Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING DIDAKTIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUV'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING DIDAKTIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
didaktik tayyorgarlik / bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari / integratsiya / integrativ yondashuv / integrativ dasturlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ruzikulova Nigora Shuxratovna

Ushbu maqolada integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik jihatlari, xususan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishda integrativ yondashuvning ahamiyati bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING DIDAKTIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUV»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING DIDAKTIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA

INTEGRATIV YONDASHUV

Ruzikulova Nigora Shuxratovna

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.13896939

Annotatsiya. Ushbu maqolada integrativ yondashuv asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik jihatlari, xususan, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishda integrativ yondashuvning ahamiyati bayon qilingan.

Tayanch so'zlar: didaktik tayyorgarlik, bo 'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari, integratsiya, integrativ yondashuv, integrativ dasturlar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены педагогические аспекты совершенствования дидактической подготовки будущих учителей начальных классов на основе интегративного подхода, в частности показано значение интегративного подхода в совершенствовании дидактической подготовки будущих учителей начальных классов.

Ключевые слова: дидактическая подготовка, будущие учителя начальных классов, интеграция, интегративный подход, интегративные программы.

Abstract. This article examines the pedagogical aspects of improving the didactic training of future primary school teachers based on an integrative approach, in particular, it shows the importance of an integrative approach in improving the didactic training offuture primary school teachers.

Keywords: didactic training, future primary school teachers, integration, integrative approach, integrative programs.

Zamonaviy sharoitlarga muvofiq ravishda integrativ yondashuvga asoslangan ta'lim mazmunining ilmiy - nazariy asoslarini takomillashtirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogika oliy ta'lim tashkilotlari talabalarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni didaktik tizimning barcha komponentlari o'rtasidagi aloqalar va munosabatlar integratsiyasini o'z ichiga oladi: o'quv dasturiga kiritilgan fanlarning o'zlashtirilishiga oid tizim, pedagogik amaliyotning o'quv jarayoni bilan o'zaro integratsiyasi; o'qitish mazmuni, didaktik ta'minoti, o'quv vositalari, o'qituvchilar va talabalar faoliyatini tizimlashtirish.

Pedagogik amaliyot davrida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari faoliyatini taribga solishda integrativ dasturlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari pedagogik amaliyot davrida bir vaqtning o'zida bir qancha fanlar (boshlan'ich ta'lim fanlari) bo'yicha pedagogik amaliyot o'tadilar.

O'tkazilgan nazariy tahlillar natijalariga asoslanib, avvalo, integrativ yondashuvga asoslangan ta'limda quyidagi masalalar hal etilishi lozim, degan xulosaga kelish mumkin:

1. Integrallashgan dasturlar, o'quv materiallaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash.

2. Integrallashgan dasturlar, o'quv materiallarini yaratish texnologiyasi asoslarini ishlab chiqish.

3. Integrallashgan dasturlar, o'quv materiallaridan foydalanish texnologiyalarining nazariy-uslubiy asoslarini aniqlash.

4. Integrallashgan dasturlar, o'quv materiallaridan foydalanish texnologiyalarini asoslash, ishlab chiqish va qo'llash.

Integrativ dasturlar. Bir qancha o'quv predmeti yoki o'quv fanlariga tegishli mavzularni uyg'unlashtiradigan bunday turdagi dasturlar o'quv rejadagi predmetlar soni oshib ketganligini hisobga olib yaratilishi zarur [2].

Tadqiqotlarda ta'kidlanishicha, ta'lim jarayonini integrativ dasturlar va darsliklar asosida tashkil etish nazarda tutilar ekan, bunda integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Jumladan:

1. Mavzularni ketma-ket taqdim etish asosida integratsiya, bunda o'quv materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga amal qilinadi. Ya'ni oldingi o'quv materiali keyingisini to'ldiradi. Lekin hech qachon bir-birini takrorlamaydi. Bunday integrativ yondashuv natijasida talabaning bilim, ko'nikma va malakalari hamda ijodiy faoliyatlari muntazam ravishda rivojlanib, boyib boradi.

