Научная статья на тему 'BIOFABRIKA VA BIOLABORATORIYALARDA TRIXOGRAMMA KO’PAYTIRISH VA UNI ISHLATISH'

BIOFABRIKA VA BIOLABORATORIYALARDA TRIXOGRAMMA KO’PAYTIRISH VA UNI ISHLATISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

233
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Trixogramma / tangachaqanotlilar / to’rqanotlilar / pardaqanotlilar / ikkiqanotlilar / biofabrika / tunlamlar / avtoklav / kerosinli iliq suv / Arpa doni kuyasi qurti. / трихограмма / ластоногие / ластоногие / ластоногие / ластоногие / биофабрика / тоннели / автоклав / теплая вода с керосином / ячменная моль.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Muxsina Faxriddin Qizi Boltaboyeva

Biofabrika va biolaboratoriyalarda trixogramma ko‘paytirish va uni ishlatish texnologiyalari haqida umumiy ma’lumotlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Общие сведения о технологиях размножения трихограмм и их использовании на биофабриках и биолабораториях

Текст научной работы на тему «BIOFABRIKA VA BIOLABORATORIYALARDA TRIXOGRAMMA KO’PAYTIRISH VA UNI ISHLATISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

BIOFABRIKA VA BIOLABORATORIYALARDA TRIXOGRAMMA KO'PAYTIRISH VA UNI ISHLATISH

Muxsina Faxriddin qizi Boltaboyeva

TDAU SF, talaba

ANNOTATSIYA

Biofabrika va biolaboratoriyalarda trixogramma ko'paytirish va uni ishlatish texnologiyalari haqida umumiy ma'lumotlar

Kalit so'zlar: Trixogramma, tangachaqanotlilar, to'rqanotlilar, pardaqanotlilar, ikkiqanotlilar, biofabrika, tunlamlar, avtoklav, kerosinli iliq suv, Arpa doni kuyasi qurti.

АННОТАЦИЯ

Общие сведения о технологиях размножения трихограмм и их использовании на биофабриках и биолабораториях

Ключевые слова: трихограмма, ластоногие, ластоногие, ластоногие, ластоногие, биофабрика, тоннели, автоклав, теплая вода с керосином, ячменная моль.

ABSTRACT

General information about technologies of trichogram reproduction and its use in biofactories and biolaboratories.

Keywords: Trichogramma, pinnipeds, pinnipeds, pinnipeds, pinnipeds, biofactory, tunnels, autoclave, warm water with kerosene, Barley grain moth

Kirish. Trixogramma (Trichogrammatidae) lar oilasi. Juda mayda (uzunligi odatda 1 mm dan kichik), sarg'ish, qo'ng'ir yoki qora rangdagi hasharotlar. Mo'ylovlari qisqa, 5-9 bo'g'imli, to'g'nag'ichlari 2 yoki 3 ajratilmagan bo'g'imli, mo'ylab xivchinchasi birinchi bo'g'imi xalqachali. Oldingi yelkasi qisqa, o'rta yelkasida ko'ndalang jo'yakchalar rivojlangan. Qalqonchasi keng, oraliq bo'g'imi bir muncha uzun. Oldingi qanotlari qisqa, keng, chekkasi qisqa popukchali, qator tukchali va bir qancha orqaga qayrilgan radial tomirli, yoki bir muncha tor, popukchalari uzun va qisqa kengaygan radial taomirlidir.

Oyoqlari ingichka, barmoqlari 3 bo'g'imli. Odatda, qornining asosi kengaygan. Voyaga yetgan hasharotlar gul nektari

May 12-13

479

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

bilan oziqlanadi. Lichinkalari faqat turli hasharotlar tuxumlarida parazitlik qiladi. Ularning odatdagi xo'jayinlari tangachaqanotlilar va tengqanotlilar hisoblanib, ammo ular orasida ko'pincha qattiqqanotlilar, to'rqanotlilar, pardaqanotlilar, va ikkiqanotlilar ham bo'ladi. O'zbekistonda trixogramma avlodining quyidagi vakillari biofabrikalarda va ishlab chiqarishda biolaboratoriyalarida tangachaqanotlilar (tunlamlar tuxumlari) ga qarshi biologik kurash maqsadida evproktidis (Trichogramma euproctidis Gir.) (T. evanescens West.) lari ommaviy ravishda ko'ypatirilib, ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi.

