Научная статья на тему 'ICHKI ISHLAR ORGANLARI YAGONA TEZKOR BOSHQARUV MARKAZ SUB’EKTLARI FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI TAHLILI'

ICHKI ISHLAR ORGANLARI YAGONA TEZKOR BOSHQARUV MARKAZ SUB’EKTLARI FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
26
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Ichki ishlar organlari / boshqaruv / kuch va vositalar / tashqi xizmatlar / “102” qisqa raqami / tezkor va kriminogen vaziyat / sub’ekt / vazifa / huquqiy asoslar / faoliyat / prognoz / raqamlashtirish. / Internal affairs Bodies / Management / power and means / external services / short number “102” / operational and criminogenic situation / subject / task / legal framework / activity / forecast / digitization.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Narbayev Rustam Nurmamatovich

Maqolada ichki ishlar organlari yagona tezkor boshqaruv markaz sub’ektlarining asosiy vazifalari, markaz faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslari o‘rganilib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy vayuridik shaxslarning mulkini, qonun ustuvorligini, shaxslar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish samaradorligini oshirish borasida takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE ORGANIZATIONAL AND LEGAL BASIS OF THE ACTIVITIES OF THE SUBJECTS OF THE UNIFIED OPERATIONAL MANAGEMENT CENTER OF THE INTERNAL AFFAIRS BODIES

The article explores the main tasks of the subjects of the unified operational management center of the internal affairs bodies, organizational and legal foundations of the activities of the center, developed proposals and recommendations on ensuring the rights, freedoms and legitimate interests of citizens, the property of individuals and legal entities, the rule of law, the safety of individuals, as well as improving the effectiveness.

Текст научной работы на тему «ICHKI ISHLAR ORGANLARI YAGONA TEZKOR BOSHQARUV MARKAZ SUB’EKTLARI FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI TAHLILI»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

/

■ i.

■;,»> k

mm

f A à

Sr t \ f fe

Iff f %g

law, FINANCE AND APPLIED SCIENCES

. „,„„..««' I»»""""

ARTICLE INFO

Received: 05th May 2024 Accepted: 12th May 2024 Online: 13th May 2024 KEYWORDS Internal affairs Bodies, Management, power and means, external services, short number "102", operational and criminogenic situation, subject, task, legal framework, activity, forecast, digitization.

ANALYSIS OF THE ORGANIZATIONAL AND LEGAL BASIS OF THE ACTIVITIES OF THE SUBJECTS OF THE UNIFIED OPERATIONAL MANAGEMENT CENTER OF THE INTERNAL AFFAIRS BODIES Narbaev Rustam Nurmatovich Head of the service "102" of the unified operational management center of the Iibb organizational Directorate of the city of Tashkent,

Lieutenant Colonel https://doi.org/10.5281/zenodo.11185117

__ABSTRACT

The article explores the main tasks of the subjects of the unified operational management center of the internal affairs bodies, organizational and legal foundations of the activities of the center, developed proposals and recommendations on ensuring the rights, freedoms and legitimate interests of citizens, the property of individuals and legal entities, the rule of law, the safety of individuals, as well as improving the effectiveness.

ICHKI ISHLAR ORGANLARI YAGONA TEZKOR BOSHQARUV MARKAZ SUB'EKTLARI FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI TAHLILI

Narbayev Rustam Nurmamatovich

Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma yagona tezkor boshqaruv markazi "102" xizmati boshlig'i, podpolkovnik https://doi.org/10.5281/zenodo.11185117

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 05th May 2024 Accepted: 12th May 2024 Online: 13th May 2024 KEYWORDS Ichki ishlar organlari, boshqaruv, kuch va vositalar, tashqi xizmatlar, "102" qisqa raqami, tezkor va kriminogen vaziyat, sub'ekt, vazifa, huquqiy asoslar, faoliyat, prognoz, raqamlashtirish.

