Научная статья на тему 'BILIMLARNI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHGA YO‘NALTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI'

BILIMLARNI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHGA YO‘NALTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

22
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A. R. Azamatov, M. A. Xolmirzayev

Bizga ma‘lumki hozirgi tezkor rivojlanib kelayotgan mamlakatlarning iqtisodiyot, madaniyat, ta‘lim va boshqa sohalarining asosiy negizi raqamlashtirilgan. Bu esa hozirgi XXI asrning asosiy ko‗rinishi desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ushbu sohani takomillashtirish maqsadida ko‗plab amaliy ishlar olib borilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BILIMLARNI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISHGA YO‘NALTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Tech-

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni ^^^^^^^^^^^oriy^tish^amaradorlig^

BILIMLARNI MUSTAQIL O'ZLASHTIRISHGA YO'NALTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI O'RNI

A. R. Azamatov

PhD, Matematika va fizika kafedrasi, Alfraganus university

M. A. Xolmirzayev

Matematika va fizika kafedrasi, Alfraganus university axat ar@mail.ru

Bizga ma'lumki hozirgi tezkor rivojlanib kelayotgan mamlakatlarning iqti-sodiyot, madaniyat, ta'lim va boshqa sohalarining asosiy negizi raqamlashtirilgan. Bu esa hozirgi XXI asrning asosiy ko'rinishi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ushbu sohani takomillashtirish maqsadida ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda. "Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda." Deb ta'kidlab o'tilgan O'zbekiston Prezidentining "Raqamli O'zbekiston—2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorida [1].

Respublikamizda yosh avlodning o'z faoliyatini rejalashtirishi, oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish va muammolarni hal etish uchun zarur bo'lgan axborotlarni topa olishi, o'rganilayotgan obyekt yoki jarayonni informatsion modelini qura olishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalana olishi kabi malakalarga ega bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Buni umumta'lim maktablari zamonaviy kompyuterlar bilan ta'minlanganligi, 1-sinfdan boshlab Informatika fanini o'qitilishi yo'lga qo'yilganligi hamda o'quvchilarning "Bir million dasturchi" dasturi bo'yicha qamrab olinganligi tasdiqlab turibdi.

Shuni ta'kidlash kerakki, o'quvchini obyekt mavqeidan pedagogik jarayonning va shaxsiy rivojlanishning subyekti mavqeiga o'tkazish zarurligi g'oyasi yangi bo'lmasdan, u XIX asr o'rtasi XX asr boshidagi ilg'or g'oyalar qatoriga kiradi. Oliy maktab rivojlanishining jahon tajribasidan shuni ko'rish mumkinki, 1765-1766 yillardayoq I.Kant o'zining falsafiy mahruzalarida talabalar uchun tayyor manbaalardan ko'ra "mustaqil ravishda fikr yuritib, xulosa chiqarash metodida" o'rganish foydaliroq

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

563

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

bo'lishi haqidagi g'oyani ilgari surgan. Bu orqali u ta'limni shaxsning jamiyat va ilm fan uchun muhim bo'lgan fazilatlari: mustaqil fikrlash va harakat qilishni shakllantirishga yo'naltirgan.

O'quvchilarni mustaqil fikrlash va harakat qilishni shakllantirishga yo'naltirishda raqamli texnologiylar imkoniyatidan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Chunki, hech kimga sir emaski, o'quvchilar, talabalar va xatto ustozlar ham zarur bo'lganda biror savol yoki topshiriqqa javobni birinchi navbatda mobil telefon yoki kompyuter yordamida xalqaro elektron resurslar bazasidan izlashadi.

Elektron darslik, qo'llanma va boshqa elektron mahsulotlar kim tomonidan foydalanilishidan kelib chiqib, quyidagi savollar yuzaga kelishi tabiiy:

1. Ta'lim oluvchilarga qanday dasturlar (elektron darslik, qo'llanma, trenajor) kerak?

2. O'qituvchilarga qanday dasturlar (elektron darslik, qo'llanma, trenajor) kerak?

3. Dastur (elektron darslik, qo'llanma, trenajor) mazmuni qanday tashkil etilishi kerak?

4. Dastur (elektron darslik, qo'llanma, trenajor) interfeysi qanday bo'lishi kerak?

5. Elektron darslik, qo'llanma, trenajorlarni qanday platformada joy-lashtirish kerak?

Bu kabi va boshqa savollarga javob topishda uslubiyatchilar, o'qituvchilar va o'quvchi-talabalar orasida so'rov olib borish, dasturlarning foydalilik koeffitsiyentini o'rganish va baholash uchun tajriba sinovlar o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Umuman, o'qituvchilarning fikr va mulohazalaridan foydalanish zarur, chunki o'quvchilar bilan bevosita ular ishlaydi, o'quvchilarning fikrlash yo'nalishini va fikrlash darajasini yaxshi tushunadi. Misol sifatida o'qituvchilar boshlang'ich sinfda o'quvchilarga qo'shish va ayirishni o'rgatish uchun toshlardan, cho'plardan, tangalardan, rasmchalardan, harf va so'zlarni o'rgatish uchun ham rasmli alifbo, harflar konverti kabi vositalardan foydalanishini aytish mumkin. O'quvchilar psixologiyasini o'rganish va tajribalar shuni ko'rsatadiki, bu kabi vositalar o'quvchilar tomonidan mavzularni o'zlashtirishda juda katta yordam bermoqda.

