Научная статья на тему 'BO‘LAJAK CHET TILI O‘QITUVCHILARIDA UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK –PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI'

BO‘LAJAK CHET TILI O‘QITUVCHILARIDA UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK –PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
22
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim-tarbiya / dunyoqarash / yaxlit o‘quv–tarbiya jarayoni / psixo-pedagogik rivojlanish / muloqot / shakl / vositalari / pedagogik faoliyat / Ilmiy dunyoqarash va axloqiy e’tiqod / bilim va munosabatlar.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Sharipova Surayyo Burxanovna, Sharipova Sarvinoz Burxonovna

Ta’lim samaradorligini oshirish, uning mazmunini yangilashga yangicha yondashuvlar ta’lim tizimini isloh qilish, zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini yaratish, dunyoqarash asosida madaniy bilim, munosabat va e’tiqodni shallantirish, salohiyatli avlodni tarbiyalash kabi ulug‘vor maqsadni amalga oshirishga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK CHET TILI O‘QITUVCHILARIDA UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK –PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

BO'LAJAK CHET TILI O'QITUVCHILARIDA UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK -PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Sharipova Surayyo Burxanovna, Sharipova Sarvinoz Burxonovna

O'zDJTU pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti., (PhD), Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston Chet tillar kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston sharipovasarvinoz1 @gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13188458 Annotatsiya: Ta'lim samaradorligini oshirish, uning mazmunini yangilashga yangicha yondashuvlar ta'lim

tizimini isloh qilish, zamon talablari darajasiga ko'tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini yaratish, dunyoqarash asosida madaniy bilim, munosabat va e'tiqodni shallantirish, salohiyatli avlodni tarbiyalash kabi ulug'vor maqsadni amalga oshirishga qaratilgan

Kalit so'zlar: Ta'lim-tarbiya, dunyoqarash, yaxlit o'quv-tarbiya jarayoni, psixo-pedagogik rivojlanish,

muloqot, shakl, vositalari, pedagogik faoliyat, Ilmiy dunyoqarash va axloqiy e'tiqod, bilim va munosabatlar.

1 KIRISH

Jamiyat taraqqiyotida, xususan shaxs tarbiyasida madaniyat katta ahamiyat kasb etadi. Chunki madaniyat insonning iqtidori, salohiyati, qobiliyati va o'zligini namoyon etib, uning bilimlari, ko'nikma va tajribalarini, ma'naviy salohiyatini amaliy faoliyati orqali kamol toptirishda asosiy rol o'ynaydi. Haqiqatan ham madaniyat shaxs tarbiyasida muhim o'rinni egallashi dunyo sivilizatsiyasi tajribasida o'zini isbotlagan.

2 TADQIQOT METOOLOGIYASI

Uzluksiz ta'lim tizimida yoshlarning umummadaniy dunyoqarashining tarkib topishi va bu jarayon jamiyatning faqat ilg'or qatlami emas, balki butun xalqning madaniy kamoloti - ekologik, iqtisodiy, axborot va ijtimoiy muammolarni hal etishga bog'liqligi hammaga ayon.. Aholining umummadaniy saviyasi ishlab chiqarishning ham yuqori sifatiga kafolot beradi. Ayniqsa, oliy ta'limning yuqori darajasi bo'lajak mutaxassislarning ham sifat darajasiga ta'sir etadi. O'qitishda yoshlarni bilim olishga ishtiyoqini uyg'otish, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, muammolarni hal etish qobiliyatiga ega bo'lish, ijodiy fikr yuritish, axborot texnologiyalarini egallab olish, ekologik onglilik, jamiyatdagi o'zgarishlarga tayyor turish, global tafakkur va kishilar bilan tolerantlik munosabatlarida bo'lish kabilar hozirgi texnologiyalashgan ijtimoiy muhitda oliy ta'lim muassasi talabalari egallashi lozim bo'lgan talablardir.

