Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATALARINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING ROLI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATALARINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
769
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘quvchi / ta’lim / ijodkorlik / usul / metod / kreativ / pedagogika / o‘qituvchi / texnologiya / qobiliyat. / Student / education / creativity / method / method / creative / pedagogy / teacher / technology / ability.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rahmonova, Dilrabo Ibrohim Qizi

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilarida kreativ qobiliyatalarini rivojlantirishda o‘qituvchining roli, qanday usul va metodalrdan foydalanish haqida ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE TEACHER IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article provides scientific and practical advice on the role of the teacher in the development of creative abilities in primary school students, what methods and techniques to use.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATALARINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATALARINI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHINING ROLI

Rahmonova Dilrabo Ibrohim qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi e-mail: dilraborah@gmail .com Telefon: +998979609729

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativ qobiliyatalarini rivojlantirishda o 'qituvchining roli, qanday usul va metodalrdan foydalanish haqida ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: O'quvchi, ta'lim, ijodkorlik, usul, metod, kreativ, pedagogika, o 'qituvchi, texnologiya, qobiliyat.

АННОТАЦИЯ

В данной статье даны научно-практические советы о роли учителя в развитии творческих способностей учащихся начальных классов, какие методы и приемы использовать.

Ключевые слова: Ученик, воспитание, творчество, метод, метод, творчество, педагогика, учитель, технология, умение.

ABSTRACT

This article provides scientific and practical advice on the role of the teacher in the development of creative abilities in primary school students, what methods and techniques to use.

Keywords: Student, education, creativity, method, method, creative, pedagogy, teacher, technology, ability.

KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar ta'lim sohasida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida pedagog kadrlarni tayyorlashning yangi tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta'limda o'qitish sifati va samaradorligini bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy, ma'naviy-axloqiy tayyorgarligi belgilab berishi haqidagi qat'iy xulosaga kelindi1. Ta'lim sohasidagi tajriba sinov ishlari shuni isbot etganki-o'quchilarda mustaqil fikr, ijodkorlik, iqtidor va iste'dod qobiliyatlarni rivojlantirishda, o'z kasbining ustasi bo'lmish pedagoglarga bog'liqdir. O'qituvchi o'quvchi bilan doimiy ravishda ta'lim-tarbiya ishlarini olib borish

1 Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. - T., 2013. - B.15.

1266

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

natijasida ularning intelektual salohiyatlarini oshirib boradi. Bolalar qanday bo'lib tug'ilishi uning ota-onasidan bo'lak hech kimga bog'liq emas. Lekin har bir insonning yetarlicha rivojlanishi, barkamol shaxs darajasiga erishishi, o'ziga yoqqan mashg'ulot va hayotda o'z o'rnini topishi, o'z umrini hayotiy me'yorlarga munosib o'tkazishi-avvalo maktabga bog'liq.2

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maktab bolaning shaxs sifatida tarkib topishda eng katta rol o'ynaydigan manbayidir. Bolani ta'limga qiziqtirishda o'qituvchining kreativ qarashlari muximdir. O'qituvchi bugungi kundagi zamonaviy uzluksiz ta'lim tizimi kreativ yondoshuvni talab etadi. Ayniqsa, boshlang'ich ta'lim - bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta'lim turidan biri bo'lib, ta'limning bu bosqichida pedagog o'qituvchilarga katta mas'uliyat yuklatiladi.

Kreativlik- shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma'naviyatining ajralmas qismidir, shaxsni o'z-o'zini rivojlantirishda, shaxsiy jonbozlikning asosi bo'lib, shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'p qirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o'rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. Kreativlik innovatsiya texnologiyalari bilan bog'liq jabxadir. O'qituvchining kreativlik faoliyatda, o'zining sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan boxabar bo'lishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida o'rinli foydalana olishi lozim. Bola shaxsi shakllanishida boshlang'ich sinf davri eng muhim davr hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ishonuvchan, tashqi ta'sirga beriluvchan bo'ladilar. Ularda ijobiy hissiyotlar, fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak axloqiy me'yorlarni shakll antirishda asosiy mas'uliyat boshlang'ich sinf o'qituvchisining zimmasiga tushadi.3 Demak, boshlang'ich sinf o'qituvchisi har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo'lni izlab topishi va uni amaliyotga joriy qilish orqali dars jarayonini samarali tashkil etishi, boshlang'ich sinf o'quvchilari ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham kreativlikning bir ko'rinishi deyish mumkin. O'qituvchining kreativligi, ushbu kreativlikning mohiyatini beruvchi ijodkorlik ustuvor xarakterga egadir.

2 Mavlyanova R.A Paxmankulova N.X Boshlang'ich ta'limda innovatsiya (metodik qo'llanma)- Toshkent, 2007. 195 s.

3 Akramov F.A. Bola shaxsi shakllanishiga boshlang'ich ta'lim o'qituvchisining psixologik ta'siri. Zamonaviy t'lim/ СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ. 2015.3. -5 s.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida tasavvur etib bo'lmaydi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o'quvchining egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishga, mustaqil o'rganishga va fikrlashga, tahlil qilishga, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda bolani rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o'yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so'zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanmoqda. Har bir darsda o'qitishning shakl va usullarini darsning maqsadi, mazmuni va o'quvchilarning yosh va indivuadal xusisiyatlarini hisobga olgan holda tanlash, dars davomida o'quvchilar faoliyatining faol holatda bo'lishiga e'tibor berish ta'lim-tarbiya jarayonini yanada yuqori pog'onalarga ko'tarishga zamin bo'ladi.4

Dars jarayonida bu metodalardan foydalanish, topshiriqlarni takrorlash, mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. Bu metodalardan foydalanish, qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o'quvchilarining bu metodlarni bajarishga o'rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o'rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog'liq bo'lishi kerak.

O'qituvchi zamonaviy texnologiyalar bilan darsni bayon qilar ekan, albatta bolani bilimini ham baholab bordi. Shunday ekan bu jarayonda o'qituvchi zamonaviy ta'lim bilan bir qatorda o'quvchini baholaganda albatta kreativ baholash kerak, bahlosh tizmiga ayangicha yondoshishi va shu bilan bolaga mativatsiya jarayonini berish kerak. Bu esa bolada unga berilgan ishoncha va taqdirlanishidan, o'zining o'qishi jarayonida qiziqishini ortishiga sabab bo'ladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, boshlang'ich sinf o'qituvchisi dars jarayonida pedagagik texnologiyalardan unumliy foydalanishi kreativ yondashishi va bilan birgalikda ta'limni tashxislashda ham krativlik bilan yondashishi zarur.

4 Mustafaqulova D.I. Tangirova D.E. Integrativ yondashuv asosida tabiatshunoslik fanlarining uzviyligini ta'minlash strategiyasi. . Zamonaviy ta'lim / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНЫ. 2017. 3. -7 s.

1268

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. - T., 2013. - B.15.

2. Mavlyanova R.A Paxmankulova N.X Boshlang'ich ta'limda innovatsiya (metodik qo'llanma)- Toshkent, 2007. 195 s.

3. Akramov F.A. Bola shaxsi shakllanishiga boshlang'ich ta'lim o'qituvchisining psixologik ta'siri. Zamonaviy t'lim/ СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ. 2015.3. -5 s.

4. Mustafaqulova D.I. Tangirova D.E. Integrativ yondashuv asosida tabiatshunoslik fanlarining uzviyligini ta'minlash strategiyasi. Zamonaviy ta'lim / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАЛИ. 2017. 3. -7 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.