Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI TARBIYA FANINI OꜥQITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI TARBIYA FANINI OꜥQITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
109
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilshod Gaipov

Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiya fanini oꜥqitishda interfaol metodlardan foydalanishda ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning, qiziqishini orttirish, ularning ta’lim jarayonidagi faolligini mutassil ragꜥbatlantirib borishilishi, oꜥquv materiallarini kichik-kichik boꜥlaklarga boꜥlib, ularning mazmunini ochishda ta’limining interfaol metodlarini qoꜥllash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashgꜥulotlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI TARBIYA FANINI OꜥQITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TARBIYA FANINI OQITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH Dilshod Gaipov

Ajiniyaz nomidagi Nukus davlatpedagogika instituti "Pedagogika" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10014910

Hozirgi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida tarbiya fanini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanishda ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning, qiziqishini orttirish, ularning ta'lim jarayonidagi faolligini mutassil rag'batlantirib borishilishi, o'quv materiallarini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda ta'limining interfaol metodlarini qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashg'ulotlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Interfaol metodlar deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi[1]. Interfaol metodlar o'qituvchi bilan o'quvchining faol munosabati, bir-birini tushunishga asoslanadi. Interfoal metodlarni o'quv jarayoniga joriy etishning maqsadi - dars qaysi shaklda bo'lmasin, qayerda o'tkazilmasin, darsda o'qituvchi o'quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir.

Interfaol ta'lim (lot. "internus" - ichki, o'zaro) - o'quvchi (talaba) larning bilim, ko'nikma, malaka, muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro kamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta'lim. Interfaol metodlarining mohiyatidan xabardor bo'lishda, eng avvalo, tayanch tushuncha - "interfaol" atamasining lug'aviy ma'nosi "interfaol" (ing. "interakct"; "interaktiv"; "inter" - o'zaro, birgalikda, "act" - harakat qilmoq, ish ko'rmoq) tushunchasi "o'zaro, birgalikda harakat qilmoq" ma'nosini anglatadi.

Interfaollik - ta'lim jarayonining ishtirokchilarning bilim, ko'nikma, malaka, muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaligi.

O'qitishning interfaol ta'limga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda va hatto "bolalar o'yini" kabi tasurot uyg'otadi. Biroq ta'lim jarayonida interfaol metodlarni qo'llashga nisbatan bunday yondashish to'g'ri emes. Zero, ta'lim amaliyotida interfaol metodlarni qo'llash muayyan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Tarbiya fanini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanishda quyidagilarga asoslaniladi:

- Mashg'ulot-maruza emes, balki jamoaning umumiy ishi.

- Guruhning tajribasi pedagogning tajribasidan ko'p.

- Talabalar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko'ra o'zaro teng.

- Har bir talaba o'rganilayotgan muammo yuzasidan o'z fikrini aytish huquqiga ega.

- Mashg'ulotda talaba shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishi mumkin).

- Bildirilgan g'oyalar talabalarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma'lumot) bolib xizmat qiladi.

Tarbiya fanini o'qitishda interfaol o'qitish ta'lim jarayonining asosiy ishtirokchilari -pedagog, o'quvchi (talaba) va o'quvchilar (talabalar) guruhi o'rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg'in bahs-munozaralar, o'zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o'quv materiallarini o'zlashtirishda o'quvchi (talaba)larning o'zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, "pedagog - o'quvchi (talaba) - o'quvchilar (talabalar) guruhi"ning o'zara bir-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

birlarini hurmat qilishlari, tushunushlari va qo'llab quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo'lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.

Interfaol metodlar - ta'lim jarayonida talabalar hamda pedagog o'rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish ta'lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o'zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar.

Ko'pgina adabiyotlarda hozirgi kunda eng ommoviy interfoal ta'lim metodlar "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blist-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Muammoli ta'lim" ekanligi qayd etiladi. Ma'lumotlarga ko'ra interfaol ta'lim strategiyalari qatoriga "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotastiya", "Yumaloqlangan qor" uslublar kiradi. Interfaol ta'lim metodlari tarkibidan interfaol ta'lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma'lum ma'noda strategic yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko'proq jihatdan interfoal ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning arosida boshqa farqlar yo'q.

Interfoal grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "BBB", "Konsteptual jadval", "Venn diagrammasi", "T-jadval", "Insert", "Klaster", "Nima uchun?", "Qanday?" va boshqalar. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg'ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko'rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli.

Quyida yangi interaktiv metodlardan bir nechtasini tahlil qilsak.

"Fikriy hujum" metodi. Mazkur metod o'quvchilarning mashg'ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni yengishga o'rganish uchun xizmat qiladi.

"Fikriy hujum" metodining asosiy tamoyili va sharti mashg'ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o'rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta'qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag'batlantirishdan iboratdir. Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarning mashg'ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o'qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko'lamining kengligiga bog'liq bo'ladi.

"Fikriy hujum" metodidan foydalanish chog'ida o'quvchilarning soni 10-15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.

"Yalpiy fikriy hujum" metodi. Metod o'quvchilar tomonidan yangi g'oyalarning o'rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o'quvchilarni o'z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo'lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a'zolaridan biri axdorot beradi.

Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o'qituvchi va boshqa guruhlar a'zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg'ulot yakunida o'qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o'ziga xos deb topilgan javoblarni e'lon qiladi. Mashg'ulot jarayonida guruhlar a'zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko'ra baholab boriladi.

