Научная статья на тему 'BELGILARNI XALQARO RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI MADRID KELISHUVI BAYONNOMASI QOIDALARI VA SANOAT MULKINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA PARIJ KONVENSIYASINING BELGILARNI XALQARO RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI QOIDALARINING QIYOSIY TAHLILI'

BELGILARNI XALQARO RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI MADRID KELISHUVI BAYONNOMASI QOIDALARI VA SANOAT MULKINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA PARIJ KONVENSIYASINING BELGILARNI XALQARO RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI QOIDALARINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
52
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tovar belgilari / xalqaro ro‘yxatga olish tizimlari / yagona ariza va yagona to‘lov / kelib chiqqan mamlakat / milliy rejim. / trademarks / international registration systems / single application and payment / country of origin / national treatment.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Umarova, Xolisxon Nomoz Qizi

Tovar belgilari (trademarks) mahsulotlarni yagona nom ostida iste’molchilarga tanitish, bozorda shu kabi raqobatdoshlar orasida ajralib turish hamda ular orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishda alohida ahamiyat kasb etadi. Boshqa intellektual mulk obyektlaridan farqli ravishda tovar belgilarining muhofazasi bir hudud doirasida bo‘lgani bois, ishlab chiqarish kengayishi va yangi bozorlarga kirib borish qo‘shimcha muhofaza bo‘yicha ham choralar ko‘rishni taqozo etadi. Quyidagi maqola orqali biz Belgilarni xalqaro ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Madrid kelishuvi bayonnomasi qoidalari va sanoat mulkini himoya qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining belgilarni xalqaro ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qoidalarini qiyosiy tahlilini o‘tkazish orqali belgilarni xalqaro miqiyosda ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE PROVISIONS OF THE PROTOCOL OF THE MADRID AGREEMENT AND THE PROVISIONS OF THE PARIS CONVENTION ON THE PROTECTION OF INDUSTRIAL PROPERTY ON THE INTERNATIONAL REGISTRATION OF MARKS

Trademarks have a particular importance in introducing products to consumers under a single name, distinguishing themselves among similar competitors in the marke and gaining a place among them. Unlike other intellectual property objects, the protection of trademarks is limited to one territory, so the expansion of production and penetration into new markets require taking measures for additional protection. Through the following article, we will conduct a comparative analysis of the provisions of the Protocol of the Madrid Agreement on the International Registration of Marks and the provisions of the Paris Convention for the Protection of Industrial Property on the international registration of marks.

Текст научной работы на тему «BELGILARNI XALQARO RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI MADRID KELISHUVI BAYONNOMASI QOIDALARI VA SANOAT MULKINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA PARIJ KONVENSIYASINING BELGILARNI XALQARO RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI QOIDALARINING QIYOSIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

BELGILARNIXALQARO RO'YXATGA OLISH TO'G'RISIDAGI MADRID

KELISHUVI BAYONNOMASI QOIDALARI VA SANOAT MULKINI HIMOYA QILISH BO'YICHA PARIJ KONVENSIYASINING BELGILARNI XALQARO RO'YXATGA OLISH TO'G'RISIDAGI QOIDALARINING

QIYOSIY TAHLILI

Umarova Xolisxon Nomoz qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti talabasi e-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Tovar belgilari (trademarks) mahsulotlarni yagona nom ostida iste'molch ilarga tanitish, bozorda shu kabi raqobatdoshlar orasida ajralib turish hamda ular orasida o'z o'rniga ega bo'lishda alohida ahamiyat kasb etadi. Boshqa intellektual mulk obyektlaridan farqli ravishda tovar belgilarining muhofazasi bir hudud doirasida bo'lgani bois, ishlab chiqarish kengayishi va yangi bozorlarga kirib borish qo'shimcha muhofaza bo'yicha ham choralar ko'rishni taqozo etadi. Quyidagi maqola orqali biz Belgilarni xalqaro ro'yxatga olish to'g'risidagi Madrid kelishuvi bayonnomasi qoidalari va sanoat mulkini himoya qilish bo'yicha Parij konvensiyasining belgilarni xalqaro ro'yxatga olish to'g'risidagi qoidalarini qiyosiy tahlilini o'tkazish orqali belgilarni xalqaro miqiyosda ro'yxatdan o'tkazishning o'ziga xos jihatlari haqida so'z yuritamiz.

