Научная статья на тему 'BIR TILLI VA KO’P TILLI TARJIMA LUG’ATLARI'

BIR TILLI VA KO’P TILLI TARJIMA LUG’ATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Leksikografiya / lugʻat / ziyon / zarar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ozoda Otabek Qizi Gʻapporova, Rayxon Rasulova

Lug‟atlar til o‟rganishda muhim vosita bo‟lib xizmat qiladi, leksikografiya esa lug‟atva uning turlarini o‟rganuvchi tilshunoslik bo‟limi. Ushbu maqolada lug‟atlarning kelib chiqishi, tarixi va ularning turlari muhokama qilinadi.Bundan tashqari olimlarning lug‟atshunoshunoslik sohasida yaratilgan dastlabki lug‟atlari haqida batafsil ma‟lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIR TILLI VA KO’P TILLI TARJIMA LUG’ATLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversi^

BIR TILLI VA KO'P TILLI TARJIMA LUG'ATLARI

Ozoda Otabek qizi G'apporova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti filologiya fanlar fakulteti o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi Ilmiy rahbar: Rayxon Rasulova o'zbek adabiyotshunoslik kafedrasi p.f.f.d (PhD)

ANNOTATSIYA

Lug'atlar til o'rganishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi, leksikografiya esa lug'atva uning turlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi. Ushbu maqolada lug'atlarning kelib chiqishi, tarixi va ularning turlari muhokama qilinadi.Bundan tashqari olimlarning lug'atshunoshunoslik sohasida yaratilgan dastlabki lug'atlari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Tayanch tushunchalar: Leksikografiya,lug'at,ziyon,zarar

Leksikografiya -so'zi grek tilidan olingan bo'lib so'zni izohlash ,ifodalash ma'nolarini anglatadi.Leksikografiya-amaliy lug'atchilik,lug'atlar tuzish kabi ko'plab vazifalarni bajaradi.Bir tilga oid lug'aviy birikmalarni boshqa tilga tarjima qilib beruvchi lug'atlar o'zbek leksikografiyasida XIX asrgacha arab-o'zbek,fors-tojik,rus-o'zbek,ya'ni ikki tilga asoslanib yaratilgan.V.M.Nalivkinning 1884-1912-yillar mobaynida bir necha marta nashir etilgan "Russko-sartovskiy I sartovsko russkiy slovar"(Ruscha sartch,sartcha Ruscha lug'at")i,Ashurali Zohiriy tomonidan1927-yilda tuzilib,nashir ettirilgan 2 jildli "Ruscha-o'zbekcha mukammal lug'at"i O'zbekistonda yaratilgan ikki tilli lug'at uchun asos bo'ldi. Fanlar Komiteti huzurida Terminologiya qo'mitasi tashkil etildi va shu qo'mita boshchiligida turli fanlar bo'yicha qator lug'atlar yaratildi.: «Ruscha-o'zbekcha matematika terminlari so'zligi», 1933 (T.N. Qori-Niyoziy), «Ruscha-o'zbekcha paxtachilik terminlari so'zligi», 1933 (N.Sayfulmulukov), «Ruscha-o'zbekcha ma'muriy-huquqiy so'zlik», 1933 (N.Sarimsoqov), «Paxtachillikka doir qisqacha izohli lug'at», 1934 (S.Ibrohimov), «Ruscha-o'zbekcha qishloq xo'jalik terminlari lug'ati», 1936 (N.Sayfulmulukov), «Ruscha-o'zbekcha botanika terminlari lug'ati», 1936, 1939 (N.Sayfulmulukov), «Zoologiya terminlarining qisqacha izohli lug'ati», 1938 (T.Zohidov), «Qisqacha ruscha-o'zbekcha geografiya terminlari lug'ati» va boshqalar shular jumlasidandir.Hozirgi kunda ingliz,nemis, fransuz,koreys va yapon tillarida qo'llanilish extiyojlariga qarab tarjima lug'atlari yaratilmoqda.

734

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdavjat^edagogi

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Lug'at boyligi bu millatning go'zal va nafis qirralarini ochib beruvchi vosita hisoblanadi.Ba'zi bir ma'nolari gavharga teng serjilo so'zlar muomiladan chiqqan bo'lsada adabiyotimizda havof .kabi qo'llanilishi haliham kuzatiladi.Shunday so'zlar borki ularning ma'nolarini taqqoslash birmuncha muammo tug'diradi.Masalan;ziyon va zarar so'zlarini olsak.Ziyon-Shahar ko'chalarida tutun burqustib yurgan mashinaning ziyoni ba'zan u keltirgan foydadan ham ko'pdir.(gazetadan).Sen churvaqalarning qo'lingdan kelgani shu-da! Ishga ziyon yetkazishdan bo'lakni bilmaysanlar.(H.Nazir so'nmas chaqmoqlar).

Zarar-shikast,buzulish,ziyon-zaxmat.O'zingizga ma'lum,savdo ahli zararni yoqtirmaydigan,foyda talab xalq (K.Yashin.Hamza).Bizdan Mirzakarimboy hech ham zarar ko'rgani yo'q.Paxta yildan-yilga mo'l bo'lib,foydasi ham oshib turibdi (Oybek Tanlangan asarlar).Sifatlar ko'pincha "Zarar" so'zi uchun ishlatiladi:jismoniy,ekologik,hissiy va boshqalar.Fe'l ma'nosida birovga zarar yetkazish,xafa qilmoq,biror narsaga zarar yetkazish ma'nolarida ishlatiladi.Izoxli lug'atta bu ikki so'z bir qatorda sinonim sifatida qo'llanadi.Mening fikrimcha Zarar ziyon so'zining ortirma darajasi .Talaba darsga kelmasa o'qituvchi talabaga NB qo'yadi va bu NB lar soni ko'payib ketsa talabaga Zarar keltiradi. O'q uvchilar darsga krlmasa ularning bilim darajasi past bo'ladi agarda ularning bilim darajasi tekshirilganda bilim darajasi boshqa sinf o'quvchilariga nisbatdan ancha past chiqsa bu o'qituvchining obro'siga ziyon yetkazadi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki,sho'rolar davrida tuzilgan tarjima lugatlarining asosiy qismi rus tilida bo'lganining sababi o'sha davrda ishlash,yaxshi maosh topish uchun til o'rganish kerakligi bo'lgan .Rus tili hozirgacha mahalliy tillar hisobiga kiradi.Ish hujjatlarida ruscha terminlar ko'p uchraydi.Shu sababli rus tilini o'rganish o'zimiz uchun foydali bo'ladi.

REFERENCES

1 Abdurahimov M. O'zbekcha-ruscha va ruscha-o'zbekcha lug'at. - T.: Fan, 2008.

2.Madvaliyev A. O'zbek terminologiyasi va leksikografiyasi masalalari. - T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.

3.www.library.ziyonet.uz

735

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.