Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023
BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINING AXLOQIY - ESTETIK QADRIYATLAR TIZIMIDA SO'Z VA OHANG UYG'UNLIGINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Qirg'izov Iqboljon Imyaminovich
Farg'ona davlat universiteti "Musiqiy ta'lim va madaniyat''kafedrasi o'qituvchisi iqboljon2308@gmail.com
ANNOTATSIYA
Jo'raxon Sultonov va Mahmurjon Uzqovlar xonandalik maktablarida katta ashula san 'ati ham ma 'lum tarixiy jarayonlarni boshidan kechirdi. Xalqning ijtimoiy, siyosiy, ma 'naviy ehtiyojlari o 'laroq, hayotida o 'z izini qoldirib kelayotgan betakror aytimlar sirasiga mansub katta ashula "patnis ashula ", "patnisaki ashula " nomlari ham qo'llaniladi. O'zbek musiqasi tadqiqotchilari va katta ashula ijrochilari bu janrning barcha sifatlarini hisobga olgan holda ya 'ni, musiqiy diapazonning kengligi, she 'riy matnning falsafiyligi va boshqa xususiyatlarning ko 'rinishiga tayanib uni bo'lajak musiqa o'qituvchilarining axloqiy - estetik qadriyatlar tizimida so'z va ohang uyg'unligini rivojlantirish omillari desakmubolag'a bo 'lmaydi.
Kalit so'zlar: patnis, patnisaki, meros, ohang, intellektual, uyg'unlig, fundamental, Qobusnoma, chertmag, diapazon, mutriblar, xisravona
АННОТАЦИЯ
В певческих школах Джорахана Султанова и Махмуржона Узкова великое певческое искусство также испытало определенные исторические процессы. Имена «патнис ашула» и «патнисаки ашула» также используются для великой песни, которая принадлежит к серии уникальных высказываний, которые оставили свой след в социальных, политических и духовных потребностях людей. Исследователи узбекской музыки и крупные исполнители этого жанра, принимая во внимание все качества этого жанра, т. е. широту музыкального диапазона, философский характер поэтического текста, и опираясь на появление других черт, ставят нравственно-эстетическая система ценностей будущих учителей музыки.Не будет преувеличением сказать, что факторами развития з и тональной гармонии.
Ключевые слова: поднос, поднос, наследие, тон, интеллектуал, гармония, фундамент, Кошмар, щелчок, диапазон, кратность, аромат.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
ABSTRACT
The article describes the historical foundations of the singing schools of Djurakhon Sultanov and Mamurjon Uzokov and reveals their creative potential. In the singing schools of Jorakhan Sultanov and Mahmurjon Uzokov, the great singing class also experienced certain historical processes. In addition to the social, political, and spiritual needs of the people, the names of the great song "patnis song" and "patnisaki song" are also used. Researchers of Uzbek music and great performers of this genre, taking into account all the qualities of this genre, i.e., the breadth of the musical range, the philosophical nature of the poetic text, and relying on the appearance of other features, put it in the moral-aesthetic value system of future music teachers. and it is no exaggeration to say that they are the factors for the development of harmony of tone.
Keywords: tray, tray, heritage, tone, intellectual, harmony, fundamental, Nightmare, click, range, multiples, fragrance
KIRISH
Ma'lumki, xonandalik faoliyatining nazariy va amaliyoti borasidagi ko'plab masalalar Sharq allomalari Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali Changiylar tomonidan ilmiy asoslab berilgan.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy (837-950) va Abu Ali ibn Sinolar (980-1037) "Sharq musiqa nazariyasiga oid birmuncha jiddiy asarlar"1 yaratgan Forobiy ilmiy merosida muhim o'rin tutadi. Uning asarlari orasida "Kitob fi ixso al-iyqo" ("Ritmlar turkumlari haqida kitob"), "Kitob fin nakra muzofa ilal-iyko'" ("Ritm bilan bog'langan ohanglar haqidagi kitob") alohida o'rin tutadi. Musiqiy-ijodiy jarayon "Kitob ul-musiqa alkabir" ("Musiqa haqida katta kitob"), "Kalom fi-l musiqiy" ("Musiqa haqida o'ylar"), fundamental tadqiqot "Kitob fi ixso al-ulum va at-tahrif" ("Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi") asarlarida bosh muammo sifatida o'rganilgan.
