Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
11
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / kompetentlik / kognitiv / intellektual / ma’naviyat / salohiyat / yuksak / yangi avlod / xulq-atvor / qadriyatli-motivatsion / raqobatbardosh.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamajonov O‘Tkirbek Tojiddinovich

Maqolada ma’naviy kompetentligini rivojlantirish masalasi ularni globallashuv jarayoniga nisbatan raqobat bardosh mutaxassis sifatida tayyorlash vazifasini nazarda tutadi. Holbuki, shaxs manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim paradigmasida o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini namoyon qilishdek dolzarb jihatlarga e’tibor qaratish haqida so‘z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MA'NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASI Mamajonov O'tkirbek Tojiddinovich

Andijon davlat universiteti, Matematika Fakulteti o'quv ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10677423

Annotatsiya. Maqolada ma'naviy kompetentligini rivojlantirish masalasi ularni globallashuv jarayoniga nisbatan raqobat bardosh mutaxassis sifatida tayyorlash vazifasini nazarda tutadi. Holbuki, shaxs manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan zamonaviy ta'lim paradigmasida o'z ustida ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish hamda o'z-o'zini namoyon qilishdek dolzarb jihatlarga e 'tibor qaratish haqida so'z boradi

Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetentlik, kognitiv, intellektual, ma'naviyat, salohiyat, yuksak, yangi avlod,xulq-atvor, qadriyatli-motivatsion, raqobatbardosh.

Аннотация. B статье под вопросом развития их нравственной компетентности понимается задача подготовки их как конкурентоспособных специалистов по отношению к процессу глобализации. Однако в современной парадигме образования, направленного на удовлетворение интересов личности, говорится, что основное внимание уделяется таким актуальным аспектам, как работа над собой, саморазвитие и самовыражение

Ключевые слова: компетентность, компетентность, познавательная, интеллектуальная, духовность, потенциал, высокий, новое поколение, поведение, ценностно-мотивационный, конкурентоспособный.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida "Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g'oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo'lgan, intellectual va ma'naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo'lishlari uchun ularda zarur ko'nikma va bilimlarni shakllantirish" dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatgabardosh beraoladigan milliy ta'lim tizimini yo'lga qo'yish orqali yoshlarga ta'lim va tarbiya berishning xalqaro standartlari va milliy dastur integratsiyasini innovatsion tarzda takomillashtirish kabi vazifalarning belgilab berilganligini alohida e'tirof etish zarur.[1]

Bizning nuqtayi nazarimizga ko'ra, umumkasbiy, kasbiy, umummadaniy kompetensiyalarni tarkib toptirishda kompetensiyaviy yondashuv tushunchasi:

- talabalar va pedagoglarning kasbiy kompetentligi kasbiy va shaxsiy o'sishining asosi sifatida talqin qilinishi;

-umumkasbiy kompetensiyalarni ularning maxsus tashkil etilgan tarbiya jarayonida muvaffaqiyatli shakllantirilayotgan kompetensiyalarning boshqa guruhlari bilan o'zaro aloqasi, bir-biriga bog'liqligi, bir-birini to'ldirishi va boyitishi orqali aniqlanishidir.

Talabalarda umumkasbiy kompetensiyalarning shakllanishi asosini ularning auditoriyadan tashqari faoliyatining tashkil etilishi, shuningdek, oliy pedagogik ta'lim didaktik tizimining tarbiyaviy salohiyatini oshirish orqali ko'rib chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati oliy pedagogik ta'lim tizimida tarbiya jarayonini innovatsion boshqarishda namoyon bo'lib, uning zamirida kompetensiyalarning - kasb sohibi bo'lmish shaxsning xususiyatlari vafazilatlarini shakllantirish yotadi.

"Kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalari bir-biriga turlicha nisbatda biz ko'rib chiqayotgan kompetensiyaviy yondashuvning o'ziga xos ma'noga ega kategoriyalari sifatida namoyon bo'ladi. Pedagogik adabiyotlarda ushbu tushunchalarning o'zaro bog'liqligi bo'yicha turli qarashlar mavjud bo'lib, xilma-xil dalillarga ega ko'plab ta'riflari taklif qilingan. "Kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalarini potensial-dolzarb, kognitiv-shaxsiy tavsif asosida ajratib ko'rsatgan I.A.Zimnya fikriga ko'ra, kompetentlik deganda biz "insonning bilimga asoslangan, intellektual va shaxsning ijtimoiy-kasbiy tavsifi sifatida dolzarb, shakllanayotgan shaxsiy sifat" ekanligini tushunamiz. Agar biz kompetentlikni N.Xomskiy taklif qilganidek, qoidalar to'plami sifatida, strukturani bilish tarzida tushunsak (gap til haqida ketmoqda), unda bunday izoh bilan ko'plab tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, kompetentlikka asoslangan yondashuv bilim, ko'nikma va malaka talqinidan hech qanday farq qilmaydi.

Kompetensiyalar ta'limni modernizatsiyalashning asosiy g'oyasidir. Bu g'oya ta'limning maqsadini mavjud an'anaviy tasavvurlar doirasidan, ya'ni bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladigan tizim sifatida qarash bilan cheklanib qolmaydi. Shu bilan birga mazkur tushuncha nazariya va amaliyotda yaqqol o'z ta'rifiga ega emas. Uning quyidagicha asosiy tavsifiy jihatlari ko'zga tashlanadi: "bilimlar tizimi", faoliyat tajribasi va motivatsiya, muammolarga yechim topish qobiliyati[2], sifatlar, xususiyatlar birligi [3], shaxsiy va kasbiy faoliyatga amaliy tayyorlikning yuqori darajasi.[4]

Kompetensiyalarning ta'lim jarayonidagi o'rni ta'lim-tarbiyaning maqsadi ta'limning faoliyatga oid tarkibiy qismi, ta'limiy faoliyatning sifat ko'rsatkichi, kasb sohibining shaxsiy-individual qadriyatlari sifatida belgilanadi.

Kompetensiyalar insonga hayotiy va kasbiy muammolarni hal qilish, shaxsiy va o'z-o'zini kasbiy jihatdan ro'yobga chiqarish imkoniyatini beradigan xususiyatlar to'plamidir. Shunga ko'ra, kompetensiyalar bo'yicha "bilim" qanchalik mos va to'liq bo'lsa, odamlar turli sohalardagi muammo va vazifalarni, ya'ni umuman sermahsul hayotiy faoliyatni hal qilishga shunchalik tayyor bo'ladilar.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, zamonaviy ilm-fan darajasida "kompetensiya" tushunchasi nafaqat insonning faoliyatga tayyorligining operatsion komponentini qamrab oladi (va shuning uchun bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisiga kirmaydi), balki uning ijtimoiy kontekstdagi ishlari va xatti-harakatlari, xulq-atvorining qadriyatli-motivatsion asoslarini ochib beradigan qadriyatli komponentni ham o'z ichiga qamrab oladi. Shunday qilib, TUNING Yevropa ilmiy loyihasi kompetensiyalarning quyidagi universal strukturasini taklif etadi:

1) bilim komponenti (akademik sohadagi nazariy bilimlar, bilish va tushunish qobiliyati);

2) amaliy komponent (bilimlarni muayyan vaziyatlarga amaliy va operativ qo'llash);

3) qadriyatli komponent (qadriyatlar ijtimoiy kontekstda boshqalarni idrok etish usuli va subyekt hayotining ajralmas qismi sifatida, inson xulq-atvorining qadriyatli-motivatsion asoslari)

[3].

Kompetentlik psixologiyasining asoschisi, ingliz psixologi J.Raven "kompetentlik kompetensiyalar majmuidir" degan tushunchadan kelib chiqib, ularning ko'p sonli ekanligini ta'kidlagan. J.Raven kompetentlik komponentlarini insonlarning tabiatidan qat'iy nazar, shaxsiy va kasbiy jihatdan muhim maqsadlarga erishishga imkon beradigan xususiyatlari hamda qobiliyatlari sifatida talqin qilgan [4].