Maqolada ichki ishlar organlari yagona tezkor boshqaruv markaz sub'ektlarining asosiy vazifalari, markaz faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslari o'rganilib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, qonun ustuvorligini, shaxslar xavfsizligini ta'minlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profllaktikasini amalga oshirish samaradorligini oshirish borasida takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-27-son va 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Farmonlariga muvofiq, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish maqsadida ichki ishlar organlari tizimini moddiy texnik jihatdan yaxshilashga sezilarli darajada e'tibor qaratildi.

Xususan, ichki ishlar organlarining kriminogen vaziyat barqarorligi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi "Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-son qarorining 4-bandida: "Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Yagona tezkor boshqaruv markazini tashkil etilishi" belgilangan bo'lib, shu asosda, 2021-yilning aprel-iyul oylari davomida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida markaz ma'muriy binosi barpo etilib foydalanishga topshirildi.

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahri, Qozog'iston Respublikasi Olmota shahri, Qirg'iziston Respublikasining Bishkek shahri, Hindiston Federatsiyasi va boshqa horijiy davlatlar tajribasi o'rganilib, "Smart base" mahalliy dasturchilarimiz tomonidan "Qalqon" dasturi yaratilib[5], YPX-maskanlari, to'siq-post, blok-postlar hamda nazoratga olinmagan aylanma yo'llarning barchasiga, shuningdek, aholi gavjum bo'ladigan jamoat joylarida e'tiborga molik bo'lgan hududlar belgilb olinib, 500 taga yaqin yuqori sifatli, yaqinlashtirish imkoniyatiga ega bo'lgan "PTZ" rusumli zamonaviy raqamli videokameralar o'rnatildi hamda poytaxt hududidagi 70 taga yaqin foto-videofiksatsiya radar qurilmalari, 170 taga yaqin chorrahalardagi, 420 taddan ortiq yo'nalishdagi videokameralar dasturga integratsiya qilinib, test rejimida faoliyati yo'lga qo'yilib, jinoyatchilikka qarshi kurashishda juda katta qulayliklar yaratilib, natijada "inson omili" kamaydi, ma'lumotlarni 90 kun davomida xavfsiz saqlash va qayta ishlash imkoniyati va bir daqiqa ichida barcha ma'lumotlarni elektron tarzda olish, markaz bo'linmalari sub'ektlarining zimmasidagi vazifalarni tezkorlik bilan amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Poytaxt hududidagi barcha bino va inshootlar xatlovdan o'tkazilib, xatlov natijasida 45 mingga yaqin ob'ektlar, 607 mingdan ortiq xonadonlar, shuningdek, 4 mln.ga yaqin fuqarolar to'g'risidagi ma'lumotlar jamlanib, dasturga kiritilib, markazning asosiy platformasi "Geoinformatsion elektron xarita" avtomatlashtirilgan dasturi ishlab chiqildi.

Toshkent shahridagi 10 mingdan ortiq turar va noturar joylardagi 7300 tadan ortiq videokuzatuv kameralari ham ulangan. Mazkur tizim ko'cha va jamoat joylarida xizmat olib borayotgan xodimlarni onlayn kuzatish, hodisa joyiga 3-5 daqiqada etib borish imkonini beradi. Uning yordamida poytaxtda sodir qilingan 925 ta jinoyat tezkor fosh etilishiga erishilgan. Markazda «E-manzil», «Shakl-1», «E-mehmon», «Kadastr» dasturlaridan ma'lumot olish ham keng yo'lga qo'yilgan bo'lib, «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o'qigan yoshlar tomonidan «Qalqon» nomli tizim yaratilgan.

Mazkur markaz tarkibiga Navbatchilik qismi[1], maxsus vositalarni tarqatish guruhi, "102" xizmati[2], Kuch va vositalarni boshqarish guruhi, Yo'l harakati xavfsizligi, Patrul-post xizmati, Profilaktika xizmati bo'yicha, Xavfsiz turizmni ta'minlash, Metodik ta'minlash va Texnik ta'minlash guruhlari kiradi.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Ushbu bo'linmalar orasida "102" xizmatining faoliyati alohida ahamiyat kasb etib, IIVning 2022-yil 9-maydagi "Ichki ishlar organlarining "102" xizmati faoliyatini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi 150-son buyrug'iga asosan, jismoniy va yuridik shaxslardan "102" qisqa raqami orqali kelib tushayotgan jinoyat, huquqbuzarlik va hodisalar haqidagi qo'ng'iroqlarni kecha-kunduz qabul qilish va qayta ishlash yo'li bilan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta'minlanmoqda.

