Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MILLIY MADANIYATGA NISBATAN MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MILLIY MADANIYATGA NISBATAN MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim tizimi / musiqa san’ati / dars / viktorina / milliy madaniyat / pedagog / ilmiy tahlil.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dostqobilova Munavvar Qochqorovna

Mazkur maqolada musiqiy ta’lim va san’at oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilarning milliy madaniyatga bo’lgan munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MILLIY MADANIYATGA NISBATAN MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

BOLAJAK OQITUVCHILARNING MILLIY MADANIYATGA NISBATAN MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISHNING

NAZARIY ASOSLARI

Dostqobilova Munavvar Qochqorovna

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Musiqa ta'limi va san'at" mutaxassisligi magistranti

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15- May 2024 yil Nashr qilindi: 20- May 2024 yil

KEY WORDS

Ta'lim tizimi, musiqa san'ati, dars, viktorina, milliy madaniyat, pedagog, ilmiy tahlil.

ABSTRACT

Mazkur maqolada musiqiy ta'lim va san'at oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning milliy madaniyatga bo'lgan munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

Bugungi kunda O'zbekistonda yoshlar tarbiyasini milliy va zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar va asosli psixologik qonuniyatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Milliy tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda uning psixologik qonuniyatlarini o'rganish, mazkur masalada oila, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus kasb-hunar, oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik hamkorlik va uzviylikni yangi darajaga ko'tarishni taqozo etadi.

Ko'plab olimlar o'z tadqiqotlarida ma'naviy tanazzulning asosiy omillari bo'yicha qator izlanishlar olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy ma'lutolar ilmiy asoslandi, lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e'tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya'ni oilada farzand tarbiyasiga e'tiborsizlik, uning psixologik qonuniyatlarini bilmaslik illati millatning ma'naviy tannazulining asosi desak hecham mubolag'a bo'lmaydi.

Zamon zayli bilan bo'lajak o'qtuvchilarning yelkasiga judaham ko'p masuliyatlar yuklanmoqda barcha yangi o'quv qollanmalarni qollash dunyoning eng so'ngi tehnologiyalaridan foydalanilgan holda dars o'tish rejalari qo'yilgan. Shuni takidlab o'tish lozimki madaniyat atrof olam bilan inson o'rtasidagi asosiy vosita hisoblanadi. Barcha insonlar ana shu vosita orqali o'zligini namoyon qiladi va bu konikmalarni shaklantirish ustozlarning vazifasi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'qituvchining kasbiy madaniy tayyorgarligi va pedagogik faoliyatini tashkil etish masalalariga gumanizm nuqtai nazaridan yondashgan A.Maslou, K.Rodjerslarning tadqiqotlari diqqatga sazovordir: Ularning fikricha, o'qituvchi eng avvalo o'quv-tarbiya jarayonida o'quvchilar faolligini oshirishni esdan chiqarmasligi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o'rgatishi, o'quvchi tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o'zini kimligini namoyish etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun o'qituvchi

shaxslilik hamda kasbiy sifat va fazilatlarni to'liq egallagan bo'lishi lozim. Zamonaviy musiqa ta'limiga keladigon bo'lsak - bu ta'lim jarayoniga optimal o'quv-tashkiliy yondashuvdir.

Musiqiy ta'lim sohasidagi mutaxassisni tayyorlashning asosiy muammosi o'qituvchining innovatsion faoliyati asoslarini va talabalarning kasbiy ahamiyatga ega sifatlarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik harakatlar tizimini aniqlashdan iborat. Musiqaiy tafakkurning shakllanishi kelajakdagi musiqa o'qituvchisini musiqiy va pedagogik faoliyatga tayyor shaxs sifatida tayyorlashning zaruriy omilidir. Ushbu hodisaning shakllanish jarayoni ajralmas omil sifatida musiqiy ijroga tayyorgarlik sharoitida eng samarali tarzda yuzaga keladi. Shu bilan birg musiqiy tafakkurni shakllantirish jarayonini kelajakdagi musiqa o'qituvchisining kasbiy jihatdan muhim omil sifatida rivojlanishiga yordam beradi.

