Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILADIGAN DIDAKTIK QADRIYATLAR'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILADIGAN DIDAKTIK QADRIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
didaktik qadriyatli kompetensiya / innovatsion faoliyat / konstruktiv transformatsiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalilova Nilufar Toxir Qizi

Maqolada oliy pedagogik ta’limda talabalarning didaktik qadriyatlarni bilish va tegishli ma’lumotlarni o‘z pedagogik faoliyatida ta’lim mazmuni va o‘quv vaziyatlariga mos ravishda qo‘llay bilishni ifodalovchi didaktik-qadriyatli kompetentlikni rivojlantirish komponentlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILADIGAN DIDAKTIK QADRIYATLAR»

BO'LAJAK O'QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILADIGAN DIDAKTIK QADRIYATLAR

Jalilova Nilufar Toxir qizi

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10677279

Annotatsiya. Maqolada oliy pedagogik ta'limda talabalarning didaktik qadriyatlarni bilish va tegishli ma'lumotlarni o'zpedagogikfaoliyatida ta'lim mazmuni va o'quv vaziyatlariga mos ravishda qo'llay bilishni ifodalovchi didaktik-qadriyatli kompetentlikni rivojlantirish komponentlari yoritilgan.

Kalit so 'zlar: didaktik qadriyatli kompetensiya, innovatsion faoliyat, konstruktiv transformatsiya

Kompetentlik tushunchasi haqida dastlabki qarashlar Buyuk Britaniyalik psixolog olim Djon Raven tomonidan ilgari surilgan bo'lib, u kompetentlikka xos xususiyatlarni yagona bir tizimga birlashtiradi hamda emotsional-intellektual xususiyatga ega kompetentlik "motivatsiyalashgan qobiliyatlar" asosida namoyon bo'lishini ta'kidlaydi. [1,43]

"Pedagogika" II ensiklopediyasida kompetentlilik " pedagogning barcha imkoniyatlaridan foydalana olishi, o'ziga va o'z ishiga nisbatan talabchanligi, maktab, oila ava mahalla hamkorligini yo'lga qo'ya olishi, o'z ishining ustasi bo'lgan, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilgan, o'zini o'zi rivojlantiruvchi hamda o'z qobiliyati va imkoniyatlarini to'la ishga sola biladigan ped. layoqat" [2, 184] ekanligi uqtiriladi.

Kompetensiya kasb egasiga zarur kasbiy qonuniyatlar, tamoyillar, talablar, qoidalar, burch, vazifa hamda majburiyatlar, shuningdek, shaxsiy deontologik meyorlar yig'indisini anglatadi. Kompetentlik yesa shaxs amaliy faoliyati bilan bogliq bo'lib, kompetensiya me'yorlarini jamiyat talabaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahoratidir. Kompetentlikning asosiy mezoni samarali faoliyat, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bilan belgilanadi. [3,62]

Yuqoridagi asoslanib, kompetentlikni favqulodda vaziyatlarga mos munosabat usulini topa bilish, yangi usullarni yangicha sharoitga moslab qo'llash, zarur ma'lumotdan o'z o'rnida foydalanish, o'z ustida uzluksiz ishlash, o'zidagi BKM tizimini izchil ravishda rivojlantirib borishdan iborat deb hisoblash mumkin.

Bizningcha, didaktik qadriyatlarni bilish va tegishli ma'lumotlarni o'z pedagogik faoliyatida ta'lim mazmuni va o'quv vaziyatlariga mos ravishda qo'llay bilishni ifodalovchi talabaning didaktik-qadriyatli kompetentlikka ega bo'lishi talabi bo'lajak o'qituvchi egallashi zarur bo'lgan tanyach kasbiy kompetetentlikning muhim komponentlari tarkibiga kiradi.

Talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan didaktik qadriyatlarni aniqlashda shaxsiy-kasbiy kompetensiya, uning tarkibidagi asosiy komponent sifatida didaktik kompetentlik, qadriyatli didaktik kompetentlik, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim, "qadriyatlarga asoslangan innovatsion faoliyat" tushunchalari muhim o'rin tutadi.

Didaktik kompetentlik bo'lajak talabaning o'qituvchilik faoliyatiga tayyorligini ifodalovchi asosiy mezon hisoblanib, kasbiy-didaktik faoliyatga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlikni ifodalovchi kasbiy kompetentlikning muhim komponentlaridan biridir. [4]

Bo'lajak o'qituvchining didaktik qadriyatli kompetentligi esa uning bo'lajak kasbiy-didaktik faoliyatida turli didaktik qadriyatli o'quv topshiriqlarni hal etishga nazariy-amaliy tayyorligini ifodalovchi integrativ kasbiy sifati hisoblanadi.

