Научная статья на тему 'BIR HUJAYRALI MIKROSUVO’TI SCENEDESMUS SPNI LABORATORIYA SHAROITIDA KO’PAYTIRISH VA BIOMASSA OLISH'

BIR HUJAYRALI MIKROSUVO’TI SCENEDESMUS SPNI LABORATORIYA SHAROITIDA KO’PAYTIRISH VA BIOMASSA OLISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

53
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mikrosuvo’tlar / ozuqa muhiti / Scenedesmus sp / modifikatsiyalangan ozuqa / organik chiqindilar / aminokislotalar. / Микроводоросли / питательная среда / Scenedesmus sp / модифицированный корм / органические отходы / аминокислоты.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Shaxnoza Muptullayevna Xushnazarova

Scenedesmus sp mikrosuvo’tini laboratoriya sharoitida ko’paytirish va biomassa olish uchun eng samarali hisoblangan Chu-13 ozuqasini biotexnologik usullar bilan boyitish va modifikatsiyalangan ozuqa tayyorlash usullari ko’rib chiqildi. Modifikatsiyalangan ozuqa tayyorlash uchun aminokislata turlaridan va organik chiqindilardan foydalanildi. Scenedesmus sp mikrosuvo’tining biokimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymati undan sanoatda keng miqyosda foydalanish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Рассмотрены способы обогащения корма Чу-13, который считается наиболее эффективным для воспроизводства Scenedesmus sp. Аминокислотные соединения и органические отходы использовали для приготовления модифицированного корма. Биохимический состав и пищевая ценность микроводорослей Scenedesmus sp, позволяют широко использовать их в промышленности

Текст научной работы на тему «BIR HUJAYRALI MIKROSUVO’TI SCENEDESMUS SPNI LABORATORIYA SHAROITIDA KO’PAYTIRISH VA BIOMASSA OLISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

BIR HUJAYRALI MIKROSUVO'TI SCENEDESMUS SPNI LABORATORIYA SHAROITIDA KO'PAYTIRISH VA BIOMASSA OLISH

Shaxnoza Muptullayevna Xushnazarova

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti

magistranti

Scenedesmus sp mikrosuvo'tini laboratoriya sharoitida ko'paytirish va biomassa olish uchun eng samarali hisoblangan Chu-13 ozuqasini biotexnologik usullar bilan boyitish va modifikatsiyalangan ozuqa tayyorlash usullari ko'rib chiqildi. Modifikatsiyalangan ozuqa tayyorlash uchun aminokislata turlaridan va organik chiqindilardan foydalanildi. Scenedesmus sp mikrosuvo'tining biokimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymati undan sanoatda keng miqyosda foydalanish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: Mikrosuvo'tlar, ozuqa muhiti, Scenedesmus sp, modifikatsiyalangan ozuqa, organik chiqindilar, aminokislotalar.

Рассмотрены способы обогащения корма Чу-13, который считается наиболее эффективным для воспроизводства Зсепейезшт ¿р. Аминокислотные соединения и органические отходы использовали для приготовления модифицированного корма. Биохимический состав и пищевая ценность микроводорослей Зсепейезшт ¿р, позволяют широко использовать их в промышленности.

Ключевые слова: Микроводоросли, питательная среда, Зсепейезшт ¿р, модифицированный корм, органические отходы, аминокислоты.

Biotechnological methods of enrichment of Chu-13 feed, which is considered the most effective for reproduction of Scenedesmus sp. Amino acid species and organic waste were used for the preparation of modified feed. The biochemical composition and nutritional value of Scenedesmus sp. microalgae allow it to be used on a large scale in industry.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Keywords: Microalgae, nutrient medium, Scenedesmus sp, modified feed, organic waste, amino acids.

