Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA TAʼLIM VA ISHLAB CHIQARISHNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGINI TAʼMINLASH'

BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA TAʼLIM VA ISHLAB CHIQARISHNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGINI TAʼMINLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bo’lajak mutaxassislar / pedagogik innovatsiya / innovatsion yondashuv / pedagogik amaliyot.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ne‘Matova Mavsuma Ulug‘Bek Qizi

Ushbu maqolada bo‟lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon, pedagogik innovatsiya, innovatsion yondashuv, talabalarining pedagogik amaliyot maqsadi, vazifalari, bosqichlari, oliy ta‟lim tizimida malakaviy amaliyotni tashkil etish va o‟tkazishga doir muammolar bayon etigan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA TAʼLIM VA ISHLAB CHIQARISHNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGINI TAʼMINLASH»

BO'LAJAK MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA TA'LIM VA ISHLAB CHIQARISHNING O'ZARO BOG'LIQLIGINI TA'MINLASH Ne'matova Mavsuma Ulug'bek qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11548371

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo"lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon, pedagogik innovatsiya, innovatsion yondashuv, talabalarining pedagogik amaliyot maqsadi, vazifalari, bosqichlari, oliy ta"lim tizimida malakaviy amaliyotni tashkil etish va o"tkazishga doir muammolar bayon etigan.

Kalit so'zlar: bo'lajak mutaxassislar, pedagogik innovatsiya, innovatsion yondashuv, pedagogik amaliyot.

Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobining asosiy jihatlaridan biri ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi hisoblanadi. Bir-biri bilan bog'liq holda rivojlanadigan bu tizim barcha darajadagi yuksak malakali mutaxassislarni yetishtirib chiqaradi. Ular esa, o'z navbatida, yangi ilmiy-texnika yutuqlarini ta'minlaydigan raqobatbardosh fanni va ishlab chiqarishni rivojlantiradi

Ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ta'lim tizimini tubdan isloh qilishda xalqimizning jahon tamadduniga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan boy ma'naviy merosi va salohiyatiga, rivojlanib borayotgan texnika va texnologiyalarga hamda ilmfan yutuqlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan, dunyoda noyob hisoblangan, bugun o'zining yuksak samarasini berayotgan milliy dastur hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Integratsiyalashgan turli xildagi o'quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari iqtisodiyot va jamiyatning barqaror taraqqiyoti paytidagina emas, shuni alohida ta'kidlash lozimki, o'tish davrida jamiyat, iqtisodiyot hamda ta'lim tizimini qayta isloh qilish jarayonida, bu ish uchun tegishli kadrlarni tayyorlash uchun ham nihoyatda zarurdir.

O'zbekiston sharoitida bunday loyihalarni amalga oshirish tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda moddiy-moliyaviy harajatlarni tayyorlashdan tashqari, ta'lim-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etadigan omillarni psixologik jihatdan qayta tayyorlashni, mamlakatimizning iqtisodiy mustaqilligiga erishish - ta'lim, fan va ishlab chiqarishning raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni ta'minlashga imkon beradigan butkul yangi darajada integratsiyalashuvini keng rivojlantirishni taqozo etadi.

Ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvining butkul yangi darajasi quyidagilarga asoslanishi lozim:

- sanoat, iqtisodiyot, ta'lim, fan, ishlab chiqarish va intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda xalqaro hamkorlikka;

- malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishdagi ta'lim jarayoniga akademiya va soha ilmiy tadqiqot institutlari, korxona va tashkilotlarni manfaatdor sherik sifatida keng jalb etish;

- talabalarni ta'lim, ilmiy tadqiqot, ilmiy-ishlab chiqarish va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga yo'naltirish.

Kasbiy ta'lim integratsiyasi - raqobatbardoshli oliy professional ma'lumot (bakalavrlar, diplomli mutaxassis va magistrlar) beradigan nufuzli universitetlar, ta'lim-ilmiy, ta'lim-ilmiy-ishlab chiqarish va ta'lim-ishlab chiqarish birlashmalari, shuningdek malakali kadrlarni tayyorlash uchun kasbiy - ishlab chiqarish ("Boshlang'ich oliy maktab" toifasidagi ta'lim muassasalari) -ishlab chiqarish birlashmalarini barpo etish.

Mazkur ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi quyidagilar asosida shakllantiriladi:

- oliy ta'lim muassasalarining (ayniqsa, mintaqaviy oliy ta'lim muassasalarining) pedagogik, ilmiy va moddiy-texnik salohiyatidan samarali foydalanish;

- akademiya va soha ilm-fanining ta'lim muassasasidagi ta'lim jarayoni bilan o'zaro hamkorligini ta'minlash;

-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, stajyorlar, magistrlar va talabalardan hamkorlikda foydalanish uchun fundamental tadqiqotlarning tajriba-sinov va jihoz bazasini rivojlantirish;

- ta'lim jarayonida fundamental ilmiy-tadqiqotlardan foydalanish uchun axborot-resurs bazasini barpo etish;

- kasbiy ta'limning barcha darajasida uzoq muddatli integratsiyalashgan amaliy tadqiqot ishlarini o'tkazishni yo'lga qo'yish imkonini beradi.

