Научная статья на тему 'BО‘LAJAK XOREOGRAFLARGA FRANSUZ TILINI О‘QITISHDAGI AYRIM О‘ZIGA XOSLIKLAR'

BО‘LAJAK XOREOGRAFLARGA FRANSUZ TILINI О‘QITISHDAGI AYRIM О‘ZIGA XOSLIKLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / xoreografiya / xorijiy tillarni о‘qitish / fransuz tili / xoreografik terminlar / о‘zbek raqsi / anatomik terminlar / toponimlar va antroponimlar / ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ravshan Jomonov

Xorijiy til о‘qituvchisi imkon qadar о‘rganilayotgan chet tilini puxta bilishi, mashg‘ulotlarni erkin-ijodiy tarzda tashkil eta olishi, tayyorlanayotgan mutaxassislikning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Ushbu maqolada xoreografiya ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga fransuz tilini о‘rgatishning ayrim jihatlariga tо‘xtab о‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BО‘LAJAK XOREOGRAFLARGA FRANSUZ TILINI О‘QITISHDAGI AYRIM О‘ZIGA XOSLIKLAR»

BO'LAJAK XOREOGRAFLARGA FRANSUZ TILINI O'QITISHDAGI AYRIM

O'ZIGA XOSLIKLAR Ravshan Jomonov

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori v.b., filologiya fanlari nomzodi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10820884

Annotatsiya. Xorijiy til o'qituvchisi imkon qadar o'rganilayotgan chet tilini puxta bilishi, mashg'ulotlarni erkin-ijodiy tarzda tashkil eta olishi, tayyorlanayotgan mutaxassislikning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Ushbu maqolada xoreografiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga fransuz tilini o'rgatishning ayrim jihatlariga to'xtab o'tiladi.

Kalit so'zlar: ta'lim, xoreografiya, xorijiy tillarni o'qitish, fransuz tili, xoreografik terminlar, o'zbek raqsi, anatomik terminlar, toponimlar va antroponimlar, ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari.

Har bir davrning jamiyat oldiga, xususan, ta'lim-tarbiya oldiga qo'yadigan talablari bo'ladi. Jumladan, Yangi O'zbekistonni yaratishning, jamiyatni rivojlantirishning ham o'ziga xos talablari maydonga chiqmoqda. Mana shunday talablardan biri, bugungi kun taqozo etayotgan ehtiyojlardan biri - xorijiy tillarni puxta o'rganish, jahon andozalari asosida mutaxassislar tayyorlash bo'lib turibdi. Shu boisdan ham keyingi yillarda mamlakatimizda bu borada talay ishlar olib borilmoqda. Binobarin, bu soha bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va Vazirlar Mahkamasining me'yoriy hujjatlari qabul qilindi.[1] Hozirgi paytda xorijiy til o'qituvchilari ko'rsatib o'tilgan hujjatlar asosida ta'lim-tarbiyani tashkil etish, talabalarda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish, ularni ilmiy-nazariy bilimlar bilan qurollantirish ustida bosh qotirmoqdalar.

Nazarimizda, xorijiy til o'qituvchisi imkon qadar o'rganilayotgan chet tilini puxta bilishi, mashg'ulotlarni erkin-ijodiy tarzda tashkil eta olishi, tayyorlanayotgan mutaxassislikning o'ziga xos xususiyatlarinri hisobga olishi lozim. Biz ushbu maqolada xoreografiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga fransuz tilini o'rgatishning ayrim qirralariga to'xtalib o'tmoqchimiz.

