Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
40
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy-estetik kompetensiya / amaliy san’at / kompozitsiya / pedagogik kompetensiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jumatova Luiza Tozaboy Qizi

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy-estetik kompetensiyasini rivojlantirishning ayrim pedagogik jihatlari mazmun-mohiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI Jumatova Luiza Tozaboy qizi

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institute 1-bosqich

tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10678965

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarning badiiy-estetik kompetensiyasini rivojlantirishning ayrim pedagogik jihatlari mazmun-mohiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: badiiy-estetik kompetensiya, amaliy san'at, kompozitsiya, pedagogik kompetensiya.

Аннотация. В данной статье раскрыта сущность некоторых педагогических аспектов развития художественно-эстетической компетентности будущих учителей.

Ключевые слова: художественно-эстетическая компетенция, прикладное искусство, композиция, педагогическая компетенция.

Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlarida, ta'lim sohasida, ayniqsa maktab yoshidan boshlab san'at, xususan, tasviriy va amaliy san'at haqidagi bilimlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Mamlakatimizda ham ta'lim oluvchi yoshlarning badiiy-estetik tarbiyasiga katta e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag'ishlangan ma'ruzasida «...farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta'lim-tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo'yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko'tarish...» zarurligini ta'kidlagan [1].

O'sib kelayotgan yosh avlodni jahon andozalariga javob beradigan barkamol shaxs etib tarbiyalashda amaliy va badiiy bezak san'ati fani alohida ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga badiiy ma'lumot berishda tabiat unsurlarini stillashtirish mashg'ulotlarining ahamiyati benihoya katta bo'lib, bu ularning umumiy dunyoqarashlarini o'stirishda muhim. Yozuv kompozitsiyasi, yozuvlarni yozishni o'rganish, oddiy naqsh namunalarini chizish, bo'yash va pardozlash mahoratini rivojlantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi [2, 5].

Tadqiqotchi U.M.Imomova tomonidan pedagogik kompetensiya - o'qituvchi shaxsining qobiliyati ajralmas xususiyati - kompetensiyasiga ta'sir qiladi. O'qituvchi shaxsining o'quvchilarining o'qishi va rivojlanishiga ta'sirining samaradorligi uning vakolati darajasi bilan belgilanadi deb ta'riflangan. U ko'pgina hollarda, eng umumiy shaklda kompetensiya mutaxassis-o'qituvchining malakasi va kasbiy mahoratining yetarli darajasi sifatida tushunilishini ta'kidlab o'tgan [3].

Bo'lajak o'qituvchilarning badiiy-loyihaviy kompetensiyasini shakllantirish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan P.A.Koveshnikov mazkur kompetensiyaning komponentlari sifatida quyidagilarni aniqlashtirgan: motivatsion, kognitiv va faoliyatga doir. Tadqiqotchi tomonidan aniqlashtirilgan komponentlar boshqa kompetensiyalar tuzilmasidan farq qilmaydi. Biroq muallif tomonidan badiiy-loyihaviy kompetensiya komponentlariga xos funksiyalarning aniqlashtirilganligi e'tiborga molikdir. Uning fikricha, motivatsion komponent undovchi, yo'naltiruvchi va boshqaruv, kognitiv komponent bilishga doir, faoliyatga doir komponent esa, texnologik, vositali funksiyani bajaradi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy

san'at o'qituvchilarida badiiy-estetik kompetentlikni shakllantirish omillari sifatida quyidagilarni qayd etib o'tish lozim:

- talabalarning mustaqil badiiy-estetik faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur motivlari va shaxsiy sifatlari yig'indisi;

- badiiy-estetik faoliyatga doir bilim va ko'nikmalari;

- egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini badiiy-estetik faoliyat jarayonida qo'llay olish qobiliyati va tayyorlik darajasi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, aytish mumkinki, mazkur kompetentlik badiiy-estetik faoliyat sohasiga doir bilim, ko'nikma va malakalardan foydalanish qobiliyati va tayyorgarlikni o'zida aks ettiradi. Jumladan, I.A.Zimnyaya kompetentlikning beshta komponentini ajratib ko'rsatadi:

- subyektning bilish imkoniyatlarini safarbar etilishini ko'zda tutuvchi kompetentlikni namoyon etishga tayyorgarlik;

- kompetentlikkka doir bilimlarga egalik (kognitiv jihat);

- standart va nostandart vaziyatlarda kompetentlikning namoyon bo'lish holati (xulq-atvorga oid jihat);

- kompetentlikning mazmuni va obyektlariga nisbatan sub'etning ehtiyoj va munosabatining namoyon bo'lishi (qadriyatga yo'naltirilgan jihat);

- kompetentlikning namoyon bo'lish jarayoni va natijaviyligining emotsional-irodaviy yo'nalganligi.