Kirish. Scenedesmus sp mikrosuvo'ti biommassasidan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega . Uning ozuqaviy tarkibi, ya'ni yuqori protein tarkibga ega aminokislotalari borligi, turli xildagi uglevodlarni o'zida saqlashi, kraxmal, glukoza kabi umumiy hazm bo'lishi juda yuqori bo'lgan uglevodlarining borligi tufayli Scenedesmus sp ga bo'lgan ehtiyojlar turli xil ko'rinishda bo'lib, bu o'simlikni biotexnologik yo'l bilan ishlab chiqarishni talab etmoqda . Scenedesmus sp mikrosuvo'ti 60-65% gacha oqsil moddasi saqlaydi va tarkibida barcha almashinmaydigan aminokislotalar mavjud . Ko'rinib turibdiki inson organizmi uchun kerakli bo'lgan almashinmaydigan aminokislotalar mavjudligi hozirda insoniyat oldida soya bo'lib turgan ko'pgina kasalliklarni engishda samarali yordam beradi . Bu mikrosuvo't yana vitamin va mikroelemetlarga ham juda boy . Shu sababli Scenedesmus sp mikrosuvo'tini oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatlarida qo'llash maqsadga muvofiqdir . Organizmga to'liq singgani hisobiga u o'zining tarkibidagi barcha elementlarni inson tanasiga bera oladi . Buning natijasida hozirda farmatsevtik sanoat oldida turgan antibiotiklarga alternativ yechim bo'la olishidadir. [1,2,3].

Scenedesmus Xlorokokksimonlar - Chlorococcophyceae ajdodiga, Xlorokokknamolar yoki protokokknamolar - Chlorococcales (Protococcales) qabilasiga, Scenedesmaceae oilasiga mansub. Scenedesmus sp suvo'tlar ichida yuqori hosildorligi bilan alohida ajralib turadi. Scenedesmus hujayralari dumaloq, yoysimon, silindrik va ellips shaklga ega.Ulaming bo'yi 4-30 mk bo'lib, qalinligi 2, 5- 10 mk ga teng . Hujayralar yakka-yakka yoki to'da-to'da bo'lib o'sadi. [4,5,6] .

Materiallar va uslublar.

Scenedesmus sp mikrosuvo'ti dastlab Chu-13 qattiq ozuqa muhitida petri kosachalarida ekildi. Chu-13 (tarkibida g/l: KNO3- 0,2; K2HPÜ4-0,04; MgSO4*7H2Ü-0,1;CaCl*6 H2O -0,08; temir sitrat-0,01; limon kislota-0,1; agar-agar-20; diss H2O-1l va pH-7.5) ozuqa muhitida ekilgan namunalar 280C, 4000 lyuks yorug'likda fitobioreaktor ta'siri ostida laminar shikafda o'stirildi. Oradan ikki hafta o'tgach mikrosuvo'tning petri idishdagi kulturasidan namuna olib organuk chiqindilar bilan boyitilgan Chu-13 suyuq ozuqasiga kolbalarda ekildi. Buning uchun qo'y va tovuq organik chiqindilaridan (go'ngidan) foydalanildi. Havonchada maydalangan qo'y va tovuq go'ngi termostatda 70 C da 2 soat

May 12-13

1196

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

davomida quritildi.Chu-13 ozuqasiga go'ngning har biridan solib 0,5% - 2,5% li boyitilgan ozuqa tayyorlandi.Bundan tashqari qo'y va tovuq go'ngini aralashtirib 1%li boyitilgan Chu-13 ozuqasidan ham foydalanildi.

Petri kosachalarida o'sgan Scenedesmus sp1 shtammi.

Scenedesmus sp mikrosuvo'tidan laboratoriya sharoitida biomassa olish uchun aminokislotalardan ham foydalanildi. Chu-13 ozuqasini aminokislotalar bilan boyitish uchun aminokislotalarning suvda eruvchanlik hususiyati inobatga olinish kerak. Ilmiy manbalarga ko'ra alanin, arginin, valin, glitsin, lizin, metioninlarning suvda eruvchanlik hususiyati boshqa aninokislotalarga qaraganda yaxshiroq.Triptofan, fenilalaninlarning suvda eruvchanlik hususiyati esa sal pastroq ko'rsatkichga ega. Daslab fenilalanin, lizin, arginin, valin, treonin, leytsin, metionin arginin aminokislotalarining har biridan Chu-13 ozuqasiga aralashtirib 1% li boyitilgan ozuqa tayyorlab olindi. Har bir ozuqa alohida kolbalarga 40 ml dan solindi va pH ko'rsatkichi aniqlanib avtoklavda 120 C0 haroratda 20 daqiqa davomida sterillandi. Har bir kolbaga petri kosachalarida o'sgan Scenedesmus sp mikrosuvo'tidan namunalar ekildi. Kolbalar laminar shikafda 28 C0 haroratda 4000 lyuks yorug'lik ostida saqlandi. O'sgan mikrosuvo't hujayralari 7 kun davomida yorug'lik mikroskopida Goryayev kamerasida

