Научная статья на тему 'MAKTAB UMUMIY FANLARINI O’QITISHDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MAKTAB UMUMIY FANLARINI O’QITISHDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

11
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. B. Quzmanova

Bugungi dunyoda o„quvchi yoshlarning internet va ijtimoiy media ilovalardan ipad, planshet, ish stollari, noutbuk va smartfon kabilar orqali kirishi mumkin. Raqamli texnalogiya bugungi maktab o„quvchilarining ijtimoiy hayotining ajralmas qismi bo„lib ulgurgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB UMUMIY FANLARINI O’QITISHDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

m

MAKTAB UMUMIY FANLARINI O'QITISHDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

G. B. Quzmanova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq, O'zbekiston

Bugungi dunyoda o'quvchi yoshlarning internet va ijtimoiy media ilovalardan ipad, planshet, ish stollari, noutbuk va smartfon kabilar orqali kirishi mumkin. Raqamli texnalogiya bugungi maktab o'quvchilarining ijtimoiy hayotining ajralmas qismi bo'lib ulgurgan. Zamonaviy dunyoda raqamli texnalogiya va ta'lim yonma-yon turadi desak xato bo'lmaydi. Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar bilan bir qatorda uy vazifalarini bajarish jarayoni tushunmaganlarini do'stlari va o'qituvchilari bilan muloqot qilish orqali bajaradilar. Darsdan tashqari mashg'ulotlarda qatnashishi uchun o'qituvchi bilan uchrashishi shart emas. Raqamli texnalogiyalar orqali ma'lumot almashishi olgan vazifalarini o'qituvchiga tekshirtirishi mumkin [1]. Bunda e'tibor maktab umumiy fanlarini o'qitish hamda o'quvchi shaxsini tarbiyalashga qaratilgan. Bu esa ta'lim jarayonida yangi o'qitish vosita va metodlarni joriy etishni taqozo etadi.

Bugungi taraqiyot davrida internet ta'lim uchun, barcha maktab o'quvchilari hamda nogironlar ta'lim olishi uchun katta maydon eshigini ochdi. Chunki bu erda o'quvchi yoshlarni ta'lim jarayoniga yanada qiziqtirish mumkin.

Google kitoblar 100 dan ortiq mamlakatlardagi 15 million kitoblardan foydalanish

Google akademiyasi turli ilmiy nashrdagi indekslangan jurnallar bilan tanishish

Google Art Rrojest orqali internetda 40 davlatdan 200 dan ortiq muzeylarga virtual sayohat qilish mumkin.

Google madaniyat akademiyasi tarixiy arxiv yordamida tarixni o'rganishingiz mumkin hamda mamlakatlarning hozirgi va oldingi davrlardagi tarixiga oid raqamli arxivlar uchun platforma mavud.

YouTube video xostingda juda katta miqdordagi professional videolar, kino, sport, san'at, ta'limga oid kanallarni hamda davlat organlari va turli ommabop axborot vositalarining rasmiy kanallarini o'z ichiga oladi.

Ijtimoiy tarmoq o'quvchilarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishda, maktab ta'lim jarayonida ularning fanlarga doir bilim va ko'nikmalarini shakllantirishda sezilarli darajada ta'sir qildi.

Zamonaviy o'quvchi zamonaviy sharoitdagi shaxs sifatida

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

m

shakllanishi, zamonaviy jamoat haqidagi g'oyalari, shuningdek, o'quvchilarning bilim olish va ijtimoiylashuv jarayonlarida ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishda maktab umumiy fanlari muhim ahamiyat kasb etadi. Hattoki, amerikalik ba'zi o'qituvchilar Fasebook tarmog'i orqali keshqurun o'quvchilari bilan jonli bog'lanib ularga uxlashdan oldin hikoyalar o'qib berishar ekan. Bundan tashqari ota-onalar raqamli texnalogiyalar vositasida o'quvchilarning maktabdagi o'qish jarayonidagi yutuqlarini kuzatib borishga yordam beradi. Fasebook yoki Twitter tarmoqlari orqali ota-onalar maktab bilan bog'liq tadbirlar, loyihalar va maktabda sodir bo'layotgan voqealar haqida ma'lumot olishlari mumkin. Bularning barchasi raqamli texnalogiyalarning maktab va ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlariga ijobiy ta'siridir, chunki ota-onalar farzandlarining maktabdagi o'quv va shaxsiy yutuqlarini o'rganadilar, nazorat qiladilar uyda farzandlarining bilim va ko'nikmalarini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

O'quvchilar odatda maktabdagi o'qish va yozishdan zerikishlari kuzatiladi, biroq bunday paytda internet va ijtimoiy tarmoqlardagi diqqatni tortadigan animatsiyalarni o'z ichiga olgan ko'plab onlayn ma'lumotlarni taqdim etish va mavzuga doir onlayn xabarlar, sharhlar, yangiliklar, taqdim etish orqali ularga kuch bag'ishlaydilar hamda ijtimoiy media saytlar ko'pincha interaktiv bo'lib o'quvchilarni o'ziga jalb etadi [2].