Bo'lajak ustozlarning musiqiy-pedagogik jarayonida milliy madaniyatimizga alohida urg'u bergan holda darslarni tashkil qilish eng asosiy omilardan biri bu jarayonda ustozlar milliy musiqiy materialni bilishi va ongida bir xilli musiqiy-eshitish g'oyalari va harakat uchun motivatsion asos shakllanadi, ularni rag'batlantirishda esa o'qituvchi muhim rol o'ynaydi. U yuqori eshitish faolligini oshirish orqali muammoli vaziyatlarni yaratadi, talabadan esa kuzatilgan musiqaviy dalillar bilan o'z tajribasi va fikrlash qobiliyatlari o'rtasidagi farqlarni aniqlashni talab qiladi. Ularning yetarli darajada shakllanmaganligi bu ziddiyatni hal qilish va tajribasini o'zlashtirish uchun rag'batdir. Shuning uchun o'qituvchi tomonidan yaratilgan muammoli vaziyatlar o'rganilayotgan musiqiy material bilan bog'liq bo'lgan aniq tarkib bilan to'ldirilishi kerak. Bo'lajak sinf o'qituvchilaring ilmiy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirishning labaratoriya shakli muhim metodik xususiyatlarga ega.

Dastlab, talabalar maxsus jihozlangan auditoriyalarda guruhlarga bo'linib, milliy ong, milliy ruh va milliy odob asoslari bo'yicha labaratoriya tadqiqotlarini o'tkazishi shart so'ng. O'tkazilgan taqdiqotlar talabalar ishtirokida muhokama qilinishi va ularning eng yaxshilarininh fikrlari muhokamaga qoyilisa nazariy tomonlama muhokamalar yoshlarni yanaham bilimga bo'lgan mehrini oshiradi. Shu jihatdan labaratoriya ishlari bo'lajak o'qituvchilaring bir-biridan o'rganish imkoniyatlarini beradi yani barcha yosh ustozlar kuzatish metodlari orqali dars tahlilarida qatnashishi shart. Bu hol ularda milliy tarbiya ko'nikmasining amaliy shakllanish jarayonini taqdim etadi. Mustaqil ishlanmalar shakli bo'lajak o'qituvchilari milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirishdagi muhim metodik omillarida biridir. Unga ko'ra, talabalar milliy g'oya asoslari hamda milliy ong, milliy ruh va milliy odob tarkiblari bo'yicha turli tasviriy, jihozli va multimediali ishlanmalarni mustaqil bajarishadi.

Bunday ishlanmalar ularning ongida ta'kidlangan ishlarning qanday darajada tarkib topganligini namoyon qiladi. Shu sababli mustaqil ishlanmalar shakli har bir bo'lajak o'qituvchilarning milliy tarbiya ko'nikmasi qanday ko'rsatkichda ega ekanligini ko'rsatadi.

Milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirishda tashabbuslar shakli muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunda, yosh o'qtuvchilar o'z tashabbuslari asosida milliy g'oya tamoyillari hamda milliy ong, milliy ruh va milliy odob negizlarini ifoda etuvchi turli texnologik va rabototexnika ishlanmalarini yaratishga ahamiyat berishi lozim. E'tibor berilsa, o'qituvchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish metodikasi nazariy va amali xususiyatlarga eganligi hamda keng imkoniyalarni berishi bilan diqqatni tortadi. Bunday metodikadan oqilona foydalangan holda bo'lajak o'qituvchilaring milliy tarbiya ko'nikmasini izchil rivojlantirib borish taqazo etiladi. Chunki milliy tarbiya ko'nikmasiga ega o'qituvchi

o'quvchilarini shunday ruhda tarbiyalaydi. Shunday qilib o'qituvchilarining milliy tarbiya ko'nikmasini rivojlantirish metodikasini izchil joriy qilib borish dolzar bo'lib turibdi.

