Научная статья на тему '“BOBURNOMA” ASARIDA KELTIRILGAN AYRIM GEOGRAFIK OBYEKT VA HUDUDLARNING TAVSIFI'

“BOBURNOMA” ASARIDA KELTIRILGAN AYRIM GEOGRAFIK OBYEKT VA HUDUDLARNING TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
toponim / kent / maʼmura / qasaba / “yigʻoch” (masofa oʻlchov birligi) / relʻef / togʻ / feruza / iqlim / Sayhun / xrestomatiya / muxtasar / yetti pora.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Sobirova Shahnoza Sobir Qizi

Zahriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”asarida geografiya faniga doir ulkan ilmiy meros jamlangan boʻlib, unda keng qamrovli geografik maʼlumotlar beradigan. Ushbu asarda XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston tabiati, xalqlari tarixi, har bir tasvirlanayotgan hududning geografik oʻrni, qazilma boyliklari, iqlimi, oʻsimliklari, va hayvonot dunyosining muhim jihatlari tavsiflangan. Maqolada Zahriddin Muhammad Boburning ilmiy merosining geografik jihatlari talqin qilingan va “Boburnoma”da tilga olingan ayrim hududlarning tavsifi berilgan. Ayrim joy nomlari va terminlarini izohi hamda “Boburnoma” asarida ochib berilgan geografik qonuniyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“BOBURNOMA” ASARIDA KELTIRILGAN AYRIM GEOGRAFIK OBYEKT VA HUDUDLARNING TAVSIFI»

"BOBURNOMA" ASARIDA KELTIRILGAN AYRIM GEOGRAFIK OBYEKT VA HUDUDLARNING TAVSIFI

Sobirova Shahnoza Sobir qizi

FarDU, geografiya yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11424840

Annotatsiya. Zahriddin Muhammad Boburning "Boburnoma"asarida geografiya faniga doir ulkan ilmiy meros jamlangan bo'lib, unda keng qamrovli geografik ma'lumotlar beradigan. Ushbu asarda XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindiston tabiati, xalqlari tarixi, har bir tasvirlanayotgan hududning geografik o'rni, qazilma boyliklari, iqlimi, o'simliklari, va hayvonot dunyosining muhim jihatlari tavsiflangan. Maqolada Zahriddin Muhammad Boburning ilmiy merosining geografik jihatlari talqin qilingan va "Boburnoma"da tilga olingan ayrim hududlarning tavsifi berilgan. Ayrim joy nomlari va terminlarini izohi hamda "Boburnoma" asarida ochib berilgan geografik qonuniyatlar to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: toponim, kent, ma'mura, qasaba, "yig'och" (masofa o 'lchov birligi), rel'ef, tog', feruza, iqlim, Sayhun, xrestomatiya, muxtasar, yetti pora.

Zahiriddin Muhammad Bobur tarixda shox, sarkarda, Hindistonda Boburiylar sulolasining asoschisi sifatida emas, balki buyuk olim, shoir, tarixchi, sayyoh, geograf, o'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi sifatida o'chmas iz qoldirgan. Boburning sarguzashtlarga boy hayoti o'zining ilmiy me'rosi "Boburnoma" asarida keltirilgan. Ushbu asar XV asr oxiri XVI asr boshlarida O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindiston tabiati, xalqlari tarixi, har bir tasvirlanayotgan hududning geografik o'rni, iqlimi, o'simliklari, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi va umuman Boburning Farg'ona vodiysida o'tgan yoshlik yillaridan to Hindistonda podsholik qilgan yillarigacha bo'lgan voqea hodisalarni o'z ichiga olgan asardir.

Asar va unda keltirilgan tarixiy voqealar hamda geografik ob'ektlar O'zbekiston, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Pokiston, Afg'oniston, Italiya, Hindiston kabi mamlakatlarning olimlari tomonidan tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda. Masalan, 1980-1985 yillarda dunyoning eng nufuzli tashkilotlaridan biri - UNESCO tashabbusi bilan "Boburnoma" fransuz tilida bosib chiqarilganligi unga bo'lgan qiziqishni benihoyat katta ekanligidan dalolat beradi.