Oliy pedagogik ta'limning asosiy maqsadi talabada shaxsiy-kasbiy sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish, uni bo'lajak pedagogik faoliyatida yosh avlodni davr talablariga mos bilimli, iqtidorli qilib tarbiyalay oladigan mahoratli pedagog qilib yetishtirishdan iborat. Mazkur jarayon o'ziga xos psixologik-pedagogik mexanizmlar asosida amalga oshirilib, oliy ta'lim jarayonida talaba o'quv-kasbiy kompetentligining kasbiy kompetentlikka konstruktiv transformatsiya usuli orqali o'tishini talab etadi. Buni rus olimi L.V.Lvov pedagogik-psixologik jihatdan quyidagicha izohlaydi: "O'quv-kasbiy kompetentlikni shakllantirish konstruktiv transformatsiya usuli orqali amalga oshadi. Konstruksiya bir vaqtning o'zida, ammo rivojlanmagan shaklda o'quv-kasbiy kompetentlik negizlarini vujudga kelishini ta'minlaydi, transformatsiya esa — uning keyingi rivojlanish holatini talab darajasiga yetkazadi. Shu tarzda o'quv-kasbiy faoliyatning kasbiy faoliyatga tomon konstruktiv transformatsiyasi amalga oshadi" [5,143] Masalan, didaktik qadriyatlarning konstruktiv transformatsiyasi ta'lim jarayonida talabada didaktik qadriyatli kompetentlik asoslarini, ya'ni didaktik qadriyatlarga oid bilim va boshlang'ich ko'nikmalarni vujudga kelishiga xizmat qilsa, transformatsiya esa — amaliy-ijodiy mashg'ulotlar orqali talabada istiqbolga qaratilgan innovatsion didaktik qadriyatlarni yaratishga, keyinchalik o'qituvchilik faoliyatida mavjud malakalarini yanada rivojlantirishiga sharoit yaratadi.

Bo'lajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni, jumladan, uning muhim komponenti sifatida didaktik qadriyatli kompetentlikni rivojlantirishga bir necha omillar, jumladan, zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish, ma'lumot va axborotlar ustida ishlash, tahlil qilish, izohlash hamda foydalanish kabilar ta'sir ko'rsatadi. Masalan, xorijiy tillar bo'yicha o'qitishning yangi axborot texnologiyalarini qo'llash orqali pedagog shaxsini rivojlantirish, ijodiy izlanish va birgalikda ishlash, o'quv dasturlarining eng maqbullarini tanlash yoki yangilarini yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Chunki kasbiy-ijodiy faoliyat yuritish uchun kasbiy potensial (bilim, ko'nikma, tajriba, kasbiy-shaxsiy fazilat kabilar)ni yetarlicha to'liq amalga oshirish, o'z-o'zini shaxsiy-kasbiy takomillashtirish zarur [6,34-42b].

L.M.Mitina kasbiy kompetentlikning psixologik modeliga kasbiy bilimlar, pedagogik yo'nalganlik, pedagogik qobiliyatlar, umumiy madaniyat va rivojlanish, pedagogik bilimlar (gnostik loyihalash, konstruktivlik, kommunikativlik, tashkilotchilik) ni kiritadi. [7,76 ]

Ye.F. Zeer talaba kasbiy rivojlanishining quyidagi bosqichlarini aniqlaydi:

- talabada kasbiy niyatlarning shakllanishi - kasbni ongli ravishda tanlash;

- kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarning vujudga kelishi, ijtimoiy kasbiy-shaxsiy sifatlarning tarkib topishi;

- o'quv faoliyati davomida kasbga moslasha borish, kasbiy tajriba kurtaklarining shakllana boshlashi, kasbiy fazilatlarning vujudga kela boshlashi;

- kasbiy faoliyatga ijodiy yondashish kabilar [ 8, 66-67. b].

