Научная статья на тему 'BO’LAJAK PEDAGOGLARNI HAYOTIY KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH'

BO’LAJAK PEDAGOGLARNI HAYOTIY KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bo‘lajak pedagoglar / hayotiy ko‘nikmalar / pedagogik tizim / ta’lim metodlari / kompetensiyaviy yondashuv / innovatsion texnologiyalar. / Будущие педагоги / жизненные навыки / педагогическая система / методы обучения / компетентностный подход / инновационные технологии.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — I.Toychiyeva

bo‘lajak pedagoglarni hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy ta’limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan talabalarning nafaqat nazariy bilimlari, balki amaliy ko‘nikmalar va shaxsiy sifatlarini rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu tadqiqot pedagogik tizimni takomillashtirish orqali hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

формирование жизненных навыков будущих педагогов является одной из важных задач современного образования. Этот процесс включает в себя развитие не только теоретических знаний, но и практических навыков и личностных качеств студентов, готовящихся к педагогической деятельности. Данное исследование направлено на изучение путей формирования жизненных навыков путем совершенствования педагогической системы.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK PEDAGOGLARNI HAYOTIY KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© I.To'ychiyeva1^_

Targ'ona davlat universiteti, Farg'ona,O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalarini shakllantirish zamonaviy ta'limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan talabalarning nafaqat nazariy bilimlari, balki amaliy ko'nikmalar va shaxsiy sifatlarini rivojlantirishni ham o'z ichiga oladi. Ushbu tadqiqot pedagogik tizimni takomillashtirish orqali hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish yo'llarini o'rganishga qaratilgan.

MAQSAD: Ushbu tadqiqotning maqsadi - bo'lajak pedagoglarning hayotiy ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik tizimni rivojlantirish, samarador usullarni ishlab chiqish va ularning amaliy ahamiyatini aniqlashdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda o'quv dasturlari, nazariy materiallar, psixologik va pedagogik adabiyotlar tahlil qilindi. Kuzatish, so'rovnoma, pedagogik tajriba, ma'lumotlarni statistik tahlil qilish usullari qo'llanildi. Talabalarning hayotiy ko'nikmalarini rivojlantirishga oid ilg'or xorijiy va mahalliy tajribalar o'rganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR:tadqiqot natijalariga ko'ra:Hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishda talabalarning individual xususiyatlari va ta'lim jarayonidagi integrativ yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Amaliy mashg'ulotlar, loyihaviy faoliyat va interfaol metodlardan foydalanish talabalar o'rtasida shaxsiy mas'uliyat va muloqot ko'nikmalarini oshiradi.Ta'lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni keng qo'llash orqali hayotiy ko'nikmalarni samarali shakllantirish mumkinligi aniqlandi.

XULOSA: bo'lajak pedagoglarning hayotiy ko'nikmalarini shakllantirishga tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash samarali natijalar beradi. Bu jarayon ta'lim sifatini oshirish bilan birga, pedagoglarning kelajakdagi faoliyatini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishiga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Bo'lajak pedagoglar, hayotiy ko'nikmalar, pedagogik tizim, ta'lim metodlari, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion texnologiyalar.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ ДЛЯ ФОРМИРОВАНИЯ ИХ ЖИЗНЕННЫХ НАВЫКОВ

Iqtibosuchun: To'ychiyeva I. Bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalarini shakllantirishga tayyorlashning pedagogik tizimini takomillashtirish. // Inter education & global study. 2024. №9(1). B.229-234.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1Ферганский государственный университет, Фергана, Узбекистан_

Аннотатсия

ВВЕДЕНИЕ: формирование жизненных навыков будущих педагогов является одной из важных задач современного образования. Этот процесс включает в себя развитие не только теоретических знаний, но и практических навыков и личностных качеств студентов, готовящихся к педагогической деятельности. Данное исследование направлено на изучение путей формирования жизненных навыков путем совершенствования педагогической системы.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является разработка педагогической системы, направленной на формирование жизненных навыков будущих педагогов, разработка эффективных методов и определение их практической значимости.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании были проанализированы образовательные программы, теоретические материалы, психолого -педагогическая литература. Использовались методы наблюдения, анкетирования, педагогического опыта и статистического анализа данных. Изучен передовой зарубежный и отечественный опыт по развитию жизненных навыков студентов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: по результатам исследования: индивидуальные особенности студентов и интегративные подходы в образовательном процессе имеют важное значение в формировании жизненных навыков. Использование практических упражнений, проектной деятельности и интерактивных методов повышает у студентов личную ответственность и коммуникативные навыки. Установлено, что жизненные навыки можно эффективно формировать посредством широкого применения компетентностного подхода в системе образования.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: использование современных педагогических технологий при подготовке жизненных навыков будущих педагогов дает эффективные результаты. Этот процесс повысит качество образования и поможет педагогам более успешно осуществлять свою деятельность в будущем.