Zero, hozirgi mutaxassis o'z faoliyati jarayonida ixtisosligini bir necha marta o'zgartirishga va o'zgarayotgan jamiyatga moslashishiga to'g'ri kelmoqda. Buning barchasi yoshlarning hozirgi davrda

ishlab chiqarishning yangilanib turishi, axborotlarning o'zgarib borishi, mutaxassis tayyorlashda ularni mehnat madaniyati bilan tanishtirib borish, axborot texnologiyalari bilan ishlashga o'rgatish, ijodiy, ekologik va estetik rivojlanishini takomillashtirishi zarur. Bu borada har bir oliy ta'lim muassasida ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-matematikaga oid yoki badiiy-estetik yo'nalishdagi fanlarni, umuman, barcha o'quv fanlarini o'qitish orqali talabalarni ijodiy, madaniy muhitga kiritish, ularning intellektual qobiliyati va umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga yo'naltirish orqali fuqarolik, oilaparvarlik, mutaxassis sifatida shakllanishiga ta'sir etadi.

Bu maqsadni amalga oshirishda pedagogikaning psixologiya fani bilan aloqadorligi, ayniqsa uning tarbiyalanuvchi yosh xususiyatlarining ma'lum psixologik jihatlariga tayanish orqali pedagogik muammolarni hal etishga e'tibor berilayapti.

Chunki har bir tarbiyalanuvchining yosh xususiyatlarini hisobga olmasdan turib, uning intellektual rivojlanishi va ma'naviy madaniyati tarbiyasi, turli-tuman faoliyati va o'zini-o'zi anglashidan iborat shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish mumkin emas.

Bu borada pedagogik faoliyatning yo'nalishi va texnologiyalarini o'z ichiga olgan talaba-yoshlarning psixo-fiziologik rivojlanishi psixologik rivojlanish g'oyalari, faoliyatning asosiy turlari, asosiy pedagogik g'oyalardan iboratdir.

Bularning har biri o'rganilayotgan muammoning tarbiyalanuvchining yosh jihatiga bog'liq rvishda o'zining aniq mazmuniga ega.

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Masalan, psixofiziologik xususiyatlari shaxsning shakllanishining biologik jihatlarini o'rganadi. Tarbiyalanuvchining u yoki bu faoliyat turida ishtirok etish imkoniyatlari uning jismoniy rivojlanish sifatlari, individual-psixologik o'ziga xosligi, muomala-munosabati imkoniyatlari, ijodkorligi, xulqida ijtimoiy meyorlar va mikroijtimoiy qoidalarga rioya qilishi, o'z guruhi yoki jamoasining haqiqiy a'zosi bo'la olishi kabilarda namoyon bo'ladi.

Psixologik-pedagogik rivojlanishning ustuvor g'oyalarida esa xulqida va faoliyatida yosh va individual ehtiyojlar asosida shakllangan yetakchi motivlar nazarda tutiladi. Mazkur ehtiyojlar asosida shakllangan yetakchi motivlar nazarda tutiladi.

Asosiy pedagogik g'oyalar pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyalanuvchi yoki jamoa faoliyatining asosiy turlarini amalga oshirishga yo'naltirilgan yetakchi strategik maqsadni aks ettiradi.

Pedagogik faoliyatning asosiy ustuvor yo'nalishlari va texnologiyalari shunday tuzilishi kerakki, unda asosiy pedagogik g'oyalarni o'quvchi-yoshlar jamoasi faoliyatiga tatbiq etishga mumkin bo'lsin. Bunda o'quv-tarbiya jarayoni qonuniyatlari, muloqotni tashkil etish metod, shakl, vositalari, pedagogik faoliyat hisobga olinadi; diagnostika natijalari, shaxs va jamoa rivojlanishining asosiy yo'nalishlari belgilanadi va yosh xususiyatlarini tarkibiy qismlari aniqlanadi. Bu borada faqat o'quvchilarninggina emas, balki o'qituvchilarning ham ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi texnologiyalarni izlab topish muhim hisoblanadi.

Bu texnologiyalar tarbiyalanuvchi hayotiy tajribalariga asoslanadigan bilimlar tizimini egallashda o'ziga xos yondashuvni talab etadi.

Talaba-yoshlarning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishda ana shu o'ziga xos xususiyatlarga tayaniladi.