Forobiy asarlarida uch turga ajratilganini uchratish mumkin. Uning fikricha, "bir xil musiqa insonga huzur-halovat baxsh etadi, ikkinchi xili esa ehtiroslarni qo'zg'ab, jo'shqin qiladi va nihoyat, uchinchi xil musiqa borki, o'yga toldiradi, fikrlashga, tafakkur qilishga majbur etadi"2 deya tahriflaydi. Bu jarayonda tinglash orqali narsalarning suratlari go'yoki chizilayotgan yanglig' inso n ongida gavdalanib, tinglaniyalayotgan kuyni bir ko'ngilga lazzat va rohat, boshqa ko'ngilni taxayyul
1 Хайруллаев М.М. Мировоззрение Фараби и его значение в истории философии. -Тошкент: Фан, 1967. -100 б.
2 Н.Алаутдинова. «Куй ва кушик; се^ри». Алишер Навоий номидаги Узбекистан Миллий кутубхонаси нашриёти, 2008 йил.3-б.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
bilan boyitadi, uchinchi xil kuylar hayvoniy lazzat yoki aziyat bilan bog'liq mazmundan tarkib topishligi ifoda etiladi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) qadimgi yunon faylasuflari hamda Forobiyning musiqa to'g'risidagi ta'limotlarini chuqur o'zlashtirgan holda, musiqani tinglashda inson mahnaviyati bilan bog'liq jihatlarga ham katta ehtibor beradi. Olimning fikricha, "musiqa hayotbaxsh, olijanob axloqiy xususiyatlarni rivojlantiradi, u insonga xizmat qiladi, uning intellektual va axloqiy qiyofasini shakllantiradi"3. Ibn Sinoning "Kitob ash-shifo" risolasining musiqa bo'limida bayon etiladi.
Biroq buyuk mutaffakir-olim Ibn Sino tadqiqotlarida musiqaning inson salomatligi, emotsional holatiga tahsir etish imkoniyati, musiqani tinglash va ijro etish jarayonidagi chuqur musiqiy kechinmalarning ijobiy tahsiri - tibbiyotda ham, musiqada ham ilmiy izlanishlar olib borish uchun muhim asosdir4.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
X-XI asrlarda madaniyat, sanhat va adabiyot rivojlangan va taraqqiy etgan davr bo'lib, "Qobusnoma" asarida musiqa ahliga oid zaruriy mahlumotlar bayon etilgan. "Qobusnoma"da saroydagi musiqachilarga oid axloq, vazn va ritm murakkabligiga ko'ra kuylarning tavsifi, musiqa eshitish hamda tinglashni shakllantirishda sozanda va xonandalar yo'l-yo'riqlar ko'rsatilgan. Jumladan, asarning o'ttiz oltinchi bobida, yahni "Hofizlik va sozandalik zikrida" "...Hamma vaqt og'ir yo'llarni chertmag'il, chunki barcha mashq va ohangni bir xilda chertish shart emasdur, nedinkim odamlarning barchasi bir xilda bo'lg'on ermaslar, tahblari ham bir-biriga muvofiq ermas, yahni xalq muxtalifdurlar" 5 deyilgan. Ko'rinadiki, san'at ahllarining tinglovchilarning yoshi va musiqiy tahblariga qarab repertuar tanlash, shu bilan birga ijroda xilma-xillik orqali samarali natijaga erishish mumkinligini anglash mumkin. "Shul vajdin bu fanning ustodlari san'atga shundog' tartib bermishlarki, avval podshohlar majlisi uchun xisravona dostonlar tuzmishlar, undin so'ng vaznsiz bir og'ir yo'l tuzmishlarki, uni ikki surud bila aytsa bo'lur va unga og'ir yo'l deb ot qo'ymishlar. Bu yo'l qarilarning va xiradmandlarning tahbiga mos kelmush erdi va bul yo'lni mazkur qavm uchun tuzdilar. Undin so'ng ersa ko'rdilarki, xalqning barchasi qarilar va xiradmandlar ermasdurlar. Shundin keyin lojaram yigitlar uchun bir yo'l tuzdilar. Undin keyin yengilroq vaznlik shehrlar uchun yengil yo'llar tuzib, ularga xafif deb ot qo'ydilar, og'ir yo'ldan so'ng bu xafif yo'lni chertdilar. Mutriblar qarilar ham, yigitlar ham undan bahramand bo'lsinlar, dedilar. Undin keyin yosh o'g'lonlar va latif tahb odamlarning bahzilari bebahra qoldilar. Mazkur qavm uchun
