Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ASARLARIDAN FOYDALANISH ILMIY ASOSLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ASARLARIDAN FOYDALANISH ILMIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
bo’lajak o’qituvchilar Imom at-Termiziy / deontologik kompetentlilik / pedagogik kompetentlilik / “Sunani termiziy” . / Imam al-Tirmizi / deontological competence / pedagogical competence / "Sunani Termizi"

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sh.A.Mamatqobilova

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik kompetentligini takomillashtirishda Imom at-Termiziy asarlaridan foydalanish mazmuni, alloma asarlari qiyosiy tahlillar asosida kelib chiqqan nazariy tushunchalarni, Imom at-Termiziy asarlari deontologik kompetentlik uchun qay jihatdan muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC FOUNDATIONS OF USING THE WORKS OF IMAM AT-TERMIZI IN IMPROVING THE DEONTOLOGICAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS

In this article, the content of using the works of Imam al-Tirmizi in the development of deontological competence of future teachers, the methodological concepts based on the comparative analysis of the works of scholars, and the importance of the works of Imam at-Tirmizi for deontological competence are shown.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ASARLARIDAN FOYDALANISH ILMIY ASOSLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ASARLARIDAN FOYDALANISH

ILMIY ASOSLARI Sh.A.Mamatqobilova

Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14317873

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarning deontologik kompetentligini takomillashtirishda Imom at-Termiziy asarlaridan foydalanish mazmuni, alloma asarlari qiyosiy tahlillar asosida kelib chiqqan nazariy tushunchalarni, Imom at-Termiziy asarlari deontologik kompetentlik uchun qay jihatdan muhimligi ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'z: bo'lajak o'qituvchilar Imom at-Termiziy, deontologik kompetentlilik, pedagogik kompetentlilik, "Sunani termiziy" .

SCIENTIFIC FOUNDATIONS OF USING THE WORKS OF IMAM AT-TERMIZI IN IMPROVING THE DEONTOLOGICAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS

Abstract: In this article, the content of using the works of Imam al-Tirmizi in the development of deontological competence of future teachers, the methodological concepts based on the comparative analysis of the works of scholars, and the importance of the works of Imam at-Tirmizi for deontological competence are shown.

Keywords: Imam al-Tirmizi, deontological competence, pedagogical competence, "Sunani Termizi"

НАУЧНОЕ ОБОСНОВАНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТРУДОВ ИМАМА АТ-ТИРМИЗИ В ПОВЫШЕНИИ ДЕОНТОЛОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ

БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

Аннотация: В данной статье рассмотрено содержание использования трудов Имама ат-Термизи в повышении деонтологической компетентности будущих учителей, теоретические концепции, выведенные на основе сравнительного анализа трудов ученых, а также значение трудов Имама ат-Термизи в повышении деонтологической компетентности будущих учителей. Тирмизи за деонтологическую компетентность.

Ключевые слова: будущие учителя Имам ат-Термизи, деонтологическая компетентность, педагогическая компетентность, «Сунани Термизи».

KIRISH

Muhaddis bobokalonimiz Imom Iso Termiziy zamonidagi olimlar uning hadis ilmidagi xizmatlarini yuqori baholagan. Ulardan biri Imom Termiziyni "Hadis ilmida iqtido qilinadigan yagona olim" deb yozsa, boshqa biri esa uni "Birinchilardan bo'lib hadislarni sahih, hasan, zaifga taqsim qilganiga guvohlik beradi". Ayniqsa, muhaddis olimning asarlaridagi ravonlik faqat ziyoli kishilar uchun emas, balki har bir inson tushunishi mumkin bo'lishiga sabab ekanini alohida ta'kidlash joiz. Dunyo ulamolari buyuk ilm sohibi bo'lgan hamda yuksak e'tirofga munosib ko'rilgan bobokalonimizning ibratli hayot yo'llari va boy ma'naviy merosini har tomonlama o'rganish biz yoshlar uchun ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega

ASOSIY QISM

Imom Termiziyning to'liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug'iy at-Termiziy bo'lib, u hijriy 209 (melodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bug' (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan) qishlog'ida o'rta hol bir oilada tavallud topgan deb keltiriladi. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam'oniy (1113-1167) at-Termiziy Bug' qishlog'ida vafot etganligi uchun al-Bug'iy taxallusi bilan ham atalgani, olimning ko'p yig'laganidan umrining oxirlarida ko'zi ojiz bo'lib qolganligidan az-Zariyr (ko'zi ojiz) taxallusi olganligini ham qayd qiladi. Lekin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur bo'lishiga sabab uning butun hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab) Termiz shahri bilan chambarchas bog'liq bo'lganligidan, shuningdek, olim tug'ilgan Bug' qishlog'i Termiz shahriga yaqin, ma'muriy-idoraviy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanligidan deb izohlanadi.