Kalit so'zlar: tovar belgilari, xalqaro ro'yxatga olish tizimlari, yagona ariza va yagona to 'lov, kelib chiqqan mamlakat, milliy rejim.

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE PROVISIONS OF THE PROTOCOL OF THE MADRID AGREEMENT AND THE PROVISIONS OF THE PARIS CONVENTION ON THE PROTECTION OF INDUSTRIAL PROPERTY ON THE INTERNATIONAL REGISTRATION OF MARKS

Umarova Kholiskhon Nomoz kizi

Student of Tashkent State University of Law

Private law faculty e-mail: [email protected]

ABSTRACT

Trademarks have a particular importance in introducing products to consumers under a single name, distinguishing themselves among similar competitors in the marke and gaining a place among them. Unlike other intellectual property objects,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

the protection of trademarks is limited to one territory, so the expansion of production and penetration into new markets require taking measures for additional protection. Through the following article, we will conduct a comparative analysis of the provisions of the Protocol of the Madrid Agreement on the International Registration of Marks and the provisions of the Paris Convention for the Protection of Industrial Property on the international registration of marks.

Key words: trademarks, international registration systems, single application and payment, country of origin, national treatment.

Tovar belgilarining muhofazasi shu bilan ajralib turadiki, ular faqat ma'lum bir hudud doirasida muhofazaga olinadi. Shuning uchun tovar belgilarining muhofaza chegaralarini kengaytirish uchun ularni boshqa davlatlar hududida ham ro'yxatdan o'tkazish muhim hisoblanadi.

Bugungi kunda tovar belgilarini muhofaza qilish uchun ro'yxatdan o'tkazishning uch xil ko'rinishi mavjud bo'lib, ular quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1) milliy tizim orqali ro'yxatdan o'tkazish:

Milliy tizim orqali tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish vakolatli organga ariza berish va belgilangan to'lovlarni to'lash orqali amalga oshiriladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasida tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish uchun Vazirlar Mahkamasining 480-sonli qarori bilan tasdqilangan "Tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning Ma'muriy reglamenti"ga ko'ra O'zbekiston Respublikasi rezidentlari maxsus axborot tizimi orqali yoxud YIDXP orqali, norezidentlar esa axborot tizimi orqali talabnoma yo'llashi mumkin hisoblanadi.

Ba'zi mamlakatlarda vakilga, (masalan, O'zbekistonda norezidentlar uchun patent vakiliga) murojaat qilish talabi bo'lishi yoki ba'zida milliy tizimning umuman bo'lmasligi ham mumkin. Masalan, Sharqiy Timor, Maldiv orollari va Tinch Okeanining ayrim orollari kabi hududlarda tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazuvchi milliy agentliklar yaratilmagan yoxud sanoat mulki to'g'risidagi qonunlar hali tasdiqlanmagan1 . Bunday vaziyatda mintaqaviy ro'yxatdan o'tkazish tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

2) mintaqaviy tizim orqali ro'yxatdan o'tish:

Tovar belgilarini mintaqaviy ro'yxatdan o'tkazish uchun tegishli hududiy idoraga(vakolatli organga) ariza bilan murojaat etiladi. Bunda ro'yxatdan o'tkazish amalga oshirilgandan keyin mintaqaviy idoraga a'zo davlatlarning hammasida

1 Initial guide for registering trademarkes internationally. Joao Francisco Sa . September14, 2021 https://inventa.com/en/news/article/678/initial-guide-for-registering-trademarks-internationally

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

muhofazaga olingan hisoblanadi. Bugungi kunda bunday idoralar sifatida quyidagilar faoliyat yuritadi:

* Afrika mintaqaviy intellektual mulk tashkiloti (ARIPO)

* Benilyuks Intellektual Mulk idorasi (BOIP)

* Yevropa Ittifoqi Intellektual mulk idorasi (EUIPO)

* Afrika Intellektual Mulk Tashkiloti (OAPI)

Masalan, 2016-yilda Tunisda ro'yxatdan o'tkazilgan "Habiba Jewellery" 2022-yilda Afrika Intellektual Mulk Tashkiloti (OAPI)dan ro'yxatdan o'tish orqali fransuz tilida so'zlashuvchi 16ta davlatda o'z brendining muhofazasiga erishgan2.

