Научная статья на тему 'BO’LAJAK MUHANDISLARDA ILMIY-TAQIQOTCHILIK ISHINI TASHKIL ETISH TUZILMASINI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI'

BO’LAJAK MUHANDISLARDA ILMIY-TAQIQOTCHILIK ISHINI TASHKIL ETISH TUZILMASINI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bosqichlar / ilmiy-ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati / kasbiy sifatlar / jarayon / tadqiqotchilik koʻnikmasi / ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati / tashkiliy-metodik. / этапы / научно-исследовательская деятельность / профессиональные качества / процесс / исследовательские навыки / научноисследовательская деятельность / организационно-методология.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — I.B.Asqarov

ilmiy va tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'lajak muhandislarni tayyorlash va malakasini oshirishning muhim tarkibiy qismidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STEPS OF IMPLEMENTING THE STRUCTURE OF THE ORGANIZATION OF SCIENTIFIC AND RESEARCH WORK IN FUTURE ENGINEERS

организация научно-исследовательской работы является важной составляющей подготовки и развития будущих инженеров.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK MUHANDISLARDA ILMIY-TAQIQOTCHILIK ISHINI TASHKIL ETISH TUZILMASINI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

©I.B.Asqarov1^_

Jizzax politexnika instituti, Jizzax, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ilmiy va tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'lajak muhandislarni tayyorlash va malakasini oshirishning muhim tarkibiy qismidir.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi kelajakdagi muhandislar uchun ilmiy va tadqiqot ishlarini tashkil etishda tizimli yondashuvni amalga oshirish bilan bog'liq bosqichlarni aniqlash va batafsil bayon qilishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotda muhandislik ta'limi va tadqiqot metodologiyalari bo'yicha mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqish, shuningdek, muhandislik maktablarida muvaffaqiyatli tadqiqot dasturlari bo'yicha amaliy tadqiqotlarni o'z ichiga olgan sifatli yondashuv qo'llaniladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: muhokamalar muhandislik ta'limida tuzilgan tadqiqot tizimini amalga oshirish uchun bir necha asosiy bosqichlarni ochib beradi. Jumladan, o'qishning dastlabki yillaridan boshlab muhandislik o'quv dasturiga tadqiqot komponentlari kiritilgan. Bunga tadqiqot metodologiyasi, ma'lumotlarni tahlil qilish va texnik yozish bo'yicha kirish kurslari kiradi.

XULOSA: ushbu tadqiqot muhandislik ta'limida ilmiy va tadqiqot ishlarini tashkil etishning keng qamrovli asoslarini belgilaydi. Ushbu bosqichlarni bajarib, ta'lim muassasalari bo'lajak muhandislarni tadqiqot va innovatsiyalar talablariga samarali tayyorlashlari mumkin.

Kalit so'zlar: bosqichlar, ilmiy-ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati, kasbiy sifatlar, jarayon, tadqiqotchilik ko'nikmasi, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati, tashkiliy-metodik.

ЭТАПЫ РЕАЛИЗАЦИИ СТРУКТУРЫ ОРГАНИЗАЦИИ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОЙ РАБОТЫ БУДУЩИХ ИНЖЕНЕРОВ_

© И. Б. Аскаров1 н

1Джизакский политехнический институт, Джизак, Узбекистан_

Аннотация

Iqtibos uchun: Asqarov I.B. bo'lajak muhandislarda ilmiy-taqiqotchilik ishini tashkil etish tuzulmasini amalga oshirish bosqichlari. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.93-102.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ВВЕДЕНИЕ: организация научно-исследовательской работы является важной составляющей подготовки и развития будущих инженеров.

