Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI INTELEKTUAL RIVOJLANTIRISHPEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI INTELEKTUAL RIVOJLANTIRISHPEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim-tarbiya / induallik / intelektual / o‘qitish / baxolash metodlari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saliyeva S.

Ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tadbiq etish, kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanib, o’qitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o’quv materiallari asosan axborotga mazmunan to’g’ri yondashish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI INTELEKTUAL RIVOJLANTIRISHPEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

Saliyeva S.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutI "O'zbek tili pedagogika va jismoniy madaniyat" kafedrasi assistenti

BO'LAJAK MUTAXASSISLARNI INTELEKTUAL RIVOJLANTIRISH-

PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Annotatsiya. Ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tadbiq etish, kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanib, o'qitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o'quv materiallari asosan axborotga mazmunan to'g'ri yondashish.

Kalit so'zlar: Ta'lim-tarbiya, induallik, intelektual, o'qitish, baxolash metodlari.

Saliyeva S. assistant

department "Uzbek language pedagogy and physical culture" Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies

INTELLECTUAL DEVELOPMENT OF FUTURE SPECIALISTS AS A -

PEDAGOGICAL PROBLEM

Abstract. This article provides a step-by-step application of the principles of individualization to the educational process based on a competency-based approach, teaching and assessment methods, as well as textbooks and other educational materials based on the correct approach to information content.

Key words: Education, individuality, intellectual, pedagogical, assessment methods.

Dunyoning rivojlangan davlatlarida ta'limni tashkil etishda individual yondashuv asosida shaxsni intellektual rivojlantirishga alohida ehtibor berilgan. Jumladan, o'quvchilarga individual yondashgan holda intellektual rivojlantirish masalasi amerikalik olimlari tamonidan "pueblo-plan", "Nort-Denver-plan", "Batavaya-plan", "Dalg'ton-plan", "Govard-plan", "Yena-plan", "Tramp-plan" va "Keller-plan"lar doirasida ishlab chiqilgan. Angliya, Germaniya va janubiy Koreya olimlari ushbu muammoni alohida ilmiy jihatdan yoritganlar. Angliyada har bir maktab iqtidorli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash uchun davlatdan moliyaviy ko'mak oladi, Germaniyada iqtidorli o'quvchilar uchun "Nemis maktab akademiyasi" nomli ta'lim dasturi mavjud. Koreya, Tailand, Singapur va janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida universitetlar huzurida iqtidorli o'quvchilarga chuqurlashtirilgan ta'lim berishga mo'ljallangan o'quv muassasalari faoliyat ko'rsatadi.

Xorijiy tajribalar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, fanlarni chuqurlashtirilib o'qitiladigan sinflarning o'quvchilari uchun individual o'quv rejalarini tuzish tajribasi keng yoyilmoqda. Fanlar chuqurlashtirilib o'qitiladigan sinflar uchun individual o'quv rejalarini tuzish, amaliyotda qo'llash tajribasi rivojlangan davlatlarda keng yoyilgan bo'lib, individual o'quv rejalari yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan. Shuning uchun ham bu sohadagi tajribalarni o'rganish muhim.

Jamiyat hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar shuni yaqqol ko'rsatdiki, ijtimoiy hayotdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy, ma'naviy, madaniy qiyinchiliklar, to'siqlar aynan insonning aqliy faoliyati natijasidagina bartaraf etiladi. Inson aqliy faoliyati mahsuli ijtimoiy jarayonlarni jadallashtiruvchi yetakchi kuchdir. So'nggi yillarda aynan shaxsni ijtimoiylashtirish muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Uni ijtimoiylashtirish uchun esa, shaxsning ichki dunyosi va o'ziga xosligini hisobga olish lozim. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonida har bir shaxsning hissiyotlari, tashvishlari, intilishlari yaqqol namoyon bo'lmoqda. Har bir shaxs o'z-o'zini rivojlantirishga qodirdir va u bugungi kunda jamiyatdagi eng muqaddas qadriyat sifatida e'tirof etilmoqda. Shaxsning o'z-o'zini rivojlantirishi izchil tarzda uning ma'naviyati, o'ziga xosligi va yorqinligi, ijtimoiylashganligi, betakrorligi bilan bog'liqdir.