3) xalqaro tizim orqali ro'yxatdan o'tish:

I.B.Yakubovaning "Xalqaro intellektual mulk huquqi" o'quv qo'llanmasida xalqaro ro'yxatdan o'tkazish tizimlarining uch xil turi alohida ta'kidlanadi3:

1) belgilarni xalqaro ro'yxatdan o'tkazish uchun Madrid tizimi;

2) sanoat namunalarini ro'yxatdan o'tkazish uchun Gaaga tizimi;

3) tovar kelib chiqqan joy nomlarini xalqaro ro'yxatdan o'tkazish uchun Lissabon tizimi.

Bizning tahlilimizga aloqadori belgilarni xalqaro ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha Madrid tizimi bo'lib, BIMT (Butunjahon intellektual mulk tashkiloti) tomonidan tashkil etilgan bu tizim yagona ariza va to'lov tizimi orqali tovar belgilarini BIMTga a'zo 130 ta davlat hududida himoya qilish imkonini taqdim etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sanoat mulkini muhofaza qilishga qaratilgan 1887-yilda qabul qilingan Parij konvensiyasi intellektual mulk huquqi uchun eng muhim ko'p tomonlama shartnomalardan biri hisoblanadi. Konvensiyaning 1-moddasida sanoat mulkini muhofaza qilish obyekti sifatida ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, geografik ko'rsatkichlar bilan bir qatorda tovar kelib chiqqan joy nomlari, tovar va xizmat ko'rsatish belgilari ham nazarda tutilgan. 1891-yildagi Madrid kelishuvi esa ushbu Bitim qo'llaniladigan mamlakatlarda belgilarni xalqaro ro'yxatga olish uchun maxsus ittifoqni tashkil qilish maqsadida imzolangan kelishuv hisoblanadi. (Madrid kelishuvi 1-moddasi). Madrid tizimi 1891-yilda Belgilarni xalqaro ro'yxatga olish bo'yicha Madrid kelishuvi asosida vujudga kelgan. Kelishuv imzolangandan keyin o'tgan dastlabki yillarda ro'yxatga olish salmog'i nisbatan kamroq bo'lgan. Ammo deyarli 1 asrdan so'ng Madrid bayonnomasi (protokoli) qabul qilingandan keyin belgilarni xalqaro ro'yxatga olishlar soni shu davrgacha ro'yxatga olishlar sonidan ham

2"HABIBA Jewellery":Timeless Tunisian Jewelry Takes the International Stage by storm

https://www.wipo.int/ipadvantage/en/details.jsp?id=12875

3 I.B.Yakubova "Xalqaro intellectual mulk huquqi". O'quv qo'llanmasi. 135-bet

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ko'proqqa oshgan, ya'ni 1998-yilda 20 000 tagacha yetgan. 2022-yilda kelib esa jami 69 mingga yaqin belgilar Madrid tizimi orqali turli davlatlarda ro'yxatga olingan4.

Ko'pchilik mutaxassislar Madrid kelishuvini "ishlamaydi" deb baholaydilar va Madrid protokolining ijobiy tomonlarini qo'llab-quvvatlaydilar. Izlanishlarimiz davomida Madrid kelishuvi va protokoli deyarli bir xil ekanligiga guvoh bo'lsak-da, ba'zi yirik davlatlar, jumladan, AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya kabi sanoat mamlakatlarining kelishuvga qo'shilishdan bosh tortishi, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Madrid kelishuvi qoidalarini qabul qilishdagi ma'muriy qiyinchiliklar uning o'rniga u asosda qabul qilingan bayonnoma (protokol)ning ommalashuviga olib kelgan bo'lishi mumkin, degan fikrga kelmoqdamiz.