Bu esa oliy ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonining samarali amalga oshishiga bog'liq. Lekin mazkur muammo oliy ta'lim psixologiyasida kam tatqiq etilib, talabalarning psixologik xususiyatlarini o'rganishni talab etadi. Mazkur davrning asosiy xususiyati ham ijtimoiy yetuklikning tez yuzaga chiqa boshlashi bilan bog'liqligidir. Chunki talabalik davrida har bir yosh bilim olish bilan birga ijtimoiy hayotda turli vazifalarni bajarishga tayyorlanadi.

Bu vazifalarga oila qurish, farzand tarbiyalash, mehnat faoliyati kabilar kiradi. Mazkur jarayonning asosiy mezonlariga mehnatda faollik ko'rsatish, qonunlar oldida javobgarlik hissi, mutaxassislikka tayyorlanish tuyg'usi, irodaviylik, oilali bo'lish burchini his etish, rahbarlik faoliyatiga tayyor bo'lish, bo'sh vaqtni to'g'ri tashkil eta olish kabilardan iborat. E.G'oziyev talabalik davrini o'spirinlikning ikkinchi

bosqichiga kiritadi. Bizningcha mazkur davr yoshlikning dastlabki bosqichi sanaladi. U 17-22 (25) yoshni o'z ichiga oladi.

Mazkur davr har bir talabaning o'ziga xos betakror xususiyatlari va qarama-qarshiliklari bilan ajralib turadi. Talaba ijtimoiy va kasbiy mavqeini anglay boshlaydi. Ba'zilarida yangi muhit salbiy holatlarni ha yuzaga chiqaradi. Lekin ular asta-sekin yangi turmush tarziga ko'nikib, ijtimoiy vazifalarni bajara boshlaydilar.

Ana shu jarayonda talabalar mustaqil bilim olish, o'z faoliyatini mustaqil tashkil etish, o'zini-o'zi boshqarish, yangi g'oyalar bilan chiqishga o'rgatishdan iborat. Bu borada o'qituvchi va o'quvchi munosabati (o'qituvchi va o'quvchi muloqotiga asoslangan ta'lim) samarali bo'lib, talabaning o'z nuqtai nazarini mustaqil iroda etishga yo'llaydi.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Psixolog olimlar B.G.Ananyev, N.F.Talizina, I.S.Kon, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin, V.A.Tokareva, E.G'.G'oziyev, V.Karimova, R.Sunnatova, Z.Nishonova va boshqalar talabalar ta'lim olish jarayonining og'ir kechishi, murakkab vaziyatlardan chiqib ketishiga yo'l topa olishida qiyinchiliklar yuz berishi, ana shu holatlardan chiqishda yoshlik kuch-quvvati, irodasi, aql-zakovati bilan mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik sifatlarining takomillanib borishi, shuningdek ijtimoiy holatlarga, vokelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni anglashga intilishining kuchayishiga alohida urg'u beradilar.

Bu intilishlar dastlabki yillarda bilim olishga ishonchsizlik, ikkilanish kabi salbiy his-tuyg'ularni ham paydo qiladi va shunday vaziyatda ularga to'g'ri muomala-munosabat keyinroq his-tuyg'ulari, qarashlari, o'zligini anglashida barqarorlik paydo qilishi uchun o'quv materialining asosiy manbalari bilan ishlashga o'rgatish, mustaqil faoliyatini tashkil qilishda yordam berish, o'z-o'zini boshqarish usullarini o'rgatishdan iboratdir.

Bu borada ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlarni samarali tashkil etish, ilg'or texnologiyalardan foydalanish, talabalarni mustaqil va ijodiy ishlashga o'rgatish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda, ta'lim jarayonida har bir talabaga o'ziga xos tarzda munosabatda bo'lish talab etiladi. Chunki ba'zi paytlarda ular bilan ota-onalar, o'qituvchilar o'rtasida ziddiyatlar paydo bo'lib, talabalar o'z faoliyatini tashkil etish usullarini bilmaganligi sababli kuch va imkoniyatlarini, bo'sh vaqtlarini to'g'ri taqsimlay olmayotganligi, ma'ruza, amaliy mashg'ulotlarda muhokama etilayotgan muammoni hal etishda ishtirok eta olmayotganligi va

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

eng muhimi, moddiy ta'minotini to'g'ri, rejali sarflay olmayotganligi ma'lum bo'lmoqda.

