Научная статья на тему 'IXTIROLARNI PATENT HAMKORLIK SHARTNOMASI (PСT) ASOSIDA XALQARO RO‘YXATDAN O‘TKAZISH MASALALARI VA AMALIYOTI'

IXTIROLARNI PATENT HAMKORLIK SHARTNOMASI (PСT) ASOSIDA XALQARO RO‘YXATDAN O‘TKAZISH MASALALARI VA AMALIYOTI Текст научной статьи по специальности «Прочие технологии»

CC BY
458
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ixtiro / xalqaro talabnoma / patent talabnomasi / ixtironi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish / patent kooperatsiya shartnomasi (PCT) / patent idorasi / patent vakili. / invention / international application / patent application / international registration of invention / patent cooperation agreement (PCT) / patent office / patent attorney.

Аннотация научной статьи по прочим технологиям, автор научной работы — Sohib Abdusalim O‘g‘li Boboto‘xtayev

Mazkur maqolada intellektual mulk obyektlaridan biri bo‘lgan ixtirolarni Patent hamkorlik shartnomasidan foydalangan holda xalqaro miqyosda ko‘plab davlatlar hududida bir vaqtning o‘zida, yagona xalqaro talabnoma topshirish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, bosqichlari, masalalari va amaliyoti o‘rganilgan. XIX-asrning ikkinchi yarmi va XX-asrning boshlarida intellektual mulk obyektlari xususan ixtirolarni yaratish va ularni milliy va xorijiy davlatlarda tijoratlashtirish, foyda olish jarayoni rivojlandi. Natijada ularni milliy va xalqaro doirada ro‘yxatdan o‘tkazishga kata ehtiyoj to‘g‘ildi. Ixtirolarni xalqaro tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishda patent egalari tomonidan har bir mamlakatga alohida talabnoma topshirib, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish protsessual jihatdan qiyinlashdi. Bu esa, o‘z navbatida mazkur sohaga oid normativ va xalqaro huquqiy hujjatlarni qabul qilishni taqozo etmoqda. Mazkur xalqaro hujjat va tizimar ixtirolarni yagona ariza orqali xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish borasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola, o‘qituvchilar, talabalar, magistrantlar hamda intellektual mulk huquqiga qiziquvchi barcha mustaqil izlanuvchilarga tavsiya etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES AND PRACTICE OF INTERNATIONAL REGISTRATION OF INVENTIONS UNDER THE PATENT COOPERATION AGREEMENT (PST)

This article discusses the procedure, stages, issues and practice of registering inventions that are one of the objects of intellectual property on the territory of many countries at the same time, according to a single international application, using the Patent Cooperation Agreement. In the second half of the XIX century and the beginning of the XX century, the process of creating intellectual property objects, especially inventions and their commercialization in domestic and foreign countries, was developed. As a result, there is a great need for their registration at the national and international level. In the international registration of inventions, it has become difficult for patent holders to file separate applications for each country. This, in turn, requires the adoption of normative and international legal acts in this area. This international document and system inventions play an important theoretical and practical role in regulating legal relations on the international registration of inventions through a single application. This article is recommended for teachers, students, undergraduates and all independent applicants, as well as those interested in intellectual property rights.

Текст научной работы на тему «IXTIROLARNI PATENT HAMKORLIK SHARTNOMASI (PСT) ASOSIDA XALQARO RO‘YXATDAN O‘TKAZISH MASALALARI VA AMALIYOTI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

IXTIROLARNI PATENT HAMKORLIK SHARTNOMASI (PCT) ASOSIDA XALQARO RO'YXATDAN O'TKAZISH MASALALARI VA AMALIYOTI

Sohib Abdusalim o'g'li Boboto'xtayev

Toshkent davlat yuridik universiteti, intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi

mutaxassisligi magistranti. [email protected]

