Научная статья на тему 'BIOLOGIYANI O‘QITISHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

BIOLOGIYANI O‘QITISHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro baholash / tadqiqot / topshiriq / test / ta’lim sifati / xorijiy tashkilotlar / PIRLS / TIMSS / TALIS / PISA / monitoring / международная оценка / исследование / задание / тест / качество образования / зарубежные организации / PIRLS / TIMSS / TALIS / PISA / мониторинг.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.N Doniyorov

maqolada biologik ta’lim tizimida xalqaro baholash tadqiqotlaridan foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati, umumta’lim maktablarida biologiya bo‘yicha PISA tadqiqot vazifalarini amalga oshirishdan maqsad va uning ta’lim tizimidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, talabalarning PISA topshiriqlari bo'yicha bilimlarini rivojlantirish bo'yicha fikrlar bildirilgan. Bu yerda PISA dasturini o'rganish muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL ASSESSMENT RESEARCH IN TEACHING BIOLOGY AND ITS SPECIFIC FEATURES

ународных оценочных исследований в системе биологического образования, цели выполнения заданий исследования PISA по биологии в общеобразовательных школах и его место в системе образования. Также обсуждаются идеи по развитию знаний учащихся по заданиям PISA. Изучение программы PISA имеет важное значение.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYANI O‘QITISHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.N Doniyorov _

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada biologik ta'lim tizimida xalqaro baholash tadqiqotlaridan foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati, umumta'lim maktablarida biologiya bo'yicha PISA tadqiqot vazifalarini amalga oshirishdan maqsad va uning ta'lim tizimidagi o'rni yoritilgan. Shuningdek, talabalarning PISA topshiriqlari bo'yicha bilimlarini rivojlantirish bo'yicha fikrlar bildirilgan. Bu yerda PISA dasturini o'rganish muhim ahamiyatga ega.

MAQSAD: ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tabiiy fanlarni o'qitish ahamiyati ortib borayotganligi sababli biologiyani o'qitishda xalqaro baholash tadqiqotlari masalasi doimo diqqat markazida. Xalqaro baholash haqida ko'proq bilish va uni yaxshilash usullarini taklif qilish uchun ko'plab tadqiqotlar o'tkazildi.

O'tkazilgan tadqiqotlarni o'rganib chiqqandan so'ng, ushbu maqolada biologiyani o'qitishda xalqaro baholashni tadbiq qilish va uni yaxshilashning ba'zi usullari ko'rib chiqiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro'y berayotgan katta o'zgarishlar kasbiy faoliyatning mazmuni va harakterini sifat jihatdan qayta o zgartirishni, bo lajak o qituvchilarning kasbiy madaniyatini, ijtimoiy-kasbiy safarbarligi darajasini, raqobatbardoshligini belgilovchi sifatlarni Xalqaro darajada baholashni talab etmoqda.

Pedagog doimo osib o'zgarib boradigan muhit va inson bilan ishlaydi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda biologiyani o'qitishda xalqaro baholash tadqiqotlaridan foydalanilsa, yuqorida ko'zlangan barcha maqsadlarga yetish mumkin bo'ladi.

XULOSA: xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki o'quvchilarni tabiiy fanlardan fikrlash qobilyatlarini baholashda PISA dasturida berilgan topshiriqlar bilan tanishtirib borish, shuningdek fan mavzulari bo'yicha PISA topshiriqlarini yangilarini tuzish va uni o'quvchilarga doimo tanishtirib borish, orqali o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatib, ularni kundalik hayotda, tabiiy, noodatiy sharoitlarda ijobiy yechimlarni topishga o'rgatadi.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Kalit so'zlar: xalqaro baholash, tadqiqot, topshiriq, test, ta'lim sifati, xorijiy tashkilotlar, PIRLS, TIMSS, TALIS, PISA, monitoring

Iqtibos uchun: Doniyorov M.N. Biologiyani o'qitishda xalqaro baholash tadqiqotlari va uning o'ziga xos xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №5. B.341-350.

