Научная статья на тему 'BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ASOSLANGAN TA’LIM'

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ASOSLANGAN TA’LIM Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zaynitdinova Masuda Abdukadirovna

Barqaror rivojlanish bu ayni paytda yashayotgan insonlar ehtiyojlarini qondirishda kelajak avlodga zarar yetkazmasdan taraqqiy ettirish tushuniladi. Yoki boshqacha aytganda, barqaror rivojlanish bu hozirgi faoliyat va zamonaviy jamiyat ehtiyojlarini qondirishda kelajak avlodlarga zarar yetkazmaydigan, balki ular o‘rtasida muvozanatni topadigan taraqqiyotga erishishdir... BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy g‘oyasi — hech kimni ortda qoldirmaslik deb qabul qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ASOSLANGAN TA’LIM»

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ASOSLANGAN

TA'LIM

Zaynitdinova Masuda Abdukadirovna

Toshkent viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Pedagogika, psixologiya va ta'lim texnologiyaari kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11215824

Tayanch iboralar: barqaror rivojlanish, inklyuziya, inklyuziv ta'lim, nogiron bolalar, inklyuziv ta'lim madaniyati, inklyuziv ta'lim sinfi.

Barqaror rivojlanish - bu ayni paytda yashayotgan insonlar ehtiyojlarini qondirishda kelajak avlodga zarar yetkazmasdan taraqqiy ettirish tushuniladi. Yoki boshqacha aytganda, barqaror rivojlanish - bu hozirgi faoliyat va zamonaviy jamiyat ehtiyojlarini qondirishda kelajak avlodlarga zarar yetkazmaydigan, balki ular o'rtasida muvozanatni topadigan taraqqiyotga erishishdir...

BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy g'oyasi — hech kimni ortda qoldirmaslik deb qabul qilingan.

2015yil sentyabrda BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasida qabul qilindi. Bu rezolyusiya prinsipial jihatdan yangi global majburiyat hisoblanadi. Unda Barqaror rivojlanishning 17 maqsadi va unga erishishning 169 ta vazifasi keng miqyosli masalalarni, ya'ni, odamlar sog'lig'i va farovonligidan tortib iqlim o'zgarishlarigacha, gender tengligidan tortib iste'mol va ishlab chiqarish modellari o'zgarishlarigacha bo'lgan jarayonlarni qamrab olgan.

Global miqyosda 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlari tasdiqlangan, O'zbekistonda esa ularning 16 tasi qabul qilingan. Buning sababi nimada?

O'rganishlar natijasida jami 17 ta global Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 16 tasi bo'yicha O'zbekistonda tegishli ishlar amalga oshirilishi imkoniyati mavjudligi aniqlandi. Bunda mamlakatimiz hududi okean va dengiz bilan tutashmaganligi inobatga olinib, "Barqaror rivojlanish uchun okeanlar, dengizlar va dengiz resurslarini saqlash va barqaror foydalanish" deb nomlanuvchi 14-maqsad va uning tarkibiga kiruvchi 10 ta vazifaning yurtimizda erishilishi imkoniyati mavjud emas, deb topildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 83-sonli qarori bilan belgilangan 16 ta maqsadlarga erishish uchun vazifalar soni 126 ta kengaytirildi va 190 ta milliy BRM indikatorlari tasdiqlandi.

Mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlanagn "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar"ning 4-maqsadi - Umumqamrovli va adolatli sifatli ta'limni ta'minlash hamda barchaga butun umri davomida ta 'lim olish imkoniyatini rag'batlantirish deb qabul qilingan.

Mazkur maqsadning 4.5-vazifasi etib "Ta'lim muassasalari sharoitlarini imkoniyati cheklangan bolalarning manfaatlarini hisobga oladigan darajada yaxshilash orqali nogironlar uchun barcha darajadagi ta'lim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdan teng foydalanish imkoniyatini, barcha uchun xavfsiz va samarali o'qitish muhitini ta'minlash" deb belgilab berilgan.

Inklyuziv ta'lim bo'yicha qator xalqaro va milliy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Yurtimizda 2020-yil 23-sentabr kuni tasdiqlangan 11 bob va 75 moddadan iborat "Ta'lim to'g'risida" Qonunning maqsadi O'zbekiston Respublikasida fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini va ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir.

2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 20, 34, 38, 46, 50, 51, 52 va 55-moddalari imkoniyati cheklangan shaxslar ta'lim-tarbiyasiga qaratilganligi, Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.

Jumladan, 55-moddada Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalarni (shaxslarni) o'qitish hamda tarbiyalash vazifasiga qaratilgan bo'lib, Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim olishini ta'minlaydi.

Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalarni o'qitish hamda tarbiyalash uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etiladi.

Ta'lim oluvchilarni ushbu ta'lim muassasalariga yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi. Davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilar davlat ta'minotida bo'ladi" deb belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son qarori bilan 2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi.

Konsepsiyada Inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadi etib ta'lim olish uchun teng imkoniyatni ta'minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta'lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat'iy nazar ta'limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir, deb belgilab berildi.

Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirishda quyidagi ko'rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:

alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta'limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;

alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta'minlanadi;

davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta'lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;

inklyuziv ta'lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta'lim sifati, shuningdek o'quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi;

inklyuziv ta'lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o'zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi;

o'quvchilar ta'limiy ehtiyojlarning o'ziga xosligini inobatga olgan holda sifatli ta'lim olishi uchun ular davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi;

inklyuziv ta'limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari optimallashtiriladi, ularda ta'lim olayotgan o'quvchilarning teng huquqli jamiyat a'zosi sifatida umumta'lim muassasalarida bilim olishi ta'minlanadi;

pedagogik yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi;

inklyuziv ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi;

inklyuziv ta'lim muassasalarining Internet tarmog'iga to'liq ulanishi ta'minlanadi;

inklyuziv ta'lim muassasalarida o'quvchilarni qabul qilish va boshqa ta'lim muassasalariga o'tkazish uchun davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmi joriy etiladi.