Shuningdek, IIVning 1998-yil 10-dekabrdagi "Ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari faoliyatini taokmillashtirish chora-tadbirlari haqida"gi 250-son buyrug'i va 2023-yil 9-sentyabrdagi "Ichki ishlar vazirligi Situatsion-tahliliy markazi hamda uning tizimiga kiruvchi navbatchilik qismlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi 473-son buyrug'i asosida Navbatchilik qismi faoliyati tartibga solingan, biroq PQ-5050-sonli Qarori asosida IIO tizimida markaz tashkil etilib, uning tarkibida yangi sohaviy tuzilmalar joriy etilganligi va ushbu bo'linmalarning faoliyat mexanizmini tartibga soluvchi idoraviy normativ hujjatlar qabul qilinmaganligi mazkur sohani huquqiy jihatdan tartibga solishda real bo'shliqlar mavjudligidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar misolida, markaz va uning hududiy bo'linmalari navbatchilik qismlari faoliyati raqamlashtirilmaganligi natijasida, masalan, axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan davrda, hanuzgacha 17 ta turdagi kitob va jurnallar yuritilib kelinmoqda.

IIVning 2022-yil 22-noyabrdagi "Ichki ishlar organlarida situatsion-tahliliy markazlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 508-son buyrug'ida 5-bobi 9-bandida: "Situatsion-tahliliy markaz sub'ektlari sifatida faqatgina markaziy apparatida" faoliyat olib borayotgan xodimlar ko'rsatilgan bo'lib, hududlardagi markaz bo'linmalari xodimlari sub'ekt sifatida nazarda tutilmagan.

Fikrimizcha, markaz va uning hududiy bo'linmalari quyidagilardan iborat bo'lishi lozim:

Markaz faoliyatining axborot-texnologik ta'minotini amalga oshiruvchi texnologik ta'minlash guruhlari:

Dasturiy-texnik va IP-texnologiyalariga xizmat ko'rsatish guruhi;

Texnologik va telekommunikatsiya ta'minoti guruhi;

Geoaxborot ta'minoti guruhi;

"Elektron xukumat" va davlat organlari bilan hamkorlik qilish guruhi;

Axborot xavfsizligi guruhi;

Markaz faoliyatini axborot-taxliliy ta'minotini amalga oshiruvchi tahlilchi va mutaxassislardan iborat ekspluatatsiya qilish guruhlari:

Navbatchilik qismi (smena boshlig'i, inspektor (katta) navbatchi, navbatchi yordamchisi) [4];

Metodik ta'minlash guruhi (bosh inspektor, muhim topshiriqlar bo'yicha inspektorlar);

Kuch va vositalarni boshqarish guruhi (yo'l harakati xavfsizligi, patrul-post xizmati, profilaktika xizmati va xavfsiz turizmni ta'minlash yo'nalishlari bo'yia muhim topshiriqlar bo'yicha inspektorlar (katta) tarkibi);

"102" xizmati (bosh mutaxassis-katta supervayzer, mutaxassis (katta)lar);

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Maxsus vositalarni tarqatish guruhi (inspektor(katta)lar);

Texnik ta'minlash guruhi (inspektor(katta)lar).