МЕЖДУНАРОДНОЕ ОЦЕНОЧНОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ В ПРЕПОДАВАНИИ БИОЛОГИИ И ЕГО ОСОБЕННОСТИ_

© М.Н. Дониёров1Н

Жизамийский Ташкентский государственный педагогический университет, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматривается воспитательное значение использования международных оценочных исследований в системе биологического образования, цели выполнения заданий исследования PISA по биологии в общеобразовательных школах и его место в системе образования. Также обсуждаются идеи по развитию знаний учащихся по заданиям PISA. Изучение программы PISA имеет важное значение.

ЦЕЛЬ: изучение международного опыта оценки качества образования, всесторонний сравнительный анализ существующей системы, тесное сотрудничество с международными и зарубежными организациями, агентствами, научно-исследовательскими учреждениями в соответствующей области, реализация международных проектов по оценке качества образования, совершенствование национальной системы оценки, соответствующей требованиям времени.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: вопрос международных оценочных исследований в преподавании биологии всегда находится в центре внимания из-за растущего значения преподавания естественных наук. Было проведено множество исследований для лучшего понимания международной оценки и предложений по её улучшению. После изучения проведенных исследований в данной статье рассматриваются некоторые методы применения международной оценки в преподавании биологии и их улучшения.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: большие изменения в социально-экономической жизни современного общества требуют качественного изменения содержания и характера профессиональной деятельности, профессиональной культуры будущих учителей, уровня их социальной и профессиональной мобилизации и конкурентоспособности на международном уровне. Педагог всегда работает в развивающейся среде и с людьми. С этой точки зрения, использование международных оценочных исследований в преподавании биологии позволит достичь всех вышеуказанных целей.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в заключение можно сказать, что знакомство учащихся с заданиями программы PISA для оценки их мыслительных способностей по естественным наукам, а также разработка новых заданий по темам учебных предметов и регулярное ознакомление с ними учащихся способствует развитию их творческого мышления и помогает находить положительные решения в повседневной жизни и необычных условиях.

Ключевые слова: международная оценка, исследование, задание, тест, качество образования, зарубежные организации, PI RLS, TIMSS, TALIS, PISA, мониторинг.

Для цитирования: Дониёров М.Н. Международное оценочное исследование в преподавании биологии и его особенности. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 341-350.

INTERNATIONAL ASSESSMENT RESEARCH IN TEACHING BIOLOGY AND ITS SPECIFIC FEATURES_

© Mukhiddin N. Doniyorov1®

1Nizami Tashkent State Pedagogical University, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article discusses the educational significance of using international assessment studies in the biological education system, the goals of implementing PISA research tasks in biology in general education schools, and its place in the education system. It also discusses ideas for developing students' knowledge on PISA tasks. Studying the PISA program is of great importance.

AIM: to study international experience in assessing the quality of education, to conduct a comprehensive comparative analysis of the existing system, to closely cooperate with international and foreign organizations, agencies, research institutions in the relevant field, to implement international projects for assessing the quality of education, and to improve the national assessment system that meets the requirements of the time.

MATERIALS AND METHODS: the issue of international assessment studies in teaching biology is always in the spotlight due to the growing importance of teaching natural sciences. Numerous studies have been conducted to better understand international assessment and suggest ways to improve it. After reviewing the conducted studies, this article discusses some methods for applying international assessment in teaching biology and ways to improve it.

DISCUSSION AND RESULTS: major changes in the socio-economic life of modern society require qualitative changes in the content and nature of professional activities, professional culture of future teachers, the level of their social and professional mobilization, and competitiveness on an international level. A teacher always works in an evolving environment and with people. From this point of view, using international assessment studies in teaching biology can achieve all the above goals.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

CONCLUSION: in conclusion, introducing students to PISA tasks to assess their thinking abilities in natural sciences, as well as developing new tasks on subject topics and regularly familiarizing students with them, fosters creative thinking and helps them find positive solutions in everyday life and unusual situations.