ЦЕЛЬ: основная цель данного исследования - выявить и подробно описать этапы реализации системного подхода к организации научно-исследовательской работы будущих инженеров.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: В этом исследовании используется качественный подход, который включает обзор существующей литературы по инженерному образованию и методологиям исследований, а также тематические исследования успешных исследовательских программ в инженерных школах.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Обсуждения выявили несколько ключевых шагов для реализации структурированной исследовательской структуры в инженерном образовании. В частности, исследовательские компоненты включены в инженерную программу с первых лет обучения. Сюда входят вводные курсы по методологии исследований, анализу данных и техническому написанию.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование создает комплексную основу для организации научно-исследовательской работы в инженерном образовании. Следуя этим шагам, образовательные учреждения могут эффективно подготовить будущих инженеров к требованиям исследований и инноваций.

Ключевые слова: этапы, научно-исследовательская деятельность, профессиональные качества, процесс, исследовательские навыки, научно-исследовательская деятельность, организационно-методология.

STEPS OF IMPLEMENTING THE STRUCTURE OF THE ORGANIZATION OF SCIENTIFIC AND RESEARCH WORK IN FUTURE ENGINEERS_

© Ixtiyor B. Asqarov1®

Jizzakh Polytechnic Institute, Jizzakh, Uzbekistan_

INTRODUCTION: the organization of scientific and research work is an important component of the training and development of future engineers.

AIM: the main purpose of this study is to identify and describe in detail the steps involved in the implementation of a systematic approach to the organization of scientific and research work for future engineers.

MATERIALS AND METHODS: this study uses a qualitative approach that includes a review of existing literature on engineering education and research methodologies, as well as case studies of successful research programs in engineering schools.

Для цитирования:Аск,аров И.Б. Этапы реализации структуры организации научно-исследовательской работы будущих инженеров. // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 93-102.

Annotation

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DISCUSSION AND RESULTS: the discussions reveal several key steps for implementing a structured research framework in engineering education. In particular, research components are included in the engineering curriculum from the first years of study. This includes introductory courses in research methodology, data analysis, and technical writing.

CONCLUSIONS: this study establishes a comprehensive framework for the organization of scientific and research work in engineering education. By following these steps, educational institutions can effectively prepare future engineers for the demands of research and innovation.

Key words: stages, scientific-research activity, professional qualities, process, research skills, scientific-research activity, organizational-methodology.

For citation: Ixtiyor B. Asqarov. (2024 steps of implementing the structure of the organization of scientific and research work in future engineers, Inter education & global study, (5(1)), pp. 93-102. (In Uzbek).

Fan, texnika va texnologiya jadal rivojlanayotgan hozirgi sharoitda mutaxassislar, xususan, pedagogik kadrlarning kasbiy tayyorgarligiga talablar ortmoqda. Shu bois, ta'lim muammolarini hal qilishga ijodiy yondashadigan, tadqiqotchilik va izlanuvchanlik qobiliyatiga ega kadrlarni tayyorlash oliy ta'limining dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Zero, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kadrlar salohiyatiga, soha mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligi, tashabbuskorligi, bilimi, qobiliyati va ijodkorligiga bog'liq. Shunday ekan, bo'lajak mutaxassislarda yuksak kasbiy mahorat, ilmiy-ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish zarur. Oliy o'quv yurtlarining muhandislik yo'nalishi talabalarida ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishda ma'lum didaktik talablarga tayaniladi.

Bo'lajak muhandislarni kasbiy tayyorgarligini shakllantirishda foydalaniladigan taqiqotchilik tamoyili o'quv jarayonini shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda talabalar o'zlari o'rganayotgan fanlarda qo'llaniladigan asosiy tadqiqot metodlari bilan tanishadilar, ular uchun oson bo'lgan tadqiqotchilik metodlarini o'zlashtiradilar va yangi bilimlarni mustaqil egallash ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

Bo'lajak muhandislarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashda shunday shart-sharoit yaratiladiki, bunda ular o'zlarining mustaqilligi, faolligi va ijodkorligini namoyon etish imkoniga ega bo'ladilar. Talabalarni kasbiy va ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning barcha bochqichlarida ularning bajarishlari uchun oson va o'quv faoliyati bilan uzviy bog'liq bo'lgan izlash-tadqiqot ishlari tanlanadi.

