Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM ASOSIDA SHAKLANTIRISH METODLARINING AMALIYOTGA JORIY ETILISHI'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM ASOSIDA SHAKLANTIRISH METODLARINING AMALIYOTGA JORIY ETILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
110
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rivojlantiruvchi ta’lim / pedagogik shart sharoit / natijaviymaqsad / funksiyaning yoritilishi / tizim / mohiyat / integratsiyalashgan ta’lim. / developmental education / pedagogical conditions / outcomeobjective / function coverage / system / essence / integrated education.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matluba Burxonovna Ergasheva

Bo’lajak o’qituvchini boshlang’ich sinf o’quvchilari rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirishga tayyorlash mohiyatining aniqlanishi uning o’ziga xosligi, tuzilishi va funksiyalarining yoritilib berilishi, mazkur tizim tarkibiy qismlari o’rtasida qonuniy aloqalarning tahlil qilinishi, amalga oshirilishiga asos soluvchi tamoyillari va natijaviy-maqsadli yo’nalishlarining belgilanishini nazarda tutadi. Bo’lajak o’qituvchini boshlang’ich sinf o’quvchilari rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish tayyorlash mohiyatini tushunish va bir qator tadbirlarni amalga oshirish uchun uni bir butun tizim sifatida tasavvur qilish zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

To determine the essence of preparing a future teacher for the implementation of developmental education of primary school students, to explain its specificity, structure and functions, to analyze and implement the legal relationship between the components of this system. the establishment of founding principles and outcometarget directions. It is necessary to understand the essence of preparing the future teacher for the implementation of developmental education of primary school students and to imagine it as a whole system for the implementation of a number of activities.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM ASOSIDA SHAKLANTIRISH METODLARINING AMALIYOTGA JORIY ETILISHI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-181-186

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM ASOSIDA SHAKLANTIRISH METODLARINING AMALIYOTGA JORIY ETILISHI

Matluba Burxonovna Ergasheva

JDPI Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Bo'lajak o'qituvchini boshlang'ich sinf o'quvchilari rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirishga tayyorlash mohiyatining aniqlanishi uning o'ziga xosligi, tuzilishi va funksiyalarining yoritilib berilishi, mazkur tizim tarkibiy qismlari o'rtasida qonuniy aloqalarning tahlil qilinishi, amalga oshirilishiga asos soluvchi tamoyillari va natijaviy-maqsadli yo'nalishlarining belgilanishini nazarda tutadi. Bo'lajak o'qituvchini boshlang'ich sinf o'quvchilari rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish tayyorlash mohiyatini tushunish va bir qator tadbirlarni amalga oshirish uchun uni bir butun tizim sifatida tasavvur qilish zarur.

Kalit so'zlar: rivojlantiruvchi ta'lim, pedagogik shart sharoit, natijaviy-maqsad, funksiyaning yoritilishi, tizim, mohiyat, integratsiyalashgan ta'lim.

ABSTRACT

To determine the essence of preparing a future teacher for the implementation of developmental education of primary school students, to explain its specificity, structure and functions, to analyze and implement the legal relationship between the components of this system. the establishment of founding principles and outcometarget directions. It is necessary to understand the essence of preparing the future teacher for the implementation of developmental education of primary school students and to imagine it as a whole system for the implementation of a number of activities.

Keywords: developmental education, pedagogical conditions, outcome-objective, function coverage, system, essence, integrated education.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 19 mart kuni ilgari surgan besh muhim tashabbuslari ham ijtimoiy faol talaba-yoshlarni tarbiyalashda ta'lim mussasasi o'rni va ahamiyati juda yuqori. Chunki, ushbu ilgari