Ma'lumki, o'zbek xalqi azaldan boy intellektual quvvatga ega bo'lgan xalqdir. Ajdodlarimiz o'zlarining intellektual quvvatlari bilan katta mo'jizalar yaratganlar. Shu bilan bir qatorda, azaldan ota-bobolarimiz o'zlarining intellektual quvvatlarini rivojlantirishda ta'lim-tarbiyaning imkoniyatlaridan foydalanganlar.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan "20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da, 2017-2019 yilda qabul qilgan boshqa farmon va qarorlari, jumladan O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2018yil 14 avgustdagi - Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-3907-son, 2018 yil 5 sentabrdagi «Xalq ta'limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida»gi PF-5538-son Farmoni va PQ-3931 -sonli qarorlari umumiy o'rta ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, ta'lim muassasini ilmiy-metodik jihatdan samarali boshqarish va ta'lim-tarbiya sifatini ko'tarishda o'qituvchilarning pedagogik faoliyatini to'g'ri tashkil etish, ularga pedagogik shart-sharoitlar yaratishda rahbarning kasbiy tayyorgarligidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha asosiy ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni, xalq ma'naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o'zgartirmasdan turib, ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi" [83:60-61-b].

Darhaqiqat, ajdodlarimizning aql-zakovati bilan asrlar davomida buyuk mo'jizalar yaratilgan va xalqimizning asriy tajribalarini o'zida mujassamlashtirgan ta'lim tizimi ushbu mo'jizalarni yaratishga yoshlarni tayyorlagan.

Hozirgi paytda ta'lim o'quvchi shaxsida jamiyat va shaxsiy manfaatlar orasidagi muvozanatni vujudga keltiruvchi ta'sir mexanizmlarini ishlab chiqishga, shaxslarning o'zlarini takomillashtirib borishi va hayotda o'z o'rnini topib, jamiyatda samarali mehnat qilish yo'llarini o'rgatishga yo'naltirilmoqda. Ta'lim sifatini oshirish uchun uning holati va rivojlanish tendentsiyalarini uzluksiz monitoringini olib borish va o'quvchilarning o'quv yutuqlarini obyektiv va adekvat baholashni amalga oshirish zarur.

Uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tadbiq etish; kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanib, o'qitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o'quv materiallari asosan axborotga mazmunan to'g'ri yondashib, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko'nikmalari va malakalarini rivojlantirish muhim vazifalardan biridir. Bu ayniqsa, o'quvchilarning keyingi shaxsiy rivojlanishi va fuqarolik rivojlanishi uchun zamin yaratadigan umumiy o'rta ta'lim darajasida muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni // www.lex.uz

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 29apreldagi "O'zbekiston Re spublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdi qlash to'g'risidagi" // PF-5712-son Farmoni//www.lex.uz

3.Abdullayeva Q.A., Safarova R.F. va boshq. Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi / / Boshlang'ich ta'lim. -Toshkent, 1998. - №6. - B. 12

4.Abdullaeva Sh.Sh. Pedagogicheskie texnologii razvitiya poznavatelnbix tvorcheskix sposobnostey mladshix shkolnikov. Dis... kan. ped. Nauk: 13.00.01. R UZ Uzb NII ped. Nauk im. T.N.Kara-Niyazova T., 2005.-S. 230

5.Abraham Harold Masloou. Motivation and Personality. Year of the edition: 2011.

6.Adizov B.R. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Pe dagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. - T .: 2002.-

7.Abdullayeva Q.A., Safarova R.F. va boshq. Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi / / Boshlang'ich ta'lim. -Toshkent, 1998. - №6. - B. 12

8.Абдуллаева Ш.Ш. Педагогические технологии развития познавательных творческих способностей младших школьников. Дис... кан. пед. Наук: 13.00.01. Р УЗ Узб НИИ пед. Наук им. Т.Н.Кары-Ниязова Т., 2005.-С. 230

9.Abraham Harold Masloou. Motivation and Personality. Year of the edition: 2011. Р.

10.Adizov B.R. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. P edagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. -T.: 2002.-276 b.

11.Akramova G.R. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tolerantlik tushunchalarini shakllantirishning didaktik asoslari. Ped.fan.nomz. diss... - Toshkent, 2007. - 13 9. Алешина М.В. Педагогическая поддержка индивидуального стиля учения школьников: Дисс. ... канд. пед. наук. - Саратов, 1999. - 201 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.