Ключевые слова: Будущие педагоги, жизненные навыки, педагогическая система, методы обучения, компетентностный подход, инновационные технологии.

Для цитирования:Туечиева И. Совершенствование педагогической системы подготовки будущих педагогов для формирования их жизненных навыков.// Inter education & global study.2024. №9(1). С. 229-234.

IMPROVING THE PEDAGOGICAL SYSTEM FOR PREPARING FUTURE TEACHERS TO DEVELOP LIFE SKILLS_

©Inobot To'ychiyeva1®

1Fergana State University, Fergana, Uzbekistan_

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Annotation

INTRODUCTION: the formation of life skills of future teachers is one of the important tasks of modern education. This process includes the development of not only theoretical knowledge, but also practical skills and personal qualities of students preparing for pedagogical activity. This study aims to study ways to form life skills by improving the pedagogical system.

AIM: the purpose of this study is to develop a pedagogical system aimed at forming life skills of future teachers, to develop effective methods and to determine their practical significance.

MATERIALS AND METHODS: the study analyzed curricula, theoretical materials, psychological and pedagogical literature. Methods of observation, questionnaires, pedagogical experience, statistical analysis of data were used. Advanced foreign and local experiences in developing students' life skills were studied.

DISCUSSION AND RESULTS: according to the results of the study: In the formation of life skills, the individual characteristics of students and integrative approaches to the educational process are important. The use of practical exercises, project activities and interactive methods increases personal responsibility and communication skills among students. It was found that life skills can be effectively formed through the widespread use of a competency-based approach in the education system.

CONCLUSION: the use of modern pedagogical technologies in preparing future teachers for the formation of life skills gives effective results. This process, along with improving the quality of education, also serves to ensure that teachers can carry out their future activities more successfully.

Keywords: Future teachers, life skills, pedagogical system, educational methods, competency-based approach, innovative technologies.

Ta'lim tizimining dolzarb vazifalaridan biri — bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalar bilan ta'minlashdir. Hayotiy ko'nikmalar deganda insonning muammolarni hal qilish, muloqot qilish, vaqtni samarali boshqarish va qaror qabul qilish qobiliyatlari tushuniladi. Zamonaviy jamiyat sharoitida pedagoglarning o'z kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonishi ushbu ko'nikmalar darajasiga bog'liqdir. Shu sababli, pedagogik tizimni takomillashtirish orqali ushbu jarayonni samarali tashkil etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqola maqsadi bo'lajak pedagoglarning hayotiy ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik tizimni takomillashtirish va ushbu tizimni amalga oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo'llash yo'llarini ko'rsatib berishdan iborat.

Tadqiqotda quyidagi materiallar va metodlardan foydalanildi:

For citation: Inobot To'ychiyeva. (2024) 'Improving the pedagogical system for preparing future teachers to develop life skills, (9(1)), pp. 229-234. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

1. O'quv dasturlari va ilg'or xorijiy hamda mahalliy tajribalar asosida o'quv materiallari tahlil qilindi.

2. Talabalar o'rtasida so'rovnomalar, kuzatishlar va pedagogik tajribalar o'tkazildi.

3. Hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirishda interfaol o'qitish texnologiyalari qo'llandi. Tadqiqot natijalari bo'yicha quyidagilar aniqlandi:

1. Hayotiy ko'nikmalar pedagoglarga o'z kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish, talabalar bilan samarali muloqot qilish va ta'lim jarayonini boshqarishda yordam beradi.Talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.Muammolarni hal qilish qobiliyatlarini shakllantiradi.Jamoaviy ishlash va muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

2. Ta'lim jarayonini nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga integratsiya qilish orqali tashkil etish. Onlayn ta'lim platformalari va multimedia vositalari yordamida interaktiv o'quv jarayonini yaratish. Har bir talabaga individual yondashuvni ta'minlash.

Bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalar bilan ta'minlashning samarali yo'llari pedagogik tizimni takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qo'llash orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu jarayon nafaqat pedagoglarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantiradi, balki ta'lim sifatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalar bilan ta'minlash zamonaviy ta'lim jarayonining asosiy maqsadlaridan biridir. Bu tizim nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy tajriba va hayotiy qobiliyatlarni shakllantirish orqali kelajakdagi o'qituvchining kasbiy kompetensiyasini oshirishga xizmat qiladi. Olimlar ushbu jarayonni takomillashtirish bo'yicha turli xil ilmiy qarashlarni ilgari surishgan. Jean Piaget hayotiy ko'nikmalar bolalarning ijtimoiy o'zaro munosabatlari va muhit bilan moslashuvchanlikni rivojlantirishda muhim omil ekanini ta'kidlagan. Uning konstruktivistik yondashuvi bo'yicha o'quv jarayoni tajribaga asoslangan bo'lishi zarur. Lev Vygotsky ijtimoiy o'rganish nazariyasiga ko'ra, hayotiy ko'nikmalar jamiyat bilan o'zaro muloqotda shakllanadi. Bu pedagogik jarayonni tashkil etishda hamkorlik va o'zaro ta'sirni muhim deb biladi.John Deweyning tajribaviy ta'lim nazariyasi bo'lajak pedagoglarni hayotiy muammolarni hal qilishga tayyorlashda amaliyotga asoslangan o'qitishning ahamiyatini ta'kidlaydi. Unga ko'ra, o'qituvchi hayotiy vazifalarni sinf sharoitida modellashtirishi kerak. Ta'lim jarayonida tajriba aylanishi (experiential learning cycle) bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon kuzatish, tahlil qilish, sinovdan o'tkazish va natijalarni amalda qo'llash bosqichlarini o'z ichiga oladi. Howard Gardnerning ko'p intellekt nazariyasiga ko'ra, har bir o'quvchining o'ziga xos intellektual qobiliyatlari bor. Pedagogik tizimda bu qobiliyatlarni inobatga olish hayotiy ko'nikmalarni muvaffaqiyatli shakllantirishga yordam beradi. Edward de Bono kritik va lateral fikrlash usullari bo'lajak pedagoglarni turli murakkab vaziyatlarda ijodiy echimlar topishga o'rgatish uchun zarur.Raqamli texnologiyalarni ta'limga kiritish hayotiy ko'nikmalar, xususan, axborot savodxonligi, muammolarni hal qilish va zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanishni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Emotsional intellekt (EI) nafaqat pedagogning shaxsiy rivojlanishi uchun, balki

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

o'quvchilarning turli ijtimoiy vaziyatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun ham muhimdir. Bu yondashuv orqali pedagoglarni shaxslararo muloqotni tashkil etishga tayyorlash mumkin. XXI asr ko'nikmalari modeli (21st Century Skills Framework) .Ushbu model AQShda ishlab chiqilgan bo'lib, bo'lajak pedagoglarni tayyorlashda muhim o'rin tutadi. Model quyidagi asosiy ko'nikmalarni rivojlantirishni nazarda tutadi: tanqidiy va ijodiy fikrlash; jamoada ishlash qobiliyati; texnologik savodxonlik; madaniyatlararo kompetensiya.

Bo'lajak pedagoglarni soft skills (yumshoq ko'nikmalar) va hard skills (texnik ko'nikmalar) bilan jihozlash ta'lim tizimining muhim vazifasi ekanini ta'kidlaydi. Soft skills muammolarni hal qilish, etakchilik va kommunikatsiya ko'nikmalarini o'z ichiga oladi.

Takomillashtirilgan pedagogik tizimning asosiy tamoyillari: integratsion yondashuv: hayotiy ko'nikmalarni nazariy bilimlar bilan uyg'unlashtirish; amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim: o'quv jarayonini real hayotiy vaziyatlarni hal qilishga yo'naltirish; texnologik innovatsiyalarni qo'llash: raqamli vositalar orqali ta'lim samaradorligini oshirish; shaxsga yo'naltirilgan yondashuv: Har bir talabaga individual yondashish.

Bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalarga tayyorlash ta'lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Ushbu jarayon pedagogik faoliyat uchun zarur bo'lgan bilimlar, ko'nikmalar va qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan. Hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish tizimining tarixi insoniyatning bilim olish jarayoni bilan chambarchas bog'liq bo'lib, u davrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelgan. Ushbu maqolada mazkur tizimning tarixi va uning rivojlanish bosqichlari yoritiladi. Qadimgi Yunoniston va Rimda ta'limning maqsadi shaxsning aqliy, jismoniy va axloqiy rivojlanishini ta'minlash edi. Afina maktablari va Platonning Akademiyasida kelajak pedagoglari o'qituvchi sifatida kasbiy ko'nikmalarni egallaganlar. Ular muloqot, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish kabi hayotiy ko'nikmalarga alohida e'tibor qaratganlar.

