Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
etish samaradorli
O'QUVCHILARGA SUN'IY INTELLEKT HAQIDA ILMIY INSHO YOZDIRISH TEXNOLOGIYASI
N. A Raxmanova B. X. Raxmanov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq, O'zbekiston
Bugungi globallashuv jarayonida ko'p ma'lumotlar elektron tarzida qabul qilinmoqda, lekin ularni qabul qilish va tahlil qilishga inson idroki ojizlik qiladi. Shuning uchun ham butun dunyoda sun'iy intellektga, ya'ni sun'iy aqlga yuzlanilmoqda. Kelajakda SI sog'liqni saqlash, ta'lim-tarbiya, moliya va sportdan tortib to ishlab chiqarishga qadar keng ko'lamli tarmoqlar uchun foydali bo'lishini hisobga olgan Yevropa Kengashi sun'iy intellekt bo'yicha maxsus qo'mita tuzib, qator xalqaro hujjatlarni, xususan, "Sun'iy intellekt bo'yicha hamkorlik Deklaratsiyasi" ni tasdiqladi.[2]
"Sun'iy intellekt" atamasi birinchi marta 1956- yilda Dartmut universitetida ushbu mavzuga bag'ishlangan ilmiy seminarda amerikalik olim Jon Makkarti tomonidan ishlatilgan. O'sha davrda Jon Makkarti, Klod Shennon va Marvin Minskiy tomonidan taklif etilgan yangilikka jamoatchilik ilmiy fantastika deb qaragan. Bugungi kunda sun'iy intellekt - informatikaning alohida eng istiqbolli sohasiga aylandi, u inson ongi bilan bog'liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o'rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima, rasm chizish va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug'ullanadi. Bu sohaning poydevori esa, shubhasiz, o'rta maktabdan, "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan boshlanadi.
O'quvchilarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlarini boyitish uchun yuqori sinflarda informatika darsida ilmiy insho yozdirish maqsadga muvofiqdir. Insho yozish uchun mavzu chuqur o'rganilishi, dalillash uchun ko'chirmalar yig'ilishi, ularning manbalari aniq bo'lishi kerak. Ayniqsa, ilmiy inshoda biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Unda ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan materiallardan keng foydalaniladi. [3]
O'qituvchi "Sun'iy intellektning inson hayotidagi o'rni" mavzusida ilmiy insho yoki esse yozishni topshirar ekan, Internetdan mavzuga oid ma'lumotlarni topish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatadi yoki oldindan tayyorlab qo'yilgan ma'lumotlarni taqdim etadi. [1,5,6,7]
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
442
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi
g
O'quvchilar o'qituvchi tomonidan tavsiya etilgan slaydlar, onlayn-dars, chelenjlarni tomosha qilib, sun'iy intellekt haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Shuningdek, ularga ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan ayrim ma'lumotlar ham tavsiya etiladi. [4] O'qituvchi quyidagi ko'chirmalarni tavsiya qilishi mumkin:
1. Sun'iy intellekt (AI yoki SI) - avtomatlashtirilgan dasturlash va intellektual mashinaviy ta'lim sohasi bo'lib, u turli xil vazifalarni odamlar bajaradigan tarzda bajara oladigan aqlli kompyuter tizimlarini yaratishga mo'ljallangan. SI muayyan muammolar uchun eng yaxshi yechimlarni avtomatik ravishda topish va katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish uchun ham ishlatiladi.
2. Sun'iy intellektning quyidagi turlari mavjud:
1) Tor sun 'iy intellekt, ya 'ni NAI. Inson imkoniyatlariga taqlid qilib yaratilgan, ma'lum bir vazifani bajarishga mo'ljallangan, dastur doirasidan chetga chiqa olmaydigan sun'iy intellekt. Siri, Alexa va Google Assistant ovoz orqali foydalanilishi mumkin bo'lgan xizmatlardir. ChatGPT esa yozuv orqali foydalanilis hi mumkin bo'lgan xizmatdir. U insho, har xil uslubdagi matn, ssenariylarni yozib bera oladi; matnni tarjima qiladi; chatbotlar yaratadi; hissiyotlarni tahlil qilib beradi. Google Translate, DeepL va Microsoft Translatorlar Mashina tarjimasi dasturlari hisoblanadi, ularning vazifasi til to'siqlarini bartaraf etish va turli tillarda so'zlashuvchilar o'rtasida uzluksiz muloqotni ta'minlashdan iborat.Bugungi kunda juda ommalashgan Google Translate xizmati bir necha tildagi yozma,ovozli, hattoki, rasmli matnlarni ham o'qish va tarjima qilishga yordam beradi.Bing, Midjourney, Go,Tesla, fotosuratlarni qayta ishlovchi Rrisma kabi dasturlar ham SI ning mana shu boshlang'ich turiga kiradi.
2) Umumiy sun 'iy intellekt, ya 'ni AGI. U mashinalarga har xil faoliyat turlari o'rtasida aloqa o'rnatish imkonini beradi. Natijada ular xuddi odamlar kabi atrof-muhitni o'rganadilar, tushunib harakat qiladilar, voqelikni idrok etadilar. Bunday sun'iy intellekt hali yaratilmagan.