Oddiy trixogrammani biolaboratoriyalarda ko'paytirish uchun ozuqa sifatida arpa doni kuyasi kapalagining tuxumidan foydalaniladi. Buning uchun arpa doni har xil chang iflosliklardan g'alvirda tozalanib, uch marta yaxshilab suvda yuviladi, so'ngra don ichidagi har xil ombor zararkunandalari (uzunburun, parvonalar, gabrositus, ayniqsa don kuyasini hamma rivojlanish davrida tuxumdan to kapalagicha zarar keltirilgan kanalarga qarshi gidrotermik usulda arpa doni sterilazasiya qilinadi.

Bunda avtoklav bo'lmagan biologik laboratoriyalarda arpa donini uch marta yuvgandan so'ng 10 sm qalinlikda maxsus jomlarga solinib gaz alangasida 25 minut davomida qizdirish uchun jomga solingan arpani qalinligi 8-10 sm dan oshilmasligi lozim.

Foydalanilgan materiallar va usullar.Arpa solingan jom ustiga qo'shimcha bitta jom yopib, arpa suv bo'g'ida dimlanadi, arpa doni ko'yib ketmasligi uchun avval 0,5 litr suv sepib arpa aralashtiriladi, so'ngra har 2-3 minutda 0,5 litr qaynoq suv qo'yib aralashtiriladi va yana yopib dimlanadi. Shu tariqa 30 minut davomida 9 -10 marta suv qo'yilib aralashtiriladi, bunda 10 kilogramm arpa uchun 4-4,5 litr qaynoq suv sarflanadi.

Arpa donini suvda buktirib qaynatish mutlaqo man etiladi. Basharti shunday qilinsa arpa donidagi kraxmal va boshqa moddalar xamirga aylanib qolib, arpani sovitilganda arpa ichidagi sitotroga tuxumidan chiqadigan qurtiga zarur bo'lgan ozuqa moddasi qotib qoladi, natijada ko'plab tuxumdan chiqqan qurtchalar arpa ichiga kira olmay ovqatsiz halok bo'ladi va arpani zararlash darajasi pasayadi, kampushtli kapalak uchib chiqadi, oqibatda kapalak oz chiqadi, uning tuxum qo'yishi past bo'ladi, ayrim hollarda uchib chiqqan kapalak mutlaqo tuxum qo'ymaydi.

Arpani dimlash paytida ikkala jom ichidagi harorat 900 S dan kam bo'lmasligi lozim. Agarda laboratoriyalarda avtoklav bo'lsa 1,4-1,5 atmosfera bosimi ostida 95-100 haroratda avtoklavni yuqoridagi monometri

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

1-1,5 atmosfera bosimini ko'rsata boshlangandan keyin 20-25 minut davomida avtoklavdagi arpa sterilizasiya qilinadi. Arpani strilizasiya qilish ya'ni qizdirish tugallaganidan so'ng arpa doni namligi 16 % ga tushgungacha yerga yoyib shamollatiladi, so'ngra qalinligi 5 sm qilib podnostlarga yoki maxsus jomlarga solib, stelajga qo'yiladi. Arpa doni qalinligi 5 sm dan qalin bo'lsa sitotroga tuxumidan chiqayotgan mayda qurtchalar pastki qatlamidan arpa doniga kira olmaydi natijada arpa doni qurt bilan zararlanmay qolish mumkin. Jomga solingan arpa ustiga don kuyasi tuxumi (sitotroga) oq qog'oz parchalariga solinib 3-4 joyiga qo'yiladi.

Tuxumdan bir vaqtni o'zida qurtchalar chiqib donini zararlashi uchun 2-3 kun davomida tuplangan tuxumlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sitotroga tuxumini arpa donini zararlashga qo'yishdan oldin 203 kun davomida 23 - 250 S haroratda, 75-85 % havo namligida saqlanadi. Agar har xil kunda tozalab olingan tuxum bo'lsa, tuxumdan qurtchalarni chiqishi cho'zilib ketadi.

Tuxumdan qurt chiqish davrida urg'ochiga qo'yish yaxshi natija beradi, chunki arpa namligi ham 16 % atrofida bo'lib, qurtchalarni arpa ichiga kirishi osonlashadi. 100 gramm sitotroga tuxumi 50-60 ming urg'ochini tashkil etadi,. Bitta donga faqat bir urg'ochi qurt kirishini hisobga olib arpa donini zararlash uchun ya'ni uning zararlash darajasi 75-80 % bo'lishi uchun 1 g arpa kuyasi kapalagi tuxumi (sitotroga) 2 kg arpaga qo'yilishi kerak.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Sitotroga qurtchalari arpa donini qay darajada zararlanganini aniqlash uchun donini pichoqlar yordamida kesib aniqlanadi. Bunday aniqlash 100 ta arpani olib kesib kuriladi va zararlash darajasi % miqdorda maxsus jurnalga yozib boriladi. Arpani zararlashda olib borilgan ish to'g'ri olib borilsa zararlash darajasi albatta 70-80 % gacha bo'ladi. Shuning uchun arpa donini zararlashda uning namligi to'g'ri hisoblashga erishishi zarur. Arpaga berilishi kerak bo'lgan suv normasi qo'yidagicha aniqlanadi.

