Научная статья на тему 'PISA 2022 XALQARO BAHOLASH TADQIQOTI NATIJALARI VA KELGUSI REJALAR'

PISA 2022 XALQARO BAHOLASH TADQIQOTI NATIJALARI VA KELGUSI REJALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Xalqaro baholash dasturi / PISA / ta’lim / baholash / o‘qish / matematika / tabiiy fanlar / natija.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G‘Ulomova Maftunaxon Ravshanbek Qizi, Xotambekova Shahloxon Mirzohidjon Qizi

Maqolada PISA 2022 natijalari, PISA tadqiqotining keyingi bosqichlarida yuqori natijalarga erishish borasidagi o‘qituvchi va ta’lim tizimi hodimlari uchun muhim vazifalar haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PISA 2022 XALQARO BAHOLASH TADQIQOTI NATIJALARI VA KELGUSI REJALAR»

PISA 2022 XALQARO BAHOLASH TADQIQOTI NATIJALARI VA KELGUSI

REJALAR

1G'ulomova Maftunaxon Ravshanbek qizi, 2Xotambekova Shahloxon Mirzohidjon qizi

1Qo'qon davlat pedagogika instituti 2-bosqich tayanch doktoranti, Furqat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchisi 2Qo'qon temir yo'l texnikumi fizika fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10676373

Annotatsiya. Maqolada PISA 2022 natijalari, PISA tadqiqotining keyingi bosqichlarida yuqori natijalarga erishish borasidagi o'qituvchi va ta'lim tizimi hodimlari uchun muhim vazifalar haqida bayon etilgan.

Kalitso'zlar:Xalqaro baholashdasturi, PISA, ta'lim, baholash, o'qish, matematika, tabiiy fanlar, natija.

Аннотация. В статье описаны итоги PISA 2022, важные задачи перед учителями и работниками системы образования для достижения высоких результатов на следующих этапах исследования PISA.

Ключевые слова: Программа международного оценивания, PISA, образование, оценивание, чтение, математика, естественные науки, результат.

Abstract. The article describes the results of PISA 2022, important tasks for teachers and education system employees to achieve high results in the next stages of PISA research.

Keywords: Program for International Assessment, PISA, education, assessment, reading, mathematics, natural sciences, result.

O'zbekistonning Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishi ta'lim tizimini rivojlantirish, ta'limdagi muommolarni hal qilish, milliy ta'lim standartlarini xalqaro ta'lim tizimiga moslashtirish va kelgusida ta'lim rivoji uchun zarur strategik vazifalarni belgilab olishda muhim qadam bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 997-sonli qarorida O'zbekistonning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi belgilangan edi. [1] Ushbu qaror ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta'lim inspeksiyasi) bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT-OECD) hamda Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) o'rtasida kelishuv hujjatlari imzolanib, O'zbekiston Respublikasidagi 180 ta ta'lim muassasalarida PIRLS tadqiqoti, 202 ta maktab ida PISA 2022 dasturi, 2023-yilda TIMSS tadqiqotlari o'tkazildi va 2024-yilda TALIS tadqiqotida ishtirok etish bo'yicha keng ko'lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ta'limning asosiy tarkibiy qismini o'quv dasturi, o'qituvchi va baholash komponentlari tashkil etadi. Bu komponentlar birgalikda rivojlantirilsa o'quvchining egallayotgan bilim va malakalari ham rivojlanib boradi. Bu borada PISA tadqiqotining asoschisi, IHTT bosh kotibining ta'lim siyosati bo'yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer muhim ma'lumotlarni ko'rsatib o'tgan edi: "O'quv dasturi, o'qituvchi va baholash haqiqatan ham bir-biriga bog'liq. Agar sizda faqatgina juda yaxshi o'quv dasturi bo'lsa, bu shunchaki qog'oz. O'quv dasturi sinfda sodir bo'layotgan voqealar, o'qituvchilarning mehnati orqali hayotga tatbiq etiladi. Shuningdek, o'quv dasturida yozilganlarni o'qituvchilaringiz amalda qo'llashi uchun ularning qay darajada "qurollangan"ligi juda muhim. Ya'ni o'qituvchilar sifatisiz o'quv dasturi siz kutgan natijalarni bermaydi... Baholash ham xuddi shunday. Agar siz o'qituvchilaringizdan nimanidir talab qilsangiz-u, sinfda nima bo'layotganini ko'rish uchun ko'zingiz va qulog'ingizni yopib olsangiz,

