"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
2024-yil 20-fevral
BIOLOGIYANI O'QITISHDA KLASTER METODINING IMKONIYATLARIDAN
FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI Imomova Madina
O'ZPFITI 1-bosqich tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10676417
Annotatsiya. Mazkur maqolada o'quvchilarning badiiy estetik mazmundagi o'quv materiallarini oson o'zlashtirish layoqatini rivojlantirish uchun mavjud o'quv materiallarini sxemalash bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Klaster, o'quv materiallari, axborotorlarni sxemalash, chizmalar. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'limni yangi zamonaviy va sifat jihatdan yangilash, ta'lim muassasalarining zamonaviy, yangi modellarini shakllanishi o'qtuvchilarning kasbiy kanpetentligiga bog'liq.
«O'quv materiali - o'zida muayyan o'quv faniga oid o'quv ma'lumotlari, bilimlar, tushunchalar, axborotlarni mujassamlashtirgan didaktik birlikni ifodalovchi tushuncha» bo'lib, o'quvchilarga tizimli tarzda taqdim etiladi. O'quv materiallarini qabul qilish o'quvchining aqliy-hissiy taraqqiyoti bilan bevosita bog'liqdir. Uni o'rganish, chuqur idrok qilish orqali o'quvchilarning hissiy olami boyib, bilim va ko'nikmaga ega bo'ladilar. Bunda biz mavzularni oson o'zlashtirishi uchun klaster metodidan foydalanish tafsiya etamiz bu eslab qolishni oshiradi. Buning uchun o'quv materiallari maqsadga muvofiq tarzda tanlanishi va klasterlash lozim. Matn ko'rinishidagi mavzulardagi axborotlarni eslab qolishga qiynalganda klaster metodidan foydalanish maqsadga muofiqdir.. Bunday o'quv materiallarida sohaga oid bilimlar ajratiladi va chuqurlashtiriladi. "Klaster" o'tkazish texnologiyasini tushuntirish zaro'r yani quyidagicha:
1-bosqich. Nimaniki o'ylagan bo'lsangiz, shuni qog'ozga yozing. Fikringizni sifati to'g'risida o'ylab o'tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2-bosqich. Yozuvning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e'tibor bermang.
3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga etmaguncha, yozishdan to'xtamang. Agar ma'lum muddat biror-bir g'oyani o'ylay olmasangiz, u holda qog'ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g'oya tyg'ilgunga qadar davom ettiring.
4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko'proq yangi g'oyalarni ilgari surish hamda mazkur g'oyalar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni ko'rsatishga harakat qiling. G'oyalar yig'indisining sifati va ular o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatishni cheklamang.
Bunday o'quv materiallarida dalillar, hodisalar, ob'ektlar aniq ifodalanadi. Ular o'quvchilar tomonidan dalillar va hodisalar jamlanmasi sifatida idrok etiladi. Bunday hodisalar diqqatni tarkiblashtirish metodi orqali strukturalashtiriladi.
Bunda barcha ob'ektlar yoki dalillar o'quvchi ongini boyitishga ko'maklashadi.
Biologiya darslarida ayni bir vaqtning o'zida ichki hamda tashqi tayanch materiallardan foydalanish mumkin: - ular: chizmalar, tayanch so'zlar yoki chizmalar shaklidagi ifodalar; chizmalar, diagrammalar, jadvallar, kabilar. O'quvchilarning diqqatini jamlashga xizmat qiladigan tayanch Ta'lim va innovasion tadqiqotlar o'quv materiallarining qat'iy tartibi uni o'zlashtirish mexanizmlarini muvofiqlashtiradi. Bunda tayanch holatlar klaster metodidan foydalanishda yordamchi manba sifatida xizmat qiladi. O'quv materiallari mazmunini tanlash va tizimlashtirish asosida o'quv materialining barcha qismlarini mantiqiy izchillikda joylashtirish va o'quvchining oson qabul qilishi uchun qulaylashtirish imkoniyati vujudga keladi. Mazkur materiallar tizimlilik prinsipi asosida joylashtiriladi. Uning yordamida o'quv materialining tarkibiy qismi: dalillar,
"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
2024-yil 20-fevral
hodisalar muayyan darajada tartiblashtiriladi. Bunday jadvallar, rasmlar, chizmalar ular orasidagi munosabat va aloqadorlikni ifodalaydi. Chunki tayanch nuqtani topish uchun qo'shimcha va ikkinchi darajali o'quv axborotlarining qulay sxema tarizda vujudga keladi. Tayanch manba ko'magida fikrlash asosida badiiy matnni tushunish oson kechadi. Mazkur vazifani echish uchun biologiyadagi mavzularning mazmundagi o'quv materiallarini klaster metodi texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Klaster metodi o'quv materialini dastlabki holatda badiiy-obrazli ifodalash imkonini beradi. Bilimlarni taqdim etishning barcha tiplari, modellari ixcham tarzda berilib, o'quvchilarning ma'lumotlarni oson qabul qilishlariga ko'maklashadi. Zarur hollarda o'quvchi matnni boshqa matn bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu o'ta muarakkab pedagogik jarayon bo'lib, o'quvchilarni bosqichma-bosqich qulayroq o'rganish faoliyatga moslashtirish talab etiladi. Matn shaklidagi axborotni mazmundagi o'quv materiali modelini yaratish bu texnologik sxema tuzish, guruhlash, chizmalar shakliga keltirish, bog'lanishli holatlarni yaratish kabi usullar yordamida amalga oshiriladi. Bunda quyidagilarga tayanish talab etiladi: - katta hajmli o'quv materiallarini o'zlashtirishda o'quvchilar qiynaladilar; - muayyan tizim asosida ixcham joylashtirilgan o'quv materiallarini o'quvchilar osongina eslab qoladilar. -o'quv materiali tarkibida samarali tayanch qismlarni ajratish uni oson qabul qilish imkonini beradi. Bu o'quv materiallarini oson qabul qilish jarayonida o'quvchilarning uni obrazli idrok etishlarini ta'minlaydi. Tayanch tushunchalarni ixchamlashtirish o'zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda o'quv materiallarini tizimlashtirish va sxemalashda o'quvchilarning diqqatini boshqarish, klaster metodlari yordamida uni rejalashtirishni ta'minlash lozim. Bu o'z navbatida, o'quvchilarning axborotlarini oson qabul qilish layoqatlarini rivojlantirish, ularni yaratuvchanlikka undash imkonini beradi. Ularda bilish usullaridan foydalanish ko'nikmasi hosil bo'ladi. Aqliy imkoniyatlarga tayangan holda o'quv materiallarini o'zlashtirish ko'nikmasi shakllanadi. O'quvchilarda matn kurinishdagi o'quv materiallarini oson qabul qilish tajribasi, bilish mayllarining imkon qadar to'liq namoyon bo'lishi o'quv topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarish omili bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi 2019-yil 31-dekabr 1059-sonli qarori.
2. ISSN 2181-1709 (P) 272 Education and innovative research 2021 y. №5 (2021 йил №5)