BARNOBA INJILINING SHAKLLANISH TARIXI Muxiddin Tursunov
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Islomshunoslik" yo'nalishi 1-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada Iso (a.s.) ning ning hayoti haqida yozilgan "Barnoba Injili" haqida so'z borib, "Barnoba Injili"ning shakllanish tarixi va uning ma'naviy-diniy qiymatini kichik miqdorda bo'lsa-da anglagan holda, u bilan bog'liq amalga oshirilgan ilmiy ishlar ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: "Barnoba Injili", Muqaddas kitob, Iso Masih, "Apokrifal" HISTORY OF THE FORMATION OF THE BIBLE OF BARNOBA
ABSTRACT
The article deals with the Gospel of Barnoba, which is written about the life of Jesus (pbuh), and with a small understanding of the history of the Gospel of Barnabas and its spiritual and religious value. the scientific work carried out is considered.
Keywords: The Gospel of Barnabas, The Bible, Jesus Christ, The Apocrypha.
"Barnoba Injili" - Iso (a.s.) ning hayoti haqida hikoya qiluvchi va havoriy Barnobaning nomi bilan yozilgan adabiy matndir. XVIII asr boshlarida bu matnning ikkita qo'lyozma nusxasi topilgan1.
Ba'zi mustaqil tadqiqotchilarning fikricha, "Barnoba Injili" musulmon nuqtayi nazaridan XV asr atrofida yozilgan soxta (psevdo-apokrifal) manbadir2.
Bu matnning muhokamasi 1980-yillar oxirida faollashdi va xristian-musulmon
"5
muloqotining muhim tarkibiy qismiga aylandi . Ba'zi musulmon apologlarining fikricha, ehtimol "Barnoba Injili" Isoning missiyasi haqida haqiqiy ma'lumotni o'z ichiga olgan yagona manba va boshqa manbalar, jumladan, kanonik Injil havoriy Pavlusning izdoshlari tomonidan ushbu soxtalashtirilgan4.
2012-yil fevral oyida Turkiya ommaviy axborot vositalari Barnoba Injilining qadimiy qo'lyozma nusxasini topish uchun keng ko'lamli ilmiy munozara va izlanishlarni boshlab berdi, undagi Isoning Muhammadning davomchisi sifatida talqin
1 http://www.chrislages.de/bamarom.htm 20.03.2021.
2 Салтанова В. В. Арабская версия «евангелия от Варнавы» в истории исламо-христианского диалога. Автореферат диссертации.с 309.
3 Архимандрит Августин (Никитин). Евангелие от Варнавы и христианско-мусульманские отношения. // Миссионерское обозрение № 5 (91), май 2003. Стр. 20-28.
4 http ://www. answering-christianity.com/answersamgreen. htm 20.03.2021.
qilish holati ushbu diniy manbaga nisbatan juda katta qiziqishning paydo bo'lishiga sababchi bo'ldi5.
"Barnoba Injili" haqidagi dastlabki hujjatlar Madridda BNM MS 9653 kodi ostida arab tilida yozilgan qo'lyozmasida topilgan va bu topilma haqida ilk ma'lumotlar 1634-yilda Ibrohim Al-Tekbili tomonidan Tunisda yozilgan axborotnomada qayd etiladi6.
Bibliya kitobida Muhammad payg'ambar haqida qilingan zikr matnida: "Muqaddas Barnoba Injili - har kimki nur topishi mumkin bo'lgan manbadir", deb yozilgan (ispancha: Y asi mismo en Evangelio de San Bernabe, donde se hallara la luz). Bu ispan matniga oid ilk qissa Adrian Reland tomonidan 1717-yil "De religione Mohamedica" nomi ostida nashr qilinadi. Keyinchalik, 1718-yilda irlandiyalik dinshunos olim Jon Toland tomonidan batafsil yozilgan va italyan tilida shakllantirilgan matn topiladi. Har ikki matn haqida ma'lumot ilk bor 1734-yilda Jorj Sale tomonidan "Qur'on haqidagi ilk hukm" kitobida berilgan:
"Musulmonlarning ham Injillari arab tilida bo'lib, ular Avliyo Barnobaga tegishli edi. U yerda mavjud Iso hikoyasi mavjud Muqaddas kitobdan juda boshqacha tasvirlangan. Bu Muqaddas kitobning Afrikadagi ispan tilidagi tarjimalari bor edi va Shahzoda Eugene kutubxonasida saqlanayotgan edi. Ko'rinib turibdiki, bu musulmonlarning aldovi edi"7.
Ushbu diniy manbaning muallifi sifatida qayd etiluvchi Barnoba shaxshi ham alohida tarixga ega hisoblanadi. Barnobaning haqiqiy ismi Yusuf (Iosif) edi. U Levi
Q
qabilasidan bo'lib, kiprlik oilada tug'ilgan . Barnoba uning laqabi bo'lib, "tasadduq o'g'li" ma'nosini anglatadi9. Yangi Ahd"da Barnoba Isoning 70 ta havoriy shogirdlaridan biri sifatida talqin qilinadi. U havoriy Pavlusning murojaatida ishtirok etgan va Ioann-Mark bilan birga sayohat qilgan, va taxminan 76-yilda vafot etgan.Uning shaxsiy qalamiga oid ikkita qo'lyozma mavjud: "Barnoba xabari" va "Barnoba faoliyati"10.
