Научная статья на тему 'BIRIKTIRILGAN XUDUDDA KRIMINOGEN VAZIYATNI TAHLIL QILISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI'

BIRIKTIRILGAN XUDUDDA KRIMINOGEN VAZIYATNI TAHLIL QILISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Profilaktika inspektori / kriminogen / kriminogen vaziyat / kriminogen vaziyatni taxlil etish / ma’muriy hudud / huquqbuzarlik / mahalla

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Farrux G‘aniyev, Gulandon Ganiyeva, Nozima Boymuradova

Maqolada proflaktika inspektorlarining asosiy vazifalari, shu jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurash, kriminogen vaziyatni tahlil qilishga doir faoliyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, biriktirilgan hududdagi kriminogen vaziyatni tahlil qilishning asosiy yo‘nalishlarining ahamiyati taxlil еtiladi. Olimlar tomonidan ilgari surilgan va ilmiy yondashuvlar orqali, bu tizimlarning samarali ishlashini ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikning zaruriyati va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIRIKTIRILGAN XUDUDDA KRIMINOGEN VAZIYATNI TAHLIL QILISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

BIRIKTIRILGAN XUDUDDA KRIMINOGEN VAZIYATNI TAHLIL QILISHNING ASOSIY YO'NALISHLARI

G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston,e-mail: [email protected] orcid.org/0009-0005-2423-050X Ganiyeva Gulandon Ibragimovna Namangan davlat universitetining Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 2-kurs magistranti Boymuradova Nozima Xaliljon qizi O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o'quv kursi 316-guruh kursantii https://doi.org/10.5281/zenodo.14245381

ARTICLE INFO

Received: 19 th November 2024 Accepted:20th November 2024 Published:29th November 2024

KEYWORDS Profilaktika inspektori,

kriminogen, kriminogen

vaziyat, kriminogen vaziyatni taxlil etish, ma'muriy hudud, huquqbuzarlik, mahalla.

ABSTRACT

Maqolada proflaktika inspektorlarining asosiy vazífalarí, shu jumladan, jinoyatchilinka qarshi kurrsh, kriminogen vaziyatni tahlil qilishga doir faoliyatlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, biriktiríigar hududdagi kriminogek vaziyatni taUil qilishhing asosiy yo'nalishlarining ahlmiyati taxlil etiladi. Olimiar tomomdan ilgari mUgn va ilmíy yondashualar orqali, bu tizinnlarning samarali isHs^ ta'minlash uchim o'zzro hamkorükning zaruriyati vv ijiimoiy xavfsizlikni ta 'minlashdagi muhim o 'rni ko 'rsatib o 'tiladi.

El-yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan, tom ma'nodagi xalqparvar ichki ishlar tizimini yaratish borasida amlga oshirilayotgan keng kulamli islohotlarning muvafiqiyati, avvalo, huquqbuzarliklar barvaqt profilaktikasi va oldini olish faoliyatining samarodorligini oshirish bilan uzviy bog'liq, desak mubolag'a xisoblanmaydi.

Profilaktika inspektori kriminogen vaziyatni tahlil etish faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlarida quyidagi ma'lumotlar asosida amalga oshirib boradi.

1. Ma'muriy hududni tavsiflovchi ma'lumotlar (maydoni).

2. Ma'muriy hududda yashovchi aholini tavsiflovchi ma'lumotlar (katta yoshlilar va voyaga etmaganlar soni).

3. Ma'muriy hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini tavsiflovchi ma'lumotlar (ish bilan ta'minlanganlik, ishlab chiqarish korxona, tashkilotlarining mavjudligi).

4. Huquqbuzarliklarni tavsiflovchi ma'lumotlar.

5. Huquqbuzarlik sodir etgan va unga moyil shaxslarni tavsiflovchi ma'lumotlar.

6. Ma'muriy hududdagi jamoat tartibini saqlash va xavsizlikni

ta'minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish faoliyati sub'ektlarining tavsiflovchi ma'lumotlar. Profilaktika ishi axvoli, fuqarolarining o'zini o'zi boshqarish

organlari va fuqarolarlik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin xamkorlikni tashkil etmoqda.

Profilaktika inspektori ma'muriy hududida huquqbuzarliklarning oldini olishda birinchi darajada ular oilada, maktabda va boshqa o'quv muassasalarida, mehnat jamoalarida, yashash joylarida va boshqa ijtimoiy sohalarda shaxsning ma'naviy shakllanishiga salbiy ta'sir qiluvchi

sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, ta'sirini susaytirish va to'siqlar o'rnatish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ikkinchi darajada esa shaxsdagi salbiy ma'naviy xususiyatlarning muayyan jinoiy xatti-harakatda namoyon bo'lishiga ko'maklashuvchi kriminogen vaziyatlarning vujudga kelishining oldini olish, ularni o'z vaqtida aniqlash va kuchsizlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Bunungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasiga axboratkommunikatsiyalari keng joriy etilmoqda. Maxallalar, ko'chalar, savdo va xizmat ko'rsatish ob'ektlarida 114 mingdan ortiq videoko'zatuv vositasi o'rnatildi. Profilaktika inspektorining ma'muriy hududning Kriminogen vaziyat taxlil etish yunalishida kelib chiqib aholi soni va hududlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda ichki ishlar organlarining tayanch punktlari tuman (shahar) hokimlari bilan kelishilgan holda quyidagi jihatlarini inobatga olib, toifalarga ajratiladi:

1-toifa: aholi soni 10.000 nafardan kam bo'lmagan, hududida ichki ishlar organlarining hisobida turuvchi, ayniqsa diniy ekstremistik oqim a'zolari, ilgari sudlangan shaxslar, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan huquqbuzarlik sodir etuvchi shaxslar ko'p istiqomat qiladigan, fuqarolar ko'p to'planadigan (bozorlar, istirohat bog'lari va boshqa ko'ngilochar maskanlar) joylar, hayot maromini ta'minlovchi ob'ektlari mavjud bo'lgan mahallalarga xizmat ko'rsatuvchi maxalla huquq tartibot maskani;

2-toifa: qo'shni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda joylashgan maxalla huquq tartibot maskani;

3-toifa: yuqorida qayd etilgan jihatlarga ega bo'lmagan boshqa tayanch punktlari. Profilaktika inspektori ma'muriy hududni profilaktik ko'zdan kechirishni har kuni amalga oshiradi, yil davomida barcha turar-joylarga kamida ikki marotaba tashrif buyurishi lozim. Profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etilishi ehtimoli yuqori bo'lgan joylar internet kafelar, tungi ko'ngil ochish (dam olish) joylarini hamda ma'muriy nazorat o'rnatilgan, profilaktik hisobga olingan, ov quroliga ega bo'lgan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar yashaydigan turar-joylarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Profilaktika inspektori kriminogen vaziyatni taxlil etish faoliyatini takomillashtirsh yo'nalishlarida xududning kriminogen vaziyatni o'rganib chiqib taxlil etadi, ma'muriy xududning qaysi joyida jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarliklarga imkon beruvchi vaziyatlarni chuqur o'rganib chiqadi.

Profilaktika inspektorining kriminogen vaziyatni taxlil etish faoliyatining takomillashtirish yo'nalishlarida jinoyatlarning oldi olishdagi xamkorlikda ma'muriy xududning kriminogen vaziyatnini doyimiy ravishda taxlil qilib borish jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldin olish, ijtimoiyruxiy muhitni sog'lomlashtirish, kriminogen omillarni zararsizlantirish va bartaraf etish xulqi, xayot tarziga, ko'ra jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash xamda ularga tarbiyaviy-profildaktik ta'sir ko'rsatish, sodir etilgan jinoyatlarni ochish qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ularni ushdash huquqbo'zariliklarning sabablari va ularga imkon birgan shartsharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo'yicha barcha su'ektlarning qonun va qonunosti xujatlarida belgilangan vakolatlar, usul va shakllar asosida, kelishilgan tartibda bergalikda faoliyat olib boradilar. Profilaktika xizmati jamiyatda bo'layotgan ijtimoiy munosabatlar va hodisalar to'g'risi-dagi axborot-larni to'plashi, qayta ishlashi va saqlashi, o'zaro almashishi hamda uni tahlil qilishi natijasida ishlab chiqiladigan xulosa va qaror-lar asosida huquqbuzarlik sodir etgan yoki unga moyil shaxslarning taqdiriga ta'sir o'tkazishlari bois axborot-tahlil ishi ichki Ishlar organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi.

3. O'zbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qonuni.

4. O'zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar proflaktikasi to'g'risida"gi qonuni.

5. Ichki ishlar organlarining profilaktika xizmatlarining jinoyatldarning oldin olish faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish.O'quv qullanma. J.S.Muxtorov.

6. T.P.Axmedov. Ichki ishlar organlari profilaktika xizmati faoliyatini boshqarishni tashkil etish va takomillashtirish T 2004 y.

7. G'aniev F. T. TURKIYA RESPUBLIKASI: TABIYATI, MADANIYATI VA AN'ANALARI //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 101116.

8. G'aniev F. T. O 'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MILLIY PREVENTIV MEXANIZMI //Results of National Scientific Research International Journal. -2024.-Т. 3.-№. 3.-С. 84-90.

9. Ganiyev F., Ganiyeva G. O 'G 'IRLIK HAQIDA TUSHUNCHA, O 'G 'IRLIKNING PSIXOLOGIK GENEZISI VA MEHANIZMLARI //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 43-47.

10. Ganiyev F., O'zoqboyev S. VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR QILINADIGAN JINOYAT ISHLARINI YURITISH //Евразийский журнал технологий и инноваций. - 2023. -Т. 1. - №. 12 Part 2. - С. 131-134.

11. Ganiyev F., O'zoqboyev S. VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR QILINADIGAN JINOYAT ISHLARINI YURITISH //Евразийский журнал технологий и инноваций. - 2023. -Т. 1. - №. 12 Part 2. - С. 131-134.

12. Ганиев Ф. Угирлик жиноятларининг профилактикаси тушунчаси ва турларига оид айрим мулох,азалар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. -2023.-Т. 3.-№.4.-С. 37-42.

13. Ганиев Ф. Т. УГРИЛИК ЖИНОЯТИНИНГ ЖИНОЯТ-Х,УК;УК;ИЙ ЖИХАТЛАРИ ВА ОЛДИНИ ОЛИШГА ДОИР ФИКР-МУЛОХДЗАЛАР //Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 301-313.

14. Ганиев Ф. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИ ТОМОНИДАН УГРИЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙУНАЛИШЛАРИ //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.

15. Ганиев Ф. "ОБОД ВА ХАВФСИЗ МАХДЛЛА" ТАМОЙИЛИГА АСОСЛАНГАН ТИЗИМНИ ЖОРИЙ ЭТИШДА ФУКОРОЛАР ЙИГИНЛАРИНИ ФАОЛИЯТИНИ ТИЗИМЛИ ЙУЛГА КУЙИШ //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 3.-С. 96-98.

16. Ганиев Ф. АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ ХДМДА МУХОФАЗАСИ ТАЪМИНЛАНГАНИГА КАРАМАСДАН СОДИР ЭТИЛАДИГАН ЖИНОЯТЛАР //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 1. - С. 129-138.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.