2. O'quv dasturlarida o'zaro uyg'unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga asoslangan integratsiya; bunda ham takror tarzda beriladigan taftalogiya asosidagi o'quv materiallarining oldini olish uchun dasturlarda mavzulararo uyg'unlikni ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Buning afzalligi shundaki, talabaning vaqti va kuchi tejalidi, darsliklarning hajmi ixchamlashadi va tannarxi arzonlashadi.

3. Modullashgan integratsiya: bunday integratsiya doirasida turdosh o'quv fanlariga oid bilim va tushunchalar bir tizimga solingan holda, uzviy tarzda talabalarga taqdim etiladi.

4. Integrativ dasturlar: ushbu tipdagi dasturlar bir necha o'quv predmeti yoki o'quv fanlariga oid mavzularni uyg'unlashtirilgan holda taqdim etishni nazarda tutadi. Bugungi kunda o'quv rejasida o'quv predmetlarining soni maksimum ko'payib ketganligini inobatga olsak, bunday tipdagi dasturlarni yaratishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda.

5. Mavzulararo integratsiya: bunda ayni bir kurs doirasida beriladigan o'quv materiallari boshqa bir kurs doirasidagi mohiyatan yaqin bo'lgan o'quv materiallari bilan integratsiyalashtiriladi. Ta'limni integratsiyalash ham iqtisodiy, ham pedagogik, gigienik va fiziologik jihatdan muhim ahamiyatga ega [1, 3]

O'qitishning integrativ dasturiy ta'minotining mohiyati o'qitish jarayoniga mazmunli va operatsion xususiyatdagi talablar majmunida ifodalanadi [4]:

1) "maqsadli bilimlar"ni ajratish darajasida sodir bo'luvchi va maqsadga muvofiq faoliyatga mos bo'lgan ta'lim mazmuni aksentuatsiyasi;

o'qitish jarayonining tizim hosil qiluvchi asosining umumiyligi;

o'qitish jarayonining mazkur bosqichiga mos bo'lgan pedagogik texnologiyalarning umumiyligi.

Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta'lim tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturlari va darsliklardan foydalanib kelmoqda [1]. O'qitishning integrativ dasturlarining o'ziga xos xususiyati uning tartibga soluvchi, tizimlashtiruvchi, umumlashtiruvchi vazifasi hisoblanadi. O'qitishning integrativ dasturlarining o'ziga xos vazifalaridan yana biri shaxsning integral xarakter-xususiyatlarini rivojlantirish bilan birga, individual uslubiy xususiyatlarni aks ettirishga xizmat qilishdir. Integrativ yondashuv asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini pedagogik amaliyot asosida takomillashtirish jarayonlari integrativ dasturlardan keng qamrovli foydalanish tizimini yo'lga qo'yishni taqozo etadi.

Integratsiyalash turli fanlar o'rtasida mazmuniy bog'lanishni mustahkamlash, ularga doir axborotlarni umumlashtirish, tabiat va jamiyat to'g'risidagi yaxlit tasavvurlarini shakllantirish

uchun xizmat qilsa, differensial ta'lim o'quvchilarga har bir o'rganilayotgan obyekt, voqea, hodisa va boshqalar bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirish, tarkibiy elementlarni bilish va ajrata olishni ko'zda tutadi. O'quv fanlarini integratsiya qilishda quyidagilar muhim:

- fanlararo integratsiya va uning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash:

- fanlararo integratsiyani ta'minlashning imkoniyatlarini izlash;

- fanlararo integratsiyani amalga oshirishda qo'llash mumkin bo'lgan mavzularni va o'quv materiallarini tanlash;

- mashg'ulotning nazariy yoki amaliy qismida fanlararo integratsiyani qo'llash imkoniyatini aniqlash.

