Научная статья на тему 'BO‘LAJAK FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRSH'

BO‘LAJAK FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRSH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fizika / ta‘lim / jarayon / talaba / kompetensiya / texnologiya / AKT / axborot / vosita.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Po‘Latova Nozimaxon Sobidxon Qizi

Maqolada bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarini tayyorlashda yangi yo‘ndashuv va texnologiyalar , ta‘lim va tarbiya jarayonida AKT yordamidan foydalanib kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish usullari yoritib berilgan.Bundan tashqari pedagogik kompetensiya kelib chiqish tarixi tushunchalari talabalarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari yoritib berilgan .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRSH»

BO'LAJAK FIZIKA FANI O'QITUVCHILARINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRSH Po'latova Nozimaxon Sobidxon qizi

Doktorant NamDU https://doi.org/10.5281/zenodo.10993090

Annotatsiya. Maqolada bo'lajak fizika fani o'qituvchilarini tayyorlashda yangi yo'ndashuv va texnologiyalar, ta'lim va tarbiya jarayonida AKT yordamidan foydalanib kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish usullariyoritib berilgan.Bundan tashqaripedagogik kompetensiya kelib chiqish tarixi tushunchalari talabalarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari yoritib berilgan .

Kalit so'zlar: fizika, ta'lim, jarayon, talaba, kompetensiya, texnologiya, AKT, axborot,

vosita.

Bugungi kunda dunyo ta'limini yangilashning asosiy yo'nalishi ta'lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko'ra olish, unda tizimli faoliyat ko'rsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir.

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashga qo'yiladigan talablarning sifat jihatidan yangilanishi bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda yangi yondashuv va texnologiyalarni izlashni belgilaydi.Horij tajribasidan va yuqoridagi talablardan kelib chiqib oliy ta'lim muassasasini fizika yo'nalishining talabalariga fizika o'qitishda bir qator o'zgarishlar qilish lozim deb hisoblaymiz.Bu o'zgartirishlar mavjud bilimlarga tayangan holda ma'lumotlar bilan ishlashda AKT texnologiyalaridan foydalanishni bilish kerak.Ta'limga bu kabi yondashuvni avvalambor oliy ta'limdan boshlash kerak,chunki zomonaviy bilim va dars o'tish texnologiyasi bilan qurollangan oliy ta'lim bitiruvchilari yangi turdagi maktablarda dars o'ta oladi.

Ma'lumki ta'lim jarayonida asosiy ma'lumotlar ma'ruza darslarida beriladi.Bu ma'lumotlarni qayta ishlab olgan bilimlarini mustahkamlash esa amaliy mashg'ulotlar,laboratoriya va masalalar ishlash mashg'ulotida amalga oshiriladi

Bugungi kunda ta'limni ushbu jarayonlarida IT- texnologiyalaridan foydalanish darajasini taxlilidan ma'ruza darslarisa va laboratoriya mashg'ulotlarida keng qo'llaniyotganini ko'rish mumkin. Ular asosan animatsiya ko'rinishidagi dars ishlanmalari va virtual laboratoriyalar, o'qituvchi tomonidan tayyorlangan dars taqdimotlari yoki modem yordamida kompyuterga ulangan laboratoriya mashg'ulotlaridan iborat.

Biroq, oliy ta'lim fizika kursini o'qitish amaliyotini o'rganish va o'qituvchilarning o'zlarining mulohazalari ularning kasbiy malakasi, kasbiy tafakkuri va madaniyati holatini rivojlangan davlatlar talablari darajasiga keltirish uchun AKT dan samarali foydalanish yuqori natijalarga olib keladi. Zamonaviy didaktika tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ko'plab fizika o'qituvchilari o'zlarining kasbiy ahamiyatli shaxsiy fazilatlarining rivojlanish darajasidan qoniqmaydilar va rivojlanishni amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ta'lim, o'quvchilarga individual yondashuvni amalga oshirish, axborot texnologiyalarini joriy etish, muayyan pedagogik vaziyatlarda eng oqilona o'qitish usullarini aniqlash, o'quv eksperimentini o'rnatish, dastur va darsliklarni tanlash, fanlararo aloqalarni o'rnatish, samarali mustaqil ishlarni tashkil etish, AKT vositalari asosida amalga oshirilayotgan eng keng imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kunda ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarining umumiy intellektual axborot-kommunikatsiya kompetensiyasining eng muhim tarkibiy qismi sifatida AKT kompetensiyasini shakllantirish bilan bog'liq.

Shu munosabat bilan biz fizika o'qituvchisining pedagogik kompetentsiyasini o'qituvchining informatika va AKT vositalari va usullaridan foydalangan holda quyidagi kasbiy muammolarini hal qilish kerak:

- axborot resurslarini yig'ish, qayta ishlash, uzatish, saqlash, axborot va uslubiy ta'minlash jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida axborot ishlab chiqarish bo'yicha axborot faoliyatini amalga oshirish;

- Internet tarmog'ida tarqatiladigan o'quv maqsadlaridagi elektron nashrlar va o'quv maqsadlaridagi axborot resurslarining imkoniyatlarini baholash va joriy etish;

-laboratoriya ta 'lim jarayoni ishtirokchilari va AKT vositalari asosida ishlaydigan interfaol vosita o'rtasida axborot hamkorligini tashkil etish;

- mavzu bo 'yicha amalda qo 'llay olmaydigan jarayonlarni xususiyatlarini aks ettiruvchi AKT vositalaridan foydalangan holda ta 'lim faoliyatini amalga oshirish kerak.