Belgilarni xalqaro ro'yxatga olish to'g'risidagi Madrid kelishuvi protokoli va Sanoat mulkini himoya qilish to'g'risidagi Parij konvensiyasi ning har ikkisida ham belgilarni xalqaro ro'yxatga olish bilan bog'liq qoidalar mavjud. Ammo ular quyidagi jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi, bir-birini to'ldiradi va(yoki) bir-birini taqozo etadi:

Birinchidan, Madrid kelishuvi protokoli bir ariza va bir to'lov tizimi orqali Madrid kelishuvi va protokoliga a'zo davlatlarda ro'yxatdan o'tish imkonini taqdim etadi. Bugungi kunda Madrid kelishuvi va protokoliga 130 mamlakat a'zo bo'ladigan bo'lsa, ariza topshiruvchi mana shu davlatlar doirasida istalgancha miqdordagi davlatlardan ro'yxatdan o'tishi mumkin hisoblanadi. Parij konvensiyasi esa ro'yxatdan o'tishning yagona markazlashgan tizimini belgilamaydi. Parij konveniyasiga a'zo mamlakatlar hududidan ro'yxatdan o'tish uchun ularning har biriga alohida ariza topshirishga to'g'ri keladi.

Ikkinchidan, Madrid kelishuvi bayonnomasida "country of origin" - kelib chiqqan mamlakat huquqiga alohida e'tibor qaratiladi. Arizachi Madrid kelishuvi orqali ro'yxatdan o'tishi uchun avval u o'zining mamlakatida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak. Shuningdek, protokolda "basic mark"- "asosiy belgi" tushunchasi ham mavjud bo'lib, Madrid tizimidan foydalanish niyatidagi Ahdlashuvchi davlat fuqarosi xuddi shu belgini avvalo milliy yoki mintaqaviy idoradan ro'yxatdan o'tkazishi va asosiy belgiga ega bo'lishi zarur. Asosiy belgi olingandan so'ng, milliy yoki vakolatli idora xalqaro byuroga arizani yuboradi. Parij konvensiyasida esa bunday tizim mavjud emas. Shuning uchun talabgor har bir mamlakat idorasiga talabnomani shaxsan yoki vakil(ishonchli yoki patent vakili) orqali topshirishi kerak bo'ladi.

Uchinchidan, Protokol bo'yicha xalqaro ro'yxatga olish arizachi tomonidan belgilangan barcha a'zo mamlakatlarda amal qiladi. Har bir tayinlangan davlat o'z

4 World Intellectual Property Organization (WIPO) (2023). Madrid Yearly Review 2023: International Registration of Marks. Geneva: WIPO. D01:10.34667/tind.48060

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

milliy qonunchiligi asosida arizani ko'rib chiqadi va ro'yxatga olish to'g'risida mustaqil qaror qabul qiladi.

To'rtinchidan, Madrid protokoli bo'yicha himoya muddati 10 yilni tashkil etadi va qo'shimcha to'lovlarni amalga oshirish orqali bu muddatni 10 yilga uzaytirib borishi mumkin. Parij konvensiyasi esa muhofaza muddati uchun umumiy asoslar belgilab bermaydi, buni milliy idoralarning ixtiyoriga qoldiradi.

Beshinchidan, Madrid protokoli markaziy boshqaruvni amalga oshirish uchun markaziy organ sifatida BIMT Xalqaro byurosini tashkil qiladi. U Xalqaro reyestrni yuritadi va xalqaro ro'yxatga olishlarni BIMT rasmiy gazetasida e'lon qiladi. Parij konvensiyasida esa bunday markaziy boshqaruv organi mavjud emasligi bilan undan farq qiladi.

Aslida, Madrid kelishuvi bayonnomasi ham Parij konvensiyasining ham o'ziga xos jihatlari mavjud bo'lib, birini ikkinchidan ustun qo'yish noo'rin bo'lgan bo'lar edi. Masalan, Parij konvensiyasini oladigan bo'lsak, bu konvensiyaning o'ziga xos jihatlaridan biri bu "konvension ustuvorlik"ning aynan Parij konvensiyasi bilan belgilanishini aytish mumkin. Ustuvorlik huquqining kelib chiqish asosi Parij konvensiyasinng 11-moddasi bo'lib, unda belgilanishicha, Ahdlashuvchi davlatlar hududidagi ko'rgazmalarda taqdim etilgan ishlar vaqtinchalik muhofazaga olinadi va agar ushbu ustuvorlikdan foydalanilmoqchi bo'lsa, demak, har qanday davlat vakolatli idorasi ustuvorlikni shu sanadan boshlab hisoblashi kerak bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunning 12-moddasiga ko'ra, talabnoma berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida konvension ustuvorlik bo'yicha ustuvorlik belgilanishi mumkin5.