"Boburnoma" ni ilmiy tadqiq etishda O'zbekistonlik olimlarning xizmatlari kattadir. Boburning geografik me'rosi hassos olim, atoqli geograf Hamidulla Hasanov tomonidan atroflicha o'rganilgan. H.Hasanov Boburning hayoti va uning me'rosini chuqurroq o'rganish maqsadida Bobur izidan Andijondan Hindistonga safar uyushtirgan. Keyinchalik Bobur va uning geografik me'rosi haqida risola yozgan. Boburning buyuk me'rosini o'rganish shuning uchun ham zarurki, "Boburnoma" o'zbek tilida yozilgan dastlabki tabiiy va tarixiy geografik ilmiy asarlarning eng yirigidir. H.Hasanov ta'biri bilan aytganda "Bobur Farg'ona va Samarqand, Afg'oniston va Hindiston geografiyasini o'zbek tilida birinchi bo'lib tasvirlagan olim, desak xato bo'lmas". Undagi keng qamrovli ma'lumotlar shu darajada qimmatliki, mana besh asrdan buyon tarixchilar, geograflar, tilshunoslar, sharqshunoslar, etnograflar, adabiyotshunoslar va botaniklarni o'ziga jalb qilib kelmoqda.

Risolada Bobur me'rosining geografik jihatlari talqin qilingan va "Boburnoma"da tilga olingan yirik joylar xaritasi ishlangan. Ayrim joy nomlari va terminlarini izohlab bergan. Binobarin, muallif "Boburnoma"ning geografik qonuniyatlarini to'la ochib bergan. Masalan

"Bobumoma"dan Qobul (Afg'oniston) viloyatining geomorfologik, iqlimiy va geobotanik rayonlashtirishga oid misollarni uchratish mumkin. Shu bois, Zahiriddin Muhammad Boburni geografiya ilmida nafaqat o'sha davrning balki, bugungi kunning ham bilimdoni ekanligini ko'rsatadi.

Boburnoma asari - nafaqat tarixiy, siyosiy, madaniy, badiiy asar, balki keng qamrovli geografik ma'lumotlar haqida mufassal ma'lumot beradigan noyob yodgorlikdir. Asarda O'rta Osiyo va Janubiy Osiyo o'lkalarining tabiiy geografik sharoiti va ob'ektlari yani rel'efi, iqlimi, suvlari, tuprog'i, o'simlik va hayvonot dunyosi geografik jihatdan g'oyatda qiziqarli tasvirlangan.

Boburnomada keltirilgan ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, Zahiriddin Muhammad Bobur asosiy vaqtini tog'u dashtlarda jang qilib, ov va sayohatlar uyushtirib tabiat bilan hamohang o'tkazgan. Bu unda geografik bilim va tasavvurlarning naqadar kengayishiga, qonuniyatlarni tez anglashiga sababchi bo'lgan. Shuningdek, tabiatning sir asroslarini yaxshi bilishi janglarda g'olib bo'lishiga ham qo'l kelgan. U o'zi yurgan yo'llar, o'zi bo'lgan shahar va qishloqlarni, o'zi ko'rgan va kechirgan hodisalarni o'ta ziyraklik bilan, ustamona, hamma uchun tushunarli tarzda aniq tasvirlagan.

Zahiriddin Muhammad Boburni geografik bilimlarni yoritishda qiyosiy geografik tadqiqot usullarini birinchi qo'llagan olim sifatida ham bilamiz. U o'zi ko'rgan hududlarni boshqa yaxshi bilgan hududlar bilan taqqoslagan, solishtirgan. Masalan, Qobul shaharini tasvirlaganda Samarqand bilan quyidagicha taqqoslaydi: " Qobul havosidek havoli yer olamda borligi ma'lum emas. Yozlarda kechalari po'stinsiz yotib bo'lmaydi. Qishda, garchi qor aksar katta tushsada, lekin Samarqandchalik qattiq sovug'i yo'qdir. Samarqand va Tabriz hushhavolikda mashhurdir, lekin u shaharlarda qattiq sovuq bo'ladi", "Samarqandning qori Qobulcha bo'lmasa ham, yozlarda yaxshi havosi bor", "Koson havosi yaxshi... hushhavolikda O'sh bilan Kosonnig o'xshashligi bor", "Issiq iqlim va sovuq iqlim orasidagi chegara hudud - Bodomchashma dovonidir.

Bu dovonning Qobul tarafida qor yo'g'adi. Quruqsoy va Lamg'onot tarafida qor yog'maydi. Bu dovondan tushgach, kishi o'zga bir olamga duch kelgandek bo'ladi: daraxtlar o'zgacha, o'tlar o'zgacha, jonivorlar o'zgacha, elning urf odati o'zgacha". Bunday qiyisiy tasvirlar Boburnomada juda ko'p uchraydi. Bu o'quvchiga hudud tabiiy xususiyatlarining bir - biridan farqini yoki o'xshashligini bilishga, shuningdek, tabiat komplekslarining zonal va regional almashinish qonuniyatlarini anglashga yordam beradi.