Mazkur maqolada intellektual mulk obyektlaridan biri bo'lgan ixtirolarni Patent hamkorlik shartnomasidan foydalangan holda xalqaro miqyosda ko'plab davlatlar hududida bir vaqtning o'zida, yagona xalqaro talabnoma topshirish orqali ro'yxatdan o'tkazish tartibi, bosqichlari, masalalari va amaliyoti o'rganilgan. XIX-asrning ikkinchi yarmi va XX-asrning boshlarida intellektual mulk obyektlari xususan ixtirolarni yaratish va ularni milliy va xorijiy davlatlarda tijoratlashtirish, foyda olish jarayoni rivojlandi. Natijada ularni milliy va xalqaro doirada ro'yxatdan o'tkazishga kata ehtiyoj to'g'ildi. Ixtirolarni xalqaro tartibda ro'yxatdan o'tkazishda patent egalari tomonidan har bir mamlakatga alohida talabnoma topshirib, ularni ro'yxatdan o'tkazish protsessual jihatdan qiyinlashdi. Bu esa, o'z navbatida mazkur sohaga oid normativ va xalqaro huquqiy hujjatlarni qabul qilishni taqozo etmoqda. Mazkur xalqaro hujjat va tizimar ixtirolarni yagona ariza orqali xalqaro ro'yxatdan o'tkazish borasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola, o'qituvchilar, talabalar, magistrantlar hamda intellektual mulk huquqiga qiziquvchi barcha mustaqil izlanuvchilarga tavsiya etiladi.

Kalit so'zlar: ixtiro, xalqaro talabnoma, patent talabnomasi, ixtironi xalqaro ro'yxatdan o'tkazish, patent kooperatsiya shartnomasi (PCT), patent idorasi, patent vakili.

ISSUES AND PRACTICE OF INTERNATIONAL REGISTRATION OF INVENTIONS UNDER THE PATENT COOPERATION AGREEMENT (PST)

This article discusses the procedure, stages, issues and practice of registering inventions that are one of the objects of intellectual property on the territory of many countries at the same time, according to a single international application, using the Patent Cooperation Agreement. In the second half of the XIX century and the beginning of the XX century, the process of creating intellectual property objects, especially

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

inventions and their commercialization in domestic and foreign countries, was developed. As a result, there is a great need for their registration at the national and international level. In the international registration of inventions, it has become difficult for patent holders to file separate applications for each country. This, in turn, requires the adoption of normative and international legal acts in this area. This international document and system inventions play an important theoretical and practical role in regulating legal relations on the international registration of inventions through a single application. This article is recommended for teachers, students, undergraduates and all independent applicants, as well as those interested in intellectual property rights.

Keywords: invention, international application, patent application, international registration of invention, patent cooperation agreement (PCT), patent office, patent attorney.

Bugungi kunda dunyoda fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi natijasida insonning intellektual faoliyati turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, dunyoning ko'plab mamlakatlari postindustrial davrga kirib keldi. Bunday jamiyatda bilimlar, g'oyalar, ixtirolar, axborotlar asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. Ixtirolarni huquqiy himoya qilishning yangi tendensiyalari yaratildi. Patent to'g'risidagi qonun hujjatlarini uyg'unlashtirish va unifikatsiyalashda sezilarli yutuqlarga erishildi. Patentlashning an'anaviy milliy tizimlari bilan bir qatorda mintaqaviy patent tizimlari (Yevropa, Yevroosiyo va boshqalar) paydo bo'ldi va rivojlanishda davom etmoqda. Bu esa, dunyoning deyarli barcha davlatlari, shu jumladan O'zbekistonda ham intellektual mulkning xalqaro almashinuviga sabab bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 12 oktabr kuni intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda, Navoiy kon-metallurgiya kombinati so'nggi o'n yilda 35 ta ixtironi ro'yxatdan o'tkazib, ularning 16 tasidan 400 milliard so'mdan ortiq iqtisodiy samara ko'rgani, bu ishlanmalarni boshqa davlatlarning oltin qazish korxonalariga sotish bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini, o'tgan yili 400 ga yaqin ixtiro, 110 ta foydali model, 170 ta sanoat namunasi, 36 ta seleksiya yutug'i ro'yxatga olingan bo'lsada, atigi 43 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirilganini [1] ta'kidlab o'tib, bu soxada bir qancha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishimizni ta'kidlab o'tildi. Bundan tashqari, Intellektual mulk agentligi tomonidan 2017-yilning 9 oyi davomida ixtirolarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha 431 ta, 2018-yilning shu davrida esa, jami 456 ta talabnoma topshirilgan [2]. Patent hamkorlik shartnomasi asosida O'zbekiston tomonidan ixtirolarni xalqaro tartibda ro'yxatdan o'tkazishda esa 2017

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

yilda 2 ta, 2018-yilda esa, 1 ta xalqaro talabnoma topshirilgan [3]. Bu esa, o'z navbatida ixtirolarni xalqaro tartibda ro'yxatdan o'tkazishni nechog'lik ahamiyatli ekanligini namoyon etadi.