Kompetentlik umumlashgan tavsifda: ta'limdagi va mustaqil kasbiy, ijtimoiy faoliyatda (tug'ma va rivojlantirilgan emas - ta'kid bizniki) muayyan kompetensiyalarni (kompetentlikning asosi, negizi sifatida) individual o'zlashtirish va ijodiy tarzda egallash yo'li orqali shaxsning

yangidan shakllangan xislati, kasb sohibi bo'lgan fuqaroning fazilati. Bu professionalning (kasbiy yetuk shaxsning) hayotiy tajriba, amaliyot, mustaqil ta'lim orqali individual o'zlashtirilgan kompetensiyalar asosida yangi (kasbiy, ijtimoiy) shart-sharoitlarda ijodiy yondashib ish ko'rish sifatidir. Ijod, ijodiy fikrlash, ularning shakllanganligi - kompetentlikning muhim ko'rsatkichidir.

Tarbiyaga kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazaridan kompetensiyalar majmui mutlaqlik kasb etmaydi. "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasida" tarbiya nuqtayi nazaridan kompetensiyalarni "fazilatlar" sifatida talqin qilinganiga guvoh bo'lish mumkin. Bizningcha, qachonki, fazilatlar qadriyatlar interiorizatsiyasi (ichki anglanganlik) darajasida namoyon bo'lsa, u holda mazkur jarayonga nisbatan "kompetensiya" tushunchasini qo'llash mumkin. Aniqrog'i, fazilatlarning motivatsion va kognitiv darajada namoyon bo'lishini kompetensiyaning shakllanganligi sifatida e'tirof etish o'rinli bo'lmaydi. Hayotiy va kasbiy ahamiyatga ega kompetensiyalar hamda kompetentliklar - kasb sohibi bo'lmish mutaxassisning muhim sifatlari majmuiga qarashlar zamonaviy inson-kasb sohibi - mamlakat va dunyo fuqarosiga umumiy davlat-ijtimoiy buyurtmasi bilan; davlat va jamiyatdagi iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy o'zgarishlar dinamikasi, insoniy salohiyatlar (intellektual, jismoniy, ma'naviy) bilan belgilanadi hamda kompetensiyalar va kompetentliklar shu qarashlar doirasida shakllanadi.

Turli soha vakillarining ma'naviy kompetentligini rivojlantirish masalasi ularni globallashuv jarayoniga nisbatan raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlash vazifasini nazarda tutadi. Holbuki, shaxs manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan zamonaviy ta'lim paradigmasida o'z ustida ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish hamda o'z-o'zini namoyon qilishdek dolzarb jihatga katta e'tibor qaratiladi. Negaki, ta'lim mazmuni - tarbiyaviy asoslar bilan muvofiqlashtirilgan ijtimoiy- madaniy tajribaning saralangan qismi bo'lib, bilim berish jarayoni orqali egallanadigan xulq, muomala, hissiyot, fikrlash va amaliy faoliyat madaniyatini o'zida mujassam etadi. Tabiiyki, bo'lg'usi mutaxassislarning kasbiy sifatlarining axloqiy-estetik, ma'naviy kompetensiya nuqtayi nazaridan mazmun-mohiyatini qayta ko'rib chiqish ehtiyoji yuzaga keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020 yildagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6108-son Farmoni

2. Зеер.Э.Ф. Модернизация профессионального образования: компетентностный подход [Текст] / Э.Ф.Зеер, А.М.Павлова, Э.Э.Сыманюк. — М.: Московский психолого-социальный институт, 2005. - 216с.

3. Хуторской, А. В. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированной парадигмы образования [Текст] / Хуторской А.В. // Народное образование.- 2003.- № 2.- С. 58-64.

4. O.Musurmonova. Yuqori sinf o'quvchilari ma'naviy madaniyatini shakllantirishning didaktik asoslari.//ped.fan.dok.diss.13.00.01.Toshkent-1993. -B.364

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.