3) Super sun 'iy intellekt, ya 'ni ASI. Mashinalar kelajakda nafaqat odamlarning fikrlash tarziga taqlid qiladi, balki Yer yuzidagi eng aqlli tizimga aylanadi. Intellektual portlash yuzaga kelib, SI ning o'zi super aqlli mashinalarni ishlab chiqara boshlaydi. Bu hozircha ilmiy farazdir.
3. Odatda, robotlar deganda ko'pchilikning ko'z oldiga insonlardek gaplasha oladigan, ularning o'rniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi, ammo bu nisbatan kengroq tushuncha. Aslida, mobil qurilmangizdagi dasturlar: Google-tarjimon, lug'atlar, turli xil
October 20, 2023
g
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi
g
o'yinlar va hokazolar ham sun'iy intellektga yaqqol misol bo'la oladi.
4. 1997-yilda Deep Blie nomli IBM kompyuteri shaxmat bo'yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo'ldi.
5. IBM Watson superkompyuteri o'z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Bugungi kunda SI inson bergan kalit so'zlar -g'oyalar asosida ssenariylar yozib, badiiy film, multfilmlar ham yaratmoqda.
6. Sun'iy intellekt jamiyat uchun foydalimi yoki zararlimi? SI haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib kelmoqda. Ba'zilar SIning ommalashib, odamlar o'rnini egallab borishi natijasida ommaviy ishsizlik ko'rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. Hatto IT sohasining ayrim yetakchilari SIning butun boshli sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonadilar.
7. SIning yutuqlari: bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-mashinalar, haydovchisiz transport vositalari, buyumlarni manzilga to'g'ri yetkazib beruvchi dronlar, robot- politsiyachilar, robot-tibbiyot xodimlari, robot-hisobchilar, robot -offis xizmatchilari xizmatidan foydalanish yo'lga qo'yilgan.
8. SI uchun kerak bo'ladigan algoritmni odam yaratgan, aqlli algoritmlar qanchalik rivojlanib ketmasin, eng mukammal intellektual mashinalar ham xato qiladi. Ma'lumki, har qanday kompyuter - sun'iy intellektga ega mashina ikkilik sanoq tizimi asosida ishlaydi. 1991-yilda matematik olim Devid Stautmayer 18 ta turli xildagi hisob-kitob amaliyotlarini kompyuter dasturi yordamida bajarib, ularning barchasida natija noto'g'ri chiqqanini, ya'ni kompyuter (SI) noto'g'ri ishlaganini isbotlab berdi. Demak, SI hamma masalani ham to'g'ri hal qila olmas ekan; haqiqiy sonlar bilan ishlashda, taqribiy hisoblashlarda ikkilik sanoq tizimi yaramaydigan vaziyatlar yuzaga kelar ekan. SI tabiiy intellektga hali - beri ayrim holatlarda (asosan matematikada) teng kela olmaydi.
9. Siz fantastik kinolarda ko'rgan o'ta aqlli SI, ya'ni odamga o'xshab fikrlaydigan, his qiladigan robotlarni yaratish dasturchilarning eng katta orzusidir. Mutaxassislarning fikricha, o'z-o'zini anglaydigan mashinalar sun'iy intellektning eng oliy bosqichi bo'ladi. Agar bunday robotlar yaratilsa, insoniyatning ularga tobe bo'lib qolishi, Yer sharimizning robotlar sayyorasiga aylanishi ehtimoldan holi emas.[8]
Ilmiy insho uchun sodda reja tuziladi va insho matni 5-6 sahifa atrofida yoziladi. Bunday yozma ish o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini orttiradi. Sun'iy intellekt dasturlari bilan ishlashga rag'bat uyg'otadi. Sun'iy intellektning jamiyatda, sanoatda, fanda va insonning
October 20, 2023
g
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi
g
hayot faoliaytida tutgan o'rni katta ekan, uning ixtirochisi tabiiy intellekt, ya'ni inson aqli ekanini anglab yetadilar.
REFERENCES
1. Baltabayeva G.R. Sun'iy intellekt: ChatGPT va uning imkoniyatlari.-T.:2023.
2. Filipova I.A.Sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish. Ma'ruza kursi.- Samarqand, 2022.- 63-79 b.
3. Qodirov M. Ona tili: o'rta maktablarning 8-sinfi uchun darslik. - T.: Cho'lpon nomidagi NMIU, 2019.-20-bet.
4. Zulunov , R. M., & Mahmudova , M. (2022). SUN'IY INTELLEKTNING INSONIYAT FAOLIYATIDA TUTGAN O'RNI VA NEYROKIBERNETIKA SOHASI. Journal of Integrated Education and Research, 1(7), 2-7.
5. https://www.facebook.com/pdp.uz/posts/-suniy-intellekt-turlari. PDP Academy.
6. https://kun.uz/uz/news/2022/09/08/suniy-intellekt-va-xavfsizlik-robotlar-odamlar-ustidan-hukmronlik-qilishi-mumkinmi
7. https://uz.goodinternet.org/uz/sections/osmirlar/qiziqarli-faktlar/suniy-intellekt-nima-uchun-muhim/
8. https://vc.ru/u/1429330-viktor-klishchenko/612952-kratkaya-istoriya-razvitiya-iskusstvennogo-intellekta
October 20, 2023