Raqamli texnalogiyalarning ta'limdagi yana bir yutug'i va afzalligi bu masofaviy ta'lim imkoniyatlaridir. Tez orada bu zamonaviy ta'limning ajralmas qismiga aylanadi. Bugungi kunda Skyre orqali jonli ma'ruzalar yoki Webinar Jam orqali veb-seminarlar o'tkazish orqali dunyoning chekka hududida yashovchi talabalarga ham ta'lim olish imkoniyatlarini beruvchi yo'ldir. Shu sababli ham bepul ovozli va video qo'ng'iroqlarni amalga oshirish, hujjutlarni almashish boshqa har qanday turdagi ma'lumotlarni taqdim etish imkonini beruvchi media platformalar o'quvchilarning o'quv samaradorligini bilimlarini yaxshilashda yuqori samara berishliligi bilan izohlanadi [3].

Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish, zamonaviy sharoitdagi universal bilimlarga ega bo'lishni, raqamli ta'lim mazmunini, elektron kitoblar, vertual muzeylar, raqamlashtirilgan tarixiy arxivlardan foydalanish, 2D va 3D o'lchamli grafikalarini qurishga doir alohida dasturlarni o'rganish samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi [4]. Ta'lim muassasalari, kompaniyalar, turli rasmiy va norasmiy tashkilotlar

https://cspi.uz/

ijtimoiy tarmoqlardan tajriba almashish, turli ma'lumotlar va o'quv materiallarini targ'ib qilish, mavzuga oid turli fikrlar,

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

sharhlar bilan bo'lishishda foydalanadilar. Fasebookda o'qituvchi ma'lum bir kurs yoki modul bo'yicha ma'lumot, g'oyalar, viktorinalar, so'rovnomalar, turli materiallar, rasmlar hamda ochiq va yopiq guruhlar yaratish mumkin. O'quvchilar o'z sinfiga oid masalalar, ularda bo'lishi mumkin bo'lgan savollar, o'zaro qiziqarli savollarni javob berishi mumkin. Twitter elektron ta'limda bir mavzu yoki voqea bo'yicha o'quv jamoalari yoki sinflarni bog'lash, rasm yuklash va hk foydalaniladi

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak raqamli texnalogiya va ijtimoiy tarmoq odamlarni faqat bir-biri bilan muloqot qilishi uchun emas balki turli sohalarda jumladan, ta'limda ham katta o'zgarishlarni amalga oshirayotgan yangi tarmoqlardan biridir. Ular nafaqat muloqot qilish uchun balki, ma'lumot yig'ish, biror mavzuga doir fikr almashish va boshqa ko'plab imkoniyatlaridan foydalanadi. Bugungi kunda jahon hamjamiyati raqamli texnalogiyalarning maktab ta'limini rivojlantirishdagi rolini yuqori baholamoqda, chunki bu o'quvchilar o'rtasida turli g'oyalar asosida platformalar ishlab chiqilishiga olib keladi. Tadqiqotchi olimlar Fasebook, Google va boshqa tarmoq saytlarida o'quvchilarning juda ko'p vaqt sarflashi sabr-toqatini yo'qotishiga olib keladi, yani bunda ular sahifalarning tez-tez o'tishiga moyil bo'lib qoladi. Shuni aytish joizki ijtimoiy tarmoqlardan maqsadsiz foydalanishdan vos kechish buning o'rniga vertual dunyoning o'rganishga targ'ib qilish muhimdir.

REFERENCES

1.B.B.Mamurov, I.E.Davronov. "Durdona" nashryoti Buxoro-2021.-10-b

2. J.Talpin. Move Fast and Break Tbings:How Facebook, Google, and Amazon Cornered Culture and Unddermined Democracy. N.Y.:Little, Brown and Company,2017.320 p

3.Quzmanova G.B. //Galaxy international interdisciplinary research journal (giirj), ISSN (E): 2347-6915Vol. 11, Issue 1, Jan. (2023). Scientific Journal Impact Factor. -E. 284-288.

4.Quzmanova G.B. // «International Conferense» Toshkent 2022 y. -B. 336-338.

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

292

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.