Bu masala oily pedagogik ta'lim jarayoning uzviy qismi bo'lishi taqazo etadi. Keyingi to'rt-besh yil ichida bilan milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga, urfodatlarimizga, unutilayozgan qadrli an'analarimizga bo'lgan e'tibor va ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo'nalish kasb etdi. Davlat miqyosida urfodatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo'lgan hurmat va e'tibor talablarini nafaqat o 'quvchilarga balkim rivojlanib kadr bo 'lib yetishib chiqayotgan o 'qtuvchilardaham qo'lash samarali chunki yosh kadrlar hamisha boshqalarga o'rnak bo'la olishadi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, xususan, musiqiy madaniyatni asrab avaylash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida ko'pgina ishlar qilindi. Bu borada o'tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz kamol toptirishimiz uchun bo'lajak musiqa o 'qtuvchilarimiz o'rganib chiqishlari kerak.

Dastlab bo'lajak o'qtuvhilarimiz folklor ijrochiligimiz haqida tushunchalarga ega bo'lishlari shart chunki bu turdagi janr har bir kasbning o'ziga xos faoliyati natijasidan kelib chiqadi. Xalqning turmush tarzi bilan bog'lanadi. Mehnat qo'shiqlari: qo'sh qo'shiqlar, o'rim qo'shiqlar, yorg'inchoq qo'shiqlar bo'lsa, chovachilik bilan bog'liq mehnat qo'shiqlari: «Xo'sh-xo'sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi nomlar bilan yuritiladi. Hunarmandchilik bilan bog'liq mehnat qo'shiqlari charx qo'shiqlari va hokazo. Marosim qo'shiqlari folklorshunoslikning eng muhim omillaridan hisoblanadi. O'zbek xalqi barcha xalqlar kabi juda qadimiy boy va xilma-xil an'analarga ega. O'zbek xalqinig folklor janrlari juda xilma -xildir. Har bir vohaning etnik joylashishiga, urf-odatiga qarab folklor janrlari va uslublari turlichadir. Farg'ona vodiysida lapar ko'proq ijro etilsa, alla, yor-yor ijrolari turlicha ijro etiladi. Terma, o'lan ijrolari ham har-xil uslubda ijro etiladi. Alla ijrosi xalq orasida juda keng tarqalgan ijrodir. Allaning har bir bandidan keyin «Alla bolam alla, jonim, bolam, alla» misralar takrorlanadi. «Yor-yor» o'zbek nikoh to'ylari folklorining musiqiy janrlari hisoblanadi. «Yor-yor» nafaqat o'zbeklarda, balki qirg'iz, qozoq, qoraqalpoq kabi turkiy xalqlarda ham keng tarqlgan.

Mustaqillik yillarida folklor-etnografik ijodiy jamoalarning ijodiy faoliyati yangi bosqichga ko'tarildi. Mustaqillik va Navro'z bayramlarida folklor-etnografik ansambllarining katta sahnalarga chiqishi an'ana tusini oldi. Jumladan, bugunga kelib folklor-etnografik ansambllarining umumiy soni 300dan ortib ketganligi qayd qilinmoqda. «Boysun», "Shalola", "Besh qarsak", "Gulyor", "Omonyor", "Gulchehralar", "Doston", "Besperde", "Orzu", "Yor-yor", «Chavgi», "Mohi sitora" va boshqa ko'plab ansambllar milliy-badiiy merosni, an'analarni o'rganib, yangidan xalqimizga yetkazmoqdaldar. Ayni paytda, musiqiy folklorning xalq ma'naviy hayoti va turmush tarzidagi tabiiy ko'rinishi ham davom etmoqda. Asrlar mobaynida xalqimizga juda katta ruhiy va ma'naviy quvvat berib kelayotgan milliy qadriyatlarimizni, folklor an'analarimizni yoshlar ongiga chuqur singdirish har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz mustaqillikka erishgach bunga keng imkoniyatlar yaratildi shuning uchunham milliy musiqa tarixini bilmasdan turib musiqa o'qtuvchisi bo'lishi qiyin qaysi janrda yetishib chiqayotgan kadr bo'lishidan qatiy nazar bilish shart hisoblanadi. Bunga yana bir misol mamlakatimizda kechayotgan milliy o'zlikni anglash va ma'naviy hurlikni his etish ehtiyoji ajdodlarimiz qalb qo'ri, aql zakovati, turmush tajribasi asosida yaratilgan madaniy merosimizni bilishni va shu

