Научная статья на тему 'BО‘LАJАK TАSVІRІY SАN’АT О‘QІTUVCHІLАRІDА KАSBІY KОMPЕTЕNTLІKNІ RІVОJLАNTІRІSH YО‘LLАRІ'

BО‘LАJАK TАSVІRІY SАN’АT О‘QІTUVCHІLАRІDА KАSBІY KОMPЕTЕNTLІKNІ RІVОJLАNTІRІSH YО‘LLАRІ Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
17
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompetentlik / tayyorlanganlik / estetik / ta’lim / mutaxassis / fan bloki / motivatsiya / sharq.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Berikbayev Alisher Alikulovich

Maqolada tasviriy san’at o‘qituvchisining kompetentligi va kasbiy rivojlanishda turli xil qarashlar ta’riflari batafsil tahlil qilingan. Kasbiy bilimlarni amaliy qo‘llashda, faoliyat yo‘nalishiga muvofiq muammolarni hal qilish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan ajralmas shaxsiy sifatlarda nomoyon bo‘lishi, kasbiy kompetentlik tushunchasining mazmuni bo'yicha umumlashtirilgan nazariy qarashlar yoritilgan. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida mashg‘ulotlar jarayonida tegishli kompetensiyalarning rivojlanish darajasini aniqlash bo‘yicha muloxazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BО‘LАJАK TАSVІRІY SАN’АT О‘QІTUVCHІLАRІDА KАSBІY KОMPЕTЕNTLІKNІ RІVОJLАNTІRІSH YО‘LLАRІ»

BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI

RIVOJLANTIRISH YO'LLARI Berikbayev Alisher Alikulovich

Guliston davlat universiteti, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) v.b.dotsent.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10678791

Annotatsiya. Maqolada tasviriy san'at o 'qituvchisining kompetentligi va kasbiy rivojlanishda turli xil qarashlar ta'riflari batafsil tahlil qilingan. Kasbiy bilimlarni amaliy qo'llashda, faoliyat yo'nalishiga muvofiq muammolarni hal qilish qobiliyatida namoyon bo'ladigan ajralmas shaxsiy sifatlarda nomoyon bo'lishi, kasbiy kompetentlik tushunchasining mazmuni bo'yicha umumlashtirilgan nazariy qarashlar yoritilgan. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida mashg'ulotlar jarayonida tegishli kompetensiyalarning rivojlanish darajasini aniqlash bo'yicha muloxazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Kompetentlik, tayyorlanganlik, estetik, ta'lim, mutaxassis, fan bloki, motivatsiya, sharq.

Xozirgi kunda ta'lim tizimi va mazmunida sodir bo'layotgan o'zgarishlami rivojlanayotgan ijtimoiy, ilmiy-texnologik taraqqiyot oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini tayyorlashning barcha sohalarida o'zgarishlar davom etmoqda. Ushbu o'zgarishlar davomida davlat ta'lim standartlari joriy etilmoqda, bo'lajak mutaxassisga qo'yiladigan talablar kuchaytirilmoqda. Shu sababdan, zamonaviy ta'lim bo'lajak mutaxassisni nafaqat talablarga tegishli darajadagi va chuqur ta'lim olish imkoniyatini berishga tayyor balki, ijodiy faoliyatni amalga oshirishga ham tayyor bo'lishini xohlaydi.

O'qituvchilarning kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan fazilatlari olimlar tomonidan uzoq vaqtdan beri ko'rib chiqilib kelinmoqda va kasbiy kompetentlikning mazmunini belgilab olish, uni rivojlantirishning pedagogik, psixologik, ijtimoiy sharoitlarini aniqlashdir.