Key words: international assessment, research, task, test, education quality, foreign organizations, PIRLS, TIMSS, TALIS, PISA, monitoring.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" doirasida O'zbekistonda ta'lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.[1]

Shu maqsadda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi" tashkil etildi.

O'z navbatida, "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi"ga ta'lim tizimida o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga yo'naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish, ta'lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o'rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi.

Shu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori - Xalqaro tadqiqotlarning milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O'zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi belgilab qo'yildi.

Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o'rtasida o'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro dasturda (Agreement for participation programme for international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish to'g'risidagi kelishuvga erishildi.[2]

PISA (Programme for International Student Assessment) - o'quvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo'lib, dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o'quvchi yoshlarning o'qish, (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko'nikmalarini turli xil testlar

For citation: Mukhiddin N. Doniyorov (2024) 'International assessment research in teaching biology and its specific features', Inter education & global study, (5), pp. 341350. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o'quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo'llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta'lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o'z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta'sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta'lim siyosati sohasida qarorlar qabul qilishni qo'llab-quvvatlaydi.

Ta'lim sifatini baholashga yo'naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar O'zbekiston ta'lim tizimida ilk marta o'tkazilganligi sababli ularni to'g'ri, samarali va ob'ektiv o'tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

PISA-o'quvchilarning o'qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo'lib, o'quvchilarning maktab davrida olgan bilim va ko'nikmalarini aniqlashga mo'ljallangan.

PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o'quvchilar munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar to'playdi, o'quvchilarda muammoni hal qila olish kabi ko'nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o'quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi.

PISA-halqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud bo'lgan talablar doirasida o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarni qo'llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.

PISA hech qanday o'quv dasturini belgilamaydi yoki targ'ib qilmaydi yoki umumiy e'tirof etishni taqozo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o'quvchilarda tabiiy fanlardan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e'tirof etadi.

PISA tadqiqoti - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT(OECD -Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi. [4]

Tadqiqot ilk bor 2000 yilda o'tkazilgan bo'lib, har uch yilda bir marotaba o'tkazib boriladi. PISA tadqiqoti o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:

• ta'lim sohasidagi eng yirik, keng ko'lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;

•tadqiqotda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan 15 yoshli o'quvchilar ishtirok etadi;

•tadqiqotda o'quvchilarning "hayotga tayyorlik" darajasi, ya'ni ularning maktabda egallagan bilim va ko'nikmalarini hayot qo'llay olish layoqati baholanadi;

•tadqiqotda o'quvchilarning matematika, o'qish (matnni tushunish), tabiiy yo'nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi baholanadi;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

•tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta'lim tizimining o'ziga xosligi bo'yicha ma'lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to'planadi. O'zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega:

•O'zbekistonda umumta'lim maktablari bitiruvchilarining ta'lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash;

•mamlakatdagi umumiy o'rta ta'limni takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlash;

•o'quvchilarning ta'lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta'lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma'lumotlarni olish.

PISA tadqiqoti haqida qo'shimcha ma'lumotlarni O'zbekistonda mazkur tadqiqotni o'tkazishga mas'ul hisoblangan Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining rasmiy veb-sayti (markaz.tdi.uz)va IHTT www.oecd.org/pisajdan olish mumkin.

Nima uchun PISA tadqiqotlari har uch yilda bir marotaba o'tkaziladi va nega aynan 15 yoshli o'quvchilarning bilim darajalari aniqlanadi?

PISAning asosiy vazifasi - mamlakatlarni ta'lim siyosatiga oid ma'lumotlar bilan ta'minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat.

Tadqiqotning har uch yilda o'tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va tegishli dasturlarning ta'sirini hisobga olish uchun ma'lumot va tahlillarni o'z ichiga olgan holda, o'z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi.

Agar tadqiqotni o'tkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, o'zgarishlar va yangilanishlar uchun yetarli vaqt hamda kerakli ma'lumotlarni to'play olmaslik muammosini vujudga keltiradi.