Integrativ yondashuv asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishda boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fanining imkoniyatlari o'rganildi.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi fani maqsadi umumiy o'rta maktabida boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitishni tashkil etishning integrativ jihatlarini egallash, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.

Fanning maqsadlaridan kelib chiqib, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishda quyidagi vazifalar belgilanadi:

bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishda integrativ dasturlar, kontsepsiyalar, texnologiyalarni tanlash;

bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishda darslarning integrativ strukturalarini izlash va darslarni o'tkazishning boshqa shakllarini modellashtirish;

o'quv materiallarining integrativ xususiyatlarini idrok etish, uni talqin qilish, tahlil qilish va bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kelgusi didaktik faoliyati o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish;

bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining axborot oqimlarida ularning integrativ xususiyatlaridan kelib chiqib faoliyat yurita olishi, olingan ma'lumotlarni adekvat darajada idrok etish va ulardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish.

Pedagogik amaliyot bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirish yaxlit tizimi elementlarini integratsiya qiluvchi komponent sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik amaliyotda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining shaxsiyati kasbiy faoliyat sub'ekti sifatida qaralishi lozim. Buni amalga oshirish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari faoliyati turlarini aniqlash va ishlab chiqishga integratsiyalashtirilgan yondashuvni - an'anaviy ravishda olib boriladigan pedagogik amaliyotga nisbatan vazifalarning yanada kengaytirilgan tizimini nazarda tutadi.

Pedagogik amaliyot bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirish jarayonining integrativ komponenti sifatida belgilanib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:

pedagogik faoliyat uchun barqaror ijobiy motivatsiyani shakllantirish; pedagogik jarayonga kirishish ko'nikmasini shakllantirish; ta'lim jarayoni tashkil qilish ko'nikmasini shakllantirish;

ta'lim jarayoni tashkil qilishda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'quv materiallaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish;

bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligini takomillashtirishning integrativ dasturlari, kontsepsiyalari, texnologiyalaridan foydalanish;

bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining amaliyot davrida ishtirokini faollashtirish;

bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligi darajasi diagnostikasini amalga oshirish;

bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'zini faollashtirish, o'zini mustaqil baholashga intilishini shakllantirish.

Pedagogik amaliyot davomida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik tayyorgarligi quyidagi qobiliyatlarning rivojlanganligida aks etadi: kasbiy qobiliyatlar — fanlar va turdosh fanlarni fundamental bilish, ularni amaliy faoliyatga integratsiya qila olishi, pedagogik jarayonning muhim elementi sifatida pedagogik muloqot olib borish; didaktik qobiliyatlar -o'qitish jarayonini tashkil qilish ko'nikmalarining natijaga yonaltirilganligi, aniqligi, chuqurligi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, pedagogik amaliyot nazariyani amaliyot bilan birlashtiradigan integrator kabi muhim didaktik vazifani bajaradi. Shuningdek, pedagogik amaliyotning maqsadi faqatgina nazariyani umumlashtirish yoki integratsiya qilish emas, balki sifat jihatidan tavsiflash va bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun o'rganish va muhokama qilish uchun misollar berish, shuningdek, o'rganishning boshqa usullarini kiritish orqali amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish hamdir.

REFERENCES

1. Abduraimov S.S. Kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash sifatini ta'minlashda tarmoqlararo amaliy integrasiya. Monografiya. -Toshkent. Navro'z, 2014. - 120 b.

2. Fayzullayeva G.Sh. Hayot davomida ta'lim olish: yangi paradigmalar va kutiladigan natijalar. Fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi. Respublika konferensiyasi | 25.06.2022. ISSN: 21811776. 894-900 b.

3. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi. O'quv qo'llanma. T.: "ILM ZIYO", 2009. - 192 b.

4. Пидкасистый П.И. Педагогика: Учеб. пособие. 1995. -680 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.