Allomaning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma'lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilar uning «bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so'ng u yerdan Termizga ko'chib kelganlar»,-degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar.

At-Termiziy yoshligidan zehnli, idrokli va zakovatli bo'lib, bu fazilatlari bilan o'z tengdoshlaridan batamom ajralib turgan bo'lib, uning yoshlik chog'laridan ilmga qiziqishi va ishtiyoqi o'sha davrning ko'pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallashda baralla namoyon bo'ldi. U yoshlik paytlaridan boshlab Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamolar va muhaddislar asarlarini qunt bilan o'rgana boshlagan, keyinchalik qo'shni Balx va Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar o'rnatilishiga hissa qo'shgan termizlik olimlardan biri hisoblanadi.

Mutafakkir Imom Termiziyning ijodiy faoliyatida yaratilgan asarlari orasida "Al-jome' as-sahih" (Ishonchli to'plam) eng asosiy o'rinni egallaydi. Ushbu asar, yuqorida qayd qilganimizdek, "Al-jome'ul kabir", (Katta to'plam), "Sahih Imom Termiziy", "Sunani Imom Termiziy" kabi nomlari bilan ham yuritiladi. Tarixchi Ibn Hajar Asqaloniyning yozishicha, Imom Termiziy ushbu asarini 270-hijriy (884-milodiy) yilda, ya'ni qariyb oltmish yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba orttirib, imomlik darajasiga erishgandan keyin yozib tugatgan. Ushbu asar qo'lyozmalari dunyoning bir qancha shaharlarida, shuningdek, o'zimizda, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida ham saqlanayotgan muhim manba sifatida "Al-Jome' as-sahih" bir necha marta nashr qilingan. Bunga dalil sifatida 1283 (1866)- yili Mitohda, 1292 (1875)-yili Qohirada, shuningdek, 1980-yili Bayrutda nashr etilganligini ko'rsatish kifoya

Imom Termiziyning asariga bir qator sharhlar ham yozilgan bo'lib, ulardan ibn Arabiy nomi bilan mashhur bo'lgan Imom Hofiz Abu Bakr Muhammad Ashbiliyning "Oridatul Ahvaziy ala kitob Imom Termiziy" nomli 13 juz' (qism) dan iborat sharhlarini keltirish mumkin. Ushbu sharh dastlab 1931 -yilda Qohirada nashr qilingan. Imom Hofiz Abu Ali Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurahim Muborakfuriy qalamiga mansub yana bir sharh ham "Tuhfatul-Ahvaziy bisharhi Imom Termiziy" deb ataladi. To'rt juz'dan iborat bo'lgan bu asar 1979-yilda Bayrutda nashr qilingan (Hindiston nashri ham mavjud). Misrlik olim va adib Jamoliddin Abdurrahmon ibn Abu Bakr Suyutiyning (1445—1505) Imom Termiziy asariga yozgan sharhi "Qutul mug'taziy ala Jome' Imom Termiziy" (undan ikki qismi nashr qilingan) deb atalgan. Bulardan tashqari, Muhammad ibn Abduqodir Abu 1 Kenjabek M. Sunani Termiziy. - Toshkent: Sharq, 2012. - B. 28. Toyyib Madaniyning "Sharhu Sunani Imom Termiziy", Ahmad Muhammad Shokirning "Tahqiq va sharhu Jome' Imom Termiziy" (o'ndan ikki qismi 1937-yilda Mustafaul Bobiyul Halabiy tomonidan nashr qilingan), Muhammad Yusuf Bannuriyning "Maorif sunani sharh sunani

Imom Termiziy" (uning birinchi qismi 1963-yilda Pokistonda nashr qilingan), Siroj Ahmad Sarhandiyning "Sharh Sunani Imom Termiziy" nomli forscha sharhi, shuningdek, Rashib Ahmadul Kanuhiyning "Al-kavkab ad-durriy ala Imom Termiziy" (Hindistonda chop etilgan), Muhammad Anvar Shoh Kashmiriyning ikki juz'dan iborat "Al-a'rf ash-shaziy ala Jome' Imom Termiziy" (bu asar ham Hindistonda chop etilgan) va nihoyat Abul Hasan Muhammad ibn Abdulhodiy Sanadiyning (u 1138-yilda vafot etgan) "Hoshiya ala Sunani Imom Termiziy" kabi sharhlarini ko'rsatish mumkin.

