Научная статья на тему 'BILISH FALSAFASI TARAQQIYOTIDA AL-BERUNIYNING O‘RNI'

BILISH FALSAFASI TARAQQIYOTIDA AL-BERUNIYNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

1237
146
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sivilizatsiya / akademiya / Renessans / ilmiy faoliyat / tabiat

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Temur Bobir O‘G‘Li Abdullayev

Ushbu maqolada Beruniy allomani falsafiy ilmni Markaziy Osiyo mintaqasida rivojlanishiga qo„shgan xissasi haqida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BILISH FALSAFASI TARAQQIYOTIDA AL-BERUNIYNING O‘RNI»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

BILISH FALSAFASI TARAQQIYOTIDA AL-BERUNIYNING O'RNI

Temur Bobir o'g'li Abdullay ev

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti

tamuurdo @gmail .com

Ushbu maqolada Beruniy allomani falsafiy ilmni Markaziy Osiyo mintaqasida rivojlanishiga qo'shgan xissasi haqida.

Kalit so'zlar: sivilizatsiya, akademiya, Renessans, ilmiy faoliyat, tabiat.

Uch ming yillik tarixga ega mamlakatimiz hududi jahon sivilizatsiyasiga ko'plab olimlar, faylasuflar, mutafakkir zotlarni yetishtirib bergan. Antik davrda Yunoniston diyorida boshlangan falsafiy fikrlar tarixi IX-XII asrga kelib Markaziy Osiyo mintaqasida qayta jonlangan.

IX-XII asrlardan boshlab xalifalar Horun ar-Rashid va Ma'munlarning tashabbuslari va rahnamoligi ostida o„z davri uchun fanlar akademiyasi deya e'tirof etilgan ilmiy muassasalar yuzaga kelgan. Jumladan IX asr o'rtalarida Bag'dodda tashkil etilgan "Bayt ul-hikma"da Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Al Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Muso Al Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy kabi mutafakkirlar matematika, astronomiya, fizika, falsafa kabi fan tarmoqlarining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shganlar.

Birinchi Renessans olimlarining o'ziga xos jihatlaridan biri - ularning qomusiy bilimlarni egallaganligidadir. Ana shunday olimlardan biri - Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al Beruniy. Alloma ilmiy faoliyati davomida bilishning mohiyatini juda yaxshi o'rgangan. Uning bilish haqidagi qarashlariga yunon falsafasi katta ta'sir ko'rsatgan. Al Beruniy yoshligidan antik davr faylasuflarining asarlari bilan yaqindan tanishib, Fales, Pifagor, Yevklid, Aflotun va Arastularning asarlarini tahlil qilib, ularga o„z munosabatini bildirgan.

Beruniy o„z asarlarida tabiat hodisalarini anglashda, idrok etishda mantiqiy xulosalar ahamiyatini ochib berishga intilgan. Allomaning faoliyatida kuzatish muhim o'rin egallaydi. Tabiatni ilmiy o'rganishda kuzatish bilishning boshqa shakllari bilan o'zaro bog'langan. Ma'lumki, "kuzatish orqali tabiat hodisalari, odamlarning diqqati, his-tuyg„ulari, asab tizimining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi,

ANNOTATSIYA

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

xulq-atvori, nutq faoliyati o'rganiladi1". Beruniyning fikricha esa kuzatuvchi kuzatilayotgan hodisani u yuz berayotgan joyda idrok etadi . Binobarin, kuzatish u yoki bu hodisani uning muayyan ko'rinishida qayd etadi. Kuzatishlarning eski ma'lumotlari obyektning haqiqiy ko'rsatkichini ancha buzib ifodalashi mumkin.

Alloma bilimlarni nazariy jihatlari bilan birgalikda amaliyotga joriy qilishni, ilmiy tekshirishga ham ahamiyat qaratgan. Beruniy tajribaviy bilimlarga asos solib, asosiy bilish vositasi ekanini alohida ta'kidlagan. Professor B.To'ychiyev "Beruniyni O'rta asrlar fani taraqqiyotida ilmiy bilishning metodlarini, ayniqsa eksperiment metodini kashf etgan mutafakkirlardan biri deyishga yetarlicha ma'lumotlar

-5

mavjudligini ta'kidlaydi ".

"Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim maqomga egadir. Bilishga bo'lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu o'ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan maqsad odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar yetkazib bergan ma'lumotlardan boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi aqliy bilish uchun o'ziga xos ko'makchi va asos bo'lib xizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov tajriba orqali belgilanadi. Ular tufayli ashyolarning muhim jihatlari o'rganiladi, ularning miqdoriy tomonlari aniqlanadi, bilish jarayonining samaradorligi oshib boradi. Inson tabiat hodisalarini bilishga bo'lgan intilishda ikki narsadan ilhomlanadi. Ulardan biri azaldan berilgan tabiiy qiziqish, barcha narsalar mazmun-mohiyatiga yetib borishga intilishdir. Ikkinchisi esa, bilish tufayli qo'lga kiritilgan yutuqlardan manfaatdorlikdir. Uning fikricha, "Agar fanga asoslanib bo'lmasa, undan voz kechish lozim4"

Al Beruniy o'z falsafiy qarashlarini aks ettirgan maxsus asar yozib qoldirmagan. Shunga qaramay, asarlarida, Ibn Sino bilan yozishmalarida falsafiy masalalar yuzasidan o'zining nuqtai nazarini bildirishga, aql va tafakkur tizimidagi o'zgarishlarni yoritishga harakat qilgan. Beruniy jamiyatni shakllanishida aqlga tayanish kerakligini asoslagan. Inson hayvondan aqliy bilish bilan farq qilishini, insonni xudo shunday yaratganligini ta'kidlagan. Beruniy fikriga ko'ra, "inson avvalo, olamda sodir bo'layotgan o'zgarishlar sababini o'zining sezgi organlari yordamida bilib oladi. Inson bilimlari esa, uni qurshab turgan cheksiz borliqning in'ikosidir"

1 Falsafa qomusiy lug'ati. - Toshkent.: Sharq, 2004. - B.211.

2 Shermuxamedova N. Gnoseologiya - bilish falsafasi. - Toshkent., 2008. - B.103.

3 To'ychiyev B. Beruniy va Ibn Sino ilmiy falsafiy yozishmalari. - Toshkent.: IJOD-PRINT, 2020. - B.77.

4 Falsafa asoslari. - Toshkent.: O'zbekiston, 2005. -B.74.

December 16

223

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

"Hindiston" nomli asarining yettinchi bobida ma'rifat va bilimdonlikning darajalarini ko'rsatuvchi, kishilarning qanchalik sog'lom mulohaza yuritishlari mumkin va mumkin emasligi to'g'risida ma'lumotlar, turli hikoyalar keltiradi. Ushbu hikoyalardan maqsad kishilarining barcha narsalarni aniq, sinchiklab bilish, shundan so'nggina bir xulosaga kelishi kerakligini ta'kidlashdir.

Al Beruniy insonning barcha mavjudotlardan azizligini e'tirof etib, uning ustunligi tafakkurdaligini ta'kidlaydi. U inson ongi va tafakkurini moddiy jismdan keltirib chiqargan holda tasavvur qilgan. "Sezgilar yordamida erishilgan ma'lumotlar olamda mavjud narsa va hodisalar haqqoniy bilimning asosidir. Agar sezgi organlari yetarli darajada rivojlangan bo'lmasa, olamning serqirra va murakkab tabiiy manzarasi haqida to'laqonli tasavvurga ega bo'lishi mumkin emas. Masalan, insonning ko'rish qobiliyati bo'lmaganda edi, hatto narsa va jismlarning rangini ajratib bo'lmas edi. Beruniy bilish jarayonida inson sezgilarining naqadar muhimligi masalasiga o'zining Ibn Sinoga bergan savollarida ta'kidlaydi. Olamda doimiy harakatda bo'lgan narsa va jismlar ta'sirida ko'z, quloq, burun, til, teri ta'siri orqali, inson birlamchi ma'lumotlarga ega bo'ladi. Har bir sezgi turining o'z qo'zg'atuvchisi bo'lib, bu ta'sirni, Beruniy ikki turga bo'ladi, ya'ni yoqimli va zararsiz ta'sirlar, yoqimsiz va zarar keltiruvchi ta'silar bo'lib, bunday hissiy ta'sir og'riq va falokatga olib kelishini ta'kidlab o'tgan5.

Xulosa o'rnida, Al Beruniy o'z davrining qomusiy olimi, fan tadqiqotchisi, turli fanlar yuzasidan amaliy tajribalar qo'llagan mutafakkirlardan biridir. Mutafakkirning qoldirgan boy ilmiy merosi, tabiiy-ilmiy asarlari, falsafiy g'oyalari Sharq va G'arb sivilizatsiyasi vujudga kelishida yetarlicha ta'sir ko'rsatgan.

REFRENCES

1. Falsafa qomusiy lug'ati. - Toshkent.: Sharq, 2004.

2. Shermuxamedova N. Gnoseologiya - bilish falsafasi. - Toshkent., 2008.

3. To'ychiyev B. Beruniy va Ibn Sino ilmiy falsafiy yozishmalari. - Toshkent.: IJOD-PRINT, 2020.

4. Falsafa asoslari. - Toshkent.: O'zbekiston, 2005.

5. Qayumov A. Beruniy va adabiyot. - Toshkent.: G'afur G'ulom, 1974.

To'ychiyev B. Beruniy va Ibn Sino ilmiy falsafiy yozishmalari. - Toshkent.: IJOD-PRINT, 2020. -B.92.

December 16

224

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.