Научная статья на тему 'Jamoat xavfsizligini ta’minlashda post-patrul xizmatining ahamiyati va dolzarbligi'

Jamoat xavfsizligini ta’minlashda post-patrul xizmatining ahamiyati va dolzarbligi Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
369
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Post-patrul / jamoat xavfsizligi / jamoat tartibini saqlash / inson manfaati / tizimli taxlil / saf bo’linmalari

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Zoirjon Toxir O’g’li Xotamov

Maqolada Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda Post-patrul xizmatining ahamiyati va dolzarbligi, sohada olib borilayotgan o’zarishlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Jamoat xavfsizligini ta’minlashda post-patrul xizmatining ahamiyati va dolzarbligi»

Jamoat xavfsizligini ta'minlashda post-patrul xizmatining

ahamiyati va dolzarbligi

Zoirjon Toxir o'g'li Xotamov zoirj onxotamov994@gmail .com Milliy gvardiya

Annotatsiya: Maqolada Jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashda Post-patrul xizmatining ahamiyati va dolzarbligi, sohada olib borilayotgan o'zarishlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Post-patrul, jamoat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, inson manfaati, tizimli taxlil, saf bo'linmalari.

Post-patrol service's importance and relevance to public safety

Zoirjon Toxir oglu Xotamov zoirj onxotamov994@gmail .com National Guard

Abstract: The article highlights the importance and relevance of the Post-Patrol Service in ensuring public order and security, as well as changes in the field.

Keywords: Human interest, systematic analysis, military units, post-patrol, public safety, maintenance of public order.

Keyingi yillarda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida keng ko'lamli ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi, bunda asosiy e'tibor fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va aholi manfaatlarini amalda ta'minlashga qaratildi. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun "Inson manfaatlari - hamma narsadan ustun", "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", degan ezgu g'oyalar davlatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ko'zda tutilgan islohotlarni hayotga tatbiq etishning asosini tashkil qildi.

Jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash, bu borada patrul-post xizmati faoliyatini boshqarishni takomillashtirish muammolarini o'rganishga oid ko'plab izlanishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashda post-patrullik xizmati tomonidan aholiga xizmat ko'rsatish va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qilishning ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, post-patrul xizmatlarini yangi avlod texnologiyalari va dasturlari bilan ta'minlash orqali ularning ish samaradorligini oshirish, shuning bilan birga xizmat faoliyatini maqsadga muvofiq modellar asosida tashkil etish kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1151

O'tkan davr mobaynida mamlakatimizda ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo'linmalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ushbu sohada "ichki ishlar organlari patrul-post xizmati bo'linmalarining tezkorligi va samaradorligini ta'minlovchi moddiy-texnik jixozlanishi darajasini mustaxkamlash, zamonaviy ilmiy-texnik vositalar va axborot-komunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash kabilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish" ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Soha faoliyatini zamon talablari asosida huquqiy, tashkiliy-taktik, moddiy-texnik va kadrlarga oid asoslarini takomillashtirish orqali ularni boshqarishning samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzar masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.

Shu narsani aytib o'tish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi va o'z vakolati doirasida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlashni amalga oshiradi.

Bosh boshqarma aholi gavjum bo'ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash, ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish masalalari bo'yicha ichki ishlar organlari bo'linmalari, vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-uslubiy ta'minlashni amalga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi to'g'risidagi Nizomda Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ko'chalar va boshqa jamoat joylarida qayd etilgan hodisalarni, huquqbuzarliklarni kompleks va tizimli tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish choralarini ko'rish;

jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlashni, shu jumladan ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazishda, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va o'zga turdagi vakolatxonalari, boshqa ob'ektlar hamda yuklarning qonun hujjatlariga muvofiq qo'riqlanishini tashkil qilish, shuningdek muomalada bo'lishi cheklangan predmetlar va moddalarni sotib olish, tashish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalari buzilishining oldini olish va ularni bartaraf etish;

patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo'linmalarining o'zlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari hamda davlat organlari va tashkilotlarining ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish borasidagi faoliyatlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1152

patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo'linmalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan ta'minlash, ularning doimiy jangovar shayligini hamda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash masalalari bo'yicha ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalari hamda davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholi bilan o'zaro hamkorligini tashkil etish;

qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni, shuningdek jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlashning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Demak, belgilangan yo'nalishlarda xizmat olib borayotgan post-patrul xizmatining asosiy vazifasi jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash bo'lib, shunga qaramay ular huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni fosh etish, mulkni qo'riqlash, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulotda holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog'liq chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham ishtirok etadi. Bu esa post-patrul xizmati saf bo'linmalari faoliyati ko'p qirrali ekanligini anglatadi.

"2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

2023-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar organlari faoliyatiga bosqichma-bosqich "E-patrul" tizimi joriy etilib, fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo'limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi hamda barcha ma'lumotlar joyida planshet orqali tekshirilib, Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyati "bodikamera"dan foydalangan holda amalga oshirilishi yo'lga qo'yiladi.

Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo'linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlansin.

Patrul-post xizmati saf bo'linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan planshet orqali aniqlash, xodimlarning fuqarolar bilan o'zaro muloqotini qayd etib borish tartibi joriy qilinadi.

Ko'rinib turibdiki, Ichki ishlar organlari yo'l-patrul va patrul-post xizmatlarini ular fuqarolar bilan muomala qilayotganda foydalaniladigan video-fiksatorlar bilan ta'minlash ko'zda tutilgan bo'lib, bu nafaqat fuqarolar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi, balki tinchligimiz posbonlari tomonidan o'z vazifasini suiiste'mol qilishi holatlarining ham oldini olishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bugun respublikamizning viloyat va shahar markazlari, katta shaharlarida, mahallalar, ko'chalar, maydonlar, madaniyat va istirohat bog'lari, transport obyektlari va boshqa jamoat joylarida, shuningdek turli

www.openscience.uz/issn2181-0842 1153 lmj^^^h

ommaviy tadbirlarni o'tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlashni Respublika Ichki ishlar organi umumiy shtatlarining 53% dan oshig'ini tashkil etuvchi post-patrul xizmati saf bo'linmalarining faoliyatisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev "aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash - bugungi kunda eng muhim vazifadir", deya ta'kidlagani ushbu xizmatning jamiyatdagi ro'li va ahamiyati qay darajada muhim ekanligini ko'rsatib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi to'g'risidagi Nizomi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-yanvardagi PQ-2940-son qaroriga 1-ilova)

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martda "Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6196-son Farmoni

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi "Ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat taribini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli ximoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5005-son Farmoni

5. O'zbekiston Yuridik ensiklopediyasi

6. Sharipov S. "Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo'linmalarining faoliyatini boshqarishni takomillashtirish" Diss.-2021/156-44

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1154

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.