Imom at-Termiziy: "Men ushbu kitobimda rivoyat qilgan hadislarga fuqaholar amal qilganlar. Faqat bir-ikkita hadis borki, ularga amal qilishmagan. Ular: "Kimki uch martagacha tavba qilib, aroq ichsa, uringlar. To'rtinchi martasida o'ldiringlar", hamda "Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam peshin va asrni Madinada jam qildilar. Xavf ham yo'q edi, safarda ham emasdilar" hadislaridir", - deganlar. "Sunani Termiziy" u kishining imom, quvvayi hofiza va fiqh sohibi ekanliklarining yorqin dalili hisoblanadi. Lekin hadislarni qabul qilishda ko'p ham qattiq turmaganlar va roviylarga baho berishda ham ko'ngilchan bo'lganliklari aytib o'tilgan. Ibn Tohirning "Al-Mansur" kitoblarida bitilgan: "Shayxul islom Abu Ismoilning: "Termiziyning "Al-jome' Imom Termiziy" asarlari Buxoriy va Muslimning kitoblaridan ko'ra manfaatliroqdir. Chunki Buxoriy va Muslimning kitoblaridan olimlargina, Termiziyning kitoblaridan esa barcha foydalana biladilar", - deganlarini eshitdim". "Shamoil-un-nabaviyya". Abu Iso Imom Termiziyning bir yirik asari "Shamoil-un-nabaviyya" (Payg'ambarning alohida fazilatlari) deb ataladi. Bu asar ba'zi manbalarda "Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sollallohu alayhi vasallam", "Ash-shamoilul Muhammadiya" nomlari bilan ham keltirilgan. Asar Payg'ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning siyratlari, ajoyib fazilat va odatlariga oid to'rt yuzu sakkiz hadisi sharifni o'ziga jamlagan qimmatli manbadir.

Buyuk mutafakkir yaratgan asarlar hadislarga, Payg'ambarimiz so'zlari va hayot yo'llariga bog'langan bo'lib, komil inson axloqiy tarbiyasida eng muhim vosita deb qaralishi lozim deb bilamiz. Zero Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" asarida quyidagi fikrlar keltirib o'tilgan: "Alloh taolo sari eltuvchi yagona saodat va hidoyat yo'li bor, u ham bo'lsa, Payg'ambarimiz (sollallohi alayhi vasallam ) ko'rsatgan yo'ldir". Yana bir dakik keltirib o'tiladiki, -inson erisha oladigan eng yuksak axloq qanday bo'lishi lozimligini Payg'ambarimiz (sollallohi alayhi vasallam) shaxsan yashab ko'rsatganlar. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, ushbu mavzu, ya'ni Payg'ambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to'plash bilan juda ko'p olimlar, muhaddislar shug'ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan o'rin olgan. Lekin Imom Termiziy asarining boshqalardan afzalligi va farqi shundaki, muallif imkoni boricha Payg'ambar alayhissalom fazilatlariga doir barcha hadislarni muntazam ravishda to'plab, mantiqan izchil bir holatda tartibga keltirgan va o'ziga xos mustaqil, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan.

Buyuk asar hisoblanadigan "Shamoil-un-nabaviyya" azaldan islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning diqqatini o'ziga jalb qilib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar va hoshiyalar ham yozilgan. Ulardan Abdurauful Munoviyul Misriyning (vafoti 1003-hijriy yili) "Sharhush-shamoil", Ali ibn Sultonul Haraviy Qoriyning (vafoti 1192-hijriy yili) "Jam'ul-vasoil fi sharhi-shamoil", Sulaymon ibn Umar ibn Mansurul Jumalning "Al-mavohibul Muhammadiyya bi sharhi-shamoil Imom Termiziyya" kabilarni keltirish mumkin. Bu asarning bir qo'lyozmasi Qohiradagi Azhar kutubxonasida 144-hadis ilmi raqami ostida saqlanmoqda, Muhammad ibn Jasusul Molikiyning (vafoti 1182-hijriy yili) "Al-favoidul jaliylatul bahiyya ala ash-shamoilul Muhammadiyya (bu asar 1927-yilda nashr qilingan) va nihoyat Azhar

universitetining sobiq Shayxi Ibrohim Bojuriyning "Al-mavohibul laduniyya ala shamoil Imom Termiziyya" kabi sharhlarini ko'rsatish mumkin. Buyuk bobomizning yana "Kitobut-tarix", "Kitobul ilal as-sag'ir va ilalul kabir", "Kitobuz-zuhd" (Taqvo haqida kitob), "Kitobul asmo val kuna" (Roviylarning ismi va laqablari haqida kitob), "Al-ilal fil hadis" (Hadislardagi illatlar yoki og'ishlar haqida), "Risola fil xilof val jadal" (Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola), "Asmous-sahoba" (Payg'ambar sahobalarining ismlari) degan asarlari ham mavjud. U kishining shogirdlaridan bo'lgan Abu Sa'd Idrisiy ustozlarini sifatlab, yodlashlari, zehnlari to'g'risida, zarbulmasallar bitilganini aytadilar. Shogirdlaridan yana birlari: "Imom Buxoriy vafotlaridan keyin Xurosonda Abu Iso Imom Termiziydek ilmda, zehnda, taqvoda, zohidlikda biror kishi topilmas edi", - deb aytadi.