Madrid tizimining yana bir shunday jihati borki, undan foydalanish hamma uchun ochiq bo'lavermasligi mumkin. Negaki, Madrid protokolining 2-modda 1-qism (i) bandi talabiga ko'ra, talabnoma egasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:

1) Protokolga a'zo davlat fuqarosi bo'lishi;

2) Protokolga a'zo davlatda yashashi yoki

3) Protokolga a'zo davlatda haqiqiy va samarali sanoat yoki tijorat muassasasiga ega bo'lishi.

Parij konvensiyasining 3-moddasi esa ittifoqdan tashqarida bo'lgan yoki Ittifoq davlatlaridan birining hududida haqiqiy va samarali sanoat yoki tijoriy muassasalariga ega bo'lgan Ittifoqdan tashqarida bo'lgan mamlakatlar fuqarolariga

5 O'zbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonun. 30.08.2001 yildagi 267-II-son

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ittifoq mamlakatlari fuqarolari bilan bir xil munosabatda bo'linishini talab qiladi. Xalqaro huquqda "national treatment" - milliy rejim nomi bilan ataluvchi bu qoida Ahdlashuvchi tomonlarni tovar belgilarining muhofazasiga doir choralar ko'rishga undaydi. Shuningdek, Parij konvensiyasining 9-moddasiga ko'ra, tovar belgisi yoki savdo nomiga qonunga xilof ravishda ega bo'lgan barcha tovarlar Ittifoqning o'sha mamlakatlariga olib kirilishida olib qo'yilishi kerak. Qonunga xilof harakat sodir bo'lgan yoki tovar import qilingan mamlakatda musodara ham amalga oshiriladi. Bu esa o'z navbatida Ahdlashuvchi davlatlarga muhofazaga doira alohida choralarni ko'rishni taqozo etadi.

Madrid tizimi ko'p jihatdan talabgorlarga qaysidir ma'noda "bir darcha" tizimini taklif etsada, uni butkul kamchiliklardan holi tizim deb bo'lmaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, bu tizimni tadqiq qilish bo'yicha ishlar hali oxiriga yetmagan. Masalan, Agnieszka Przygodaning "Tovar belgilarini xalqaro ro'yxatga olishning Madrid tizimi: yutuq va kamchiliklari" nomli maqolasida tovar belgilarini xalqaro ro'yxatdan o'tkazish yagona talabnoma, maqbul to'lov va markaziy boshqaruv kabi ijobiy jihatlarga ega bo'lsada, uning "markaziy hujum", biz yuqorida aytib o'tgan talabnoma beruvchining shaxsiga doir talablarning bo'lishi kabilarni tizimning kamchiliklari sifatida keltirib o'tiladi6.

Shuningdek, Madrid kelishuvi bayonnomasi qoidalariga ko'ra, belgi ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng 5 yil ichida manfaatdor shaxslar tomonidan ro'yxatdan o'tkazishni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish uchun shikoyat qilish mumkin. Aytaylik, A yuridik shaxs o'z tovar belgisini Madrid tizimi orqali 12 ta davlatda ro'yxatdan o'tkazdi. Ammo asosiy faoliyati C davlatda bo'lib, qolgan 11ta davlatda faoliyat yuritmaydi. Mana shunday vaziyatda 11 ta davlatdagi manfaatdor shaxslar tovar belgisidan muntazam ravishda 5 yil foydalanilmaganiga e'tiroz bildirib, tovar belgisini amal qilishini bekor qilishni so'rab vakolatli organga murojaat etishi mumkin. Bu muddat qat'iy bo'lmay, turli davlatlarda turlicha muddatni qamrab olishi ham mumkin. Masalan, O'zbekistonda bu muddat "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunning 25-moddasiga ko'ra 3 yilni tashkil etadi va sud qaroriga asosan tugatiladi. Shuning uchun ro'yxatdan o'tkazilgan mamlakatlarda tovar belgisidan foydalanish ham ahamiyatga molik jarayon hisoblanar ekan. Xuddi shunga o'xshash talab Parij konvensiyasida ham belgilangan bo'lib, uning 6-moddasi qoidalaridan kelib chiqib aytish mumkinki,

6 Agnieszka Przygoda. The International Registration of Trade Marks under the Madrid System: Advantages and Disadvantages. EASTERN EUROPEAN JOURNAL OF TRANSNATIONAL RELATIONS 2019 Vol. 3 No. 1 DOI: 10.15290/eejtr.2019.03.01.05

file:///C:/Users/Alpha/Downloads/The International Registration of Trade Marks unde.pdf

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng 5 yil ichida ro'yxatdan o'tkazishga qarshi e'tiroz bildirish mumkin.