Markaz bo'linmalari, shuningdek manfaatdor davlat organlari va idoralari, ularning vakolat doirasiga kiruvchi masalalar bo'yicha Markaz faoliyatini axborot-tahliliy ta'minotiga mas'ul bo'lgan idoraviy va hududiy bo'linmalaridan alohida reglament asosida jalb etilgan (Markazga jalb etilgan vakillar);

Markaz faoliyatini o'quv-metodik ta'minotini amalga oshiruvchi hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantiruvchi Vazirlik ta'lim muassasalarining innovatsion o'quv fondi, o'quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining sub'ektlari - professor o'qituvchilar va tinglovchi-kursantlar (o'quv jarayoni sub'ektlari);

Markaz zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda moddiy-texnik ta'minotining mutanosibligini ta'minlash hamda ichki ishlar organlari tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnik ta'minotiyuzasidan asosiy ko'rsatkichlarini shakllantirishda ko'maklashishning axborot-tahliliy ta'minotiga mas'ul bo'lgan moliya va moddiy-texnika ta'minoti bo'linmalari.

Markaz sub'ektlarining xizmat yo'nalishidan kelib chiqib, yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:

Poytaxt hududidagi tezkor va kriminogen vaziyat haqidagi ma'lumotlarni shakllantirish va ularni dolzarb holatida saqlash, vaziyat rivojlanishini prognoz qilish, ya'ni tezkor va kriminogen vaziyat haqidagi ma'lumotlarni apparat-dasturiy vositalar yordamida uzluksiz yig'ish (to'plash), umumlashtirish, tahlil etish, kuzatish, monitoring qilish, ma'lumotlarni real vaqt rejimida dolzarb holatida saqlash, geoaxborot tizimida vizuallashtirish, axborot-tahliliy modellar yordamida tezkor va kriminogen vaziyatning rivojlanishini prognozlash (modellashtirish), tezkor tahlillar asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish borasida takliflar ishlab chikish;

"102" qisqa telefon raqami, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog'i orqali aholining jinoyat, huquqbuzarlik, hodisalar hamda hayotiy muammo va ehtiyojlari bilan bog'liq qo'ng'iroq (chaqiruv)larini o'z vaqtida qabul qilish, qayta ishlash, ularga tezkor va manzilli yordam berish amaliyotini monitoring qilish darajasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ya'ni "102" va boshqa favqulodda shoshilinch qo'ng'iroq (chaqiriq)larni, shuningdek aholining tezkor vaziyatga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan hayotiy muammo va ehtiyojlari bilan bog'liq murojaatlarini o'z vaqtida qabul qilish va qayta ishlash, jinoyat va hodisalar haqidagi xabar (ma'lumot)larni elektron jurnal va kitoblarda qayd etilishini elektron nazorat tizimi orqali monitoring qilish, "102" va boshqa favqulodda shoshilinch xizmatlarning qisqa telefon raqamlari yoxud himoyalangan aloqa kanallari orqali olingan ma'lumotlarni geoaxborot tizimida (elektron xaritada) aks ettirish, tegishli kuch va vositalarni axborot tizimlari yordamida jalb etish, qo'ng'iroq va murojaatlar bo'yicha tezkor ta'sir choralarni o'z vaqtida ko'rish, manzilli yordamlar ko'rsatilishini, hal etilishi, shu jumladan o'rnatilgan tartibda hujjatlashtirilishini apparat-dasturiy ta'minotlar yordamida monitoring qilish, kiberjinoyatlar (bank plastik kartalari bilan bog'liq talon-toroj faktlari)ga oid xabarlarni o'z vaqtida qabul qilish, qayta ishlash va bank tizimlari yordamida bloklash chorasini ko'rish jarayonlarini monitoring qilish, aholining qo'ng'iroqlari va murojaatlariga xizmat ko'rsatish darajasini KPI mezonlari asosida baholash, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish choralarini ko'rish;