Yuqoridagilarga asoslanib, biz didaktik qadriyatlardan foydalanishga oid didaktik qadriyatli kompetentlikka ega bo'lishda talabada o'quv faoliyatiga nisbatan quyidagi yondashuvlar mavjud bo'lishini taklif qilamiz:

- shaxsiy-faoliyatli yondashuv, bunda talabaning kasbiy faoliyati va insoniy fazilatlariga milliy-ma'naviy qadriyatlarning ta'siri nazarda tutiladi. Talaba o'qituvchilik kasbini egallayotgan mutaxassis sifatida didaktik qadriyatlarni bilishi bilan birga, shaxs sifatida ma'naviy qadriyatlarni ham o'ziga singdirib olishi zarur;

- funksional-faoliyatli yondashuv, talabaning istiqbolagi o'qituvchilik faoliyatida tarixiy, innovatsion va zamonaviy didaktik qadriyatlarni qo'llash orqali sifatli ta'lim berishga erishishida namoyon bo'ladi. Bu talabaga o'quv faolligi, ijodkorlik, o'z pedagogik mahorati va o'qituvchilik

qobiliyati kurtaklarini ko'rsata bilishi, "hayot davomida o'qib-o'rganish" mezoni asosida o'z-o'zini tarbiyalash va pedagogik mahoratini shakllantirishiga imkon beradi.

Demak, didaktik qadriyatlarga asoslangan didaktik kompetentlikning zarur elementlari: milliy-ma'naviy qadriyatlarga asoslangan shaxsiy fazilatlarga ega bo'lish - didaktik qadriyatlarning turlarini bilish - didaktik qadriyatlarni zamonaviy kontekstda qo'llay bilishdan iborat. Har biriga misol bilan izohlash kerak. Qaysi qadriyatlarni qaysi modulda organish haqida qaysi oquv materiali taklif qilamiz. Uning innovatsion-didaktik qadriyatlarga asoslangan kasbiy qadriyatli kompetensiyasi ta'limni modernizatsiyalash maqsadida egallayotgan amaliy qobiliyatlarida o'z ifodasini topadi. Talabada kasbiy rivojlanish imkoniyatlarning doimiy vujudga kelishi va namoyon bo'lishiga sharoit yaratish uning jamiyat, o'quv muhiti, kursdoshlari bilan munosabatlarining kengayib, chuqurlashib borishini taqozo etadi.

Asosiy

tushunchalar

Tayaniladigan asosiy prinsiplar

Didaktik kompetentlikni shakllantirish

Rasm: Didaktik kompetenlikka oid asosiy tushunchalar

Demak, bo'lajak o'qituvchida kasbiy kompetentlikni shakllantirish jarayonida unda didaktik qadriyatlarga oid bilim, uni amaliyotda qo'llashga qaratilgan ko'nikma va malakalarning uzluksizlik, izchillik va uzviylik prinsirlari asosida, "didaktik qadriyat", "didaktik qadriyatli kompetentlik", "innovatsion faoliyat" kabi tushunchalarga asoslanib shakllantirilishi pedagogik amaliyot davrida didaktik bilimlarning didaktik qadriyatlar negizida rivojlanishini talab qiladi. Bu talabaning innovatsion didaktik qadriyatli faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Bo'lajak o'qituvchilarda didaktik qadriyatli kompetentlikni shakllantirishda davlat ta'lim siyosatida pedagogik merosimizga hamda ta'limga innovatsiyalarni tatbiq etish qaratilgan yuksak e'tibor (fikrimizcha, innovatsiyalarni o'quv modullari mazmuniga singdirish zarur) innovatsiyalarning ta'lim sifatini oshirishiga maksimal ta'sir ko'rsatib,o'quv jarayoni sifatini belgilab beradi.

REFERENCES

1. Равен ДЖ. Компетентность в современном обществе: выявление, развитие, и реализация/пер с англ. - М.:" Когито -Центр", 2002. - 396 с. - с 43.

2. Safarova R.G, Jo'rayev R.H Pedagogika ensiklopediya II jild. Ж-М. T: "Ozbekiston milliy ensiklopediaysi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2015.-376b-184b

3. Рискулова К.Д. Булажак инглиз тили ук;итувчилари социолингвистик компетентлигини шакллантириш тизими: Автореф. Дисс.... пед. фанлар.докт. - Т., 2017.- 62 б.

4. Ж.А. Каско. Дидактическая компетентность будущего учителя как основной компонент профессиональной компетентности. Электронный ресурс. Под редакцией Т. И. Шукшиной. - Саранск, Издательство: Мордовский государственный педагогический институт имени М.Е. Евсевьева, 2018.

5. Л.В. Львов. Психолого-дидактический механизм формирования профессиональной компетентности // Вестник ФГОУ ВПО МГАУ № 6/2'2008. - С. 138-143

6. Зимняя И.А. Ключевые компетенции - новая парадигма результата образования // Высшее образование сегодня. 2003. № 3. С. 34-42.

7. Митина Л.М. Психология труда и профессионального развитие учителья:Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. - М.: академия, 2004. - с.76.

8. Зеер Э.Ф. Психология профессий: учебное пособие. 3-е изд., перераб., доп. М.: Академический Проект; Фонд «Мир», 2005. 336 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.