Bugungi kunda ta'limning xalqaro integratsiyalashuvi quyidagilardan iborat:

- sanoat va intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda bozor va xalqaro munosabatlar, yuksak va ilm-fan bilan bog'liq texnologiyalar, kasbiy yo'nalishlar va mutaxassisliklar bo'yicha (universitetlar, kasb-hunar kollejlari, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari va h.k.) qo'shma ta'lim muassasalarini barpo etish;

- "El-yurt umidi" jamg'armasi orqali iqtidorli yoshlarning jumladan, tadqiqotchilar, yosh olimlar, magistrlarni sanoati va intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oliy ta'lim markazlarida ta'lim olishini yo'lga qo'yish;

- mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarini AQSH, Yevropa va Osiyoning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan bevosita aloqalarini rivojlantirish;

- mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarini xalqaro ta'lim va ilmiy dasturlariga birlashtirish yo'li bilan amalga oshirish zarur.

Ta'limda muvaffaqiyatga erishishdan asosiy maqsad, malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta'limning barcha turlarini Davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi milliy modelini va uning faoliyat ko'rsatish mexanizmlarini qamrab oladi. Ta'limda uzviylik deganda, bir ta'lim turi fanlari dasturining keyingi ta'lim turiga o'tganda mutanosib ravishda o'zgartirib, soddadan murakkabga qarab to'ldirib borilishi tushuniladi. Qaysi fanlarni ta'lim turlarining qaysi bosqichida o'qitilishi ham muhim va ularni tartibga solish natijasida uzviylik yaratiladi. Uzviylik ta'lim sifatiga to'g'ridan-to'g'ri qaytarilishi ham, mantiqiy uzilishlar bo'lishi ham ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Fanlar o'rtasidagi va ta'limdagi uzviylik, ayniqsa alohida ahamiyat kasb etadi.

Demak, ta'lim tizimini rivojlantirish fan bilan ta'lim jarayonining o'zaro aloqalarini, ishlab chiqarish va ta'lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirishga asoslanadi hamda quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg'or amaliy ilmiy tadqiqotlar o'tkaziladi, ta'lim sifati Davlat ta'lim standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish va ta'minlash maqsadida ijtimoiy-gumanitar va ta'lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning ta'lim jarayonidagi ishtiroki rag'batlantiriladi, pedagogika va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi ta'minlanadi. Yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qo'llab-quvvatlanadi.

- o'quv-ishlab chiqarish majmualarini (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash rag'batlantiriladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikdagi ilmiy-texnologik yechimlarni ishlab chiqishda iqtisodiyot korxonalari va ishlab

chiqarish salohiyatidan unumli foydalaniladi, mutaxassis kadrlarning malakasi bevosita ishlab chiqarishda muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.

Shunday qilib, yurtimizning ertangi rivoji yo'lida tuzilgan dasturlar, bu rejalarni bajarish uchun yaratilgan moddiy asos va imkoniyatlar, safarbar etilgan sarmoyalarning barchasini amalga oshiradigan, ro'yobga chiqaradigan qudratli omil - bu yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan etuk malakali mutaxassis yoshlardir. Bugungi kunda oliy ta'lim sohasida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnik bazasidan samarali foydalanishni ta'minlash, ta'lim tizimidagi yo'nalishlar va mutaxassislar bo'yicha Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, o'quv-metodik adabiyotlarni qayta ko'rib chiqish va takomillashtirish davr talabidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Avliyaqulov N.X., Musayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: "Fan va texnologiya", 2008. 91-bet.

2. Dilafruz Rafikova, Mukaddas Karimova O'zbekiston respublikasi oliy pedagogik ta'limidagi modernizasiya jarayonining me'yoriy - huquqiy ta'minoti. https://inscience.uz/index.php/socinov/index 2021 yil sentyabr.214-226 b.

3. 3.Muslimov N.A., Usmonboyeva M.X, Sayfurov D.M., Turayev A.B..Innovatsion ta'lim texnologiyalari. Toshkent: "Sano-standart" 2015

4. atrio Raffani Raharjo, Active Student Learning through Gamification in a

5. Learning Management System, https://files.eric.ed.gov/fulltext/EJ1330405.pdf

6. Musakhanova G. M. Directions for Students' Independent Learning Skills

7. Developing in the Context of Digitalization of the Economy //International Journal

8. of Social Science Research and Review. - 2022. - T. 5. - №. 1. - S. 64-67.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.