Bu holatlar talabalik yoshida jismoniy va ruhiy o'zgarishlar bilan birga shu ta'lim mussasidagi shart-sharoitlarga ham bog'liq bo'ladi.

Shuning uchun ham talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish pedagogik tarbiya jarayonining asosiy tamoyillaridandir. Mazkur tamoyilga ko'ra o'quv jarayonini to'g'ri tashkil etish, talabalarning bo'sh vaqtlarini turli mehnat faoliyati bilan band etadilar, bo'sh vaqtida kun tartibini madaniy tadbirlar bilan boyitish, ularning umummadaniy shakllanishida o'quv fanlari materiallarini tanlash va talabalarga yetkazishda o'quv-tarbiya faoliyati shakl va metodlarini tanlashni ham shart qilib qo'yadi.

Hozirgi davr pedagogikasi tarbiyalanuvchilarga individual munosabatni tan oladi. Lekin individual menosabat faqat har bir tarbiyalanuvchiga ta'lim va tarbiyaning asosiy maqsad va mazmuniga moslashishi emas, balki pedagogik ta'sirning shakl va metodlarini shaxsning umummadaniy dunyoqarashini

shakllantirishda individual qobiliyatlariga ta'siri darajasini rivojlantirishga qaratish zarur. Mazkur individual yondashuv qulay imkoniyat yaratadi. Bunday yondashuv, ayniqsa ta'lim olishga ishtiyoqi past, o'quvchilar bilan ziddiyatlarga borib turadigan, hamma narsaga befarq qaraydigan talabalarga yo'naltiriladi.

Psixologiya fanida dunyoqarashni shakllantirishga turlicha yondashuvlar mavjud.

A.G.Kovalevning fikricha ilmiy dunyoqarashni shakllantirish umumiy tasavvurlar va hissiy-emotsional munosabatlardan boshlanib, voqelik haqida umumlashgan tushunchalarni o'zlashtirish bilan tugallanadi.

Psixolog va pedagog olimlar axloqiy e'tiqodni shakllantirish muammolarini tadqiq etar ekan, uning rivojlanishining uch bosqichini qayd etadilar: birinchisi, e'tiqod. U qat'iy shakllanmay, vaziyatga qarab o'zgarib boradi. Ikkinchisi, xulqning qat'iy tamoyiliga aylansa ham ba'zi vaziyatlarda hali bu tamoyillar amalga oshmaydi, chunki e'tiqodning irodaviy holati xali shakllanmagan bo'ladi va nihoyat, barcha vaziyatlarda e'tiqod axloqning to'liq tamoyiliga aylanadi.

Bu ikki holatni chog'ishtirganda quyidagilar namoyon bo'ladi: birinchi holatda intellektual jarayonlar hisobga olinsa, ikkinchisida irodaviy tomonlari. Lekin bu ikki holatda ham quyidagilar diqqatga sazovor:

Ilmiy dunyoqarash va axloqiy e'tiqod alohida psixik vazifalarni bajarishda, ya'ni oxirgi nuqtada tutash keladi va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda, ya'ni har ikki ajratib ko'rsatilgan parametrlar (tasavvurdan voqelik haqidagi umumlashgan kategorial bilimlarga va

bilimlarni vaziyatga qarab foydalanishdan maqsadga yo'naltirilgan holda qat'iy qo'llashgacha) dunyoqarashni shakllantirish darajasini tasniflashda katta ahamiyatga ega.

Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishning eng yuqori darajasida shaxsning his-tuyg'usi ustuvor bo'ladi. His-tuyg'u faqat voqelikni tasavvur etibgina qolmay, balki dunyoqarashni tarkib toptirishga shart-sharoitlar yaratadi, zero his-tuyg'usiz hech qachon e'tiqod ham paydo bo'lmaydi. Lekin umummadaniy dunyoqarash ham madaniyatga doir bilimlarni emotsional bilish va dunyoqarashga doir g'oyalarni mantiqiy bilish bilan o'zaro aloqadorligida paydo bo'ladi.

