Научная статья на тему 'PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR BO'YICHA MAXSUS PROFILAKTIKANING TASHKIL ETISHDA DAVLAT SOLIQ ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINING OZIGA XOS BO’LGAN XUSUSIYATLARI'

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR BO'YICHA MAXSUS PROFILAKTIKANING TASHKIL ETISHDA DAVLAT SOLIQ ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINING OZIGA XOS BO’LGAN XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
profilaktika huquqbuzarliklari / profilaktika inspektori / soliqqa oid huquqbuzarliklar / davlat soliq organlari / hamkorlik / huquqiy targ'ibot / soliq qonunchiligi / profilaktik tadbirlar / ma'lumot almashish / huquqiy madaniyat

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Farrux G‘aniyev, Gulandon G‘aniyeva, Asilbek Abdurahmonov

Ushbu maqola profilaktika inspektorining soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olishdagi roli va uning davlat soliq organlari bilan hamkorligining ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilishda profilaktika inspektorlari va soliq idoralari o'rtasida samarali aloqalar va hamkorlik o‘rnatish zaruriyati yoritilgan. Maxsus profilaktika tadbirlarini tashkil etish jarayonida ma'lumot almashish, tekshiruvlar o‘tkazish, huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirish va o'quv dasturlarini ishlab chiqish muhim rol o'ynaydi. Maqolada, shuningdek, bunday hamkorlikni mustahkamlash va samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ham berilgan. Ushbu tadbirlar orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar kamayib, soliq to'lovchilarining huquqiy madaniyati oshishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR BO'YICHA MAXSUS PROFILAKTIKANING TASHKIL ETISHDA DAVLAT SOLIQ ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINING OZIGA XOS BO’LGAN XUSUSIYATLARI»

, 1SSIW30-XX**

il m

mmm

mim

\m i

m ■ Il

V0LIJUF 1.ISSUE tU«*)-CAJMRMS

ARTICLE INFO

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR BO'YICHA MAXSUS PROFILAKTIKANING TASHKIL ETISHDA DAVLAT SOLIQ ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINING OZIGA XOS BO'LGAN XUSUSIYATLARI G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston,e-mail: [email protected] orcid.org/0009-0005-2423-050X G'aniyeva Gulandon Ibragimovna Namangan davlat universitetining Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 2-kurs magistranti Abdurahmonov Asilbek Arslonbek o'g'li O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quv

kursi 312 -guruh kursanti https://doi.org/10.5281/zenodo.14244167

ABSTRACT

Received: 19 th November 2024 Accepted:20th November 2024 Published:29th November 2024 KEYWORDS profilaktika huquqbuzarliklari, profilaktika inspektori, soliqqa oid huquqbuzarliklar, davlat soliq organlari, hamkorlik, huquqiy targ'ibot, soliq qonunchiligi, profilaktik tadbirlar, ma'lumot almashish, huquqiy madaniyat.

Ushbu maqola profilaktika inspektorining soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olishdagi roli va uning davlat soliq organlari bilan hamkorligining ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilishda profilaktika inspektorlari va soliq idoralari o'rtasida samarali aloqalar va hamkorlik o'rnatish zaruriyati yoritilgan. Maxsus profilaktika tadbirlarini tashkil etish jarayonida ma'lumot almashish, tekshiruvlar o'tkazish, huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirish va o'quv dasturlarini ishlab chiqish muhim rol o'ynaydi. Maqolada, shuningdek, bunday hamkorlikni mustahkamlash va samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ham berilgan. Ushbu tadbirlar orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar kamayib, soliq to'lovchilarining huquqiy madaniyati oshishi mumkin.

Bugungi kunda ma'muriy hududlardagi kriminogen vaziyatning barqarorligini ta'minlash borasida profilaktika inspektorining faoliyati muhim ahamiyat kasb etuvchi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi asosiy sub'ektlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, profilaktika inspektorining davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi bevosita soliq sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda bu borada fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.

Profilaktika inspektorining davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligining maqsadi - bu, huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasiga keng jamoatchilikni jalb etish, huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir qonunchilikni takomillashtirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarliklar va g'ayriijtimoiy xulq-atvorlarning oldini olish, bu borada ularni aniqlash va ularga barham berish, ularning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, fuqarolarda qonunga itoatkorlik va huquqbuzarlik sodir etishdan

tiyilishga oid xulq-atvorini shakllantirish hamda huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligi hissini uyg'otishdan iboratdir.

Soliq sohasiga oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish soliqlarga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Profilaktika inspektori hamda davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorlikda soliq sohasiga oid qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda sodiq kodeksi talablari doirasida tegishli choralar ko'riladi. Soliqlarga oid huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko'rib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo'llash, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qo'llaniladi1.

Soliq sohasidagi jinoyatlarning oldini olish turli darajalarda va bir necha yo'nalishda amalga oshiriladi. Bu borada asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: soliqlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar to'g'ri hisoblab chiqarilishi, to'liq va o'z vaqtida to'lanishini nazorat qilish; soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash, soliq to'lovchilarga soliqlar bo'yicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam ko'rsatish; soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish; soliqqa tortiladigan ob'ektlar va sub'ektlarning to'liq hamda o'z vaqtida hisobga olinishini ta'minlash; soliqlar bo'yicha huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish2.