"6x6x6" metodi. "6x6x6" metodi yordamida bir vaqtning o'zida 36 nafar o'quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma'lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

guruhlarning har bir a'zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo'lgan 6 ta guruh o'qituvchi tomonidan o'rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o'qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo'ladi. Yangidan shakllangan guruh a'zolari o'z jamoadoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.

"6x6x6" metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:

- guruhlarning har bir a'zosining faol bo'lishiga undaydi;

- ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta'minlaydi;

- guruhning boshqa a'zolarining fikrlarini tinglay olish ko'nikmalarini hosil qiladi;

- ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o'z fikrini himoya qilishga o'rgatadi.

Eng muhimi, mashg'ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma'ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.

Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o'quvchidan iborat bo'lgan bir necha guruhlarda qo'llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o'rtasida "6x6x6" metodi qo'llanilganda vaqtni ko'paytirishga to'g'ri keladi. Chunki bunday mashg'ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun birmuncha ko'p vaqt talab etiladi. So'z yuritilayotgan metod qo'llanilayotganda mashg'ulotlarda quruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud.

"6x6x6" metodidan ta'lim jarayonida foydalanish o'qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo'lishni talab etadi. Guruhlarning to'g'ri shakllantirmasligi topshiriq yoki vazifalarning to'g'ri hal etilmasligiga sabab bo'lishi mumkin. Bu metod yordamida mashg'ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:

1. O'qituvchi mashg'ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo'yib chiqadi.

2. O'quvchilar o'qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo'linadi. O'quvchilarni guruhlaga bo'lishda har o'rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o'z o'rinlariga joylashadilar.

3. O'quvchilar joylashib olganlaridan so'ng o'qituvchi mashg'ulot mavzusini e'lon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma'lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.

4. O'qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o'rinlarda guruh a'zolariga maslahatlar beradi, yo'l-yo'riqlar ko'rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to'g'ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so'ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so'raydi.

5. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o'qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo'ladi. Yangidan shakllangan guruh a'zolari o'z jamaodoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.

"Qalin va ingichka savollar" metodi. Ta'lim jarayonida savollardan foydalanishda ularni ikki turga: oddiy va murakkab savollarga ajratish qabul qilingan. Bunda oddiy savollar "ha" yoki "yo'q" yoxud boshqa birorta so'zlar bilan javob berish mumkin bo'lgan savollardan iborat. Ularni boshqachasiga qisqa yoki ixcham obrazli qilib esa, ingichka savollar deb ham atash mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Murakkab savollar ularga bir nechta so'zlar, iboralar, gaplar yoki tegishlicha bayon qilish, tushuntirish bilan javob berish lozim bo'lgan savollardan iborat. Ularni boshqachasiga to'liq yoki yoyiq obrazli qilib esa, qalin savollar deb atash ham mumkin. Shunga ko'ra ushbu «Qalin» va «ingichka» savollar metodining nomini boshqachasiga «To'liq» va «qisqa» yoki «Yoyiq» va «ixcham» savollar metodi deb ham atash mumkin. Bu metoddan o'quvchi- talabalarning o'zlashtirishini tezkor nazorat qilish hamda faolliklarini oshirish maqsadlarida mashg'ulotning turli bosqichlarida foydalanish mumkin. Buning uchun o'qituvchi darsning mavzusiga tegishli «Qalin» va «ingichka» savollar jadvalini oldindan tuzib olishi kerak.

"Qorbo'ron" metodi. Metodta ikkiga ajratilgan guruh o'quvchilari bir muammo yuzasidan eng ko'p to'g'ri javoblar topish maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. Har bir to'g'ri javob yumaloqlangan qor ko'rinishida o'sha guruh hisobiga yozib qo'yiladi; to'plangan umumiy ballar miqdori asosida guruhlar baholanadi. Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo'lishi mumkin. Guruhlar qo'yilgan muammoni ma'lum muddat muhokama etib, natijani boshqalarga ma'lum qilishadi. Muammo yechimining eng yaxshi varianti tanlab olinadi.

Xulosa qilib aytganda, tarbiya fanini o'qitishda interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o'quvchi (talaba)larning muloqot olib borish bo'yicha ko'nikma va malakalarini rivojlantiradi, o'quvchilar orasida emotsional aloqalar o'rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o'z o'rtoqlarining fikrini tinglashga o'rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi. Shu bilan birga, amaliyotdan ma'lum bo'lishicha, dars jarayonida interfaol metodlarni qo'llash o'quvchi (talaba)larning asabiy zo'riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi.

REFERENCES

1. Interfaol ta'lim metodlarining psixologik asoslari uslubiy qo'llanma SamDU nashr-2015 A.Saidov

2. R.Yo'ldoshev, R.Xusainova, U.Bobojonova. Ta'limning interfaol metodlari(metodik qo'llanma). Urganch-2011.

3. Safarova R.G. Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences. Miasto Przyszlosci Kielce 2023. ISSN-L: 2544-980X. Impact Factor: 9.2 View of Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences (miastoprzyszlosci.com.pl)

4. Safarova R.G. Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (IJNRAS)Volume: 02 Issue: 051 2023ISSN:2751-

Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time | Vital Annex : International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (innosci.org)

5. Safarova R.G. Didactic Factors and Conditions Ensuring the Formation of Critical Thinking Skills in Primary Class Students. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:6|2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

6. Safarova R.G. Didactic conditions of forming creative thinking skills in student. International scientific and practical conference "trends of modern science and practice". Ankara, Turkey 2023.

https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786879.svg

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.