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Pedagog olimlar emotsional «idrok etish»ni «emotsional faoliyatsizlik»dan himoya etib, «his-tuyg'u madaniyati»ning shaxs ma'naviy hayotida alohida sohasi sifatida e'tibor beradilar. Ularning intellektual rivojlanishi uning ma'naviy hayotida emotsional madaniyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega deb ta'riflaydilar.

Psixologik tadqiqotlar oldida umummadaniy dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg'uning o'rni va o'ziga xos xususiyatlarini yoritish, ularning shaxs rivojlanishiga bog'liq holda o'zgarib borishi hamda uning psixologik o'ziga xosligini yoritish vazifasi muhim qilib qo'yiladi.

Rivojlangan dunyoqarashda bilim va munosabatlar bir-biri bilan uyg'unlashib ketganligi namoyon bo'ladi. Ana shunda ular birgalikda shaxs qarashlari tizimini paydo qiladi. Lekin qarashlar haqiqiy dunyoqarashga aylanganligi shu paytda aniq ma'lum bo'ladiki, qachon u ilgari surilgan qoidalarning haqiqiyligini namoyon etib, haqqoniyligiga ishonch hosil qilgan bo'lsa, ya'ni ular e'tiqod bilan mos kelsa, xulq-odobda va faoliyatida amalga oshirilishi mumkin.

Bunday paytda psixik holatning irodaviy xislatlari yaqqol namoyon bo'ladi. Inson qarashlarining natijasi, ya'ni g'oyaviy nuqtai nazarining xatti-harakatga (malakaga) aylanishi bu dunyoqarashi shakllanganligining eng muhim belgisi sanaladi. His-tuyg'uga kelsak, u barcha tarkibiy qismlarda o'z ifodasini topadi.

Hozirgi davrda psixologik muammolarga bag'ishlangan tadqiqotlarga nazar tashlasak, yoshlarda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish muammosi to'liq yoritilmaganligining guvohi bo'lamiz. Shuning uchun ham bu muhim muammoni hal etishda shaxs xislatlari orqali dunyoqarashi tizimini shakllantirishning umumiy jihatlarini shakllantirish maqsadga muvofiq.

5 XULOSA VA TAKLIFLAR

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Ma'lumki, dunyoqarash asoslari maqsad va jamiyatga munosabati mustaqil tarkib topgan qarashlar tizimi sifatida yoshlarda jadal shakllanadi. Shaxsda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda bilimlar mazmuni bilan birga tarbiyaviy ishlar ham katta yordam beradi. Chunki umummadaniy dunyoqarash har bir talabaga o'ziga xos tarzda ta'sir etsa ham umumiy qonuniyatlarga ham tayanadi. Lekin mazkur muammo dunyoqarash muammosi bilan bog'liq ekan, uni hal etishda talabalar madaniyat taraqqiyotiga doir voqea-hodisalarni ilmiy tahlil eta olishi bilan tavsiflanadi.

Demak, shaxs tarbiyasida psixologiya fani bilan pedagogikaning o'zaro aloqadorligi, har bir tarbiyalanuvchining yosh xususiyatlari hamda uning intellektual rivojlanishini hisobga olmay turib, uning va ma'naviy madaniyatini ta'minlash mumkin emas. Bu borada pedagogik faoliyatning yo'nalishlari va texnologiyalarini o'z ichiga olgan talaba-yoshlarning psixo-fiziologik rivojlanishi va bu rivojlanish faoliyatning asosiy turlari - muassasidagi shart-sharoitlar bilan uyg'un bo'lishi talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] Nasirxodjayev S., Lafasov M., Agzamxodjayeva S. Osnovi duxovnosti. - T.: Izdatelstvo «Turon», 2007. S. 14.

[2] Psixologiya visshey shkoli/ M.I. Dyachenko, L.A. Kandibovich, S.L. Kandibovich. - Mn.: Xarvest, 2006. - 41

[3] SB Sharipova, BE Kodirov the role of vocubulary in developing the communicative competence. Academic research in educational sciences 2 (Special Issue 1), 50-54

[4] GA Botirbekova, SB Sharipova, national mentality and culture in language learning, ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali 3 (12), 1-4

[5] GA Botirbekova, The role of national Mentality and culture in learning language, Middle European Scientific Bulletin 23, 173-176

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.