O'rta asrlarda ta'limning asosiy maqsadi diniy e'tiqod va axloqiy qadriyatlarni shakllantirish edi. Bu davrda maktablar va universitetlarda kelajakdagi o'qituvchilarga o'z kasbiga oid nazariy bilimlar berilgan bo'lsa-da, amaliy ko'nikmalarga etarlicha e'tibor berilmagan. Shu bilan birga, madrasalarda o'quvchilarni jamoaviy ishlash va axloqiy qoidalarga rioya qilishga o'rgatish hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishga zamin yaratdi.

Uyg'onish davrida ta'lim inson qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga yo'naltirildi. Bu davrning taniqli pedagoglari, jumladan, Jan-Amos Komenskiy, hayotiy ko'nikmalarning ahamiyatini ta'kidladi. Uning "Didaktika Magna" asarida amaliyotga asoslangan o'qitish usullari va kelajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning muhimligi qayd etilgan.

XX asr ta'limda tub o'zgarishlar davri bo'ldi. John Dewey va Lev Vygotskiy kabi taniqli pedagoglar shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni ilgari surdilar. Deweyning "Amaliyot orqali ta'lim" nazariyasi hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishda muhim rol o'ynadi. Shu davrda pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimi rivojlandi, bunda muloqot, muammoni hal qilish va ijodiy fikrlash ko'nikmalari alohida o'ringa ega bo'ldi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, ta'lim tizimi milliy qadriyatlarga asoslangan holda rivojlana boshladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalar bilan qurollantirish maqsadida yangi ta'lim dasturlari ishlab chiqildi. Xususan: o'qituvchilarni tayyorlashda amaliy mashg'ulotlar ulushi oshirildi; ta'limning modulli yondashuvi kiritildi; kompetensiyaga asoslangan yondashuv rivojlantirildi.

Bugungi kunda pedagoglarni tayyorlashda hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish kompetensiyalar tizimida amalga oshirilmoqda. Ushbu yondashuv pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda real hayotga yaqinlashtirilgan usullardan foydalanishni talab etadi. Hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish uchun rolli o'yinlar, muammoli vaziyatlarni ес1^1л, loyiha usullari kabi interaktiv yondashuvlar keng qo'llanilmoqda. Zamonaviy ta'limda AKT vositalaridan foydalanish bo'lajak pedagoglarda texnologik ko'nikmalarni rivojlantiradi. Bu esa hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Globallashuv sharoitida pedagoglarni turli madaniyatlar va tillar bilan ishlashga tayyorlash dolzarb vazifalardan biridir.

Bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalar bilan ta'minlash zamonaviy ta'lim tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishidir. Ilmiy qarashlar tajriba, kommunikatsiya va emotsional rivojlanishni uyg'unlashtirgan pedagogik tizimni yaratishga qaratilgan. Zamonaviy texnologiyalar, madaniyatlararo kompetensiya va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim ushbu tizimning muvaffaqiyatini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Bo'lajak pedagoglarni hayotiy ko'nikmalar bilan qurollantirish jarayoni uzoq tarixiy rivojlanish yo'lini bosib o'tgan. Bugungi kunda bu jarayonning samaradorligi ta'lim mazmunini innovatsion texnologiyalar bilan boyitish va amaliyotga yo'naltirish orqali oshirilmoqda. Mazkur tizimning takomillashuvi pedagoglarni zamonaviy jamiyat talablariga mos ravishda tayyorlashga xizmat qilmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Dewey, J. Democracy and Education. The Free Press, 1997.

2. Komenskiy, J. A. Didaktika Magna. Akademiya, 2003.

3. Vygotsky, L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press, 1978

4. Shulman, L. S. Knowledge and Teaching: Foundations of the New Reform. Harvard Educational Review, 1987.

5. Komarova, I. A. Pedagogika metodikasi. Toshkent, O'zbekiston, 2001.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАТСИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Toychiyeva Inobot, dotsent,PhD,[ Туйчиева Инобат, доцент, (PhD)], [Inobot Toychiyeva, associate professor, (PhD)]; manzil:O'zbekiston, Farg'ona viloyati, 712000, Farg'ona, Murabbiylar ko'chasi, 19,[аддрес:Узбекистан, Ферганская область, 712000, г. Фергана, улица Мурабияра, 19], [address:Uzbekistan, Fergana region, 712000, Fergana, Murabbilar street, 19].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.