Научная статья на тему 'TA'LIM TIZIMIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI TATBIQ ETISHNING ZARURATI'

TA'LIM TIZIMIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI TATBIQ ETISHNING ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
164
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim tizimiga pedagogik texnologiyani tatbiq etishning zarurati / qishloq xo‘jaligi sanoat / transport maishiy xizmat ko‘rsatish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufarrashidova, Gulhayo Ixtiyor Qizisayfullayeva

XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur'ati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g‘oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlar ning yangicha mazmunini amalga oshirishni ta'minladi. Xizmat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining yangilanib hamda ortib borishi o‘z navbatida zamin etuvchi faoliyatning yo‘lga qo‘yilishini taqozo etdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM TIZIMIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI TATBIQ ETISHNING ZARURATI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

TA'LIM TIZIMIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI TATBIQ ETISHNING

ZARURATI

Nilufar Rashidova

Navoiy davlat pedagogika instituti Texnologik ta'lim yo'nalishi talabasi

Ilmiy rahbar: Gulhayo Ixtiyor qizi Sayfullayeva

ANNOTATSIYA

XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur'ati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g'oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlar - ning yangicha mazmunini amalga oshirishni ta'minladi. Xizmat ko'rsatish sohalarining paydo bo'lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining yangilanib hamda ortib borishi o'z navbatida zamin etuvchi faoliyatning yo'lga qo'yilishini taqozo etdi.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimiga pedagogik texnologiyani tatbiq etishning zarurati, qishloq xo'jaligi sanoat, transport maishiy xizmat ko'rsatish

THE NEED TO APPLY PEDAGOGICAL TECHNOLOGY TO THE

EDUCATION SYSTEM

ABSTRACT

The twentieth century has gone down in the history of human society as a period of revolutions in science and technology. The rapid development of science and technology, along with the theoretical (ideological) and practical enrichment of the process of material production, has ensured the realization of a new content of social relations. The emergence of the service sector, a new way of life, the renewal and growth of the material and spiritual needs of the people, in turn, necessitated the establishment of groundbreaking activities.

Keywords: the need to introduce pedagogical technology into the education system, agriculture, industry, transport and consumer services

KIRISH

Ijtimoiy zarurat mahsuli bo'lgan texnologiya sohasi va jismoniy kuch sarflangan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Moddiy ishlab chiqarish, xomashyoni qayta ishlash sohalari (xususan, qishloq xo'jaligi sanoat, transport maishiy xizmat ko'rsatish va h.k.) da yondashuv an'anasi yuzaga keldi. Ishlab chiqarish jarayoniga texnologik yondashuv ushbu jarayonning umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi, ya'ni muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom ashyoni tanlash (dastlabki bosqich)

305

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

dan mahsulotni iste'molchiga yetkazib berishgacha bo'lgan (so'ngi bosqich) davrni o'z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida e'tirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv muayyan sohalarda isloxotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta'minlash va ularni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida tashkil etildi.

ASOSIY QISM

Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy, ilg'or, yuksak texnologiyalarning qo'llanish shartlaridan biri - malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishni yo'lga qo'yish ekanidan ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi.

Jamiyat ijtimoiy hayotida yetakchi o'rin tutgan g'oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish rivojiga o'z ta'sirini o'tkazsa, o'z navbatida iqtisodiy o'sish aholi madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi.

Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta'lim berishga yo'naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo'lsa, bugungi kunga kelib ta'lim jarayonini o'ta qat'iy hamda murakkab talablar asosida yo'lga qo'yish zarurati kun tartibiga qo'yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayoni mohiyatini to'laqonli anglay olgan, favqulotda ro'y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy xal eta olish salohiyatiga ega bo'lgan malakali mutaxassisni tayyorlash zaruriyati ta'lim jarayonini ham texnologik yondashuv asosida tashkil etish lozimligini taqozo etmoqda.

Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi nomoyon bo'lmoqda.

Ayni vaqtda respublika ijtimoiy hayotiga keng qo'lamli va shiddatli tezlikdagi axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur'atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda talabaga yetkazib berishni yo'lga qo'yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonida ro'y berayotgan o'zgarishlar natijasida halq xo'jaligining turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlab berish ehtiyoji yuzaga keldi. Ushbu ehtiyojni qondirish ishlab chiqarish sohalari tomonidan turli mutaxassislik yoki iqtisoslik bo'yicha kasbiy ma'lumotga ega kadrlarni tayyorlash ishiga mas'ul sanalgan ta'lim muassasalariga ijtimoiy buyurtma berish hamda mazkur buyurtmaning sifatli bajarilishi asosida hal etiladi. Ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasida faoliyat

yuritayotgan ta'lim muassasalari zimmasiga erkin, mustaqil fikr yurita oladigan tafakkuri va dunyo qarashi keng, bilimli, shuningdek, mutaxassisligi bo'yicha chuqur bilim, yuksak malakaga ega bo'lgan kadrlar (mutaxassislar) ni tayyorlab berishdek ma'suliyatli ijtimoiy vazifa yuklangan.