Osiyo-tinch okeani mintaqasida intellektual mulk huquqi bo'yicha yetakchi firma Bross&Partners ham Madrid tizimining kamchiliklarini keltirib o'tadi. "Masalan, - deyiladi maqolada7, - Madrid tizimi jamoaviy savdo belgilari yoki sertifikatlash tovar belgilari uchun mos emas. Sababi, MM2 shakli bo'yicha xalqaro ro'yxatdan o'tish uchun ariza topshirayotganda talabnoma beruvchi uchta belgidan biri o'rniga barcha uch turdagi belgilarni: jamoaviy belgi, sertifikatlash belgisi va kafolat belgisini tanlashga majbur bo'ladi. Natijada, belgilangan davlatlar bunday ro'yxatdan o'tkazishni vaqtinchalik rad etishadi. Chunki aynan qaysi tovar belgisi uchun ariza berilganligi aniq emasdek ko'rinadi. Madrid tizimi da talabnoma beruvchiga boshqa majburiy hujjatlarni, masalan, talabnoma beruvchining huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, sertifikatlash belgisi yoki jamoaviy belgidan foydalanish qoidalarini taqdim etish imkonini beruvchi mexanizm ham mavjud emas. Binobarin, arizachi ushbu belgilangan mamlakatlar tomonidan berilgan turli rad javoblarini hal qilish uchun mahalliy advokatni yollashga ko'proq xarajat va vaqt sarflashi kerak

Jumladan, ushbu rasmda keltirilgan 31-klassga mansub meva uchun tovar belgisi ro'yxatga o'tkazilayotganda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Benilyuks va Singapur davlatlari tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishni rad etgan. Sabab sifatida esa yuqorida ta'kidlab o'tkanimizdek uchta belgidan aniq bittasini ajratib ko'rsatmaganligi qayd etilgan. Bundan tashqari, ma'lumki, belgilar boshqa shaxsga o'tkazilganda ham ro'yxatdan o'tkazish amalga oshiriladi. Madrid tizimida esa garchi mulkdorni o'zgartirish imkoniyati taqdim etilsada, bunday huquqning yangi egasi ham biz yuqorida huquq egasi uchun qanday talablar qo'yilganligi haqida aytgan bo'lsak, xuddi shunday talablarga javob berishi, Ahdlashuvchi davlatlardan birining fuqarosi bo'lishi yoxud u yerda yashashi yoxud ishlab chiqarishga ega bo'lishi darkor (Madrid bayonnomasi 9-moddasi). Bu esa huquq egasining o'z huquqlarini istalgancha begonlashtirish imkoniyatini cheklaydi.

Umuman olganda, belgilarni ro'yxatdan o'tkazish faqat Madrid kelishuvi va protokoli va/yoki Parij konvensiyasi bilan tartibga solinmaydi. Bundan tashqari, ushbu jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan bir qancha xalqaro hujjatlar, jumladan, "Tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifi to'g'risida" Nitsa shartnomasi, "Tovar belgilarining tasviriy elementlarining xalqaro tasnifi to'g'risida" Vena shartnomasi,

7 Minde Glemn Browing. International Trademark Law: A pathfinder and Selected bibliography. https://mckinneylaw.iu.edu/iiclr/pdf/vol4p339.pdf