Har bir jamiyat o'zining tarixiy taraqqiyotida o'z hayotiy tajribasini yosh avlodga o'rgatish bilan, o'sib kelayotgan avlodni hayotga va kasb-hunarlarga tayyorlash uchun kasbiy sifat elementlarini rivojlantirib borgan. Tarixiy taraqqiyot tajribalaridan ma'lumki, dastlabki odamlar yashash uchun ov qilish, turli hayvonlarni xonakilashtirish, keyinchalik esa, dehqonchilik qilish, o'simliklarni parvarishlash, ularni madaniylashtirish va ko'proq hosil olish yo'llarini izlaganlar bularning tarkibida bilim, kasbga bo'lgan munosabat yotadi. Insoniyatning o'z taraqqiyoti davomida to'plangan hayotiy tajribalarini turli xil san'at namunalariga, toshbosma va qo'lyozma asarlariga, buyumlarga, qog'oz paydo bo'lgach esa, turli kitoblarga yozib, tarixiy meroslar sifatida qoldirib ketganlar. Shular asosida insonlarda hayotiy kasbiy sifat elementlari shakllanib kelgan. Ana shu, davrlarga mos holda yasab qoldirilgan buyumlarda o'sha davr madaniyati aks etgan. Turli davlatlardagi buyumlarning yasalishida ularning kasbiy sifat elementlari qay darajada shaklanishi yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunday sabablarga o'zaro urushlar, savdo-sotiqning rivojlanishi, kasb-hunar egalarining bir davlatdan Ikkinchi bir davlatga ko'chib ishlashlarini misol qilib keltirish mumkin. Tarixiy manbalardan ma'lumki, Sharq mamlakatlarida dastlabki uyg'onish davri IX-X asrlarda boshlanib, ilm-fan, madaniy taraqqiyotda yirik o'zgarishlar yuz bergan. O'sha davrning yirik allomalari, fuzalolar Muso al-Xorazmiy (780-850), Imom at-Termiziy (824-892), Imom al-Buxoriy (809-869), Ahmad Farg'oniy (IX asr) va boshqalar algebra, tibbiyot, geometriya, jug'rofiya, falakiyot, trigonometriya, tarix, ilohiyot, hadis ilmi va boshqa fanlarning rivojlanichiga salmoqli hissa qo'shganlar, yoshlarda kasbiy sifat elementlarni shakllantirishga oid fikr va mulohazalar yuritishgan hamda bular to'g'risida yozma manbalarda bayon etganlar[1].

Barcha oliy ta'lim muassasalarining bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisining ijodiy faoliyatini rivojlantirish ta'limning asosiy vazifa va maqsadlaridan biridir. Pedagogikaning asosiy va bosh vazifasi bo'lajak rassom-pedagogning kasbiy jihatdan savodli, badiiy va estetik jihatdan rivojlangan, ijodkor shaxsini shakllantirishdan iboratdir[2].

Zamonaviy maktabga ijodiy faoliyatni amalga oshira olishga, badiiy-estetik obraz yarata olishga qodir, pedagogik va badiiy-ijodiy yo'nalishdagi kasbiy kompetentlikka ega bo'lgan o'qituvchilarni tayyorlashimiz kerak. Buning uchun o'quv rejadagi majburiy fanlar blokida bo'lajak o'qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning yetakshi vositalari bolib xizmat qilish kerak. Aynan barcha ta'lim yo'nalishlarining majburiy fanlar blokiga sohadan kelib chiqib kasbiy kompetentlik fanlarini qo'yilishi zarur. Har qanday mutaxassis tayyorlashda ularning bitiruv so'ngida tayyorlanganlik natijalari orqali darajalanish kerak deb o'ylaymiz. S.I.Ojegov mutaxassis tayyorlash, tayyorlanganlik deganda "inson tomonidan olingan bilimlar zaxirasi" deb tushunadi[3].

Pedagogik lug'atda "tayyorlanganlik" (ta'lim olganlik) tushunchasi - "tayyorlik - ya'ni vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan kompetentlik, bilimlar va ko'nikmalarning mavjudligi" deb aytib o'tadi[4].

Olim A.N.Shmelev bo'lajak o'qituvchini mutaxassis tayyorlashni o'qitishni "talabalarning bo'lajak kasbiy faoliyati davomida ular uchun zarur bo'lgan o'quv fanlarning mazmunini o'zlashtirish jarayoni va ularni o'rganish jarayonida fanlarni o'qitish metodikasi elementlari, shuningdek, o'qitishning o'qituvchi shaxsining rivojlanganlik darajasi, kasbiy bilim, malakalar va ko'nikmalarning sifati bilan ifodalanadigan natijasi" deb tushunadi[5].

Mutaxassis tayyorlash deganda "mutaxassislik fanlarni o'rganish jarayonida bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining pedagogik ta'limning mazmunini o'zlashtirishi jarayoni, va o'qituvchi shaxsining muayyan rivojlanganlik darajasi, umumkasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarning shakllanganlik darajasi bilan tavsiflanadigan ta'lim natijasi" deb tushunadi.

Xorijiy ta'limdan hammamizga ma'limki chet elda xususan yevropa va okean orti davlatlarda pedagok yoki nopedagogga ajratilmaydi. Ularning ta'lim tizimida barcha tayyorlanayotgan mutaxasislar shu soxani o'rganishda uni o'qitish usullari va metodikasini ham birgalikda yonma-yon orgatiladi. Biz ushbu fikrimiz bilan umumiylikdan xususiylikga fanning kasbiy tayyorlanganiligini o'rgatib borishimiz darkor.

Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini tayyorlashda fan bloklaridagi modullarni bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan fanlar va ularga moslashtirilgan fan dasturlari ishlab chiqish zarurligini ko'ryapmiz. Endilikda uch yil mobaynida kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish uchun ikkinchi va uchinchi kurs talabalarini umumta'lim maktablari bilan hamkorlik shartnomalar bilan xaftaning ikki kunlarini umumta'lim maktabida dars o'tishni tashkillashtirish zarur. Amalda shunday olib borilmoqda. Chunki ular nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llasa (sinasa) maqsadga muvofiq bo'ladi va oliy ta'lim yetishtirayotgan kadrlarning ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam berish bilan birga kelajakda o'qituvchi bilan shartnomani mustaxkamlashga sabab bo'ladi. Va eng asosiysi oliy ta'limda dars berayotgan o'qituvchilarining ma'ruza va amaliy mashg'ulotlari jarayonlari savol-javobga boy bo'lib, o'qituvchining salohiyatiga va bilimiga baxo berib, kompetentsiya va kompetentlik tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglab boraveradi. [6].

Izlanishlarimiz davomida, ta'lim-tarbiya chora-tadbirlari majmuasiga motivatsion shartlanganlik, mazmun, metodlar, usullar, o'qitish va tarbiyaning tashkiliy shakllarini maqsadli

tanlash hamda bo'lajak mutaxassis o'qituvchilarining bilish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarurati kiradi.

ilmiy adabiyotlarni o'rganishda, bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish amaliyotini tahlil qilish kasbiy tayyorlash jarayonida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish eng samarali erishiladigan (bo'ladigan) pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash imkonini berdi [7]:

- bo'lajak mutaxassis o'qituvchilarining mazmun asosi "Kasbiy kompetentlik" fanini majburiy fanlar blokiga joriy qilish;

- bo'lajak mutaxassis o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda mutaxassislik fanlarining fanlararo integratsiyasini ta'minlash;

- bo'lajak mutaxassis o'qituvchilarining mustaqil ishlarini Hemis platformasi yordamida amaliy kuzatib borib, mashg'ulotlarda motivatsiya berish. [8]

Birinchi pedagogik shart doirasida ta'lim berish jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlantirish o'quv jarayoniga joriy qilishni nazarda tutilgan bo'lib, uning mazmunan asosi "Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisining kompetentligi" deb nomlangan maxsus kursi bo'ldi. 2022-2023 o'quv yilida 2 bosqich tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi talabalarida ushbu ikki kreditli o'quv fani talabalarda kata qiziqish bilan tinglandi va mashg'ulotlar olib borildi. Bu borada amalga oshirayotgan ishlarimizning taraqqiy etishida, jamiyat oldida vazifalarimiz talaygina.

REFERENCES

1. Barkamol avlod orzusi ("Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni amalga oshirish borasidagi publitsistik mulohazalar).- T.: Sharq, 1998.- 86b.

2. Дaнилoв, А. В. Худoжeствeннo-твoрчeскaя дeятeльнoсть : Псиxoлoгo-пeдaгoгичeскиe ocHoBbi пoдгoтoвки xудoжникa-пeдaгoгa : Мeтoд, пoсoбиe /А. В. Дaнилoв. - Чeбoксaры: Чувaш, roc. пeд. ун-т, 1999. - 41 с.

3. Ожeгoв C. И. CnoBapb руccкoгo языга / Ожeгoв C. И.; Пoд рeд.Н. Ю. Швeдoвoй. -16-e изд, иcпр. - М. : Руа яз., 1984. - 797 c

4. Риндaк Б.Г.-Крaткий пeдaгoгичecкий onoBapb Орeнбург: Издaтeльcкий цeнтр ОГАУ, 2001. - 245 c

5. Шмeлeв, А. Н. . Инфoрмaциoнныe тexнoлoгии в прeдмeтнoй пoдгoтoвкe будущих учитeлeй бeзoпacнocти жизнeдeятeльнocти в вузe : Дис. ... кaнд. пeд. мук : 13.00.08 /А. Н. Шмeлeв. - Тулa, 2005. - 158 с

6. Alikulovich, Berikbaev Alisher. "Development of Professional Competence of the Pedagogue through Visual Means." American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157) 1.9 (2023): 438-442.

7. A.A.Berikbayev "Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish" 13.00.01.Dissertatsiya (PhD) Toshkent.:2023y.

8. Alikulovich, Berikbaev Alisher. "Subject Training Disciplines as a Means of Forming Professional Competence in Future Teachers of Fine Arts." Annals of the Romanian Society for Cell Biology (2021): 8965-8989

9. Alikulovich, Berikbaev Alisher. "Development of Professional Competence of the Pedagogue through Visual Means." American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157) 1.9 (2023): 438-442.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.