siz kutgan natijaga erishilgan yoki yo'qligini ko'ra olmaysiz. Bu shuningdek, o'quvchilarga yaxshiroq ta'lim olish, o'qituvchilarga yaxshiroq ta'lim berish va maktablarga jarayonlarni yanada samaraliroq tashkil etishga yordam beradi. Biz hech qachon baholashsiz ta'limda qanday natijaga erishilayotganini bilolmaymiz. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, baholash aslida taraqqiyot manbaidir.. ..Ta'lim sifati hech qachon o'qituvchi sifatidan oshib ketolmaydi". [5] Ushbu fikrlar shuni ko'rsatadiki, xalqaro tadqiqotlarga o'quvchilarni kuchli bilim va malakali etib tayyorlashda avvalo o'qituvchilarning o'zlarida xalqaro talablarga xos ko'nikma va malakalarni, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish lozimdir. Bu borada yurtimizda allaqachon maqsadli ishlar boshlab yuborilgan, xususan Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi, ta'limni rivojlantirish bo'yicha "Loyiha ofisi" tashkil etilib, ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar to'plandi. "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" da xalq ta'limi tizimini uzoq muddatli rivojlanish tizimini asosiy yo'nalishlarini belgilab berildi, jumladan:

• O'zbekiston Respublikasini 2030-yilga kelib PISA (The programme for international student assessment) dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

• Uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

• O'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqichtatbiq etish;

• Xalq ta'limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish va h.k. [2]

2023-yilning 5-dekabr sanasida PISA 2022 dasturining natijalari e'lon qilindi. Tadqiqot ilk marotaba matematik savodxonlik, o'qish savodxonligi, tabiiy-ilmiy savodxonlik yo'nalishlarida o'tkazildi. Unga ko'ra O'zbekistonlik bolalar 81 mamlakat orasida matematika bo'yicha 72-o'rinni, tabiiy fanlar va o'qish savodxonligi yo'nalishlarida 80-o'rinni egalladi.

Yo'nalishlar O'zbekistonlik o'quvchilar to'plagan ball Tadqiqotda qatnashgan davlatlar ko'rsatgan o'rtacha ball

1 Matematik savodxonlik 364 472

2 O'qish savodxonligi 336 476

3 Tabiiy-ilmiy savodxonlik 355 485

Tadqiqotda jami 81 ta mamlakat ishtirok etdi. Bunda O'zbekiston kabi Kambodja, Mongoliya, Salvador, Yamayka, Falastin kabi davlatlar birinchi marta ishtirok etdi. Dastlabki natijalar past ekanligi bu ta'lim , ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni rivojlantirish zarurati mavjudligini anglatadi.

PISA xalqaro baholash tadqiqotining ahamiyatli tomoni shundaki, tadqiqot keng qamrovli ma'lumotlarni olishga asoslanganligidir. O'quvchilarning savodxonliklari, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar, genderlararo farqlar, oziq-ovqat xavfsizligi, maktab hayoti, oila hayoti va ota-onalar bilan bog'liq jihatlar tadqiqotning muhim qismi hisoblanadi.

Tadqiqot savodxonlikning har bir yo'nalishida malakani 6 ta darajada aniqlaydi, ulardan ikkinchisi oddiy kundalik muammolarni hal qilish uchun zarur bo'lgan bazaviy ko'nikmalar hisoblanadi. Quyidagi jadvalda PISA 2022 tadqiqotida qatnashgan O'zbekistonlik o'quvchilarning 3 ta savodxonlik yo'nalishi bo'yicha malakalarining natijasi % larda keltirilgan.

Yo'nalishlar 1-daraja 2-daraja 3-daraja 4-daraja

Matematik savodxonlik O'rtacha 60 % dan ortiq o'quvchilar 14,4 % 4,2 % 0,7 %

O'qish Savodxonligi 12,2 % 1,8 % 0,1 %

Tabiiy-ilmiy savodxonlik 16,5 % 2,2 % 0,1 %

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2024-yil 5-fevral sanasida 2024-yilda ta'lim, sog'liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Prezidentimiz videoselektorda PISA 2022 natijalariga alohida to'xtalib o'tdi. "Matematika, o'qish va tabiiy fanlar bo'yicha o'tkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali ko'pligini aniq ko'rsatdi, - dedi davlat rahbari. Videoselektor yig'ilishida prezident tomonidan maktab ta'limidagi islohotlarni jadallashtirish bo'yicha vazifalar belgilab berildi: Respublika ilmiy-metodik markazi va Loyiha ofisiga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim vazirliklari bilan birgalikda

• Maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo'yicha o'quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;

• O'quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muommolarga yechim topib, amaliyotda qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o'quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi. [6]

Ushbu maqola PISA 2022 natijalari va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2024-yil 5-fevral sanasida 2024-yilda ta'lim, sog'liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishi materiallari asosida tayyorlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida"gi 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5712-sonli farmoni. 29.04.2029.

3. 2. OECD (2023), PISA 2022 Results (Volume I): The State of Learning and Equity in Education, PISA, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/53f23881-en

4. OECD (2023), PISA 2022 Results (Volume II): Learning During - and From - Disruption, PISA, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/a97db61c-en

5. https://www.gazeta.uz/oz/2022/06/07/schleicher/

6. Gazeta.uz. https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/pisa/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.