Bunday yoki shunga o'xshash modellarni kompyuterda multimediali dasturlar shaklida ishlab chiqishning imkoni yo'qmi? Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlardan kelib chiqib shunday deyish mumkin: "Imkoni bor". Misol sifatida "So'z ketidan so'z kelar" elektron

https://cspi.uz/

qo'llanma va o'yinlar majmuini [2] keltirish mumkin. Bu

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Tech- Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

qo'llanmaning asosiy yutuqlaridan biri o'quvchilarni o'ziga jalb eta oladigan o'yin orqali bilim berishga yo'naltirilganligidir.

Tarixdan ma'lumki o'yinlar juda qadim zamonlardan insonlarga hamroh bo'lib kelgan. Ular insonning bo'sh vaqtini maroqli o'tkazish bilan birga jismoniy va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Qadimda o'yinlar yoshlarda jamoa bo'lib ov qilish, o'zini dushmanlardan himoya qila olish kabi qobiliyatlarni shakllantirgan. O'yinlar vaqt o'tishi bilan takomillashib, zamon talabiga moslashib bordi. Kompyuterlar is h-lab chiqarilishi o'yinlarning yangi turiga - kompyuter o'yinlarini vujudga keltirdi. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalarni rivojlanishi bilan elektron resurslardagi o'yinlar ham takomillashib bormoqda. Shu sababli ham yuqoridagi kabi elektron qo'llanma va o'yinlar majmui yoki boshqa ko'rinishida tashkil etilgan elektron resurslarning turli (mobil va kompyuter) naqllari ta'lim sistemasida raqamli texnologiyalar asosida bilim berish, ko'nikmalar hosil qilish imkoniyati ortib bormoqda.

Ma'lumki, mamlakatimizda ilg'or, tajribali ustozlar juda ko'p. Bir soatgina darsni kuzatgan kishi shuni guvohi bo'ladiki, mavzu o'quvchilarga tushunarli bo'lishi uchun ularning bilimi, fikrlashi va tushunish darajasidan kelib chiqib o'qituvchi turli usullardan foydalanadi va har xil misollar keltiradi. Endi bu kabi usul va ma'lumotlar hajmini Respublika miqyosida tasavvur qilib ko'rilsa "albatta so'rovlar va izlanishlar" o'tkazish kerak degan qarorga kelish muqarrar.

Shuni ta'kidlash kerakki, o'quvchi yoki talabalarni elektron resurslarni ishlab chiqishga jalb etish ham ta'lim tizimi foydasiga ishlaydi. Bunday yonoshuv o'quvchi va talabalar orasida malakali dasturchilar yetishib chiqishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Chunki ular bir tomondan dastur "foydalanuvchisi" sifatida o'z dasturiga kerakli ta l-ablarni qo'ysa, ikkinchi tomondan dasturlash texnologiyalari imkoniyatini chuqurroq o'rganishga "majbur" bo'ladi.

Yuqoridagi misollardan va zamon talabiga ko'ra shunday fikrni bildirish mumkin va zarur: "Elektron resurslar hayotdagi vaziyatlarni o'z ichiga olishi, tafakkurni rivojlantirish uchun esa abstrakt modellardan kelib chiqishi kerak". Bu fikr quyidagi savolga qisman javob beradi: nima uchun har bir dars uchun qo'llanmalar ko'p bo'lishi va turli usulda bayon etilgan bo'lishi kerak?

Savolga javobning to'liqroq bo'lishi yana o'quvchilar bilan bog'liqdir. Chunki har bir o'quvchi o'ziga xos bir dunyodir. Agar tavsiya etilgan biror usul yoki qo'llanma foyda bermasa o'quvchi bilimsiz qolib ketishi kerak emas, balki ikkinchi, uchinchi va, boringki, yuzinchi usul yoki qo'llanmani taqdim etish zarur. Chunki, pedagoglar va ta'lim

October 20, 2023

https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

sistemasi xodimlarining "Maqsadi va vazifasi, qolaversa Vatan oldidagi burchi"

o'quvchiga chuqur bilim berishdir.

REFERENCES

[1] "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Far-moni. Toshkent sh., 2020-yil 5-oktabr, PF-6079-son.

[2] Respublika ta'lim markazi. "So'z ketidan so'z kelar", elektron qo'llanma va o'yinlar majmui. 2006 y.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.