Sanoat mulki obyekti sifatida ixtironi xalqaro huquqiy himoya qilish muammosi zamonaviy sharoitda ayniqsa dolzarbdir, chunki ixtiro eng ilg'or ilmiy fikrning timsolidir, u tijoratda amalga oshirish uchun ulkan salohiyatga ega. Shu bilan birga, huquqiy tartibga solishda hali ham ba'zi muammolar mavjud (masalan, O'zbekiston Respublikasida patent egalarining huquqlarini buzganlik uchun javobgarlikning aniq mexanizmi yo'qligi va amaliy zararni undirish bir qator qiyinchiliklarga egaligi; fuqarolik qonunchiligida mutlaq huquqni o'tkazish to'g'risidagi shartnoma (patentni boshqa shaxsga o'tkazish) hamda ixtirodan foydalanish uchun litsenziya shartnomalari batafsil tartibga solinmaganligi). Bundan tashqari, mahalliy ixtirolarni xorijda huquqiy himoya qilish, xususan, bu tovarlarni eksport qilish, litsenziyalarni sotish, qo'shma ishlab chiqarishni yaratishdagi muammolar ham mavjud. Huquqiy tartibga solishning ushbu muammolari, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi darajasida intellektual mulk huquqlarini tartibga solishga yagona yondashuvning yo'qligi hisoblanadi.

1970 yilda Vashingtonda imzolangan Patent kooperatsiyasi to'g'risidagi (PCT) shartnoma (PCT tarixi 1960 yillar o'rtalaridan boshlangan) intellektual mulk sohasida tuzilgan eng muhim xalqaro shartnomalardan biridir. PCT shartnomasi asosan sanoat mulkini himoya qilish bo'yicha Parij konvensiyasida belgilangan alohida mamlakatlarda individual talabnomalarni topshirish muammosini hal qilish va milliy patent idoralari ishining takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun qabul qilingan [4].

PCT shartnomasida 155 nafar ahdlashuvchi davlatlarni o'z ichiga olgan xalqaro hujjatdir [5]. PCT tizimi bir vaqtning o'zida ko'plab mamlakatlarda bir nechta alohida milliy yoki mintaqaviy patent talabnomalari o'rniga bitta xalqaro patent talabnomasini topshirish orqali ixtiro uchun patent himoyasini izlash imkonini beradi [6]. Shuningdek, PCT tizimi talabnoma beruvchilarga bir necha davlatlarda o'z ixtirolarini patentlashda, patent idoralariga patent berish to'g'risida qaror qabul qilishda yordam beradi va ixtirolarga oid ma'lumotlar jamoatchilikka ma'lum qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, PCT shartnomasi rivojlanayotgan mamlakatlar patent tizimining ish samaradorligini oshirish va bu mamlakatlar aholisining ilg'or texnik yechimlar, ixtirolar to'g'risidagi axborotlardan foydalanishni osonlashtirish, patent himoyasini olish tartibini soddalashtirish va arzonlashtirish yo'li bilan ularning iqtisodiy rivojlanishini rag'batlantirishga xizmat qiladi.

Shu o'rinda, bir jihatga e'tibor berish lozimki, "xalqaro patent" (butun dunyo bo'ylab himoyani ta'minlaydigan patent) degan yanglish tushuncha mavjud bo'lib,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

noto'g'ri talqin qilinmoqda. Patent faqat ma'lum bir mamlakatda (milliy patent) yoki mintaqaviy patent tizimlaridan birini tashkil etuvchi mamlakatlar guruhi ( mintaqaviy patent. Masalan: Yevropa patent tashkiloti, Yevroosiyo patent tashkiloti) hududida amal qilishi mumkin. Ya'ni, dunyoning barcha mamlakatlarida bir vaqtning o'zida ixtiroga himoyani ta'minlaydigan xalqaro patent berish tartibi hozircha mavjud emas. Aynan shu sababli ham patent egasi o'z ixtirosini bir paytning o'zida dunyoning 155 ta mamlakatida himoya qilishi mumkin bo'lganligi uchun ham PCT shartnomasining ahamiyati yuqoridir.