Tadqiqot doirasi 15 yoshli o'quvchi yoshlar orasida o'tkazilishiga asosiy sabab aksariyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a'zo davlatlarda ushbu yosh majburiy ta'lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.

PISA dasturining o'ziga xosligi. PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan dastur sifatida o'ziga xos ahamiyatga ega.

PISA xalqaro baholash dasturida qariyib 80dan ortiq davlatlar ishtirok etishgan. Tadqiqotni har uch yilda bir marotaba o'tkazilishi esa, davlatlarga o'z ta'lim tizimida kelajakda erishish ko'zda tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab olish imkoniyatini yaratib beradi.

Shuningdek, dastur 15 yoshdagi o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash bo'yicha yagona xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi.

Dasturda quyidagi masalalarga e'tibor qaratiladi:

Davlat siyosati masalalari: "Maktablar o'quvchi yoshlarni katta hayot yo'liga o'tishiga munosib ravishda tayyorlay olishyaptimi?, "Ayrim turdagi o'quv dasturlari boshqalariga nisbatan samaraliroqmi?", "Maktablar muhojirlar yoki og'ir ijtimoiy sharoitga ega o'quvchilar kelajagi Izoh: Tadqiqot davomida shaxslar haqida olingan barcha ma'lumotlar sir tutiladi. Tadqiqot hisobotlarida alohida qatnashchilar (o'quvchilar va ta'lim

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

muassasalari)ga oid ma'lumotlar chop etilmaydi. 9 yaxshilanishiga yordam beradimi?" kabi ba'zi bir savollarga javob topishdan iboratdir. [8]

Savodxonlik: PISA muayyan maktab o'quv dasturlarining ustunligini o'rganish o'rniga, o'quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko'nikmalarini qo'llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash, muloqot qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi.

Hayot davomida o'rganish: O'quvchilar maktabda o'rganishi lozim bo'lgan hamma narsani to'liq o'zlashtira olmaydi. Samarali o'rganuvchi bo'lish uchun nafaqat bilim va ko'nikmalarni, balki ular qanday hamda nima uchun o'rganilishi haqida xabardor bo'lishi lozim. PISA o'quvchilarning o'qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonligini oshirish bilan bir qatorda o'quvchilarning ta'lim olishga qiziqishi, o'zlari haqida ma'lumotlar hamda ta'lim strategiyasi haqida fikrlarini so'raydi.

PiSa boshqaruvi. PISA dasturining faoliyati PISA boshqaruv kengashi qarori asosida, loyihada ishtirok etayotgan davlatlarning ta'lim sohasidagi boshqaruv organlari mas'ulligida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan dastur asosida tashkil etiladi.

Kengash tarkibiga barcha iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga IHTTga a'zo davlatlar, shuningdek sherikchilik maqomidagi hamkor davlatlar kiradilar. Bugungi kunda sherikchilik maqomga faqatgina Braziliya sazovordir. Davlatlar Kengashga o'zlarining ta'lim siyosati va amaliyoti hamda o'quvchilarni baholash borasida yuqori ilmga ega bo'lganlarni vakillikka tavsiya etadi.

Kengash tarkibi hukumatning rasmiylari va ilmiy-pedagog, tadqiqot xodimlari hamda akademik institutlardan tashkil topgan. Kengash PISA uchun siyosatning ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi va amalga oshirish jarayonida ushbu ustuvorliklarga rioya etilishini nazorat qiladi.

Bu faoliyat ma'lumotlar tayyorlash, tahlil qilish va hisobot berishning ustuvor yo'nalishlari, standartlarini belgilash, shuningdek, PISAni amalga oshirish uchun asos bo'ladigan ish hajmini aniqlashni o'z ichiga oladi. PISAning texnik to'g'riligini ta'minlash maqsadida o'zida namunalashtirish, so'rovnomalar tuzish, o'lchash va tahlil qilish kabi PISA tadqiqot usullarini qo'llab-quvvatlaydigan dunyoga mashhur ekspert va mutaxassislar jalb qilingan. Bu texnik maslahat guruhi(TMG) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tayinlangan. Texnik maslahat guruhi muntazam ravishda PISA ma'lumotlarda o'zga mamlakatlarning natijalari va PISA usullariga ma'lumotlarning ishonchliligi va xalqaro miqyosda taqqoslanishiga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etadi.