X (Ch-R) L 100-Ch

X-suv sarfi normasi

Ch-arpaning namligidan keyingi namligi foizi R-arpani dastlabki namligi foizi

R-12 %

Ch-16 % X 100 (16-12) 100 4,8 l

100 - 16 84

May 12-131 ©

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Ya'ni 100 kg arpani 17 % gacha namlab sterilazasiya qilish uchun kamida 4,8 litr suv sarflash talab qilinadi. Arpani ikki jomda orasida oddiy usulda sterializasiya qilish uchun bu suv miqdori ikki marta oshiriladi. Arpani namlash xonasini namligiga ham bog'liq, arpa tez qo'rib ketmasligi uchun havoning namligi 75-85 % bo'lishi

Buning uchun havoga namlagichlar «komfort» yoki plita ustiga paqirda suv qo'yib, qaynatilayotgan suv bo'g'i havo namligini yuqori darajada tutib turadi. Zararlashga qo'yilgan podnostdagi arpani tagi mog'or bosmasligi uchun namlash vaqtida 10 litr suvga 1 gr margansovka aralashtirish kerak.

Ana shunday qulay sharoit yaratilganida arpa ustiga qo'yilgan tuxumdan 4-6 kun ichida mayda qurtchalar chiqib arpa donini ichiga kiradi va donning mag'zi bilan oziqlana boshlaydi, so'ngra 22-25 kun o'tgach don ichida g'umbakka aylanadi.

Arpa doni kuyasi qurtining rivojlanishi uchun harorat 22-240 S bo'lganda g'umbakdan 10-12 kunda don kuyasi kapalagi uchib chiqadi, agar zararlash xonasining harorati 26-270 S dan oshirib yuborilsa, namlik kam bo'lsa don kuyasi kapalaganing uchishi 21-27 kunda o'tadi. Lekin kapalaklar mayda bo'ladi, erkagini soni urg'ochi kapalak soniga nisbatan ko'p bo'ladi, ba'zi paytlarda mayda qurtlarni nobud bo'lishi natijasida kapalakni uchishi keskin kamayadi. Sitotroga tuxumi bilan zararlangan arpani har 10 kunda bir martaba zararlanish darajasini bilish uchun analiz qilinadi va maxsus jurnalga yozib boriladi.

Buning uchun arpa solingan jomni har yeridan ozginadan arpa donini arlashtirib 100 urg'ochi arpa sanab olinadi va skalpel deb nomlangan o'tkir pichoqcha yordamida kesib, sinchiqlab ko'riladi.

Oxirgi marta tekshirilganda arpa donini sitotroga qurti bilan zararlash darajasi 80 % dan ortganda zararlangan arpa doni kassetalariga solib bokisga olib qo'yiladi. Boks ichidagi harorat 22-240 S havo namligi 75-85 % bo'lishi kerak. Kapalaklarning uchishi va otalanishi aktiv ravishda o'tishi uchun vaqti bilan boksni ustki qismidan lampochka orqali yoritib turilishi kerak. Boksga solingan arpani 25-30 kundan ortiq saqlash mumkin emas. Aks holda turli yirtqich kanalar ko'payib ketadi.

Boks ichidan uchib chiqqan kapalaklar konteyrenga (voronkaga) to'planadi, biofabrikalarda esa moleprovodlarda haydab olinib maxsus dozator yordamida 40 gr ( 20 ming urg'ochi) don bo'linib kichik kassetalarga solinadi.

Konteyner va kichik kassetalar qish va bahor boshlarida issiqlik yuqori bo'lmagan davrlarda sutkasiga 1 marta, yoz paytlarida esa 2 martaba sitotroga tuxumlari tozalanib olinadi, bunday qilinganda

kerak.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

y

tuxumlar oppoq olinadi. Agar yozda ham sutkada bir martoba tuxum olinsa, konteynerdagi tuxum qizarib ketadi. Ya'ni tuxumdan qurt chiqish uchun embrional holat vujudga keladi, bunday tuxumlarni trixogramma zararlamaydi, ya'ni unga o'z tuxumini qo'ymaydi, natijada ko'paymaydi.