3 Yma MaHÖa 4-6.
4 P.F.KpgHpoB."MycHKa ncHxo^oraacH".- T:.Mycnrça.2005. 11-6
5 ft^aMa^OBa. "YpTa acp fflap^ a^OMa^apHHHHr Mycn^HH ^apam^apn". Yí^CMH xa6ap^apn-2019/3(11). 62 6.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
tarona aytmoqni paydo qildilar, toki mazkur qavm ham bahra va roh at topg'aylar, chunki barcha vaznlarning orasida taronadin latifroq vazn yo'qdur. Demak, bularning barchasini birdek qilib aytmag'il va bir xilda kuylamag'il, mening bayon qilg'onimdek chertib, aytg'il. Bas, barcha ulus sening sozingdin, ovozingdin bahramand bo'lsin"6. "Qobusnoma" asari kitobxonni o'ziga jalb etadigan darajada boy mazmunga ega bo'lib, unda sanhat sohasida endigina o'z faoliyatini boshlayotgan yosh mutaxassislarining musiqiy idrokni shakllantirishdagi tahlimi va tarbiyasi uchun muhim bo'lgan ruhiy hamda aqliy fazilatlar o'ta zukkolik bilan tahlil qilinadi.
Sharq allomalarining bu kontseptsual qarashlari keyingi davrlarda Buxoro Shashmaqomi, Xorazm va Farg'ona-Toshkent xonandalik maktablarida ham bardavomlik kasb etdi.
Jo'raxon Sultonov va Mahmurjon Uzqovlar xonandalik maktablarida katta ashula sanhati ham mahlum tarixiy jarayonlarni boshidan kechirdi. Xalqning ijtimoiy, siyosiy, mahnaviy extiyojlari o'laroq, hayotida o'z izini qoldirib kelayotgan betakror aytimlar sirasiga mansub katta ashula "patnis ashula", "patnisaki ashula" nomlari ham qo'llaniladi. O'zbek musiqasi tadqiqodchilari va katta ashula ijrochilari bu janrning barcha sifatlarini hisobga olgan holda ya'ni, musiqiy diapazonning kengligi, shehriy matnning falsafiyligi va boshqa xususiyatlarning ko'rinishiga tayanib uni bo'lajak musiqa o'qituvchilarining axloqiy - estetik qadriyatlar tizimida so'z va ohang uyg'unligini rivojlantirish omillari desak mubolag'a bo'lmaydi.
Kata ashula janrining eng mashxur asarlaridan biri "Yovvoyi Chorgoh" asarini musiqiy tuzilishini ko'rib chiqamiz.