8 9 disadvantages of the Madrid System for International Trademark Registration. https://www.lexology.com/libraiy/detail.aspx?g=29342dbe-af55-465a-9dfa-1bafbb7ffecf

bo'ladi"8.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Tovar belgilari qonuni to'g'risida" Singapur kelishuvi, "Tovar belgilariga oid qonunchilik shartnomasi", "Olimpiya belgisini himoya qilish to'g'risida"gi Nairobi kelishuvi ham bunga misol bo'laoladi. Ya'ni birgina Madrid bayonnomasi va Parij konvensiyasining o'zi butunboshli ro'yxatdan o'tish tizimini qamrab ololmaydi. Masalan, Nitsa shartnomasida tovarlarning klassifikatsiyasiga oid talablar mavjud bo'lib, Madrid Protokolining 3-moddasi 2-qismiga ko'ra, arizachi, ya'ni talabnoma egasi tegishli belgining klassini ham ko'rsatib o'tishi darkor. Agar buni ko'rsatib o'tmasa, Xalqaro byuro tovarlar va xizmatlarni ko'rsatilgan tasnifning tegishli sinflariga tegishlicha o'zi tasniflaydi. "Tovar belgilariga oid qonunchilik shartnomasi"ning 15-moddasi esa har qanday Ahdlashuvchi Tomonning Parij konvensiyasining belgilarga tegishli qoidalariga rioya qilishi majburiyatini yuklaydi9. Ushbu shartnoma shuningdek, agar davlatlarning milliy qonunchiligida shunday talab bo'lsa, ro'yxatdan o'tkazish shunga vakolatli bo'lgan vakil orqali amalga oshirilishi mumkinligini ta'kidlaydi. Masalan, patent vakili orqali. O'zbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunining 34-moddasida O'zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro'yxatdan o'tkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bog'liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Departamentda ro'yxatdan o'tgan patent vakillari orqali amalga oshirishlari belgilab o'tilgan.

Shuningdek, nizo tomoni Madrid tizimi orqali ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, BIMTning mediatsiya, arbitraj va ekspert xizmatlari bo'yicha ma'muriy to'lovlarga 25 foiz chegirmalar taqdim etiladi. Shu munosabat bilan tovar belgisi bilan bog'liq nizolar BIMT mediatsiya va arbitraj ishlarining qariyb 20 foizini tashkil etmoqda10. Bu ham Madrid tizimining yanada ommalashuviga xizmat qilayotgan bo'lishi mumkin.

Madrid kelishuvi va protokoli bo'yicha va alohida tartib bo'yicha belgilarni xalqaro ro'yxatdan o'tkazishni yanada yaxshiroq anglash uchun quyidagi misoldan foydalanishni maqsadga muvofiq deb topdik11:

Tasavvur qilaylik, Selly Kanadaning Vonderland vodiysida istiqomat qiladi. U asalning noyob turi savdosi bilan shug'ullanadi va o'z brendini Xitoy, Germaniya, Norvegiya va AQShda ro'yxatdan o'tkazishni istadi. Uning oldida ikki yo'l bor edi. Birinchisi, har bir davlatga alohida talabnoma topshirish, ikkinchisi esa Madrid tizimi

9 Trademark Law Treaty. Done at Geneva on October 27, 1994. https://mckinneylaw.iu.edu/iiclr/pdf/vol4p339.pdf

10 Time and cost-efficient alternative dispute resolution services for users of the MADRID system https://www .wipo.int/amc/en/center/madrid/

11 Guide to the Madrid system . International Registration of Marks under the Madrid Protocol. World Intellectual Property Organization (WIPO) Geneva WIPO Publication No. 455E/22 WIPO 2022

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yordamida bir talabnoma orqali bir qancha davlatdan tovar belgisini bir vaqtda ro'yxatdan o'tkazish.

Agar Selly "to'g'ridan-to'g'ri yo'l"ni tanlasa, u:

Birinchidan, har bir davlatning milliy idorasiga alohida talabnoma yuborishi kerak;

Ikkinchidan, vakil xizmatidan foydalanishga ehtiyoj seziladi;

Uchinchidan, talabnomani 4 tilga tarjima qildirishiga to'g'ri keladi;

To'rtinchidan, har bir talabnoma uchun alohida belgilangan to'lovlarni amalga oshirishi kerak bo'ladi. Aksiga olib ko'p davlatlarda, jumladan O'zbekistonda ham tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish uchun rezidentlarga nisbatan norezidentlarga yuqoriroq to'lov stavkalari belgilangan.