"Xalqaro patent" tushunchasi haqidagi noto'g'ri tushuncha "xalqaro talabnoma" atamasining mavjudligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Xalqaro talabnoma patent ham, patent olish uchun ariza ham emas. Xalqaro talabnoma - bu uni topshirgan shaxs o'zini PCT tizimi nazarda tutilgan tartibda xorijiy davlatlarda huquqiy himoya olish niyati borligini e'lon qilgan hujjat hisoblanadi.

PCT tizimi bo'yicha berilgan patent talabnomasi "xalqaro talabnoma" yoki "PCT talabnomasi" deb ataladi. Xalqaro ariza bitta qabul qiluvchi idoraga belgilangan tillardan birida topshiriladi. Xalqaro talabnomani topshirish natijasi patent berish emas, balki talabnoma beruvchining patent berish to'g'risidagi arizalarni milliy va mintaqaviy idoralarga xalqaro talabnoma topshirilgan sanagacha saqlanib qolgan ustuvorlik bilan taqdim etish huquqidir.

Patent kooperatsiya shartnomasining 3-moddasiga ko'ra, Xalqaro talabnomani PCT tizimi Ahdlashuvchi davlatlarining har qanday fuqarosi yoki ushbu davlatlarda yashayotgan shaxslar berishi mumkin. Agar xalqaro talabnomada bir nechta talabnoma beruvchilar bo'lsa, ulardan biri ushbu talabga javob berishi kifoya. Patent kooperatsiyasi to'g'risidagi shartnomaga ko'ra, Xalqaro talabnoma - ariza, ixtiro tavsifi, ixtiro formulasi, chizmalar hamda referatdan iborat tartibda tuziladi. So'ng esa, xalqaro talabnomani ePCT orqali topshirish mumkin. ePCT - 10 ta nashr tilidan iborat bo'lgan, xavfsiz brauzerga asoslangan tizim bo'lib, ariza beruvchilar, intellektual mulk idoralari va uchinchi shaxslar uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi. Tegishli kirish huquqiga ega bo'lgan foydalanuvchilar Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning xalqaro byurosi tomonidan saqlanadigan so'nggi bibliografik ma'lumotlar va hujjatlarga kirish uchun o'zlarining BIMT hisob qaydnomasidan foydalangan holda ePCT ga kirishlari mumkin. Ariza beruvchilar yangi xalqaro talabnomalarni topshirishlari va ePCT yordamida keyingi barcha jarayonlarni boshqarishlari mumkin [7].

PCT kelishuviga muvofiq xalqaro talabnomani topshirish tartibi ikki bosqichni nazarda tutadi: xalqaro va milliy(davlat)/mintaqaviy(Yevropa Ittifoqi intellektual mulk idorasi) [8]. Xalqaro bosqich uch bosqichdan iborat bo'lib, ular majburiy va ikkita ixtiyoriy bosqichni qamrab olgan bo'lib, ariza beruvchining iltimosiga binoan amalga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

oshiriladi. Milliy va ayrim hollarda mintaqaviy bosqich esa, sanoat mulki milliy va hududiy idoralari tomonidan patent berishning yakuniy tartibiga tegishli. PCT tizimi bo'yicha ariza berishda ariza beruvchiga ariza milliy bosqichga o'tishdan oldin ma'lum vaqt beriladi, chunki PCT shartnomasining 22-moddasi birinchi qismiga muvofiq milliy bosqichga kirishning maksimal muddati ustuvorlik sanasidan boshlab 30 oyni tashkil qiladi. Bitta xalqaro talabnomani topshirish, arizachi xalqaro arizasida ko'rsatgan barcha mamlakatlarda alohida milliy yoki mintaqaviy arizalarni topshirish bilan bir xil ta'sirga ega. Xalqaro talabnoma quyidagi usullardan biri bilan tayyorlanishi mumkin:

- ePCT dasturida;

- PCT-SAFE dasturida;

- Talabnoma shaklini qo'lda chop etish va to'ldirish orqali [9].