"Yovvoyi Chorgoh"ni uch xonanda ijro etadi. Dastlab daromad va miyonhatida aniq usul likoblarda bildirilib, uchala xonandalar birga ijroni boshlaydilar. "Yovvoyi Chorgoh"ning o'rta avj va dunasr qismlarida dastlab usulsiz yahni tremola qismida ovozi nisbatan pastroq bo'lgan xonanda bir xatini ijro etadi, xat yakuniga yetmay turib uning oxirgi harflaridan ovozi nisbatan yuqoriroq bo'lgan xonanda ikkinchi xatni ulab ketadi. Huddi shu ko'rinishda uchinchi xonanda ikkinchi xonandaning so'zlarini ulab, keyingi xatni ijro qiladi va to'rtinchi xatdan boshlab uchchala xonanda yana birgalikda davom ettiradilar. Asar ijrosi avjiga kelganda yana usulsiz qismi boshlanadi. Endi ovozi eng baland bo'lgan xonanda ijroni davom ettiradi. U yuqori pardalarni chiroyli qochirimlar bilan olib kelib, ovozi nisbatan pastroq bo'lgan xonandaga ijroni topshiradi. U ham o'z navbatida birinchi xonandaning ovozini keyingi xatga ulaydi. Uchinchi xonanda ham shu tariqa davom ettiradi va yana birgalikdagi ijro usuli bilan furovard qismi yakunlanadi. "Yovvoyi Chorgoh" katta
6 KpöycHOMa. /®opcnagaH M. Proo Oraxun Tap® /.— 2- Ty^gHpH^raH Hampu.— T. : HCTHK^OÏÏ, 1994.— 125 6
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
ashulasining nafaqat ladi va pardalari maqomlardan olingan balki musiqiy yo'li ham aynan maqomlardandir. Asarning maqomlardagi Chorgohdan farqi faqatgina ijro uslubida namoyon bo'ladi. Chorgoh pardalari majmuasining musiqiy sozlarsiz ijro turi aynan shunday bo'lishi kerak. Cholg'u asboblar bilan esa rosmana maqom o'z pardarida ijro qilinadi.
NATIJALAR
Katta ashula janriga o'xshash yahni, cholg'u sozlarsiz ijro etiladigan janrlar mamlakatimizning boshqa vohalarida ham mavjud. Masalan Xorazm dostonlaridagi rechitativ, yahni, nutq bilan aytiluvchi qismi, Buxoro mavrigi va Buxorcha janrlarining boshlanish, doira usulisiz qismi, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalaridagi mavjud aytim yahni eslash, yod olish kabi kuylash janrlari mavjud. Ammo Toshkent-Farg'ona maktabining katta ashula janri bu borada nisbatan mukammal va o'ziga xosdir. Yana bir ilmiy manbada yozilishicha, katta ashula ikki va undan ortiq xonandalarning musobaqasi orqali shakllangan. Ko'rik tanlovning o'ziga xos shartlari bo'lgan: birinchidan, katta ashula ijrochilari boshlaydigan pardalarini va o'z ovoz ko'lamini aniq bilishlari lozim, aks holda avj qismiga yeta olmay qiyinalib qolishlari mumkin. Bu xonandalardan eshitish qobiliyatining o'tkirligini talab etadi. Ikkinchidan, aniq doira usulisiz ashula aytish xonandalar uchun badihago'ylikda va ovozlar go'zalligini namoyon qilishda yanada erkinlik yaratib beradi. Bu xonandalardan kutilmagan nola va qochirimlar orqali yurak dardini ko'rsatib bera olishni talab etadi. Uchinchidan, xonandalar ashulaning so'zlarini esidan chiqarib qo'ysalar (bu aslida barcha xonandalarda uchraydigan holat), boshqa so'zlarni aytish va yamlash orqali sozlarini balandroq chalib, ovozlarini pastroq chiqaradilar. To'g'ri mahnoda, sozning orqasiga berkinadilar. Katta ashulada esa buning hech iloji yo'q. Demak, so'zlarni to'liq yodda saqlash ham ko'rik tanlovning muhim jihatlaridan biri sanaladi. Bundan tashqari aruz vazni tuzilmasini yahni ritorikasini yuqori ovozda mahlum qonuniyatlar bilan tula-to'kis ijro etish ham asosiy vazifalardan biri bo'lgan. Uning musiqiy pardalari o'zgarishi, maqomlar pardalariga moslanishi keyinchalik paydo bo'lgan omillardandir. Ma'lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. «Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi», deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo'lishi uchun esa bu masalada bo'shliq paydo bo'lishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi.7