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Tezkor va kriminogen vaziyatni barqarorligini ta'minlash uchun kuch va vositalarni o'z vaqtida jalb etilishini hamda sodir etilgan jinoyatlarni issq izidan fosh etilishini nazorat qilish, ya'ni monitoring qiluvchi axborot tizimlari (videokuzatuv tizimlari) yordamida tezkor va kriminogen vaziyat barqarorligini nazorat qilish, jinoyat va hodisalar sodir bo'lishi tahdidini, shuningdek jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslar, qidiruvdagi jinoyatchilar, o'g'irlangan buyumlar va olib qochilgan transport vositalarini, qarovsiz qoldirilgan shubhali predmetlarni aniqlash, favqulodda vaziyatlar va hayot maromini ta'minlovchi muhim infratuzilma ob'ektlariga tahdidlarni aniqlash, jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslar, qidiruvdagi jinoyatchilar, o'g'irlangan buyumlar va olib qochilgan transport vositalarini ushlash choralarini axborot tizimlari (planshet va mobil ilovalar) yordamida o'z vaqtida ko'rilishini tashkillashtirish, poytaxt hududida o'tkazilayotgan va rejalashtirilayotgan tezkor-profilaktik, ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlar to'g'risidagi ma'lumotlarni yagona platformada umumlashtirish, kuch va vositalarning maqsadli (oqilona) jalb etilganligini (taqsimlanishini) baholash va navigatsiya qurilmalari yordamida nazorat qilish, sodir etilgan og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar, favqulodda hodisalar, shuningdek aholi orasida shov-shuvga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan hamda shaxsiy tarkib bilan bog'liq jinoyat va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni yagona platformada umumlashtirish, darhol Vazirlik Markaziy navbatchilik qismi orqali rahbariyatni xabardor qilish, sodir etilgan jinoyat va hodisalar yuzasidan Vazirlik va bosh boshqarma tezkor-tergov guruhi, mutasaddi rahbarlar va mas'ullarni axborot tizimlari yordamida voqea joyiga darhol jalb etilishi va zudlikda etib borishini ta'minlash, navigatsiya qurilmalari yordamida nazorat qilish, sodir etilgan jinoyatlarni axborot tizimlari yordamida issiq izidan fosh etishga qaratilgan barcha zaruriy choralar ko'rish, mobil qurilmalar yordamida bosh boshqarmasidan mas'ul va mas'ul navbatchining faoliyatini tashkil etish;

Poytaxt hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi haqida, tezkor vaziyat murakkablashuvi haqida kelib tushadigan malumotlarga ichki ishlar organlari tomonidan tezkorlik bilan tegishli choralarni ko'rishni tashkil etish, ya'ni "102" va boshqa favqulodda shoshilinch xizmatlarning qisqa telefon raqamlari yoxud himoyalangan aloqa kanallari orqali olingan ma'lumotlarni geoaxborot tizimida qayd etish, ularni har tomonlama baholash, maxsus axborot tizimi yordamida IlOning jamoat xavfsizligini ta'minlovchi (patrul-post xizmati, yul-patrul xizmati va profilaktika inspektorlari), tezkor-tergov guruhi va boshqa kuch-vositalarini jalb etilishini muvofiqlashtirish;

Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha vazifalarni bajarishda IlOning kuch va vositalarini qo'llash yuzasidan boshqaruv qarorlari loyhalarini tayyorlash, ya'ni maxsus axborot tizimlari yordamida kuch va vositalarni qo'llash yuzasidan boshqaruv qarorlari loyihalarini tayyorlash, rahbariyatga taqdim etish, IIO kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish axborot tizimi yordamida naryadlarni o'z vaqtida jalb etilishini tashkillashtirish, geoaxborot tizimi va modellashtirish yordamida kuch va vositalarni qo'llash taktikasining ssenariylarini ishlab chiqish;

Tezkor vaziyat murakkablashuvi sharoitida IlOning kuch va vositalarini qo'llash yuzasidan harakatlarni nazorat qilish, muvofiqlashtirishni tashkil etish va ta'minlash,

ya'ni maxsus axborot tizimlari yordamida favqulodda vaziyatlar va ommaviy ijtimoiy