Ishlab chiqarish sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlab berish borasidagi ijtimoiy buyurtma mohiyati o'z-o'zidan ta'lim-tarbiya tizimiga taaluqli. Ushbu tizim doirasida faoliyat ko'rsatuvchi ta'lim muassasalarining faoliyati mazmuni tubdan yoki qisman o'zgaradi. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta'limiy isloxotlar hamda kadrlar tayyorlash borasidagi ijtimoiy buyurtma mohiyatiga ko'ra, 1997 yil 29 avgustda oliy majlisning IX-sessiyasida qabul qilingan yangi taxrirdagi «Ta'lim to'g'risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz ta'lim tizimi yaratilib, aniq vazifalarni bajaruvchi bosqichlar belgilandi. Shuningdek, yangi turdagi ta'lim muassasalari faoliyat yurita boshladi.

Uzluksiz ta'lim tizimining shakllanishi o'z-o'zidan kadrlar tayyorlash jarayonining yangicha mazmun kasb etishini ta'minlaydi. Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo'naltirilgan uzluksiz ta'lim (shu jumladan, tarbiya) jarayonining yangi mazmuni mazkur jarayonga ilm fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan g'oya, kashfiyot va yutuqlarning tadbiq etilishi. Ushbu jarayonda demokratik, insonparvarlik tamoyillarining ustuvor o'rin tutishi, ta'lim va tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish (ya'ni, ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy sub'ektlaridan biri bo'lgan talaba - ta'lim oluvchi shaxsning hurmat qilinishi. Uning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmati va huquqlari daxlsizligining ta'minlanishi), ta'lim oluvchi (talaba) ning pedagogik jarayondagi faol ishtirokini yuzaga keltirish uchun muayyan shart sharoitlarni yaratish, ularning xohish-istaklari bilan o'rtoqlashish, shaxsiy tashabbuslarni qo'llab quvvatlash, ularda mustaqil fikr yuritish layoqatini tarbiyalash, bu borada muayyan ko'nikma xosil qilish, xosil qilingan ko'nikmaning faoliyat malakasiga aylanishga rag'bat bildirish, o'quv (manb'alari va ko'rsatmali vositalar) mazmunida yuqorida qayd etilgan g'oyalarning o'rin olishiga erishish, ta'lim oluvchilarda bilim olishga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish, rag'batni yuzaga keltirish, shuningdek, ongli munosabatni qaror toptirish va hokazolar asosida yaratiladi.

Yangicha mazmun kasb etgan kadrlar tayyorlash jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish darajasi va sifat ko'rsatkichining yuqori bo'lishini kafolatlaydi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chiqarish mahsulotlariga nisbatan aholi tomonidan bildirilayotgan talab va taklif asosida tartibga solinar ekan, muayyan yo'nalish bo'yicha malakaviy (kasbiy) ma'lumotiga ega mutaxassisning ijtimoiy raqobatga bardoshligi muhim ahamiyatga egadir. Xalq xo'jaligining raqobatbardosh mutaxassislari bilan ta'minlanishi uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etilgan pedagogik faoliyatining samarali, muvaffaqiyatli ekanligini ko'rsatuvchi

dalil hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohalarining barkamol shaxs va malakali mutaxassis bilan ta'minlanishi ijtimoiy harakatni yuzaga keltiruvchi vosita, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashning eng muhim omilidir.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot. Ijtimoiy buyurtmaning bajarilishi sifat ko'rsatgichi malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv ushbu jarayonning samaradorligini ta'minlashga olib keladi. Shu bois so'nggi besh yillar mobaynida ta'lim tizimida yangi pegagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalasiga respublika miqyosida alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Ta'lim muassasalarining faoliyat jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bir qator shartlarga muvofiq amalga oshi -riladi. Xususan, bo'lajak pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyaning mohiyatini ochib beruvchi nazariy ma'lumotlardan xabardor etish;

> bo'lajak yoki faoliyat olib borayotgan (pedagog) larni yangi pedagogik texnologiya hamda uning mohiyati xususida to'laqonli ma'lumot bera olish imkoniga ega bo'lgan o'quv manb'alari (o'quv darsligi, qo'llanma, metodik tavsiyanoma, shuningdek, muayyan o'quv fanlari bo'yicha mashg'ulot loyixalari va h.k.) bilan yetarli darajada ta'minlash;

> ta'lim muassasalari faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida to'plangan yetakchi xorijiy mamlakatlar, shu jumladan maxalliy pedagoglarning ilg'or tajribalarini ommalashtirish;

> bo'lajak yoki pedagogik faoliyat olib borayotgan ta'lim jarayonidagi yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g'oyalaridan samarali, o'rinli va maqsadga muvofiq foydalana olish ko'nikmasini hosil qilish, ushbu ko'nikmani amaliy faoliyat malakasiga aylantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish (chunonchi, nazariy va amaliy konferentsiya, seminar va davra suhbatlari, maxsus o'quv kurslarini tashkil etish, pedagog xodimlarning rivojlangan mamlakatda tajriba orttirishlarini yo'lga qo'yish va h.k.).

REFERENCES

1. Bordovskiy G.A.,Izvozchikov V.A.Novtie texnologii obucheniya: voprosti terminologii// J. Pedagogika.-M.,1993. -№5.

2. Guzeyev V.V. Planirovaniye rezultatov obrazovaniya i obrazovatelnaya texnologiya // J.. Narodnoye obrazovaniye.-M.,2000.

3. Golish. Ta'limning faol metodlari: mazmuni, tanlash, amalga oshirish. Ekspress-qo'llanma. Toshkent, 2001., 66 b.

4. Ishmatov Q. O'qitishning interfaol texnologiyasi. Metodik qo'llanma. Namangan,

XULOSA

2007. 25 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.