PISA boshqaruvi kengashi. Boshqaruv kengashi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga IHTT va PISA a'zolari vakillaridan iborat. PISAda rasmiy ishtirokchi maqomiga ega bo'lmagan, lekin qatnashadigan mamlakatlar PISA yig'ilishlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. Kengashdagi mamlakatlar vakillari ularning ta'lim vazirliklari tomonidan, kengash raisi esa PISA boshqaruvi kengashi tomonidan tanlab olinadi. IHTTning ta'lim maqsadlari asosida boshqaruv kengashi PISA uchun ustuvor yo'nalishlarni

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

belgilaydi hamda ularning har birlari PISA tadqiqotlarini amalga oshirish davomida o'zaro hurmat ruhida va vijdonan yondashuvlariga e'tibor qaratadi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga IHTT kotibiyati. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga IHTTkotibiyati PISA tadqiqotini amalga oshirilishi hamda uzluksiz boshqaruv jarayonini tashkil etish uchun mas'ul hisoblanadi. Bunda PISA jamoasi so'rovnomalarni amalga oshirilishini nazorat qiladi, PISA boshqaruv kengashinomidan ma'muriy jarayonlarni boshqaradi, mamlakatlar o'rtasida xalqaro kelishuvlar o'rnatadi va PISA boshqaruvi kengashi hamda PISA konsorsiumi o'rtasida vositachilik vazifasini bajaradi.

PISA Milliy loyiha boshqaruvi menejerlari. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga IHTT kotibiyati, PISA boshqaruv kengashi va xalqaro pudratchilar hamda Milliy loyiha menejerlari bilan ish faoliyatlarini olib boradi. PiSa milliy loyiha menejerlari mamlakatlarning o'z hukumatlari tomonidan tayinlanadi.

Xalqaro tashkilotchilar ("PISA konsorsiumi"): Har bir PISA so'roviga ko'ra, xalqaro tashkilotchilar (odatda sinov va baholash organlaridan iborat) test-so'rovlarni loyihalashtirish va amalga oshirish uchun javob beradi. Tashkilotchilar PISA boshqaruv kengashi tomonidan xalqaro tender tanlovi orqali tanlanadi. Pudratchi odatda PISA Konsorsiumi (tadbirkorlarning yirik operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashishi) deb nomlanadi.

Ta'lim organlari. PISA xalqaro baholash dasturini amalga oshirish ishtirokchi davlatlar va ta'lim vazirliklari ko'magisiz va ularning qo'llab-quvvatlashisiz amalga oshirishning imkoni yo'q.

PISA fanlar bo'yicha ekspert guruhlari. PISA mavzuga oid masalalar bo'yicha ekspert guruhlariga ega bo'lib, ular sinovlarning uchta asosiy yo'nalishlari - o'qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi, shuningdek, zarur bo'lgan hollarda boshqa fan masalalari bo'yicha vakolatlarga ega. Ushbu guruhlar har bir soha bo'yicha malakali ekspertlardan tashkil topgan. Ular har bir PISA test-so'rovining nazariy asoslarini yaratadi.

PISA so'rovnomasi bo'yicha ekspertlar guruhi. Test-so'rovi bo'yicha ekspertlar guruhi PISA kontekstiga oid so'rovnomalar tuzishda yetakchilik qilishi va metodik yordam berishi nazarda tutilgan. Test-so'rovi bo'yicha mutaxassislar guruhining a'zolari PISA boshqaruv kengashi tomonidan tanlanadi. PISA tadqiqotlarini amalga oshirishning moliyaviy manbai. PISA unda ishtirok etayotgan davlatlarning badallari hisobidan moliyalashtiriladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida.