Agar Selly "Madrid tizimi" yo'lini tanlanasa, u:

Birinchidan, yagona to'lovni amalga oshiradi;

Ikkinchidan, patent vakili xizmatidan foydalanish majburiy bo'lmaydi;

Uchinchidan, yagona talabnoma va yagona tilda ( protocol bo'yicha ingliz, ispan va fransuz tillarning birida) Xalqaro byuroga murojaat etiladi.

XULOSA

Yuqoridagi tahlillarimiz shuni ko'rsatadiki, Belgilarni xalqaro ro'yxatga olish to'g'risidagi Madrid kelishuvi bayonnomasi ham sanoat mulkini himoya qilish bo'yicha Parij konvensiyasi ham belgilarni xalqaro miqiyosda ro'yxatdan o'tkazish qoidalarini nazarda tutadi. Ularda mavjud qoida va shartlar garchi bir-birga o'xshasada, ba'zi bir jihatlari bilan bir-biridan farq qilishini ko'rib o'tdik:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Birinchidan, Madrid protokoli BIMTga qarashli Xalqaro byuroga yagona ariza berish orqali belgilarni kelishuvga a'zo bir qancha davlatda bir vaqtning o'zida ro'yxatdan o'tkazish imkonini beradi, Parij konvensiyasi esa garchi Ahdlashuvchi davlatlar hududida himoyalanish huquqini taqdim etsada, ro'yxatdan o'tkazishning yagona markazlashgan mexanizmini taklif etmaydi;

Ikkinchidan, Madrid protokoli xalqaro ro'yxatga olishni boshqarish va yangilash bo'yicha markazlashtirilgan tizimni yaratadi, Parij konvensiyasi esa tovar belgilarini ro'yxatga olishni boshqarishni a'zo davlatlarning alohida milliy idoralari ixtiyoriga qoldiradi;

Uchinchidan, garchi Madrid tizimi vaqt va sarf-xarajatlar tejash uchun samarali usul bo'lib ko'rinsada, uni yuqorida biz sanab o'tgan ba'zi noqulayliklari tufayli to'liq mukammal va barcha uchun qulay rejim deb bo'lmaydi;

To'rtinchidan, belgilarni ro'yxatdan o'tkazish o'ziga xos murakkab jarayon bo'lib, chet el elementi bilan murakkablashgan ushbu jarayonni tartibga solishga

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qaratilgan mahalliy, mintaqaviy va xalqaro hujjatlarning o'rni va ahamiyati ushbu jarayonda muhim hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonun. 30.08.2001 yildagi 267-II-son

2. Vazirlar Mahkamasining 480-sonli qarori bilan tasdqilangan "Tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning Ma'muriy reglamenti" 19.09.2023

3. World Intellectual Property Organization (WIPO) (2023). Madrid Yearly Review 2023: International Registration of Marks. Geneva: WIPO. DOI:10.34667/tind.48060

4. "HABIBA Jewellery":Timeless Tunisian Jewelry Takes the International Stage by storm https://www.wipo.int/ipadvantage/en/details.jsp?id=12875

5. I.B.Yakubova "Xalqaro intellectual mulk huquqi". O'quv qo'llanmasi.

6. Agnieszka Przygoda. The International Registration of Trade Marks under the Madrid System: Advantages and Disadvantages. EASTERN EUROPEAN JOURNAL OF TRANSNATIONAL RELATIONS 2019 Vol. 3 No. 1 DOI: 10.15290/eejtr.2019.03.01.05

7. Minde Glemn Browing. International Trademark Law: A pathfinder and Selected bibliography. https://mckinneylaw.iu.edu/iiclr/pdf/vol4p339.pdf

8. disadvantages of the Madrid System for International Trademark Registration. https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=29342dbe-af55-465a-9dfa-1bafbb7ffecf

9. Trademark Law Treaty. Done at Geneva on October 27, 1994. https://mckinneylaw.iu.edu/iiclr/pdf/vol4p339.pdf

10. Time and cost-efficient alternative dispute resolution services for users of the MADRID system http s://www.wipo .int/ amc/en/ center/madrid/

11. Guide to the Madrid system . International Registration of Marks under the Madrid Protocol. World Intellectual Property Organization (WIPO) Geneva WIPO Publication No. 455E/22 WIPO 2022 p.19

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.