Xulosa. Shuning uchun qizarib qolgan tuxumlarni faqat arpani zararlash uchun ishlatish lozim. Kontener va kassetalardan kapalaklar 5 kun ichida asosiy tuxumini qo'yib bo'ladi. Kapalaklarni oziqlantirish uchun 20 % shakar eritmasi berib turiladi. Tozalanib olingan oq ya'ni yangi qo'yilgan tuxumlarni kalka qog'ozidan qilingan paketlarga solinib, og'irligi va tuxumni olingan vaqti yozilib muzlatgichni pastki qismiga qo'yiladi. Ya'ni 30 S 85-90 % namlikda saqlanadi, sitrotroga tuxumini muzlatgichda 10 kundan ortiq saqlash mumkin emas, chunki 10 kundan so'ng tuxum sifati bo'ziladi, trixogramma unday tuxumni zararlamaydi, arpaga qo'yilganda qurt chiqmaydi. Donda arpa kuyasini ko'paytirishga to'sqinlik qiluvchi bir necha turdagi hasharotlar va kanalar mavjud bo'ladi. Ulardan parda qanotlilar oilasiga mansub bo'lgan "gabrositis" uzunburunlar, qorindor (puzatiy) kanalardir.

Bular ichida eng xavflisi qorindor kanadir, bu don kuyasi tuxumidan to kapalagicha zarar keltiradi, hatto odamni chaqib, teri yalig'lanish (dermatoz) ga olib keladi.

Tashqi ko'rinishidan sharsimon va bug'doy rangida bo'ladi. Erkaklari biroz uzunchoq formada bo'ladi. Bitta urg'ochi kana 280 ta nasl beradi va juda tez ko'payadi. Buni yo'qotish uchun arpa donini sitotroga bilan zararlashdan oldin albatta donni termik usulda avtoklavda 1-1,5 atmosfera bosimi ostida 95-100° S da 30-35 minut sterilizasiya qilinishi kerak. Agar tuxumda kana bo'lsa, tuxumini oppoq qog'ozga solib atrofiga yopishqoq modda surkalib 100 g tuxumga 2 g oltingugurt talqoni aralashtiriladi, qochayotgan kanalar kerosindan ho'llangan mo'yqalam yordamida tutiladi, kanalar o'lgandan so'ng tuxumdagi oltingugurt elab ajratib olinadi.

Stakanga 100 g sitotroga tuxumi solinib, 2 g oltingugurt talqoni aralashtirilib, usti 20-30 % shakar eritmasi surtilgan latta bilan berkitilib termostga yoki elektroplitaga 28-300 S da 20 minut qo'yiladi. Oltingugurt hididan kanalar qochib qand eritmasiga yopishib qoladi, so'ngra bu latta kerosin bilan yuvib yuboriladi: ichiga 1 g oltingugurt solib yoqiladi, tuxum 1 minutdan ortiq turmasdan olinadi, tez ustiga oltingugurt gazi chiqmaydigan qilib yopiladi. Arpaxona va boksxonalarini har 15 kunda oltingugurt yoqib dudlanadi. Boksdagi arpani uzog'i bilan 30-35 kunda chiqarib tozalash, so'ngra 20 % li kerosinli iliq

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

suv bilan yuviladi. Boksni oyog'iga 20 % kerosinli suv qo'yiladi. Polni har kuni 20 % kerosinli suvda artiladi.

Mavsum tugagandan so'ng yilda bir martaba fumigasiya otryadi kuchi bilan metil bromid yordamida dezinfeksiya qilinishi kerak.

REFERENCES

1. A.Sh. Xamrayev, B.A. Xasanov, B.A. Sulaymonov, A.G. Kojevnikova, E.A. Xolmuradov " O'simliklarni biologik himoya qilish" Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2013

2. Nurkabulov, S. (2022). O'SIMLIKLARNING QISHGA CHIDAMLILIGIGA O'G'IT ME' YORLARINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, 3(11), 627-630.

3. Biolaboratoriyada entomofaglar uchun birlamchi biomahsulot yetishtirish texnologiyasi.

4. Nurkabulov, S. (2022). KUZGI BUG 'DOY URUG'LARINING DON SIFATLARIGA MAKRO VA MIKRO O'G'ITLAR HAMDA O'STIRUVCHI STIMULYATORLARGA BOG'LIQLIGI. Academic research in educational sciences, 3(11), 617-622.

5. Nurkabulov, S. (2022). KUZGI BUG'DOY URUG'LARINING DALA UNUVCHANLIGIGA O'G'IT MEYORLARINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, 3(11), 623-626.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.