2. A.B.Radjiev, A.A.Ismailov, J.R.Narziev, X.P.Ahmedov, G.O.Tog'aeva.va bosh O'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi, qo'llanma, Toshkent, 2019 yil, 62 bet.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Doniyorov, M. (2022). methodology of using pisa tasks in teaching biology. Science and Innovation, 1(8), 1534-1541.

4. Uzluksiz ta'lim tizimida tadbirkorlik ko'nikmalarini takomillashtirishning ta'lim va tarbiyaviy ahamiyati Uzluksiz ta'lim Ilmiy-uslubiy jurnal 2023 №2 I.T.Azimov, N.I. Mirzaeva

5. Normamatovych, D. M. (2023). The significance of the tasks of the pisa international program in the teaching of biological sciences. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 23, 132-138.7.

6. Raxmatov.U.E., Azimov I.T., Tog'aeva G.O. Biologiyadan PISA topshiriqlarini uzluksiz ta'lim jarayoniga tadbiq etish metodikasi. Uzluksiz ta'lim. Ilmiy - uslubiy jurnal. T., 2020. - № 4-son. - V.17-21.

7. Doniyorov, M. (2023). "Biologiya darslarida pisa topshiriqlaridan foydalanish". Biologiyaning Zamonaviy Tendensiyalari: Muammolar va Yechimlar,1(5),789-791.Retrievedfrom https://inashr.uz/index.php/bztmy/ article/view/4679.

8. Normamatovich, D. M. (2024). Methodology Of Conducting And Organizing The Pisa Research. American Journal of Advanced Scientific Research, 1(3), 11-13.

9. Ergashevich, R. U. (2024, January). Methodological principles of professional competence development of the future biology teacher. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 1-5).

10. 10. Raxmatov, U. (2024). Integrativ yonashuv asosida biologiyadan masala va mashqlar yechish fanini o'qitishning nazariy asoslari. News of UzMU journal, 1 (1.2. 1), 178-181.

11. Ergashevich, R. U., & Mamayusufovich, A. S. (2023). Issues of using integrative knowledge in forming students'professional competence.

12. Ergashevich, R. U., Salimovna, P. M., & Mamayusufovich, A. S. (2023). Ways to use pedagogical technologies at the local level in biology lessons. European International Journal of Pedagogics, 3(05), 22-29.

13. Kholmurodova, O. S., & Rakhmatov, U. E. (2022). Problems of improving teaching in the process of biological education. Current research journal of pedagogics, 3(02), 6267.

14. S.Jumayev. (2022). Pedagogical foundations of the development of educational and creative activities in the teaching of molecular biology in the continuing education system. https://doi.org/10.5281/zenodo.7309412

15. Increasing students' cognitive activities in biology classes by introducing them to entrepreneurial activities.European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA) Available Online at: https://www.scholarzest.com Vol. 4 No.5, May 2023 ISSN: 2660-5589 I.T.Azimov, N.I. Mirzayeva

16. Shakhmurova, G. A., & Azimov T, R. U. Problem solving from biology (zoology). Teaching-methodological guidance. Brok Class Servis LLC.

17. Zayniyev, S. "Fan olimpiadalarining tashkil etish mazmuni, tahlili va ta'lim-tarbiyadagi o 'rni." Science and innovation 1.B8 (2022): 229-234.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

18. Omonkulov, U. (2024). Iqtidorli o 'quvchilar bilan ishlash metodikasi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari/Aktualnbie problembi sotsialno-gumanitarnbix nauk/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(2).

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Doniyorov Muxiddin Normamatovich, o'qituvchi, [Дониёров Мухиддин Нормаматович, преподаватель], [Mukhiddin N. Doniyorov, teacher]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh, Chilonzor t, Bunyodkor ko'chasi 27- uy [адрес: Узбекистан, город Ташкент Чиланзарский район улица Бунедкор дом 27], [address: Uzbekistan, Tashkent city Chilanzar district Bunyodkor street 27]; doniyorovmuxiddin1987@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.