7 SHAVKAT MIRZIYOEV MILLIY TARAQQIYOT YO'LIMIZNI QAT'IYAT BILAN DA VOM ETTIRIB, YANGI BOSQICHGA KO'TARAMIZ « Kamolot » yo shlar ijtimoiy harakatining I V -qurultoyida so'zlangan nutqi. 2017 y 30 iyun 504bet
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
MUHOKAMA
Mahlumki, Markaziy Osiyo xalqlarida faqat ovoz orqali ijro etiladigan janrlar juda ko'p. Ayni paytda ko'p uchramaydigan folklor qo'g'irchoqbozlik, dostonchilik o'sha davrlarda doira bilan va umuman cholg'u sozisiz ijro etiladigan dostonlar ham mavjud bo'lgan. Shuningdek mumtoz shoirlarning o'tkir g'azallarini oquvchi xonandalar hozirgacha saqlanib kelgan qo'shiq, lapar, yalla, aytishuv janrlari, uch voha maqomining aytim yo'li saqlanib qoldi va ijodiy izlanishlarga sabab bo'ldi. Bastakorlar tomonidan yaratilgan katta ashulalarda shehrning mahno-mohiyatiga mos ravishda pardalar va musiqiy yo'l tanlanadi. Ijrochilar esa bahzan birgalikda yoki yakka holda ijro etishi ham mumkin. Katta ashulalarning ichida shundaylari borki bu asarlarni ikki xonanda ijro etmasa bo'lmaydi, chunki ularning so'zlari va musiqiy matni bir ijrochi uchun qiyinchilik tug'diradi. Masalan: Jo'raxon Sultonov ijrosidagi "Oh kim", "Ko 'kardi CHaman", "Ey sanam", "Yodimga tushdi", Mamurjon Uzoqov ijrosidagi "Yolg'iz", "Dog'man", "Ko'p nozu itob etma", "Yor istab" va bu ashulalar ketidan ularga mos pardali ashulalarni musiqiy sozlar jo'rligida ham ijro etganlar.
XULOSA
Xulosa sifatida tahkid joizki, Jo'raxon Sultonov va Mahmurjon Uzoqovlar: -avval ijtimoiy mavqe sohiblari suhbatlari uchun "maqom yo'llari"ni tuzdilar; -undan so'ng vaznsiz bir "yovvoyi" yo'l tuzdilar; -shundin keyin lojaram yigitlar uchun bir yo'l tuzdilar; -keyin yengilroq vaznlik shehrlar uchun yengil "xafif" yo'llar tuzdilar; -yosh o'g'lonlar va latif tahb odamlar uchun "tarona" tuzdilarki, bulardan barcha qavm ahli bahramand bo'lib, mazkur xonandalik maktabi kasbiy va anahaviy yo'nalishlari uchun namuna bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Shavkat Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz « Kamolot » yoshlar ijtimoiy harakatining IV-qurultoyida so'zlangan nutqi. 2017 y 30 iyun 504bet
2. Хайруллаев М.М. Мировоззрение Фараби и его значение в истории философии. -Тошкент: Фан, 1967. -100 б.
3. Н.Алаутдинова. «Куй ва куши; сехри». Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2008 йил.3-б.
4. Karimov, A., Mamaziyaev, K., Kholikova, G., Ergashev, A., & Kirgizov, I. (2021). Symbol Of Instruments In State Performance Served In Uzbekistan. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
5. Р.Е.Кодиров."Мусика психологияси".- Т:.Муси;а.2005. 11-б5Д.Джамалова. "Урта аср Шар; алломаларининг мусикий карашлари" УзДСМИ хабарлари-2019/3(11). 62 б.
6. Кобуснома. /Форсчадан М. Ризо Огахдй тарж /.— 2- тулдирилган нашри.— Т.: Истиклол, 1994.— 125 б
7. Шокиров, Т. Н. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙНИНГ МУСИКА ИЛМИГА КУШГАН ХИССАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 353-359.
8. Qirg'Izov, I., & Imomova, O. (2022). ЁШ АВЛОДНИНГ МАЪНАВИЙ-АХЛОКИЙ КАМОЛОТИДА ГЕНДЕР ТЕНГЛИК РАХДМАХОНИМ МАЗОХИДОВА ТИМСОЛИДА САНЪАТКОР ХОТИРАСИ. Science and innovation, 1(C7), 108-117.
9. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).