Научная статья на тему 'BIZNES JARAYONLARIDA SHARTNOMALARNING TURLARI VA MAZMUNI'

BIZNES JARAYONLARIDA SHARTNOMALARNING TURLARI VA MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shartnoma / biznes subyektlari / hamkorlik / shartnoma turlari. / contract / business entities / cooperation / types of contracts.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mavlonov F.O.

Ushbu maqolada bugungi kunda biznes subyektlari o’rtasida ikki va uch tomonlama shartnomalarning turlari va ularning mazmuni, qolaversa, shartnoma tuzishning o’ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES AND CONTENT OF CONTRACTS IN BUSINESS PROCESSES

In this article, the author explains modern types of bilateral and trilateral agreements between business entities and their content, as well as the features of concluding an agreement.

Текст научной работы на тему «BIZNES JARAYONLARIDA SHARTNOMALARNING TURLARI VA MAZMUNI»

Mavlonov F. O.

"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

SamISI

BIZNES JARAYONLARIDA SHARTNOMALARNING TURLARI VA

MAZMUNI

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda biznes subyektlari o 'rtasida ikki va uch tomonlama shartnomalarning turlari va ularning mazmuni, qolaversa, shartnoma tuzishning o 'ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so 'zlar: shartnoma, biznes subyektlari, hamkorlik, shartnoma turlari.

Mavlonov F. O. teacher

department of Social Sciences

SamIES

TYPES AND CONTENT OF CONTRACTS IN BUSINESS PROCESSES

Annotation. In this article, the author explains modern types of bilateral and trilateral agreements between business entities and their content, as well as the features of concluding an agreement.

Key words: contract, business entities, cooperation, types of contracts.

Xo'jalik shartnomalari bilan bog'liq maxsus normalar O'zbekiston Respublikasining "Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi qonunida o'z aksini topgan. Yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar xo'jalik shartnomalarining subyektlari (taraflari) bo'ladi. Shu bilan bir qatorda xo'jalik shartnomasi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular quyidagilardir:

-birinchidan - shartnoma faqat tadbirkorlik faoliyati sohasida, ya'ni foyda olish maqsadida;

-ikkinchidan - shartnoma yuridik shaxslar va yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar o'rtasida;

-uchinchidan - shartnoma tovarlar berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish to'g'risida;

-to'rtinchidan - shartnoma faqat yozma tarzda tuziladi.

"Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi Qonunning 10-moddasida xo'jalik shartnomasiga nisbatan qo'yiladigan talablar nazarda tutilgan. Unga asosan, xo'jalik shartnomasi shartnoma predmetini yetkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini,

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

427

hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko'ra o'zaro kelishuvga erishish lozim bo'lgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.

Xo'jalik shartnomasida hisob-kitob qilish tartibi belgilanayotganda tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo'lmagan miqdorda oldindan to'lab qo'yish albatta nazarda tutilgan bo'lishi kerak. Xo'jalik shartnomasini tuzishda taraflar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan hamda huquqiy ekspertizadan belgilangan tartibda o'tkazilganidan so'ng e'lon qilingan o'zlarining namunaviy yoki belgilangan shartlariga (shakllariga) amal qilishlari mumkin.

Kontraktatsiya shartnomasi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtiruvchi joylashgan yerda tuziladi. Kontraktatsiya shartnomasida boshqa talablar bilan bir qatorda yetkazib berilayotgan qishloq xo'jaligi mahsuloti uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan kam bo'lmagan miqdorda avans to'lovlari nazarda tutilgan bo'lishi lozim.

Xo'jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo'jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko'rilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo'l qo'yilmaydi.

Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo'jalik shartnomalari xo'jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.

Shartnomaning mazmunini uning bandlari (shartlari, rekvizitlari) tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, agar taraflar o'rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo'lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnoma shartlari (bandlari) muhim, odatdagi va tasodifiy shartlarga bo'linadi. Shartnomaning narsasi to'g'risidagi shartlar qonun hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek, taraflardan birining arizasiga ko'ra kelishib olinishi zarur bo'lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi. Ba'zi shartnomalar uchun xos muhim bandlar qonun bilan belgilanadi. Chunonchi, "Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi qonunning 10-moddasida, shartnomalarda quyidagilar ko'rsatiladi:

-shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari bo'yicha); -shartnomaning umumiy summasi; -tomonlarning huquqlari va o'zaro majburiyatlari;

'^KOHOMHKa h ^HyMM №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

428

-mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish - qabul qilib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish) punktlari va davrlari (muddatlari); -idishga, markirovka qilishga, o'rash-joylashga qo'yiladigan talablar; -hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning to'lov, pochta va yuklab jo'natish rekvizitlari;

-shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi;

-nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy.

Odatdagi shartlar muayyan majburiyatga oid munosabatni tartibga soladigan dispozitiv normalar bilan belgilanadigan shartlar hisoblanadi. Bunday shartlar odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasida mulkni mayda (joriy) ta'mirlash shart qilib ko'rsatilsa ham, ko'rsatilmasa ham bo'ladi, chunki bu shart to'g'risida qonunchilikda (dipozitiv xarakterdagi) ko'rsatma berilgan.

Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qo'llaniladi (FK, 359-modda).

Oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi) ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to'lash majburiyatini oladi.

Agar qonunda qimmatli qog'ozlar va valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisiga doir maxsus qoidalar belgilangan bo'lmasa, ularni olish-sotishga nisbatan ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo'llanadi

Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi - sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda o'zi ishlab chiqaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, ro'zg'orda va shunga o'xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning haqini to'lash majburiyatini oladi.

Mahsulot yetkazib berish shartnomasi - tadbirkorlik faoliyatida ayniqsa keng qo'llaniladigan shartnomalardan biri. Shartnomalarning FKda qabul qilingan tasnifiga ko'ra bu shartnomaning mustaqil turi emas, balki oldi-sotdi shartnomasining bir turi. Oldi-sotdi shartnomasi kabi, u ham mulk huquqini (boshqa xil ashyoviy huquqni) sotuvchidan (mahsulot yetkazib beruvchidan) sotib oluvchiga o'tkazishni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasida ham, undan tashqarida ham tovar aylanmasining kattagina qismi ayni shu shartnoma vositasida amalga oshiriladi.

'^KOHOMHKa h ^uyM" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

429

Xulosa qilib aytganda, mahsulot yetkazib berish shartnomasini boshqa turdagi oldi-sotdi shartnomalaridan ajratish imkoniyatini beruvchi asosiy belgilar (o'ziga xos jihatlar) aytib o'tilgan. Ularga mahsulot yetkazib beruvchining huquqiy maqomi va tovarni egallash (xarid qilish) maqsadi kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Shodmonov F. Kontraktatsiya shartnomasini buzganlik uchun javobgarlik //Xo'jalik va huquq, 1999 - №8, 9;

2. Tursunov Y. Tadbirkorlik va mehnat qonunchiligi. - T.: Adolat, 2002 (Tadbirkor huquqiy kutubxonasi), 16-son;

3. Usmonaliev M., Tohirov F. Tadbirkorlik huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik. - T.: Adolat, 2001 (Tadbirkor huquqiy kutubxonasi), 14-son;

4. Shoraxmetov Sh. Xo'jalik protsessida boshqa shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar //Xo'jalik va huquq, 2001 - №5

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

430

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.