asosda turli bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarini amalga oshirishni taqazo etmoqda. Ijodkor xalqimiz tomonidan yaratilgan nodir manaviy boylik hisoblangan folklor asarlari asrlar osha turli axloqiy tushunchalarni betakror badiiy shaklda kishilar qalbiga singdirishda bebaxo sarchashma sifatida xizmat qilib kelmoqda. O'zbek xalqi etnografiyasi va folklorini o'rganish orqali ajdodlarimizning boy madaniy va marifiy o'tmishini yanada teran anglash mumkin. Xar bir xalq yoki elat, avvalo tarixi, madaniy birligi bilan ajralib turadi. O'zbek xalqi ham uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib, juda ko'p ilmiy-madaniy xususiyatlarga ega bo'ldi. O'tmish ajdodlarimiz an'analari qadriyatlari asrdan-asrga, avloddan-avlodga saqlanib, taraqqiy topib keldi. Xususan, milliy-madaniy xususiyatlarimizni saqlanib qolishida xalq ogzaki badiiy ijodining roli beqiyos bo'ldi. Jumladan, xalqimizni o'ziga xos urf-odat va marosimlari bola tarbiyasi, mehmonnavozlik tabiati , axloq-odob qoidalari, pazandachilik malakasi, mehnat va turmush tarzi tartiblari folklor asarlari orqali bizgacha yetib keldi. Uzoq o'tmishda guruh-guruh bo'lib xalq sayillarida, ommaviy bayramalarda turli tuman tomoshalar ko'rsatgan xalq qiziqchilari, qo'girchoqbozlar, dorbozlar, raqqos va xonandalarni ijodiy uyushmalarini folklor ansambilini o'ziga xos na'munalari deyish mumkin. Chunki folklor asarlarini ommaviy ravishda ijro etuvchilarning aksariyati professional bo'lmay, balki havaskor ijrochilar bo'lib ularni repertuari ham sof xalq og'zaki ijodidandir. Xalq ijodiyotini asrash va rivojlantirishda folklor-etnografik ansambli rahbarlarining bu sohadagi ijodiy iqtidori muhim ahamiyatga ega. Ammo bu yo'lda tinmay izlanish lozim bo'ladi. Xalqning eng sara qo'shiqlarini ansamblga jalb qilingan ijrochilarning o'zidan yozib olish mumkin. Folklor ansambli repertuarida ayniqsa ijro uslubining muayyan tomonlari shakllangan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Ansambl repertuariga an'anaviy xalq og'zaki ijodi namunalari bilan birga (qayta ishlangan yoki mustaqil yaratilgan), mualliflar asarlarining kiritilishi zamonaviy ohanglarni kuchaytirishga yordam beradi.