Izlanish-taqiqotchilik ishini tashkil etish tuzulmasi uch bosqichdan iborat (1-rasm).

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Izlanish-taqiqotchilik ishini tashkil etish tuzulmasini bosqichlari

Boshlang'ich bosqichi Ilmiy-nazariy va eksperimental bosqich

Ishlab chiqarish yoki o'quv amaliyoti jarayonida izlanish-taqiqotchilik

ishlarini bajarish bosqichi

V

1.1-pasm. Bo'lajak muhandislarda ilmiy-taqiqotchilik ishini tashkil etish tuzulmasini

amalga oshirish bosqichlari

Endi ushbu bosqichiarning har birini qisqacha tavsiflab o'tamiz.

1. Boshlang'ich bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: axborot resurs markazida bibliografiya, kataloglar va boshqalar bilan ishlash; darslik, o'quv va va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash; zarur adabiyotlarni izlash va topish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash; elektron o'quv-metodik majmualar, jadvallar, grafik va matn tahrirlari bilan ishlash; tadqiqotning premet va ob'ektini aniqlay bilish; tadqiqotning mazmun va maqsadini bilish va tushunish; masalani oqilona qo'ya bilish; o'quv fanlarii o'rganishda izlanish-tadqiqotchilik xarakteridagi nazariy tadqiqotlarni o'tkazish; amaliy masalalarni echish nazariy tadqiqotlarni bog'lash; bajarilgan tadqiqotlar bo'yicha asoslangan va daliliy ma'lumotlar hamda xulosalar; tadqiqot natijlarini tanqidi tahlil lish va asoslash.

Izlanish-tadqiqotchilik yo'nalishining ushbu bosqichi hamma uchun umumiy va zaruriydir. Shu bois ta'lim jarayonida ushbu bosqichga sekin-asta deyarli barcha talabalarni jalb etish lozim.

2. Ilmiy-nazariy va eksperimental bosqich quyidagilarni anglatadi: tadqiqotchilik laboratoriyasida eksperimental ishlarni tashki etish, ilmiy to'garaklarda ishtirok etish, ilmiy rahbar bilan tadqiqot yo'nalishini faol hamkorlikda muhokama qilish, ilmiy munozaralarda ishtirok etish, turli darajadagi ilmiy-amaliy konfrentsiyalarda ma'ruzalar va xabarlar bilan chiqish, ko'rik-tanlovlarda ilmiy ishlarni taqdim etish, ko'rgazmalarda eksponantlarni taqdim etish.

Izlanish-tadqiqotchilik ishining ikkinchi bosqichi asosan darsdan tashqari vaqtda amalga oshiriladi va birinchi bosqichdan ko'p jihatdan farq qiladi. Mohiyatiga ko'ra, birinchi bosqich ancha murakkab bo'lgan ikkinchi bosqichni samarali davom ettirish

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

uchun tayyorlanish hisoblanadi, xolos. Ikkinchi bosqichda bo'lajak muhandislarda tadqiqotchilik xarakteridagi quyidagi ko'nikma va malakalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi:

- o'quv va va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash;

- amaliy dasturlar paketlari bilan ishlash ko'nikmasi;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash;

- kompyuter tarmog'ida "Internet" bilan ishlash;

- eksperimentni o'tkazish metodikasi bo'yicha dastlabki ma'lumotlar;

- eksperiment o'tkazish va natijalarni qayta ishlash;

- eksperiment ma'lumotlarini matematik va statistik qayta ishlash bo'yicha dastlabki ma'lumotlarni bilish;

- tadqiqot natijalarini tahlil qilish;

- eksperiment natijalari bo'yicha mulohazalar va xulosalar;

- tadqiqot natijalarini (referat, ma'ruza, eksponat ko'rinishida) rasmiylashtirish;

- o'qituvchilar yoki talabalarning ilmiy konferentsiyalarida, ilmiy to'garaklar yig'ilishlarida ma'ruzalar va umumlashtirishlar bilan chiqishlar qilish.