Ma'lumki, xoreografiya, ya'ni raqs san'ati o'ta noyob san'at turlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli ham raqs san'atining o'ziga xos xususiyatlari: noverbal san'at turlaridan biri ekanligi, asosan, qo'l va oyoq harakatlaridan tashkil topgani, imo-ishoralar tilidan foydalanishi, milliy mentalitet yaqqol aks etgani, tana a'zolaridan unumli foydalana olish zarurligi, raqs va musiqaning o'zaro uyg'unligi va sh.k. holatlar hisobga olinishi zarur. Bizningcha, fransuz tili darslarida milliy raqsdagi har bir harakat va holat alohida ko'rib chiqilishi, imkon qadar talabalardan foydalangan holda raqs terminlarining o'zbek va fransuz tillarida bir-biriga mos keladigan variantlari tushuntirib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Biz o'z tajribamizdan kelib chiqqan holda asosiy e'tiborni kishi ta'na a'zolarini ifodalovchi so'zlar - anatomik terminlarga qaratishga harakat qilamiz. Buning uchun, eng avvalo, talabalardagi anatomik bilimlar tekshirib ko'riladi. Keyin esa ularning o'zbek va fransuz tillaridagi muqobillari solishtiriladi. Masalan, birgina qo'l atamasi orqali raqs san'atida juda ko'p harakat va holatlarning yuzaga kelishi, ularni ifodalashda ishlatiladigan terminlarning yasalishi haqida ma'lumot beriladi. Chunki xoreografiya san'atida qo'l va oyoq harakatlariga jiddiy e'tibor qaratiladi. Shunisi xarakterliki, qo'l so'zining fransuz tilidagi variantlari bir necha bo'lishi mumkin: le bras, la main va h.k. Oyoq so'zi bilan bog'liq so'z va so'z birikmalarida ham aynan

shunday holatni kuzatish mumkin. Chunki oyoq so'zining fransuzcha variantlari le pied, la jambe va sh.k ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.

Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, xoreografiya san'atida kishi tana a'zolarini ifodalovchi so'z va so'z birikmalari, ya'ni anatomik terminlar juda muhim rol o'ynaydi. Mana shunday ehtiyojni hisobga olgan holda anatomik terminlarning qisqacha lug'atini yaratishga harakat qildik.[2] Bunda, avvalo, kishi tana a'zolarining hammasini emas, balki raqs harakatlarida bevosita ishtirok etadigan faol terminlarni tanlab oldik. Mazkur lug'atchaning asosiy maqsadi -o'rganuvchilarda raqs bilan bog'liq harakatlarni boshqalarga o'rgatishda yordam berish, o'zbek milliy raqsining mazmun-mohiyatini fransuz tilida erkin bayon eta olishga ko'maklashishdir. Ushbu lug'atchada anatomik terminlar alohida lug'at maqolasi tarzida qoraytirilgan shriftda berilgan hamda ularning fransuzcha muqobillari keltirilgan. Binobarin, ayni shu terminlar bilan bog'liq so'z va iboralar bosh so'zga ilova qilingan hamda ularning lug'aviy ma'nolari ochib berilgan. Masalan, barmoq doigt m; qo'l barmog'i doigt m; oyoq barmog'i arteil m; oyoqning bosh barmog'i gros arteil; qo'lning bosh barmog'i pouce m; ko'rsatgich barmoq index m; o'rta barmoq medius m; nomsiz barmoq annulaire m. [2,6] Nazarimizda, talaba bunday tipdagi lug'atdan unumli foydalana oladi hamda xoreografik terminlarni o'zlashtirish va amaliyotda qo'llashi osonlashadi.

Pedagogik tajriba shuni ko'rsatadiki, bo'lajak xoreograflarga fransuz tilini o'qitishda xoreografik terminlar, anatomiyaga oid so'z va iboralardan tashqari madaniyat va san'atga oid so'zlardan ham unumli foydalana olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun esa hozirgi axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda ish yuritish zarur bo'ladi. Masalan, Fransiyada nashr etiladigan gazeta va jurnallar: Le monde, Le Figaro kabi ommaviy nashrlardan foydalanish samarali bo'ladi. Negaki, ko'rsatib o'tilgan gazetalar yoki juda katta nusxada chop etiladigan jurnallarda madaniyat va san'atga oid maqolalar ko'p beriladi. Talabaga mazkur nashrlardan foydalanish yo'l-yo'riqlari tushuntirib berilsa, ham ularning til ko'nikmalari tezroq shakllanadi, ham bilim doirasi kengayib boradi. Ayni paytda talabalar Internet saytlaridan ham unumli foydalana olishlari, fransuz tili, adabiyoti, madaniyati va san'atiga doir materiallarni izlab topishi muhim sanaladi. Shu o'rinda faqat tarjima dasturlaridan emas, balki mavjud materiallarning mazmun-mohiyatini ilg'ab olishiga e'tibor qaratilishi lozim bo'ladi.