O'tkir zehn sohibi Imom Termiziy ko'p yig'laganlaridan hayotlarining oxirgi ikki yilida ko'zlari ojiz bo'lib qolgan. Ibn Atiyya: "Mening huzurimda Imom Buxoriy va Muslimning kitoblariga qaraganda nurliroq va tushinarliroq", - deb aytadi. "Nima uchun?" - deb so'ralganda, Atiyya: "Chunki ikkita imomning kitoblaridan faqatgina ilm va ma'rifat ahllarigina foydalana olishadi xolos" - deb aytgan ekan. Shayxlardan biri Imom Termiziyga 40 ta g'arib hadisni aytib, imtihon qilishlik uchun so'raganda birorta harfda ham xato qilmasdan avvalidan oxirigacha o'qib berganlarini ko'rib: "sening mislingdagi kishini ko'rmaganman", - deb aytdi. Imom Termiziy ko'p kitoblarning muallifidir. Ayniqsa, "Sunan" kitoblari kitoblarining chiroylisi, foydasi ko'p bo'lib, takror so'zlari oz, chiroyli tartibda yozilgandir. Abu Ali Mansur ibn Abdulloh Xolidiy Imom Termiziyning "Jome' as- sahih" kitoblarini sifatlab: "Kimning uyida mana shu kitob bo'lsa, go'yoki uyida Payg'ambarimiz gapirayotgandek bo'ladilar", deb aytadi.

Tengsiz alloma Abu Iso Termiziy asarlari hozirda ham o'z qimmatini yo'qotgan emas. Uning "Al-jome' as-sahih", "Ash-shamoil an-nabaviyya" kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib insonlarni halol, adolatli, iymon-e'tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat-e'tiborli bo'lishga chorlaydi.

XULOSA

Abu Iso at-Termiziy asarlari hozirda ham o'z qimmatini yo'qotgan emas. Uning «Al-Jomi' as-sahiyh», «Ash-shamoil an-nabaviyya» kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib insonlarni halol, adolatli, iymone'tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat-e'tiborli bo'lishga chorlaydi. Bu ibratli pand-nasihatlar va o'gitlar xalqimizni, jamiyatimiz ahlini, ayniqsa yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash o'rinlidir. At-Termiziyning asarlari faqat diniy ilmlar majmuasiga oid bo'lib qolmasdan, balki dunyoviy ilmlarga oid ma'lumotlarga ham boydir. Masalan, uning bosh asari bo'lgan «al-Jomi' as-sahiyh»da tarix, mantiq huquqshunoslik, tabobat, ziroatga oid ko'plab qimmatli ma'lumotlarni uchratamiz. Arab tilini rivojlantirishda at-Termiziyning xizmatlari kattaligini zamonaviy olimlar qayta-qayta ta'kidlaydilar. Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimizning shaxsiy hayoti va uning boy ma'naviy merosini chuqur va har tomonlama o'rganish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Inoyatov A. Termiziy maqolasi. 2016. // www.minbar.uz

2. Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" - Samarqand: "Imom Buxoriy xalqaro markazi" nashryoti, 2020. 4-bet

3. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. International Evaluation Programs. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1-5.

4. Mamatkobilova, S., & Julayeva, M. (2020). FACTORS AFFECTING FAMILY STRENGTH

5. Bakhtyorovna, K. M. (2024). WAYS OF FORMING PEDAGOGICAL SKILLS IN THE PROCESS OF EDUCATIONAL WORK. Gospodarka i Innowacje., 48, 18-20.

6. M., K. . (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE TECHNOLOGY OF FORMING REFLECTIVE SKILLS IN FUTURE TEACHERS. JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING, 2(8), 107-110. Retrieved from http://j srt.innovascience.uz/index.php/j srt/article/view/280

7. DUAL EDUCATION IN THE INTEGRATIVE MACROENVIRONMENT OF PROFESSIONAL EDUCATION (JOURNAL OF EDUCATIONAL DISCOVERIES AND LIFELONG LEARNING( EJEDL)

8. Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.

9. Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА "ВОСПИТАНИЕ" В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.

10. US Yakubova O 'QITUVCHILАRNING IJTIMOIY-PEDАGOGIK KOMPETENTLILIGINI RIVOJLАNTIRISH METODIKАSI Inter education & global study, 2024

11. Sharifovna, Y. U. (2022). Professional Qualities of a Social Educator. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(5), 171-175.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.