Yuqoridagilardan ko'rinadiki kadrlar sifatini oshirish, shaxsning kasbiy rivojlanishini shakllantirish ,kasbiy kompetentlikni rivojlantirish,pedagogika yo'nalishi oliy ta 'limlar faoliyatini mazmunini belgilaydi.Kompetensiya (lotincha "competo" so'zidan olingan bo'lib, "erishaman, muvofiqman, mos kelaman" ma 'nolarini beradi) — kishi egallagan muayyan bilim, ko'nikma, malakalar majmuasini anglatadi.

Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlaridan keng qo'llanila boshlandi. Kompetensiya iborasi zamonaviy adabiyotda keng qo'llaniladigan termin bo'lib, ta'lim, xodimlarni tanlash,mehnat natijasini baholash, ta'limnmng muvoffaqiyatligi, professional yo'naltirilganlik va shu kabi masalalarni qamrab oladi. Bugungi kunda ma'no nuqtai nazaridan oxirgacha aniqlashtirilmagan deb hisoblanadi.1970 yillarda kupgina Garb Yevropa davlatlarida paydo bulib, bunda kompetentlik professional tayyorgarlikning yangi yo'nalishini ko'rsatadigan buldi.

Masalan, Germaniyada 1980 yillardan boshlab, «professional faoliyatda kompetentlik» iborasi boshlangich professional tayyorgarlik mobaynida erishilishi shart bulgan maksadni ifodalagan. Bu o'qitish kursi o'zaro onglilik, texnik kompleks va umumiy bilim yig'indisidan iborat bulib, bu bitiruvchiga kompaniyaning turli ish joylarida ishni davom ettirish imkonini berar edi. Bu umumiy malaka uzgarishsiz qolishi mumkin emas, u rivojlanib borishi kerak, chunki individ va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda mehnat dunyosining talablari va shartlari xam o'zgarib turadi.

Buyuk Britaniyada «kalit kompetensiyalari» deb yuritiladigan

sistema aktiv kullanilmokda. Kalit kompetensiyalari bu muxim maxsus

kompetensiyalar bo'lib,ular kundalik xayotda yoki professional tayyorgarlikni utayotganda qo'llaniladi.

Kalit kompetensiyalari 3 ta funksiyani bajaradi:

1 Ular talabalarning ta'lim olishga yerdam beradi.

2 Xodimlar ishga qabul qiluvchilarning talablariga ixchamlik bilan

javob berish imkonini beradi.

3 Xayotlarida muvoffaqiyatli bo'lishlariga yordam beradi.

Kompetensiya - ma'lum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan mutaxassisning ta'limiy tayyorgarligiga qo'yilgan talabdir. U davlat ixtiyorida bo'lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo'lib, u o'quvchi (ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan ta 'limiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qo'yiladi.

Kompetentsiyaga asoslangan yondashuvga muvofiq, fanlarni o'qitishning mohiyatini yangicha tushunish, fan bilimlarini o'zlashtirish o'qituvchining kasbiy kompetensiyasini

rivojlantirish jarayoniga organik ravishda kiritilgan shartlarni aniqlash zarurati tug'iladi. Fizika o'qituvchisining kasbiy kompetensiyasini sifat jihatidan yangi ta'lim turi sifatida shakllantirishni hisobga olgan holda, fizika fanidan dolzarb mavzular tayyorlashning sifat jihatidan yangi xususiyatlarini aniqlash kerak. Shu bilan birga, pedagog kadrlar tayyorlashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish maxsus fanlar tayyorlash mazmuni va jarayoniga jiddiy tuzatishlar kiritishni taqozo etadi.

Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim - o'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi.

Bu esa kelajakda bo'lajak fizika fani o'qituvchilarining kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida yuqori salohiyatga, mahoratli va pedagogik kompetensiyaga ega bo'lgan , fizika bo'limlaridagi masalarni sodda yo'l bilan yechishda , virtual laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etishda, mustaqil ta'lim ishlarida, o'quvchilarni fizika faniga qiziqtira olishda, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay oladigan malakali kadr bo'lishlariga yordam beradi.

REFERENCES

1. Краснова Л. Е. Технология формирования профессиональной компетенции учителя физики в педвузе: дис.канд. пед. наук: 13.00.08. - Елабуга, 2002. - 188 с

2. Ismanova.O.T "Sonli modellashtirish usulida masalalar ishlash orqali talabalarni fizik jarayonni to'liq tahlil qilishlarini shakllantirish" NamDU Ilmiy axborotnomasi.2022 yil 4-son.815-820

3. Иродова И. А., Мазаева Л. Н. Формирование профессиональной компетенции в курсе «Элементарная физика» //Ярославский педагогический вестник. - 2002. - № 4 (33). -С. 1-12.

4. Sh.Elmuratov." Pedagogikada kompetensiya tushunchasi" Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences .July 2022

5. Muslimov .N.A Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish/ Monografiya .T/: fan, 2004

6. Muslimov .N.A va bohsqalar "Kasbiy kompetentlikni shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya.-T. :"Fa" va texnologiya "nashriyoti.2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.