3. Ishlab chiqarish yoki o'quv amaliyoti jarayonida izlanish-taqiqotchilik ishlarini bajarish. Ushbu bosqichida izlanish-taqiqotchilik ishi ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladi va ancha murakkab va ko'p bosqichli jarayonni o'z ichiga qamrab oladi. Bunda tadqiqot natijalari bevosita ishlab chiqarishga tatbiq etilishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoitida tadiqotning ahamiyati va natijavyligi juda ham muhimdir. Bu ta'lim, tadqiqot va ishlab chiqarish jarayonlarining yaqinlashishiga imkon beradi. Shuni ham alohida eslatib o'tish joizki, talablarning bunday ishtiroki dasturdagi boshqa yuklamalar tufayli hozirgi sharoitda ancha chekilangan.

Zamonaviylashtirish kontseptsiyasiga muvofiq, talabalarning kasbiy tayyorgarligi mazmunini ishlab va joriy etishga qo'yidagi tamoyillrga asos hisoblanadi: umumiylik, integrativlik, olam manzarasining yaxlitligi, fundamentallik, variativlik, hamkorikda o'qitish va ko'p bosqichlilik.

Dastlab talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishning majmuaviy dasturi ishlab chiqiladi. Keyin ana shu dastur asosida o'qitish metodikasi yaratiladi. Bunda o'quv fanining barcha materiallaridan foydalaniladi va ma'lum didaktik tamoyillarga amal qilingan holda ular muayyan tartibda tizimlashtiriladi.

Muhandislik yo'nalishi talabalarida ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ishlarini bir qancha yo'nalishda tashkil etish mumkin:

• o'quv fanlari bo'yicha ma'ruzalar o'qish;

• laboratoriya ishlari va amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish;

• texnologik amaliyot;

• bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash;

• pedagogik amaliyot;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

❖ mustaqil ishlarni bajarish;

❖ auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar (referatlar va kurs ishlarini bajarish, to'garak ishlari, loyihalar, Link, Chart, Q/A, Review, SWOT Interview, Google Apps, Report, dayject).

Talabalar bilan o'tkazilgan suhbatlardan ma'lum bo'ldiki, ular tadqiqotchilik jarayoni, tadqiqotlarni o'tkazish texnologiyalari haqida bilim egallashni istashadi va ko'nikmalarning kundalik hayotda ham, kasbiy faoliyatda ham foydali ekanligiga ishonishadi.

Talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarining shakllanganligi darajasini aniqlash maqsadida biz ularga qiyinlik darajasi ikki xil bo'lgan topshiriqlarni echishni taklif etdik. Olingan natijalar tahlili shuni ko'rsatdiki, barcha talabalar birinchi darajadagi qiyin tadqiqot topshiriqlarini echa bildilar. Tajriba-sinovda ishtirok etganlarning yarmi ikkinchi darajadagi qiyin masalalarni ham echa oldilar. Natijalarni tahlil etish talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarining ma'lum darajada shakllanganligini ko'rsatdi.

Talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda qo'yidagi mezonlarga tayaniladi: bayon etishning soddaligi; o'quv materiallarini tushunishning osonligi va qisqa muddatda o'zlashtirish imkoniyati; tadqiqotchilik ishlarini faollashtirish va kuchaytirishning samaradorligi.

Talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning samaradorligi, albatta, olingan bilimlarni amaliy qo'llash bilan uzviy bog'liq. Shuning uchun majmuaviy dastur o'quv ustaxonalari va laboratoriyalarning imkoniyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.

Bizning fikrimizcha, muhandislik yo'nalishi talabalarida ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog'liq tadqiqot muammolarini o'quv jarayoniga kiritish amaliy jihatdan muhimdir. O'qitishning hayotiy muammolar bilan bog'liqligi va olingan natijalarni ishlab chiqarishda qo'llay olishi talabalarda bajariladigan ishga ma'suliyatni va jiddiy munosabatni shakllantiradi.

Talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish mazmuni qo'yidagi talablarga javob berishi kerak:

Talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish mazmuniga bo'lgan talablarni bajarish uchun ma'lum shartlarga amal qilinadi.

I.P.Podlasiy talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish uchun avvalo professor-o'qituvchida quyidagi qobiliyatlar bo'lishi zarur deb hisoblaydi [1].

❖ tashkilotchilik qobiliyati (ta'lim oluvchilarni uyushtirish, vazifalarni taqsimlash, ish bilan band qilish, ishni rejalashtirish, xulosalash);

❖ didaktik qobiliyat (o'quv materiali, ko'rgazmali jihozlarni to'g'ri tanlash va tayyorlash, o'quv materialini sodda qilib tushuntirish, o'rganish faolligini oshirish);

❖ psixologik qobiliyat (ta'lim oluvchilarning ma'naviy dunyosiga kira olish, psixologik xususiyatlarini bilish);

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

❖ kommunikativ qobiliya^o'qituvchining talabalar va ularning ota-onalari, kasbdoshlari bilan muloqot o'rnata bilish);

❖ shaxsiy qobiliyat (ta'lim oluvchilarga emotsional ta'sir o'tkazish);

❖ tadqiqotchilik qobiliyati (ilmiy-amaliy ishlarini bajarish).

Albatta, har bir pedagog yuqorida sanab o'tilgan barcha qobiliyatga ega bo'lishi kerak. Bizning fikrimizcha tadqiqotchilik bilan shug'ullanadigan Transport vositalari muhandisligi o'qituvchilari, eng avvalo, qo'yidagi ko'nikmalarni egallashi lozim:

> tadqiqot vazifalarini qo'ya bilish va turli metodikalar yordamida talabalarni to'g'ri echimni topishga yo'naltirish;

> o'qitadigan fani bo'yicha laboratoriya-amaliyot mashg'ulotlarida tadqiqot ishlarini tashkil etish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

> darsdan tashqari vaqtlarda talabalarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqtirish(to'garaklar, laboratoriyalar va boshqalar);

> talabalarga nafaqat darsda, balki darsdan tashqari vaqtlarda ham duch kelinadigan murakkab vaziyatlardan chiqa olish yo'llarini o'rgatish;

> talabalarni tadqiqotchilik qobiliyati va ko'nikmalarini boshqa vaziyatlarda ham qo'llashga o'rgatish.

Biz tadqiqotimizning dastlabki bosqichida talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish muammosini o'rgandik. Jizzax politexnika instituti "Transport vositalari muhandisligi" yo'nalishida ta'lim olayotgan 1-4 kurs talabalarining ilmiy-tadqiqodchilik ko'nikmalarini shakllantirishga qanchalik ahamiyat berayotganlarini tahlil qilib ko'rdik.

Yopiq turda o'tkazilgan anketa so'rovida jami 142 nafar talaba ishtirok etdi. Talabalarga quyidagi mazmunda savol tarqatildi. "Sizningcha, bo'lajak muhandisning kasbiy shakllanishda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalari qanchalik ahamiyatga ega" [2]. Ularga berilgan javobning uch variantidan birini tanlash taklif qilindi:

1. Talim jarayonida bo'lajak muhandisda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishga pedagogik faoliyatdagi zaruriy komponent sifatida qarash shart emas.

2. Bo'lajak muhandisda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish uni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning muhim shartidir.

3. Bo'lajak muhandisda ilmiy tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish uning kelgusidagi faoliyati uchun zarur va muhimdir.

Tadqiq etilayotgan obektga nisbatan talabalar munosabatlarining uch varianti aniqlandi: ijobiy, betaraf, salbiy. 1-jadvalda bo'lajak muhandislarda ilmiy -tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishga talabalar munosabati aks ettirilgan (1-jadvalga qarang).