PCT tizimiga xalqaro talabnoma topshirish paytida hech qanday to'lov amalga oshirish shart emas. Xalqaro talabnoma topshirilgandan so'ng, qabul qiluvchi idora arizani rasmiy ekspertizadan o'tkazadi va to'lovlarni hisoblab chiqadi va qancha to'lash kerakligi haqida talabnoma yuboruvchiga ma'lum qilinadi [10]. PCT xalqaro talabnoma bo'yicha xalqaro dastlabki ekspertiza o'tkazish imkoniyatini nazarda tutadi, ya'ni da'vo qilingan ixtironing patentga layoqatliligi to'g'risida xulosa tuziladi. Ushbu tartib PCTning II-bobi bilan tartibga solinadi va majburiy emas. Bu faqat talabnoma yuboruvchining iltimosiga binoan amalga oshirilishi mumkin [11].

Xalqaro talabnomani PCT tizimiga topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

> Talabnoma topshirish: Ariza beruvchi milliy yoki hududiy patent idorasiga yoki BIMTga PCT formatlash talablariga javob beradigan va bir tilda yozilgan hamda yagona boj to'lovini to'laydigan xalqaro talabnomani taqdim etadi;

> Xalqaro qidiruv: Xalqaro qidiruv organi (dunyodagi eng yirik patent idoralaridan biri) patentga layoqatlilikni aniqlashga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan nashr etilgan patent hujjatlari va texnik adabiyotlarni aniqlaydi va ixtironing patentga layoqatliligi to'g'risida yozma xabar tayyorlaydi;

> Xalqaro nashr: eng erta topshirilgan kundan boshlab 18 oy o'tgach, xalqaro arizaning mazmuni keng jamoatchilikka ochiq bo'ladi;

> Qo'shimcha xalqaro qidiruv (ixtiyoriy): arizachining iltimosiga binoan, ikkinchi turli tillarda texnikaning xilma-xilligi tufayli asosiy qidiruvni o'tkazgan birinchi tomonidan topilmagan bo'lishi mumkin bo'lgan nashr etilgan hujjatlarni aniqlashda foydalaniladi;

> Xalqaro dastlabki ekspertiza (ixtiyoriy): Talabnoma beruvchining iltimosiga ko'ra, patentga layoqatlilikni qo'shimcha tekshirishni o'tkazadi, odatda talabnomaning yozma fikr mazmunini hisobga olgan holda o'zgartirgan versiyasiga asoslanadi;

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

> Milliy bosqich: PCT protsedurasi tugashi bilan, odatda, ustuvorligi talab qilingan oldingi talabnomaning eng erta topshirilgan sanasidan boshlab 30 oy o'tgach, talabnoma beruvchi to'g'ridan-to'g'ri o'zi xohlagan mamlakatlarning milliy (yoki mintaqaviy) patent idorasida patent ishini boshlaydi [12].

PST protsedurasining umumiy ko'rinishi

Qidiniv o'k-il ] va

hisobot taqclim etish . + _— * —ffi®

v_I ^^^

Ixtiro Xalqaro talabnoma Qabul qiluvclii idora Xalqaro qidiruv organi

Patent MiUjv./Regional

Patent jMJte^idoralan © ^Boboto^xtayev

Ixtirolarni PCT tartibida ro'yxatdan o'tkazishning bir qancha avzalliklari mavjud bo'lib, birinchidan, ko'plab davlatlarda patent muhofazasini eng qulay, tejamkor va samarali usulda olish imkonini beradi, chunki talabnoma beruvchi bir vaqtning o'zida PCT ga a'zo mamlakatlarda o'z ixtirosi uchun patent himoyasini olish uchun faqat bitta hujjat topshiradi;

Ikkinchidan, PCT tizimi rivojlanayotgan mamlakatlarga patent hujjatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi va shu bilan ulardagi qimmatli ma'lumotlarga kirish va ulardan foydalanishni osonlashtiradi. Patent hujjatlaridan olingan qimmatli ma'lumotlar texnologiyalarni tijoratlashtirish va investitsiya qarorlarini qabul qilishda yordam beradi;