Inklyuziv ta'lim - (inklyuziya - inglizcha inclusion- uyg'unlashish) hamkorlikdagi ta'lim bo'lib, butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va samarali ta'lim sifatida tan olingan.

Inklyuziv ta'lim bu, shunday ta'lim-tarbiya jarayoni-ki, unda jismoniy, ruxiy, aqliy va boshqa muammolaridan qat'iy nazar BARChA bolalar umumiy tarzda, o'z uyi va hududida, ehtiyojlariga mos barcha sharoitlar yaratilgan maktablarda, o'z tengqurlari bilan birga ta'lim olishi demakdir.

2021-yil 12-oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" 638-son Qarori qabul qilingan. Qarorning 1-ilovasi bilan "Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkl etish tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlangan. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko'ra Nizomnnig 17-bandiga to'g'ri kelgan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar inklyuztiv ta'limga jalb etiladi deb belgilab berilgan.

Shuningdek, joriy yilning 25-yanvar kuni "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 46-sonli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

O'zbekistonda inklyuziv ta'limni tashkil etishdagi asosiy masala bu inklyuziv ta'lim ishtirokchilarida inklyuziv ta'lim madaniyatini shakllantirish hamda ota-onalar bilan ishlash muammosidir.

Inklyuziv ta'lim jarayoni to'laqonli samarali amalga oshirilishida o'quvchilar o'rtasida sog'lom muhit va do'stona munosabatni yaratilishi muhimdir. Quyidagi tavsiyalar albatta o'zining ijobiy samarasini beradi:

• siz imkoniyati cheklangan bola bilan suhbat qurar ekansiz, hech qachon diqqat markazingizda nogironlik tushunchasi turmasligi lozim, bolaga nogiron bola sifatida emas avvalo bola sifatida qarashingiz lozim;

• Imkoniyati cheklangan bola bilan tanishganingizda albatta u bilan qo'l berishib ko'rishish lozim, chunki bu bolada o'z-o'ziga ishonch, sizga nisbatan yaqinlik hissini shakllantiradi. Bunday vaziyatda bolaning qo'l tutishi qiyin, protez qo'l bo'lsa ham, chap qo'lini bo'lsa ham uzatishiga muvaffaq bo'ling;

• Ko'rishda muammosi bo'lgan (umuman ko'rmaydigan) bola bilan uchrashganingizda albatta o'zingizni va yoningizda kimlar borligini aytish, agar guruhli muloqot talab etilsa, so'zlayotgan kishining ismini aytishni ham unutmaslik darkor;

• Imkoniyati cheklangan bolani ham barcha bolalar qatori o'z ismi bilan chakqrishga, o'smir yoshida bo'lsa katta odamga qilinadigandek munosabatda bo'lishga har doim e'tibor qaratish lozim;

• Agar bola maxsus aravachada o'girsa albatta sinf o'quvchilariga aravachani hrakatlantirish hamda xavfsizlik qoidalari bilan mukkamal tanishtirish lozim;

• Muloqot qilishida muammosi bo'lgan bola biror bir narsa yoki hodisa xususida so'zlayotganda bardoshli bo'lish, uning fikrini keskin bo'lib qo'ymaslik, nima xususida so'zlamoqchiligini anglashga harakat qilish, bosiqlik bilan unga o'z munosabatingizni bildirishingiz maqsadga muvofiq;

• Eshitishda nuqson bo'lgan bola bilan muloqot qilishda unga to'gri qarab, aniq qilib so'zlashingiz, u sizning og'iz artkulyatsiyangizni aniq ko'ra olishi lozim. Mujmal bo'lmasligingiz, uni diqqatini tortish uchun qo'l harakatlaridan foydalanishingiz, shuningdek, qo'pol bo'lmasligingiz lozim;

• Albatta har bir muloqot jarayonida imkoniyati cheklangan bola bilan o'rtangizda iliq munosabat yaratish xususida bosh qotirish;

• Bolaning ichki imkoniyatlari, shaxsiy muammolari bilan qiziqish;

• Uning imkoniyatlarini kengaytirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga undash maqsadga muvofiq.

Inklyuziv ta'lim joriy qilishga doir amaliy tavsiyalar:

• o'qituvchi-defektologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda rivojlantirish;

• ota-onalar bilan alohida davra suhbatlari tashgkil etish;

• inklyuziv sinflarida ta'lim jarayonlarini o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etilishiga asosiy e'tiborni qaratish;

• inklyuziv ta'limni samarali tashkid etish yo'nalishida ota-onalar uchun, barcha ta'lim ishtirokchilari uchun metodik qo'llanmalar, amaliy tavsiyalar yaratish;

• inklyuziv ta'lim yo'nalishidagi ilg'or tajribalarni o'rganish va ommalashtirish;

• inklyuziv ta'limga jalb etilgan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun yuarcha shart-sharoitlar yaratilishiga asosiy e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Shunngdek, imkoniyati cheklangan o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish yuzasidan ham barch sharoitlar, imkoniyatlar yaratilyapti. Biz mana shu imkoniyat va sharoitlardan to'laqonli foydalangan holda ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etsak, albatta, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning nafaqat hayotda munosib ravishda o'z o'rnilarini topishga, balki, davlatimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarib zafarlarga erishishlariga zamin yaratamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-son Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yil);

3. "Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida"gi PF-5712-farmon, 2019-yil 29-aprel.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son qarori.

5. 5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 638-son qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.