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-181-186

surilgan "Beshta eng muhim tashabbusda yoshlarga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash" kabi vazifalar mamlakatni ertangi kuni uchun, yetuk, yoshlarni barkamol avlod bo'lib voyaga yetishlarida ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish muhim o'rin egallaydi. Zamonaviy oliy pedagogik ta'lim rivojlanishi bosqichining o'ziga xos jihati bo'lib bo'lajak o'qituvchilar tayyorgarligini maqsadli, mazmuniy va texnologik o'zgartirish hisoblanadi. Maqsadni qo'yish apparatining o'zgarishi taxsil oluvchining o'z o'quv faoliyati sub'yekti sifatida qabul qilinishi, demak, sub'yektli-ob'yektli munosabatdan sub'yekt-sub'yektli (shaxsiy) munosabatga ega o'quv jarayonida o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari paradigmasining almashinuvi bilan shartlangan; mazmuniy va texnologik qayta o'zgarishlar yangi maqsadlarga erishishni ta'minlashi kerak. Pedagog kasbiy tayyorgarligi muammosi bugungi kunda mamlakatda tezda o'zgarib turadigan siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlarga, ya'ni o'qituvchiga sotsial va madaniy rol ajratiladigan mamlakatda alohida ahamiyatga ega bo'lmoqda. Boshlang'ich sinf o'quvchilari rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish va o'quv faoliyatini shakllantirishga tayyorlash bu tizimning eng muhim tarkibiy qismi bo'lib ilgari suriladi. Bo'lajak o'qituvchini boshlang'ich sinf o'quvchilari rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirishga tayyorlash mohiyatining aniqlanishi uning o'ziga xosligi, tuzilishi va funksiyalarining yoritilib berilishi, mazkur tizim tarkibiy qismlari o'rtasida qonuniy aloqalarning tahlil qilinishi, amalga oshirilishiga asos soluvchi tamoyillari va natijaviy-maqsadli yo'nalishlarining belgilanishini nazarda tutadi. Bo'lajak o'qituvchini boshlang'ich sinf o'quvchilari rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish tayyorlash mohiyatini tushunish va bir qator tadbirlarni amalga oshirish uchun uni bir butun tizim sifatida tasavvur qilish zarur.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini tayyorlashda rivojlantiruvchi ta'limdan foydalanish samaradorligini aniqlash maqsadida bir nechta pedagogika oliy o'quv yurtlarida tajriba-sinov ishlari o'tkazildi. Tajriba-sinov ishlari tadqiqot o'tkazish usullariga mos ravishda o'tkazildi. Tajriba-sinov ishlari respublikamizning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Qo'qon davlat pedagogika instituti - 5111700 - Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishlari ta'lim yo'nalishi III-IV kurs VI-VII-semestrlarda

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-181-186

talabalarida olib borildi (joriy vaqtda kredit modul tizimida tahsil olayotgan 60110500- Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishlari ta'lim yo'nalishining VII-semestrida o'qitilishi ko'zda tutilgan).

Mazkur jarayonlarda quyidagi qator asosiy mezonlarga rioya qilindi:

tajriba-sinov o'tkazish jarayonida hisoblash natijalariga sub'yektiv ta'sirlarga yo'l qo'ymagan holda tadqiq etilayotgan jarayonning parametrlari tavsifi to'g'ri qayd etildi;

tadqiqot natijalarining samaradorligini xolisona aniqlash uchun tajriba-sinov natijalari muntazam tahlil qilindi va statistik kriteriyalarga muvofiq ravishda tanlandi.

Tajriba-sinov ishlari yuqorida qayd etilgan mezonlar asosida taklif etilayotgan rivojlantiruvchi ta'limdan foydalanishda o'qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleksning samaradorligini aniqlash, bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari o'rtasida muntazam anketa va so'rovlarni o'tkazish, talabalarning nazariy bilimlarini o'zlashtirishi va amaliy topshiriqlarni bajarishini kuzatish, nazorat va sinov guruhlarida test va tarqatma materiallarlarni o'tkazish hamda baholash va olingan natijalarning matematik-statistik tahlili asosida talabalarning bilish faoliyatining o'zgarishlarini aniqlashdan iborat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tajriba-sinov ishlarida quyidagi vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq deb topildi:

rivojlantiruvchi ta'limdan foydalanishda o'qitishning imkoniyat-larini takomillashtirishga qaratilgan tavsiya va takliflarni o'quv jarayoniga keng tatbiq etish;

tajriba-sinov dasturida rejalashtirilgan pedagogika oliy o'quv yurtlarining boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi talabalari uchun sinov dars mashg'ulotlari ishlanmalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo'llash;

pedagogika oliy o'quv yurtlarining boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi uchun rivojlantiruvchi ta'limdan foydalanishda o'qitishning kompleks o'quv-metodik ta'minotini o'quv jarayoniga keng tatbiq qilish va samaradorligini aniqlash;

talabalarning bilimi, amaliy ko'nikma, malaka va kompeten-siyalarini o'zgarish holatini tahlil qilish, fanga bo'lgan qiziqishini kuzatish, qiyo slash va taqqoslashdan iborat.

Tajriba-sinov ishlariga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Qo'qon davlat pedagogika instituti

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-181-186

talabalari, jami sinov guruhida 261 nafar hamda nazorat guruhida 255 nafar talabalar tanlab olindi. Tadqiqot olib borish jarayonida yuqorida qayd etilgan oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va talabalari bilan suhbatlar o'tkazildi, ilg'or tajribalar o'rganildi, test, tarqatma materiallar, anketa savollari berildi, tajriba-sinov uchun belgilangan guruhlarda sinov darslari olib borildi. Tajriba-sinov ishlariga 516 nafar talabalar qatnashdi va bu jarayonda anketa, suhbat, kuzatish ishlaridan tashqari tadqiqot mavzusi bilan bog'liq holda yaratilgan o'quv uslubiy qo'llanmadan unumli foydalanildi. Shu bilan birga boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi o'quv rejalari o'rganildi, amaldagi darsliklar va o'quv qo'llanmalar ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilindi. Tajriba-sinov ishlarini olib borishda talabalarga tarqatma materiallar va test topshiriqlari berildi hamda ularning natijalari matematik statistik jihatdan tahlil qilindi, qayta ishlandi, umumlashtirildi va xulosalandi. Tadqiqotning sinov-tajriba ishlari uch bosqichda amalga oshirildi.