Uchunchidan, xalqaro talabnomani topshirish PCT protsedurasida nazarda tutilgan barcha harakatlarni amalga oshirishda maxsus tashkilotlarni yaratishni talab qilmadi, chunki vakolatli xalqaro organlarning barcha funktsiyalari PCT tizimida nazarda tutilgan;

To'rtinchidan, PCT tizimi bitta arizani, xalqaro qidiruv va xalqaro nashrni o'z ichiga olgan bo'lib, a'zo mamlakatlar uchun ixtiyoriy bo'lgan xalqaro dastlabki ekspertiza o'tkazish imkoniyatini ham beradi.

503

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Ixtirolarni PCT tizimi asosida xalqaro tartibdan ro'yxatdan o'tkazishni yanada takomillashtirish uchun quyidagi yo'nalishlar bo'yicha islohotlarni amalga oshirish lozim:

- Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi talabnoma beruvchilarning, shu jumladan yakka tartibdagi ixtirochilar, kichik va o'rta korxonalarning turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda talabnoma beruvchilarning xarajatlarini kamaytirish;

- Ariza beruvchilar va uchinchi shaxslar manfaatlari o'rtasida zarur muvozanatni saqlash, shuningdek, davlatlar manfaatlarini yanada hisobga olish;

- Rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordam dasturlarini, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida kengaytirish;

- PCTni iloji boricha yanada Patent huquqlari bo'yicha shartnoma (PLT) qoidalariga moslashtirish;

- BIMTning Patent huquqi bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan asosiy talablarni uyg'unlashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan PCT islohotini muvofiqlashtirish;

- Shartnoma va Yo'riqnoma qoidalarini yanada soddalashtirish, tushuntirishlar berish va iloji boricha qisqartirish;

Yuqoridagi takliflar bo'yicha ishlarni to'g'ri va tizimli tarzda yo'lga qo'yilishi, o'ylaymizki ixtirolarni PCT tizimi asosida xalqaro tartibda ro'yxatdan o'tkazishni huquqiy jihatdan himoyasini ta'minlashga yordam beradi va bugungi globallashuv davrida ko'plab mamlakatlarda, xususan O'zbekistonda yaratilayotgan ixtirolarni xalqaro doirada ro'yxatdan o'tkazib, patent egalarining ixtirolarini dunyoning ko'plab mamlakatlarida tijoratlashtirishga imkon yaratilib, natijada ilm-fan va iqtisodiyot rivojlanishiga olib keladi. Shu bilan birga, ixtirolarni xalqaro tartibda ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribani o'rganish hamda O'zbekistonda ushbu yo'nalishdagi tadqiqot ishlari hamda qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha ishlarni jadallashtirish zarur ahamiyat kasb etadi. Mazkur yunalishdagin xorijiy tajribani amaliyotga joriy etilishi ixtiro egalarini huquqiy jihatdan rag'batlantirib, ko'plab zamonaviy ixtirolar yaratilishiga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. https://president.uz/oz/lists/view/3887

2. http://ima.uz/uz/services/statistik-malumotlar/

3. https : //www3 .wipo. int/ipstats/searchForm

4. Влияние международной патентной системы на развивающиеся страны: исследование, проведенное г-ном Гетачью Менгисте. Ассамблеи государств-

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

членов ВОИС. Тридцать девятая серия заседаний Женева, 22 сентября - 1 октября 2003 г.

5. https://www.wipo.int/pct/ru/pct contracting states.html

6. WIPO. PCT: вопросы и ответы. Апрель 2020г

7. https: //pct .wipo .int/ePCT/

8. Patent Cooperation Treaty (PCT) for Private Applicants. 1 January 2022.

9. https://www.gov.il/en/service/filling an international application pct

10. https://www.gov.il/en/service/filling_an_international_application_pct

11. Договор о патентной кооперации — реальный путь патентования за рубежом Г. Ф. Востриков, Т. В. Апарина

12. WIPO. PCT: вопросы и ответы. апрель 2020г

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.