S.V.Tetina asosiy kompetensiyalar jumlasiga quyidagilarni kiritadi:

- ijtimoiy kompetentlilik;

- biror bir jamiyatda boshqa odamlarning qarashlarini hisobga olgan holda harakat qilish qobiliyati;

- predmetli kompetentlilik, ya'ni bilish ob'ektlarini bilim olish va muloqot vositasi sifatida anglash qobiliyati;

- informatsion kompetentlilik;

- axborot texnologiyalarini egallash qobiliyati, har qanday turdagi axborot bilan ishlay olish hamda axborot texnologiyalarini tilni o'rganishda qo'llay bilish qobiliyati;

- proyektiv kompetentlilik;

- o'z mahsulotini yaratish, individual va jamoaviy faoliyatda qarorlar qabul qila olish va o'z qarorlari uchun mas'uliyatli bo'lish qobiliyati;

- ijtimoiy-madaniy kompetentlilik;

- umumbashariy odob-ahloq, madaniy o'ziga xoslik va xuquqiy bilimlarni qo'llagan holda o'zining va o'zgalarning madaniyatiga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyati;

- kommunikativ kompetentlilik, ya'ni o'zga tildagi muloqot vositalari yordamida o'zgalarni tushunish va ularga tushunarli bo'lish qobiliyati.

Kompetensiyaviy yondashuvning shakllanishi ta'limni taraqqiy ettirish talabi, zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga moslashish yo'llarini qidirish bilan bog'liq. Kompetensiyaviy yondashuv shaxsda bilimlardan tashqari amaliy vazifalarga yechim topish qobiliyatini shakllantirishga intilishini ham aks ettiradi [4].

Bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish jarayonida pedagogik vazifalarni belgilashda quyidagilar inobatga olinadi:

- bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishda ta'lim maqsadlarining tahlili va shu asosida o'quv predmeti mazmunini aniqlash;

- amaliy san'at o'quv predmeti fanlarining mazmuni tuzilmasini, badiiy-estetik kompetensiyasi texnologiyalari ishlab chiqish va uni o'quv unsurlari tizimli ko'rinishida ifodalash;

- amaliy san'at o'quv predmeti fanlarini o'quv unsurlarining o'zlashtirilish darajalarini belgilash;

- bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishda dastlabki bilim darajasini aniqlash, bu ko'rsatkich o'quv predmetining mazmunini ifodalovchi o'quv materialini o'zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi;

- bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishda o'quv-moddiy baza hamda ta'limning tashkiliy shakllariga qo'yiladigan chegaralarni belgilash.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki, bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini kognitiv yondashuvlar asosida badiiy-estetik kompetentligini zamonaviy sharoitda yangicha fikrlash tarzi, innovatsion texnologiyalar asosida o'zaro aloqadorligi hamda bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlashning pedagogik-psixologik o'ziga xosliklari hisobga olinishi zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi ma'ruzasi// "Xalq so'zi", 2016-yil, 8-dekabr.

2. Muratov X.X., Jabbarov R. R. Amaliy va badiiy bezak san'ati. - Toshkent "Ijod print" 2020. - B. 162.

3. Imomova U.M. Talabalarda innovatsion texnologiyalar asosida kognitiv kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi. p.f.f.d (PhD) ... avtoreferat. - Chirchiq. 2023.

4. Yuldasheva N. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisining badiiy-estetik kompetentligini shakllantirishning mohiyati, tuzilmasi va mazmuni// International Conference on Developments in Education Hosted from Delhi, India 24 th May, 2023/ https: econferencezone.org/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.