1-bosqich. Bu bosqichda tajriba-sinov ishtirokchilarining tarkibi aniqlandi, tadqiqot muammosining ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy asoslari o'rganildi, tajriba-sinov ishlarining metodik va tashkiliy ta'minoti ishlab chiqildi. Pedagogika oliy o'quv yurtlaridan tajriba-sinov uchun belgilangan sinov va nazorat guruhlarida kuzatuvlar olib borildi, dastlabki aniqlovchi tajriba-sinov ishlari o'tkazildi va muammoning holati o'rganildi, shu asosda rivojlantiruvchi ta'limdan foydalanishni o'rganish zarurati nazariy-amaliy jihatdan tadqiq etildi.

2-bosqich. Tadqiqotning birinchi bosqichi natijalarini e'tiborga olib, bu bosqichda rivojlantiruvchi ta'limdan foydalanib o'qitish imkoniyatlari amalda ko'rib chiqildi, tadqiqot bilan bog'liq ravishda ishlab chiqilgan didaktik vositalarning samaradorligi qiyoslandi, mustaqil topshiriqlarni bajarish tartibi kiritildi, talabalarning individual xususiyatlari, bilimi turli emperik metodlar orqali baholandi, sinov va nazorat guruhlarida olib borilgan sinov darslari muntazam tahlil qilinib, ishlab chiqilgan kompleksni o'quv jarayonida qo'llash bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.

3-bosqich. Bu bosqichda tajriba-sinov ishlarining yakuniy natijalari olib borildi. Tajriba-sinov materiallari to'planib, olingan natijalar 5 balli tizimda baholandi va matematik-statistik metodlar bilan hisoblandi, umumlashtirildi, xulosalandi. Olingan natijalar va tahlillar tadqiqot maqsadi hamda vazifalariga mos holda tizimlashtirildi. Tajriba-sinov ishlarining birinchi va ikkinchi bosqichlarida o'tkazilgan anketa, test va tarqatma materiallar natijalarining statistik tahlili bo'yicha xulosalar qilindi hamda taklif etilgan kompleksning samaradorligi aniqlandi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-181-186

XULOSA

Tajriba-sinov ishlarida turli emperik metodlar orqali talabalarning quyidagi individual jihatlari baholandi:

o'zlashtirgan bilimlarning hajmi;

o'zlashtirilgan bilimlarning tizimliligi;

mantiqiy, tanqidiy fikrlashlari;

o'zlashtirilgan bilimlarni amalda qo'llay olishligi;

o'zlashtirilgan bilimlarning kundalik hayot tarzida qo'llay olishligi;

mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanganligi;

nazorat topshiriqlarni bajarish tezligi;

bilimlarning mustahkamligi.

Tajriba-sinov ishlarida tarqatma materiallar shaklidagi variantlar 5 ta savoldan iborat bo'lib, ular 5 balli tizimda baholandi:

Topshiriq to'g'ri yechib, berilgan javoblarni izohlab bera olgan talabaga 5 baho a lo .

Topshiriqning javobini to'g'ri topgan, lekin asoslab bera olmagan, ayrim sistematik xatolarga yo'l qo'ygan talabaga 4 baho "yaxshi".

Topshiriqni to'liq yechmagan, lekin o'z tushunschalarini ifodalay olgan talabaga 3 baho "qoniqarli"

Topshiriqni xato yechgan yoki umuman yechmagan talabaga 2 baho "qoniqarsiz"

REFERENCES

1.Sh.Mirziyoyev."Yangi O'zbekiston strategiyasi".2021 yil

2. Ergasheva M."Bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilarida rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirishning pedagogic shart sharoitlari haqida ma'lumot"Ta'lim fidoiylari,13 son. 1-jild.Yanvar.

3.Konarjevskiy Yu.A. Pedagogicheskiy analiz uchebno-vospitatelmogo protsessa i upravleniye shkoloy. — M.: Pedagogika. — 1986. — 144 s.

4. Ergasheva.M.The Role Of Mathematical Issues In Improving The Methodological Training Of Future Mathematics Teachers. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT) ISSN: 2509-0119. © 2021 International Journals of Sciences and High Technologies http://ijpsat.ijsht-journals.org Vol. 25 No. 2 March 2021, pp. 94-97

5. Application of information and communication technologies in solving geometric problems. Annals of R.S.C.B., ISSN:1583-6258, Vol. 25, Issue 3, 2021, Pages. 4191

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-181-186

- 4197 Received 16 February 2021; Accepted 08 March 2021 skopus 6.Ergasheva M."Bolajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarnirivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirishga tayyorlash nazariy asoslari,rivojlantiruvchi ta'lim pedagogic psixologik muammo sifatida"TDPU."Ilmiy axborotnomalari".2022 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.