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

tartibsizliklarning tasnifi (vujudga kelish sababi, manbalari), ularda zarar ko'rgan odamlar soni, moddiy zararning miqdori va ko'lami (lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy)ga ko'ra, maxsus reja va ko'rsatmalar doirasida kuch va vositalar harakatlanishini uzluksiz nazorat qilish, tezkor vaziyatni barqarorlashtirish, jamoat xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar sodir etilishiga yul qo'ymaslikka oid va avariya-qutqaruv hamda kechiktirib bo'lmaydigan tadbirlarni kompleks tashkillashtirish, kuch va vositalar boshqaruvini muvofiqlashtirish, xabarlashuv tizimlari orqali favqulodda vaziyat tahdidi (sodir etilganligi) haqida taalluqli davlat organlari va idoralari (bartaraf etishga mas'ul) rahbar va mansabdor shaxslarini xabardor etish, kuch va vositalarni navigatsiya qurilmalari va nazorat modullari yordamida monitoring qilish, maxsus rejalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlarni axborot tizimi yordamida umumlashtirish, harakatlarni baholash, zarurat tug'ilganda qo'shimcha yordam (zahira) kuchlarni jalb etish choralarini tashkillashtirish;

Markaz negizida huquqni muuofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, shuningdek, manfaatdor tashkshotlar bilan uzviy hamkorlikni tashkil etish, ya'ni axborot almashinuvi reglamenti (yo'riqnoma, qo'llanma) asosida "102" tizimi va boshqa favqulodda shoshilinch xizmatlarning xabarlashuv tizimlari, himoyalangan aloqa kanallari yordamida ma'lumot almashishni yo'lga qo'yish, yagona axborot makonida axborot xavfsizligiga kat'iy rioya etgan holda vakolat doirasiga kiruvchi ma'lumotlar bilan o'zaro almashish;

Markaz imkoniyatlaridan foydalangan holda, jamoat xavfsizligini ta'minlashda tezkor vaziyatning murakkablashuvi to'g'risida o'z vaqtida axborot almashuvini ta'minlash, ya'ni ommabop aloqa kanallari (axborot tablolari, tarqatma SMS-xabarlar, mobil ilovalar, radio va televideniya, Internet tarmoqlari va rasmiy portal)dan foydalangan holda aholini u yoki bu tahdid va harakatlanish tartibi bo'yicha xabardor qilish, yagona harakatlanish reglamenti asosida maxsus axborot tizimida, shuningdek "102" tizimi va boshqa favqulodda shoshilinch xizmatlarning xabarlashuv tizimlari, himoyalangan aloqa kanallari yordamida tezkor vaziyat murakkablashuvi haqida ma'lumot almashish, tezkor vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aholi va huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, shuningdek, manfaatdor tashkilotlarni xabardor qilish;

Transport va turizm obektlari hamda tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha vazifalarni bajarishda kuch va vositalarni boshqarishni ta'minlash va muvofiqlashtirish, ya'ni axborot tizimlari yordamida transport va turizm ob'ektlari hamda tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha vazifalarni bajarilishini monitoring qilish, transport va turizm ob'ektlari hamda tutash hududlarda sodir etilgan og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar, favqulodda hodisalar, shuningdek aholi orasida shov-shuvga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan jinoyat va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni yagona platformada umumlashtirish, bunday hollarda darhol Vazirlik rahbariyatini xabardor qilish, geoaxborot tizimi va modellapggirish yordamida transport va turizm ob'ektlari hamda tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha vazifalar ijrosini modellashtirish;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy va rivojlantirish, ya'ni yagona axborot fondining, shuningdek yagona platformaning axborot tizimlari va resurslarini shakllantirish, rivojlantirish va ularni texnik kuzatish, geoaxborot tizimlarini joriy etish va

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

rivojlantirish, axborot xavfsizligi kompleks tizimlarini joriy etish, rivojlantirish va axborot himoyasini ta'minlash, IP-texnologiyalarga xizmat ko'rsatish hamda kommunikatsiya tarmoqlarini joriy etishda ishtirok etish va rivojlantirish.

Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin[3].