Unutmaslik kerakki, ko'pincha xalq qo'shiqlarining qayta ishlangan va badiiy sayqal berilgan namunalari aholining estetik didi va badiiy so'zni his qilish ko'nikmasiga, ko'hna musiqa folkloriga nisbatan ko'proq ma'qul va mos boladi. Shuning uchun folklor etnografik ansambllari repertuari shakllanishining dastlabki bosqichlarida qayta ishlangan qo'shiqlarga shuningdek, qo'shiq mualliflarining folklor uslubida xalq ruxiyatiga mos yaratgan qo'shiqlariga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Bunda folklor ansambl repertuariga mualliflar asarlarini puxta o'ylab, asarga tanqidiy yondashib saralash nihoyatda muoim. Ayniqsa, tanlab olingan materiallar ansambl ijodiy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlariga muvofiq bo'lishi, ijro etiladigan asar ansamblda shakllangan ijro uslubiga mos kelishi lozim. Folklor an'analari xalqning turmush tarzi, hayoti, dunyoqarashi, ruhiy-estetik olami va ichki kechinmalarini yuksak badiiy ifoda ettirgan qadriyatdir. O'zbekistonda sobiq tuzum yillarida xalq ijodiyoti o'zining qadimiy ijrochilik anoanalarini va badiiy merosini muayyan darajada saqlab qolgan bo'lsada, o'sha davrning siyosiy qatag'onlari va mafkuraviy tazyiqlari bunday an'anaviy qadriyatlar tizimining ko'pgina poetik tabiatiga salbiy tasir ko'rsatgan edi. Oqibatda, o'zbek xalq og'zaki badiiy ijodiyotining ko'pgina qadimiy janrlari, etiqodiy qarashlari, tasavvurlari, marosim folklori namunalari, xalq an'analari, sayl va bayramlari bilan aloqador udum va qo'shiqlar, afsona, rivoyat, naqllar unutilayozdi. XX asrgacha yaratilgan o'zbek marosim folklori janrlari o'zining qadimiy an'analari xamda poetik tabiatini mukammal holda saqlab qolgan edi. So'z sehriga asoslangan badiha, kina, olqish kabi janrlari, yil fasllariga aloqador Navro'z, qizil gul sayli, boychechak, "gul sux", birinchi qo'sh chiqarish bilan bogliq "shox

moylar", shuningdek, "yo ramazon", "barot keldi", yomgir chaqirish, shamol chaqirish va uni to'xtatish maqsadida ijro etilgan qadimiy aytim va qo'shiqlarning matnlari xalq og'zaki ijodi namunalaridir. O'zbek xalqi folklor qo'shiqchilik san'ati tarixi ko'hna bo'lib, uning shakllanish jarayoni esa xalqimiz tarixi bilan chambarchas bog'liq. O'zbek xalqimizning tarixi esa miloddan oldingi bir necha mingyillikka borib taqaladi. Agar yana chuqurroq mulohaza yuritilsa, olimlarning ilmiy tadqiqotlariga suyanilsa, u ibtidoiy jamoa davridan boshlanganligiga ishonch hosil qilamiz. Milliy-an'anaviy folklor qo'shiqchilik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hali dunyoning ayrim burchaklarida yarim kishilar istiqomat qilgan davrlarda bizning xududda folklor san'ati kurtaklari rivojlanganligining guvohi bo'lamiz. Xulosa.

Milliy musiqa kuylarimizni notaga tushirishga muoffaq bo'lgan ko'mpozitorlar hisoblanadi. Ana shunday qayta ishlangan yoki yosh va ovoz diapazoniga mos holda moslashtirilgan asarlarni kuylash orqali jamoa bo'lib ishlash bo'lajak o'qtuvchilarimizga kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashga yordam beradi. Zero xor bo'lib kuylash barcha kasbdagi mutaxassislarni musiqiy estetik didini oshiradi. Bunday yangi qo'shiqlar va mualliflar asarlari vatanparvarlik, vatan tuyg'usi bilan to'lib-toshgan hozirgi kunimiz qahramonlarining qalb istaklarini aks ettiruvchi asarlar bo'lib, yoshlar tarbiyasiga alohida ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli hozirgi kunda bo 'lajak o 'qtuvhilarning oldida birinchi bo 'lib turgan vazifa jamoa bo'lib ishlash mahoratini oshirishi shart.

Adabiyotlar:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.11.2018 yildagi PQ-4038-son Ibragimov, B. (2023). Types And Importance Of Innovative Technologies In Education. Молодые ученые, 1(20), 96-98.

Kadina G.V. "Multimedia texnologiyalari o'quv jarayonining istiqbolli yo'nalishlaridan biridir".

- M., "Maktabdagi musiqa", 3-son, 2009 y.

Lifanovskiy B. Musiqachilar uchun Internet. M., 2006 yil.

O'zbek xalq musiqasi T., 1959 y. O'quvchilarni musiqa merosiga muhabbat ruhida tarbiyalashda musiqa madaniyati fanining o'rni (metodik tavsiya). Xayrullaev M. Madaniy meros va falsafiy fikr tarixi. T. 1985 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.