Odatda, xorijiy tillarni o'qitishda avval nazariy materiallar o'rgatiladi: fonetik qonuniyatlar, grammatik qoidalar, lug'at tarkibi, nutq uslublari, til tarixidan materiallar beriladi. Bularning hammasi ilmiy va metodik jihatdan o'zini to'liq oqlaydi. Ayni paytda xorijiy tillarni o'rganishda o'sha xalq adabiyoti namunalari, kuy-qo'shiqlari ham o'rgatib borilishi maqsadga muvofiq ko'rinadi. Nazarimizda, hozirgi axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda fransuzcha roman va novellalarni tinglash imkoniyati ham mavjud. Darvoqe, Balzak, Merime, Stendal, Mopassan, Gugo kabi mashhur adiblarning asarlarini originalda tinglash, ularni yozma matn bilan solishtirib chiqish nihoyatda foydali bo'ladi. Ayniqsa, Molyerning sahna asarlarini birgalikda tomosha qilish, keyin esa ularni birgalikda muhokama qilish, bizningcha, juda yaxshi samara beradi. Shuningdek, Youtube kanali orqali Fransiya televideniyesi va radiosini kuzatib borish ham samarali bo'ladi. Ayniqsa, "France 24", "France culture" kabi manbalardan foydalana olish mahoratini talabaga o'rgatib borishimiz zarur. Bularning hammasi, oxir-oqibatda, fransuz tilini o'rganishni yengillashtirib, so'z o'zlashtirishga ko'maklashadi, so'z va iboralarni yodda saqlash va amalda qo'llashda yordam beradi.

Ma'lumki, til lug'at tarkibining muayyan bir qismini joy nomlari-toponimlar va kishi ismlari-antroponimlar tashkil etadi. Har qanday xorijiy tilni o'rganishda ayni shu tipdagi so'zlarni tahlil qilish muhim. Chunki bunday so'zlar talabaning xotirasida tezroq saqlanadi, ularning yozilishini eslab qolish esa imlo savodxonligi sari yo'l ochadi. Masalan, France, Paris, Lion, Marseille, Toulouse, Notre Dame de Paris, Sorbonne, Charle de Gaulle, François Mittérant, Emmanuel Macron kabi atoqli otlarning yozilishi qayta-qayta takrorlangach, ayni shu orfogrammalar o'rganuvchi uchun qulaylik tug'diradi. Shu bilan birga o'zbekcha toponim va antroponimlarning fransuzcha shakllarda berilishi ham bora-bora o'rganuvchida ma'lum bir ko'z ko'nikmasini hosil qiladi. Binobarin, Ouzbekistan, Tachkent, Samarkand, Bukhara, Khiva, Alicher Navoï, Babour, Cherali Jouraev, ansemble "Bakhor" kabi atoqli otlarning fransuz tilidagi shakllarda berilishi ham o'zbek lotin alifbosi va fransuz tilidagi alifbolar o'rtasidagi ma'lum bir tafovutlarni ko'rsatib beradi, ularning imlo savodxonligini oshiradi.

Ko'rinadiki, xorijiy tillarni o'rganishda o'ziga xos xususiyatlar juda ko'p. Jumladan, fransuz tilini xoreografik ta'lim yo'nalishidagi talabalarga o'rgatishda alohida yondashuv talab qilinadi. Avvalo, raqs san'atining noverbal san'at turi ekanligi hisobga olinishi zarur. Shundan kelib chiqqan holda xoreografik terminlarga e'tibor qaratish, ayniqsa, anatomik terminlar jiddiy o'rgatib borilishi maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda Fransiya tarixi, madaniyati va san'atiga daxldor materiallar, buyuk fransuz adiblarining asarlaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish muhim usullardan biri bo'lishi lozim. Shuningdek, Fransiyadagi ommaviy axborot vositalaridagi materiallar bilan muntazam tanishib borish ham ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, tavsiya qilinayotgan materiallarning har biri ona tilimiz qoidalari bilan qiyosiy o'rganib borilishi zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida. - 2021-yil 19-may, PQ-5117-son.

2. Jomonov R. O'zbekcha-fransuzcha, fransuzcha-o'zbekcha anatomik terminlar qisqacha lug'ati. -T.: Navro'z, 2020. -28 b.

3. O'zbek raqsi terminlari izohli lug'ati. Tuzuvchilar: Jomonov R., Murodova M., Xudoynazarova Sh., Oripov D. -Toshkent: Fan ziyosi, 2021. -98 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.