Yuqorida markaz sub'ektlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va vazifalari tahlil qilinib, fikr va mulohozalar bildirildi, ushbu sub'ektlarni vazifalari amalda to'liq bajarilishiga erishish uchun quyidagilar taklif etiladi:

birinchidan, mazkaz bo'linmalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona IlVning "Ichki ishlar organlari tezkor (yagona) tezkor boshqaruv markazi bo'linmalari faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruq loyihasini ishlab chiqish va yuqorida ta'kidlab o'tilgan bo'linmalarning faoliyatini belgilab beruvchi tartib-taomillarni taklif etilayotgan Nizomda ifodalash lozim;

ikkinchidan, markazni IIV-IIBB-IIBning Tashkiliy boshqarma tarkibidan chiqarish, unga mustaqil boshqarma maqomini berish va markaz boshlig'ining o'rinbosari-Navbatchilik qismi boshlig'i lavozimini joriy etish hamda hududlardagi ijtimoiy-siyosiy va kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, markazning filiallarini tashkil etish ("Kuch va vositalarni boshqarish va monitoring qilish" guruhi), ehtiyojdan kelib chiqib, shtat birliklarini qayta ko'rib chiqib, maqbullashtirish, IT sohasidagi mutaxassislar bilan jamlash lozim;

uchinchidan, markaz va uning hududiy bo'linmalari faoliyatini to'liq raqamlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:

1-bosqich - barcha xodimlarning elektron imzodan foydalanishini tashkil etish;

2-bosqich - 17 ta turdagi kitob va jurnallarni to'liq elektron shaklini ishlab chiqish;

3-bosqich - kitob va jurnallarni elektron shaklda yuritish.

to'rtinchidan, markaz bo'linmalarining barcha bo'g'in (IIV-IIBB-IIB)larda faoliyat ko'rsatuvchi sub'ektlarning tizimi mazkur nizomda to'liq o'z ifodasini topishi, ularning huquq va majburiyatlarini hamda vakolatlarini aniq belgilash;

beshinchidan, Markaz bo'linmalari sub'ektlarining xizmat vazifalari va majburiyatlarini og'ishmay bajarilishini ta'minlashda, ularni doimiy ravishda o'qitilib borilishi hamda o'zlashtirganlik darajasini baholab borish tartibini yo'lga qo'yish;

oltinchidan, Markaz bo'linmalari sub'ektlarini xizmat vazifalarini tezkorlik bilan hamda sifatli bajarishda, boshqa manfaatdor idoralar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan hamkorlikda samarali tashkil etish tizimini ishlab chiqish (bunda zamonaviy axborot-komunikatsiyalari, texnologiyalaridan foydalanib, axborot (ma'lumotlar)ni uzatish va qabul qilish elektron platformasini yaratish lozim).

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, mazkur takliflarni amaliyotga tatbiq etilishi ichki ishlar organlari markaz sub'ektlari vazifalari bajarilishi samaradorligini oshirishga xizmat qilib, sohani zamon talabiga hamohang tashkil etilishiga, natijada fuqarolarning huquqlari, erkinliklarini munosib himoya qilinishi ta'minlanadi.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

References:

1. O'zbekiston Respublikasi IlVning 1998-yil 10-dekabrdagi "Ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari faoliyatini taokmillashtirish chora-tadbirlari haqida"gi 250-son buyrug'i.

2. O'zbekiston Respublikasi IlVning 2022-yil 9-maydagi "Ichki ishlar organlarining "102" xizmati faoliyatini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbilari to'g'risida"gi 150-son buyrug'i.

3. O'zbekiston Respublikasi IlVning 2022-yil 22-noyabrdagi "Ichki ishlar organlarida situatsion-tahliliy markazlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 508-son

4. O'zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 9-sentyabrdagi "Ichki ishlar vazirligi Situatsion-tahliliy markazi hamda uning tizimiga kiruvchi navbatchilik qismlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi 473-sonli buyrug'i.

5. https://kun.uz/kr/news/2023/12/12/prezident-iibb-yagona-tezkor-boshqaruv-markazi-faoliyati-bilan-tanishdi (Elektron manbaga murojaat qilingan vaqt: 13.05.2024).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.