaffaq bo'lgan. [4, B. 60]

Zahiriddin Muhammad Bobur rasadxona haqida shunday ma'lumotlarni bergan: "Yana bir oliy imorati Pushtayi Ko'hak domanasida rasaddurkim, zij bitmakning olatidur. Uch oshyonliqdur. Ulug'bek mirzo bu rasad bila "Ziji Ko'ragoniy"ni bitibdurkim, olamda holo bu jij musta'maldur. O'zga zij bila kam amal qilurlar." "Boburnoma" dagi bu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki Mirzo Ulug'bek tomonidan tuzilgan zij bundan besh asr avval ham olamda mashhur bo'lgan. Ulug'bek rasadxonasining aynan Ko'hak tepaligi qoshida qurilishini olimlarimizdan S. Azizov bu yerda ilgari Amir Temur qurdirgan "Bog'i Naqshi Jahon" nomli bog' bo'lgani va Ulug'bek mirzo bobosining bunyodkorlik ishini mazmunan boyitgan, deb ta'riflagan. [1, B. 109-110]

Darhaqiqat Ulug'bek mirzo o'zi ham Ko'hak tepaligining g'arb tomonida bog' soldirgan. Bobur podshoh bu bog'ning nomi Bog'i Mavsum bo'lgani haqida yozib, uning ta'rifini shunday bayon qilgan: Bu bog'ning o'rtasida bir oliy imorat qilibtur, Chilsutun derlar. Du oshyona, stunlari tamom toshdin. Bu imoratning to'rt burchida to'rt minordek burchlar qo'porubturlarkim, yuqqorig'a chiqar yo'llar bu to'rt burjdindur. O'zga tamom yerlarda toshdin sutunlardur" "Boburnoma" da Ulug'bek soldirgan bog'ning o'rtasidagi imoratning yuqori qavatida to'rtta ayvon bo'lgani va o'rtasi chordara uy bo'lbani, osha bog'da yana bir chordara bo'lgani, uning nomi Chinnixona deb atalishsi, uni qurgan usta Xitoydan bo'lgani ham zikr qilingan.

Bobur podshoh o'z asarida Movarounnahr tarixi va Temuriyzodalar shajarasi bo'yicha ham nodir ma'lumotlarni yozib qoldirgan. Bu o'rinda avvalo Sohibqiron Amir Temurdan song Samarqand taxtiga o'tirgan temuriyzodalarni sanab o'tgan va ular orasida eng uzoq tojdorlik qilgam Mirzo Ulu'gbek ham bor. "Temurbek Samarqandning hukumatini Jahongir mirzog'a berib edi. Jahongir mirzoning

favtidin so'ng, ulug' o'g'li Muhammad Sulton Jahongirga berdi. Shohrux mirzo jam'e Movarounnahr viloyatini ulug' o'gli Ulug'bek mirzog'a berdib edi. Ulug'bek mirzodin o'g'li Abdullatif mirzo oldi. Bu besh kunlik o'tar dunyo uchun andoq donishmand va qari otasini shahid qildi" [2, B.61-62]

"Boburnoma" da nafaqat Ulug'bek mirzoning kim tomonidan o'ldirtirilgani, balki o'sha voqeanuing aniq tafsilotlari va qatl etilgan yil ham keltirilgan: Ulug 'bek bahri ulumi xirad, Ki dunyovu dinro az o ' budpusht. Zi abbos shahdi shahodat chashid, Shudash harfi tarix "Abbos kusht".

Tarjimasi: Ilm va aql dengizi bo'lgan Ulug'bek dunyo va dinning tayanchi edi. Abbos qo'lidan shahidlik bolini totdi.

Yuqoridagi to'rtlikning oxirgi satridagi "Abbos kusht" so'zlarining arab alifbosidagi harflarning yi'gindisi abjad hisobida 853 raqamini ifodalaydi. Hijriy 853 yil milodiy 1449-1450 yillarga mos keladi.

Bobur Samarqandda uzoq yillar hukmronlik qilgan Ulug'bekni taxtdan ag'dargan o'g'li Abdullatifning bu qilmishini qattiq qoralab, uning o'zi ham olti oy ham saltanat qilmaganini zikr qilgan va shunday baytni keltirgan: Padarkush podshohiro nashoyad, Agar shoyad bas hash mohash napoyad.

Tarjimasi: Otasini o'ldirgan podshoh bo'lolmaydi, agar bo'lsa ham olti oydan ortiq bo'lolmaydi.

"Boburnoma" da Ulug'bek mirzoning o'limiga sababchi Abdullatifning o'limining abjad hisobidagi tarixi "Bobo Husayn kusht" so'zlaridan iborat ekanini ham yozib o'tgan.

Bobur podshoh Hindistonda vafot etganidan so'ng uning avlodlari uch yarim asrdan ko'proq hukmronlik qilib madaniy va madaniy hayotda ulkan o'zgarishlar qilganlar. Boburiylar davlatining to'rtinchi vakili Nuriddin Muhammad Jahongir (1569-1605) bobokaloni Bobur podshoh kabi tarix ilmiga alohida havas qo'ygan va o'zi ham "Jahongirnoma" nomli asar yozgan. Fors tilida yozilgan bu tarixiy asar ba'zan "Tuzuki Jahongiriy" deb ham ataladi. Jahongir podshoh o'zining o'n ikki yillik hukmronligi yillari voqealarini bay on qilganidan so'ng yozganlarini kitob holiga keltirib birinchi jild sifatida ushbu tarixiy kitobdan nusxa ko'chirib tarqattirgan. Kitobning ikkinchi jildi keyin yozilgan va Jahongir podshohning so'nggi o'n yilini qamrab olgan va muallif so'nggi yillardagi voqealarni o'zi yozmagan. Kasallikka chalingan podshoh bu asarni Boburiylar saroyidagi tarixchilardan biri Mu'tamidxonga topshirib, o'zi tahrir qilib borgan.

"Jahongirnoma" asarida Mirzo Ulug'bek haqida ham ma'lumotlar uchraydi. Jahongir podshoh taxtga o'tirganining uchinchi yili voqealarida saroy amaldorlaridan Munis Khon podshohga qimmatbaho ko'za sovg'a qilganini yozgan. [3, B.146]. Bu ko'zada Mirzo Ulug'bek ismi o'yib yozilgan bo'lgan. Podshoh bundan xursand bo'lib o'z ismini ham o'yib yozishga buyruq bergan.

"Boburnoma" va "Jahongirnoma" asarlarida olim va hukmdor Mirzo Ulug'bek nomi ko'p marta tilga olingan. Ulug' allomaning yozgan asarlari ham Hindistonga yetib borgan. Ulug'bekning ilmiy va ma'naviy merosi Hindiston va boshqa mamlakatlarda hozigi kunda ham keng o'rganilmoqda. "Boburnoma" va "Jahongirnoma" kabi asarlarda Ulug'bekning tilga olinishi va boburiyzoda podshohning bu nom bilan o'z ismini yonma-yon yozdirib faxlanishi bejiz emas.

Adabiyotlar:

1. Азизов С. Абу Райхон Беруний ва Марказий Осиёда астрономик билимлар. - Тошкент: O'zbekiston, 2023. - 128 б.

2. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. -Тошкент: Шарк. 2002. - 336

бет.

3. Nuriddin Muhammad Jahongir. Jahongirnoma. - New Delhi: Munshiram Manoharlal Publishers. - 478 р.

4. Кары-Ниязов Т.Н. Астрономическая школа Улугбека. - М-Л: Издательство Академии Наук СССР. - 330 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.