Tadbirkorlik sub'ektlari - belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining sub'ektlari bo'lishi mumkin emasligi qonunda belgilangan. Tadbirkorlik sub'ektlari davlat organlari tizimidagi soliq xizmati xodimlari bilan yuzaga keladigan soliq huquqiy munosabatlarda hamda soliq masalalariga doir murojaatlarini ko'rib chiqish jarayonida murojaat ko'rib chiqilishini asossiz rad etish, murojaatni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, murojaatni ko'rib chiqish natijasi bo'yicha, tadbirkorlik sub'ektining iqtisodiy va boshqa manfaatlariga zarar etkazilishiga sabab bo'luvchi noto'g'ri ma'lumotlarni berish, murojaatni ko'rib chiqish uchun haq talab qilish, asossiz, qonunga zid qaror qabul qilish yoxud tadbirkorlik sub'ekti va uning tijorat siri bilan bog'liq faoliyatiga doir ma'lumotlarni oshkor etish kabi g'ayriqonuniy harakatlar yoki harakatsizliklarga yo'l qo'yish qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka sabab bo'ladi.

Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh, qilish hamda modernizasiyalash, moliyaviy javobgarlik tizimini yanada erkinlashtirish, nazorat organlarining tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash tadbirkorlik faoliyati asossiz cheklanishiga yo'l qo'ymaslikni talab etmoqda.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yanada rivojlanishini rag'batlantirishni kuchaytirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirish, yangi ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini ta'minlash,

1 Y36eKHCTOH Pecny6nHKacHHHH 1997 hhh 29 aBrycrgara "flaBnaT COHH^ xroMara TyrpHCHga»rH

^OHyHH.

2 nynaTOB ro.C., XngoaTOB E.E. CypHmrapyB Ba gacraa6KH TeproB 6oc^HHHga ^HHoaTHHHr ca6a6napn Ba yHHHr cognp этнпнmнгa HMKOH 6epraH mapT-maponraapHH aHH^nam Ba ynapHH 6apTapa$ этнm. YrçyB KynnaHMa. - TomKeHT: TflMH, 2018. - E. 36.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

shuningdek xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun qo'shimcha ravishda qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida bir qator huquqiy asoslar qabul qilingan.

Xulosa:

Maqola profilaktika inspektorining soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olishdagi o'rni va davlat soliq organlari bilan hamkorligining ahamiyatini chuqur tahlil qilmoqda. Profilaktika inspektorlari va soliq organlari o'rtasida samarali aloqalar o'rnatish, ma'lumot almashish va huquqiy targ'ibot tadbirlarini amalga oshirish soliqqa oid huquqbuzarliklarni kamaytirishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, soliq qonunchiligiga rioya qilishni ta'minlash, tadbirkorlarga yordam ko'rsatish va soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash bo'yicha profilaktika inspektorlarining faoliyatini mustahkamlash zarur. Ushbu hamkorlikni rivojlantirish orqali, soliq to'lovchilarining huquqiy madaniyati oshib, soliq tizimining samaradorligi va barqarorligi yaxshilanadi. Maqolada berilgan tavsiyalar, soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olish uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, fuqarolar orasida qonunga itoatkorlikni shakllantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Soliq tizimi va huquqbuzarliklarni oldini olish" mavzusida ilmiy maqolalar.

2. Soliq organlari faoliyatini tahlil qilish bo'yicha o'rganishlar.

3. O'zbekiston Respublikasinin 1997 yil 29 avgustdagi "Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi qonuni.

4. Po'latov YU.S., Xidoyatov B.B. Surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish. O'quv qo'llanma. - Toshkent: TDYUI, 2018. - B.

5. G'aniev F. T. TURKIYA RESPUBLIKASI: TABIYATI, MADANIYATI VA AN'ANALARI //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 101116.

6. G'aniev F. T. O 'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MILLIY PREVENTIV MEXANIZMI //Results of National Scientific Research International Journal. -2024.-Т. 3.-№. 3.-С. 84-90.

7. Ganiyev F., Ganiyeva G. O 'G 'IRLIK HAQIDA TUSHUNCHA, O 'G 'IRLIKNING PSIXOLOGIK GENEZISI VA MEHANIZMLARI //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 43-47.

8. Ganiyev F., O'zoqboyev S. VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR QILINADIGAN JINOYAT ISHLARINI YURITISH //Евразийский журнал технологий и инноваций. - 2023. -Т. 1. - №. 12 Part 2. - С. 131-134.

9. Ganiyev F., O'zoqboyev S. VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR QILINADIGAN JINOYAT ISHLARINI YURITISH //Евразийский журнал технологий и инноваций. - 2023. -Т. 1. - №. 12 Part 2. - С. 131-134.

10. Ганиев Ф. Угирлик жиноятларининг профилактикаси тушунчаси ва турларига оид айрим мулох,азалар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. -2023.-Т. 3.-№.4.-С. 37-42.

11. Ганиев Ф. Т. УГРИЛИК ЖИНОЯТИНИНГ ЖИНОЯТ-Х,УК;УК;ИЙ ЖИХАТЛАРИ ВА ОЛДИНИ ОЛИШГА ДОИР ФИКР-МУЛОХДЗАЛАР //Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 301-313.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

12. Ганиев Ф. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИ ТОМОНИДАН УГРИЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙУНАЛИШЛАРИ //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.

13. Ганиев Ф. "ОБОД ВА ХАВФСИЗ МАХДЛЛА" ТАМОЙИЛИГА АСОСЛАНГАН ТИЗИМНИ ЖОРИЙ ЭТИШДА ФУКОРОЛАР ЙИГИНЛАРИНИ ФАОЛИЯТИНИ ТИЗИМЛИ ЙУЛГА КУЙИШ //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 3.-С. 96-98.

14. Ганиев Ф. АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ ХДМДА МУХОФАЗАСИ ТАЪМИНЛАНГАНИГА КАРАМАСДАН СОДИР ЭТИЛАДИГАН ЖИНОЯТЛАР //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 1. - С. 129-138.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.