Zahiriddin Muhammad Bobur o'zi borgan hududlarning, viloyatlarning, shaharlarning geografik o'rni, joylashuvi, rel'efi, geologiyasi, iqlimi, o'simlik va hayvonot dunyosi, qishloq xo'jaligi, ekologiyasi haqida ham ko'plab tafsilotlar keltiradi. Ularning ba'zilari: Hududlarning geografik o'rni, joylashuvi haqida quyidagicha bayon qiladi: "Farg'ona viloyati beshinchi iqlimdandir. Tevarak atrofi tog'lar bilan o'ralgan. Sharqi Qoshg'ar, g'arbi Samarqand, janubi Badaxshonning chegarasi - tog'lar, shimolda ilgarilar Olmoliq, Olmotu va Yangi singari shaharlar bo'lgan ekan, uni kitoblarda o'tror deb yozarlar...", " Yer yuzining aholi yashaydigan qismida Samarqandcha latif shahar kamroqdir".

Zahiriddin Muhammad Bobur yosh bo'lishiga qaramay, o'lkamizning orografik qiyofasini tasavvur qila olgan. Olim 15-16 yasharligida Farg'ona, Samarqand va Toshkent oralig'ini bir necha marta kezib chiqqan. 19 yoshga to'lgan yili Hisor tarafidan tog'ga ko'tarilib, Fondaryo va Iskandarko'l orqali Zarafshon vodiysiga o'tib, Samarqandga kelgan. Ba'zi vaqtlarda askarlari bilan yo'lni qisqartirish maqsadida tog'ni aylanib o'tmasdan, uni oshib o'tib yangi oshuvlarni, dovonlarni ham kashf qilgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur hududning geologiyasi haqida, o'zi ko'zi bilan ko'rgan, eshitgan foydali qazilmalar, madanlari haqida ham ma'lumotlar berib o'tadi: "O'shning janubi-sharqida bir ko'rkam tog' bor, Baroko'h (Sulaymon tog'i) deb nomlanadi. Bobur o'zi sayohat qilgan hududlardagi iqlim va ob-havo sharoiti, jumladan, fasllari, harorat, yog'ingarchilik, namlik, shamollari haqida ma'lumot beradi. Masalan, Bobur hozir Afg'onistonning poytaxti bo'lgan Qobul iqlimini yozi issiq, qishi mo'l-ko'l bo'lgan "ajoyib ob - havo" deb tariflaydi. Shuningdek, Samarqand shahridagi ob - havo haqida yozadi va shaharda qishda "qattiq sovuq", yozda "haddan tashqari issiqlik" bo'lganini ta'kidlaydi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozim, Zahiriddin Muhammad Bobur mamlakatni, o'lkani, undagi shaharlarning geografik joylashuvini, iqlimini, rel'efini, tog', daryo, o'simlik va hayvonot dunyosini batafsil bilgan. Boburning fikriy doirasi nihoyatda keng, xotirasi esa nihoyatda tengsiz, haqiqatda kishini hayratda qoldiradigan darajada bo'lgan. Undagi keng qamrovli ma'lumotlar shu darajada qimmatliki, mana besh asrdan buyon tarixchilar, geograflar, tilshunoslar, sharqshunoslar, etnograflar, adabiyotshunoslar va botaniklarni o'zida jalb qilib kelmoqda. Uni koinotdagi, tabiatdagi barcha narsalar qiziqtirgan. Shu boisdan, Zahiriddin Muhammad Boburni mubolag'asiz mashhur sayyoh, alpinist, geograf olim deb atashimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. -T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. 2002. I-tom, -736 b.

2. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. -T.: -Sharq. 2014. -665 b.

3. Qudratullayev H. Bobur armoni. -T.: -Sharq nashriyoti, 2009.

4. Jalilov S. Boburva Andijon. -T.: - O'zbekiston nashriyoti, 1993. -102 b.

5. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.- Toshkent.: "O'qituvchi". 2017.

6. Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. Z.M.Bobur; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi; Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi; Xalqaro Bobur fondi. -T: "O'qituvchi" NMIU, 2017. -368 b.

7. Hasanov H. Sayyoh olimlar. - Toshkent: "O'zbekiston", 1981, -b. 183-206.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.