Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Основное содержание данной статьи обогащено мнениями о применении личностно-ориентированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по повышению профессиональной компетентности учителей начальных классов.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ayjamal Baxitjanovna Chinaliyeva

Mazkur maqolaning asosiy mazmunini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganilgan nazariy va ilmiy-amaliy ma’lumotlar asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanish hamda foydalanishdan ko‘zlanadigan maqsadlar haqidagi fikr-mulohazalar boyitadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH Ayjamal Baxitjanovna Chinaliyeva

Nizomiy nomidagi TDPU doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10801650

Annotatsiya. Mazkur maqolaning asosiy mazmunini boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish bo'yicha o'rganilgan nazariy va ilmiy-amaliy ma'lumotlar asosida shaxsga yo'naltirilgan ta'limdan foydalanish hamda foydalanishdan ko'zlanadigan maqsadlar haqidagi fikr-mulohazalar boyitadi.

Аннотация. Основное содержание данной статьи обогащено мнениями о применении личностно-ориентированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по повышению профессиональной компетентности учителей начальных классов.

Dunyo ta'lim tizimida o'zining mavqeini tobora yuksaltirishni hamda jahondagi eng rivojlangan davlatlar safidan o'rin olishni istagan har bir mamlakat eng avvalo, Xalq ta'limi sohasida faoliyat yurituvchi pedagoglarni qayta tayyorlash; ularning malakasini oshirish tizimi oldiga muayyan vazifalarni yuklaydi. Ushbu vazifalar umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi. Shu boisdan ham, dastavval, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonlarida ularga ta'lim berishning va kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning eng zamonaviy va innovatsion ta'lim usullaridan foydalanish ahamiyati yuqori sanaluvchi muammodir.

Zamonaviy pedagogika va psixologiyada kasbiy kompetensiyani rivojlantirish masalasi hamisha oldi o'rinlarda bo'lib kelgan. Va bugungi zamonaviy ta'lim sharoitlarida ham ushbu muammo dolzarb sanaladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, Xalq ta'limi sohasidagi asosiy fundamental bo'g'in sanaluvchi boshlang'ich ta'limda markaziy o'rinda turuvchi boshlang'ich sinf o'qituvchilarini yetishtirishda ularda kasbiy kompetensiyani rivoj toptirish juda muhimdir. Xususan, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda turli ta'lim usullarida foydalanish yanada ahamiyatli. Masalan, bu jarayonda shaxsga yo'naltirilgan ta'limdan foydalanish ham manfaatli bo'ladi.

O'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish singari asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o'z navbatida, o'qituvchining o'z fanini o'qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o'qitish va tarbiyalash jarayonini ta'lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o'z-o'zini rivojlantirishni talab etadi.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy faoliyatiga tayyorligi, axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi va qaror qabul qilish, o'quv vazifalarini belgilash, maktab o'quvchilarining xususiyatlarini o'rganish, diagnostika usullari va differensial vazifalarni qo'llash qobiliyatini talab qiladi, kognitiv faoliyatni tashkil etishning faol shakllaridan foydalanishni talab qiladi. Bundan tashqari, o'quvchilarning bilim faolligini rag'batlantirish, o'quv faoliyati natijalarini ob'yektiv baholash, sinfda psixologik qulay muhit yaratish, hamkasblarning pedagogik

tajribasini o'rganish va ulardan foydalanish, jumladan, boshqalar uchun ularga hissiy ta'sir qilish usullarini o'zlashtirish muhimdir.

Aynan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'limdan foydalanishning ahamiyati haqida batafsil so'z yuritishdan avval, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim nima ekanligini yodga olish mana shu nuqtada lozim deb topildi.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim — ta'lim jarayonining asosiy ob'yekti o'quvchi, talaba, tarbiyalanuvchi bo'lib, uning shaxsi, qadr-qiymatini yuqori o'ringa qo'yadigan, asosiy e'tiborni intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini boyitish, ma'naviy-axloqiy tafakkurini rivojlantirishga qaratadigan pedagogik faoliyat turi.

Yuqorida berilgan qisqa nazariy ma'lumotga tayanib aytish mumkinki, bo'lajak boshlang'ich sing o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'limdan foydalanish natijasida talabaning, ya'niki bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining kelajakda o'z kasbiy faoliyatini yo'lga qo'yishda uchrashi mumkin bo'lgan to'siqlarga nisbatan erta tayyorlash yoki shu to'siqlarni yenga olish kuchini uyg'otish hamdir. Bundan tashqari bo'lajak boshlang;ich sinf o'qituvchisida kasbiy faoliyatni boshlashda katta motivatsiya vazifasini ham o'taydi.

Ma'lumki, shaxsga yo'naltirilgan ta'limnining bir necha turlari mavjud. Bu turlardan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy komptenesiyasini takomillashtirishda unumli va albatta, o'rinli foydalana bilish maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki shaxsga yo'naltirilgan ta'lim turlari o'z mohiyatiga va ahamiyatiga ega. Buni to'liq anglab, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonlarida o'rinli qo'llash natijasi ijobiy bo'ladi. Masalan, hamkorlik turidan jarayonda foydalanish pedagogikada o'quvchi yoxud talaba o'z faoliyatining sub'yekti sifatida qaraladi. Bunda o'qituvchi va o'quvchi yoki talaba pedagogik jarayonning sub'yektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil bo'ladi. Ular o'zaro hamkor, hamdo'st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard, hamboshqaruvchi bo'ladilar. Bu esa o'z navbatida bo'lajak boshlang;ich sinf o'qituvchisida kelajakda o'z o'quvchilari bilan ham hamkorlik munosabatlarini o'rnatishga turtki bo'lishi bilan bir qatorda, ayni shu munosabalarda qanday muomala uslubidan foydalanish lozimligini o'qituvchidan o'rganishga ham katta yordam beradi. Shuningdek, o'quvchilari bilan birgalikda harakat qilish tuyg'usini kelajagini ko'ra olishiga imkom beradi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, hamkorlikda o'qitish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining ta'lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o'quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tadbiq qilgan holda yuqori natijalarga erishishni ta'minlaydi.

Shunday qilib, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'limdan foydalanish natijasi ijobiydir. Jumladan, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim turlaridan aniq va to'liq xabardor bo'lgan holda, amaliy jarayonlarda ularni tadbiq etish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda yuqori natijalarga erishish imkonini yaratadi hamda ularga kelajakda pedagogik jarayon ishtirokchisiga aylanganlarida o'qituvchi bo'lib yetishish jarayonlarida olgan bilimlarini qo'rqmasdan qo'llash kuchini beradi deyish mumkin.

REFERENCES

1. Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. Методологические основы системного подхода при подготовке учителей профессионального обучения. Молодой учёный, 93:13, С. 588-590. (2015).

2. Дилова H.F. Укувчи шахсини ривожлантиришда хдмкорлик педагогикасининг урни. Замонавий таълим. 1-сон. (2017).

3. Indiaminov N. va b. Ta'lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim. Ta'lim texnologiyalari. 2014(8).

4. Nisanbayeva, A. (2023). THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS AND APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and innovation, 2(B2), 177-178.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.