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1-jadval

Talabalarning bo'lajak muhandislarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishga munosabati

Talabalarning munosabati Kurslar, talabalar O'rtacha qiymat

1-kurs (74 talaba) 2-kurs (72 talaba) 3-kurs (68 talaba) 4-kurs (65 talaba)

1 -ijobiy 63,2% 64,4% 71,4% 72,5% 67,7%

2-betaraf 28,6% 28,6% 24,1% 21,7% 25,7%

3-salbiy 8,2% 7,0% 4,5% 6,2% 6,6%

Jadvalda keltirilgan ma'lumotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, bo'lajak muhandisda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishning ahamiyatini baholashda kursdan kursga o'tgan sari (1 - 63,2%; 4 — 72,5%) ijobiy fikr bildirgan talabalar soni ortgan. So'rovnomada ishtirok etgan talabalarning 25,7% ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalari va malakalarining kasbiy ahamiyatiga betaraf bo'lishgan, 6,6% bo'lajak bo'lajak muhandisda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishga salbiy fikr bildirgan. Shuningdek talabalarga quyidagi savol berildi:

"Siz ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalari deganda nimani tushunasiz?" So'rovnomada ishtirok etgan talabalarning 72% ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmasini mustaqil izlanish, tajribalar o'tkazish, ijodkorlik qobiliyati sifatida ta'rifladi, 15% ixtirochilik, yaratuvchilik, 5% loyihalash deb bilishadi, 7% — bu borada tushunchaga ega emasligini aytishdi. Demak, birinchi kursdanoq talabalarga ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarining kasbiy-pedagogik faoliyatdagi ahamiyatini kengroq tushuntirish zarur.

Talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishda ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasi katta ahamiyatga ega.

Tadqiqotchilik ishini tashkil etish va o'tkazishda zarur moddiy-texnik va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tadqiqot xarakteridagi o'quv faoliyati uchun mavjud jihoz va texnika vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek talaba va o'qituvchining ish joyini oqilona jihozlash kerak. Talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini samarali tashkil etish uchun quyidagi shart-sharoitlar va moddiy-texnik baza mavjud bo'lishi lozim.

Ma'ruza o'qiladigan maxsus auditoriya. O'tkazilgan nazariy tahlillar va tajriba-eks-perimental ishlar natijalariga asoslanib fanlar bo'yicha o'qiladigan ma'ruzalar mazmuniga ijodiy masalalar va ularning echimini topish metodikalari hamda boshqa qo'shimcha nazariy materiallar, muammoli vaziyatlar kiritiladi. Ular qatoriga eng birinchi navbatda qo'yidagilarni kiritish mumkin: ko'rgazmali vositalar, o'qitishning texnik vositalari, elektron ta'lim resurslari.

1. Ko'rgazmali vositalar:

■ real vositalar (modellar, kollektsiyalar, jihozlar, apparatlar va boshqa texnik

qurilmalar);

■ bosma vositalar (rasmlar, plakatlar, grafiklar, jadvallar);

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

■ proektsion materiallar (videofilm, slaydlar, darsga tayyorlanish, axborot izlash, FAQ (ko'p so'raladigan savollar), Forum, tect echish, nazoapt ishiga tayyorlanish ).

2. O'qitishning texnik vositalari: proektorlar, diaproektorlar, epiproektorlar, filmoskoplar, mikroskoplar va hokazo.

3. Elektron ta'lim resurslari. Ular qatoriga elektron darslik va o'quv qo'llanmalar, multimedialar, virtual stendlar, elektron lug'atlar, ma'lumotnomalar, elektron ko'rgazmalar kiradi.

■ O'quv laboratoriyalari. O'quv laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasi talabalarda turli eksperimentlarni amalga oshirish, aqliy va amaliy faoliyatlarni tashkil etish, tadqiqot muammolarini qo'yish va echish, tadqiqot ishini faollashtiruvchi usul va metodlarni qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shu sababli o'quv laboratoriyalari jadvallar, sxemalar, maxsus adabiyotlar bilan ishlash, hisobotlarni tayyorlash uchun mebellar, jihozlar, tadqiqot ishlarini bajarish uchun zarur bo'lgan laboratoriya uskunalari(qurilmalar, o'lchov asboblari, texnik vositalar) bilan ta'minlanishi kerak. Ba'zi hollarda laboratoriyada tadqiqot ishlarini o'tkazish uchun ayrim qurilmalarni talabalarning o'zlari tayyorlaydilar. Bu esa ularda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga katta yordam berdi.

Talabalarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash jarayonining samarasi axborot ta'minotiga va uni maqsadli ravishda pedagogik jihatdan boshqarishga bog'liq. Har qanday tadqiqotchilik jarayoni bir necha bosqichlardan iborat: masala echimiga erishishning umumiy yo'nalishini belgilovchi kontseptsiyani aniqlash; masala sharti va echimini aniqlashga oid axborotlar yig'ish; masalani echish uslubini tanlash va uni tekshirib ko'rish [3].

Shuni e'tiborga olish zarurki, talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish uchun hech qanday qo'shimcha mablag' ajratilmaydi. Holbuki, talabalarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun motivatsiya zarur.

Talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish uchun biz quyidagilarni tavsiya etamiz:

- ayni mavzu bo'yicha doimiy ravishda tajriba almashish, suhbatlar, munozaralar o'tkazish;

- ta'lim muassasalarining ishlab chiqarish bilan aloqasini faollashtirish;

- ayni muammoni yoritishga ommaviy axborot vositalarining imkoniyatidan foydalanish;

- iqtidorli yoshlar va murabbiylarni qo'llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish;

- talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha doimiy ravishda ko'rgazmalar tashkil etish:

- talabalarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish ishlari va faoliyatini rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish;

- talabalarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha o'quv filmlari va multimedialar yaratish va boshqalar.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan muammolarni chuqur o'rganish va bu boradagi ishlarni izchil yo'lga qo'yish talabalarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish faollashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, fanning rivojlanishi va tadqiqotchilik bir-birini taqozo etadi. Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish jarayonini axborotlar bilan ta'minlash muayyan darajada boshqarish yo'nalishlarini o'z ichiga oladi. O'quv mashg'ulotini ta'lim metodlari bilan boyitish o'qitish mantiqini buzmasligi kerak. Pedagogik texnologiyalar talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish uchun keng imkon yaratadi. Buning uchun zaruriy o'quv materiallari va ma'lumotlarni yig'ish hamda ulardan mashg'ulot jarayonida samarali foydalanish lozim.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Подласый И.П. Педагогика. Новый курс: Учебник для студ. пед. вузов: В 2 кн. — М: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1999. — Кн. 1: Общие основы процесса обучения. — 576 с.

2. Asqarov I.B. Bo'lajak Transport vositalari muhandisligi o'qituvchilarida ilmiy-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish bosqichlari. - Kasb-hunar ta'limi. Ilmiy metodik jurnal. Toshkent, 2016 y. № 1 - 30-35 b.

3. Turmatov J.R. Talabalar ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishga bo'lajak Transport vositalari muhandisligi o'qituvchisi tayyorgarligini shakllantirish jarayonini modellashtirish. Pedagogik mahorat. Nazariy va ilmiy-metodik jurnal. - Buxoro: BuxDU, 2012 yil. №2. — 19-23 b.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HAsqarov Ixtiyor Baxtiyorovich, professor, [Аскаров Ихтиёр Бахтиёрович,

профессор,], [Ixtiyor B. Asqarov, professor]; manzil: 130100, O'zbekiston, Jizzax viloyati, Shahar: Jizzax, Islom Karimov shoh ko'chasi (sobiq Xalqlar do'stligi), 4 [адрес: 130100, Узбекистан, Джизакская область, Город: Джизак, проспект Ислама Каримова (бывший Дружбы Народов), 4], [address: 130100, Uzbekistan, Jizzakh region, City: Jizzakh, Islam Karimov avenue (former Friendship of Peoples), 4]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.