May 12-13

1197

Samarkand branch of Tashkent State

Agrarian University

Theoretical and practical foundations of

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy

GOST-54496-2011 bo'yicha sanab borildi.Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki Scenedesmus sp mikrosuvo'ti hujayralar soni 1% li fenilalanin bilan boyitilgan Chu-13 ozuqasida eng ko'p biomassa hosil qildi. Yani lmlda 12700 tagacha mikrosuvo'tlar o'sgan ekan. Nazorat varyantida esa hujayralar soni 7200 tani ko'rsatdi.

Organik chiqindi bilan boyitilgan Chu-13 ozuqasida eng yaxshi natija 1% li tovuq va qo'y go'ngi aralashmasi ekanligi aniqlandi.

Aminokislotalar bilan boyitilgan Chu-13 ozuqasida o'sgan Scenedesmus sp1 shtammi.

May 12-13

1198

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Scenedesmus sp1 ning yorug'lik mikroskopi ostida ko'rinishi

Xulosa. Scenedesmus sp mikrosuvo'tidan qishloq xo'jaligida va boshqa sohalarda samarali foydalanish uchun undan katta miqdorda biomassa olish talab etiladi. Bu esa o'z navbatida Scenedesmus sp mikrosuvo'tini o'stirishda arzon va qulay bo'lgan ozuqa turlaridandan foydalanish usullarini ishlab chiqish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda dunyo aholisining ortib birishi yer yuzida turli xil chiqindilarning ham ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Organik chiqindilarning (go'ngning) tarkibida uchraydigan azot asosan organik birikmalar ko'rinishida bo'ladi. Bu kabi chiqindilardan mikrosuvo'tlarni o'stirishda foydalanish ham iqtisodiy, han ekalogik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Sanoat talablarini qondirish uchun har bir tur o'sishi uchun arzon ozuqadan foydalanish kerk.

REFERENCES

1. Богданов Н . И . Суспензия хлореллы в рационе сельскохозяйственных животных / Н . И . Богданов . - Пенза 2 изд . Перераб . и допол ., 2007 . - 48 с .

2. Курс низших растений . Под ред . Горленко М . В ., М, «Высшая

3. Skotnikova G . S . Nekotorie osobennosti kultivirovaniya mikrovodorosley v usloviyax solnechnogo osvesheniya / G . S . Skotnikova, A . V . Piskunova // Kultivirovanie i primenenie mikrovodorosley v

May 12-13

1199

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

narodnom xozyaystve : materiali konf - Tashkent: Fan Uz SSR, 1984 . - S . 21 .

4. Vladimirova M . G . Intensivnaya kultura odnokletochnix vodorosley / M . G . Vladimirova, V . E . Semenenko . - M . : AN SSSR, 1962 . - 59 s

5. Pandian, P ., & David, R .A . (2012) . Scenedesmusas a potential source of biodiesel among selected microalgae . Current Science, 102(4), 616-620 .

6. Gouveia, L ., Batista, A . P ., Nobre, B . P ., Marques, P . A ., Moura, P ., Alves, L . M ., . . . & Palavra, A . F . (2012) . Exploring Scenedesmus obliquus and Nannochloropsis sp . . Potential as a sustainable raw material for biofuels and high added value compounds . Paper presented at the 1er . Congresso Iberoamericano Sobre Biorrefínerias, 1-CIAB, Los Cabos, Baja California, México, 24-26 October, 2012 .

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.