Ba'zi tadqiqotchilar bu kitobni Isoning faoliyati davomida u bilan 3 yil umrini birga o'tkazgan bir inson yozgan va shu kungacha omon qolgan yagona Injildir, deb da'vo qiladilar. Bundan tashqari, II asr xristian ilohiyotchisi Irenaeus yozuvlaridan shu narsa aniqki, bu Injil I-II asrlardayoq mavjud bo'lgan11. Ba'zi davrlarda mushriklarni "Rim dini va Aflotun falsafasi Isoning haqiqiy tashviqotini o'z ichiga olganlik"da
5 http://www.islamnews.ru/news-116201.html 20.03.2021.
6 Wiegers, G.A. (April-June 1995). "Muhammad as the Messiah: A comparison of the polemical works of Juan Alonso with the Gospel of Barnabas". Biblitheca Orientalis. LII (3/4) P 274.
7 Sale, George (1882). "Of the Doctrines and Positive Precepts of the Quran which relate to Faith and Religious Duties". The Koran: Preliminary Discourse. Frederick Warne & Trubner & Co., Ludgate Hill. 123. ISBN 0-524-07942-0. P 512
8 Bibliya, Ohdi-Cadid, Havarilarin i§lari, 4:36,37 Arxivb§dirilib 2015-04-19 at the Wayback Machine.
9 "Bibliya, Ohdi-Cadid, Havarilarin i§lari, 4:36,37" (PDF). 2015-04-19 tarixinda orijinalindan (PDF) arxivb§dirilib. istifada tarixi: 2013-10-24. B 487
10 Скогорев А. П. Апокрифические деяния апостолов. Арабское Евангелие детства Спасителя. — СПб.: Алетейя, 2000. — 480 с. — (Античное христианство. Источники).
11 Салтанова В. В. Арабская версия «евангелия от Варнавы» в истории исламо-христианского диалога. Автореферат диссертации. C 203.
ayblagan Pavlusga qarshi turishda Irenaeus o'z g'oyalarini qo'llab, "Barnoba Injili"dan ko'plab kotirovkalarni keltirgan. Ushbu kitob 325-yilgacha Iskandariya cherkovlarida muntazam Muqaddas kitob sifatida ishlatilgan. 325-yilda tashkil etilgan birinchi Niken cherkov Assambleyasi kanonik va apokrifal Injillarni rasmiy tarzda ajratishni belgilangan. Ushbu uchrashuvda "Barnoba Injili" kanonik emasligi va apokrif (soxta)
1 9
Injillariga tegishli ekanligi e'lon qilinadi . Qarorga ko'ra, barcha apokrifal Injil taqiqlangan va ularning barchasi yo'q qilinishi kerak edi. Ba'zi da'volarga ko'ra,
xristian jamoatchiligida Injil mavzusining muhokama qilinganligi bo'yicha tarixiy
1 ^
dalillar yo'q .
Taqiqlov jarayoni avj olishi quyidagicha sodir bo'ladi:
1) IV asr oxirida Rimning 37-Papasi Damasiyning o'zi "Barnoba Injili" nusxasini sotib oladi va bu kitobning o'qib bo'lmasligi haqida xabarnoma e'lon qiladi14
2) Ushbu xabarnomani Kesariya yepiskopi (hozirgi Kayseri) Gelasius ham qo'llab-quvvatlaydi. Gelasius "Barnoba Injili"ni Apollon kitoblari ro'yxatiga kiritdi.
3) Ushbu nusxa kitob 382-yilda G'arbiy cherkovlar va 465-yilda Papa Hilariyning xabarnomasi bilan taqiqlandi15. 478-yilda Kiprda Barnobaning qabr qoldiqlari topildi va uning jasadi ko'kragidan yuqorida ushbu Injilning nusxasi topildi16.
4) 496-yilda 49-Papa Gelasius davrida "Gelasius farmoni" deb nomlanuvchi farmon tuzilgan bo'lib, u "diniy qarashlarni yo'ldan ozdiruvchi va dinga zid qiluvchi kitoblar"
1 7
deb nomlangan toifa asarlarga "Barnoba Injili"ni ham kiritadi .
5) Kitob VII asrda tuzilgan 60 ta taqiqlangan kitob (oltinchi kitoblar ro'yxati)
1 Я
ro'yxatiga ham kiritilgan . "Barnoba Injili" Kiyevning Buyuk knyazi Svyatoslav Yaroslavichning topshirig'iga binoan 1073-1076-yillarda tuzilgan "Svyatoslavlar to'plami"da ham apokrifik Injil sifatida keltirilgan19.
"Barnoba Injili"ning ikkita asosiy manbai bor. Birinchisi 1709-yilda topilgan, italyan tilida yozilgan va XVI asrning oxiriga kelib, Vena milliy kutubxonasida saqlanadigan (kod №2662) qo'lyozmasi. Qo'lyozma maydonlarida arab tilida ko'plab eslatmalar mavjud. Ikkinchi nusxa ispan tilida yozilgan va bir qator paslarni o'z ichiga oladi (121-200 boblari yo'q); bu taxminan bir xil davrga to'g'ri keladi. Uning asl nusxasi dastlab yo'qolgan, ammo 1976-yilda Avstraliyada topilgan. Ispancha shakl italyanchadan farqli o'laroq, qo'lyozmaning qisqacha tarixini o'z ichiga oladi: fra Marino Papa Sixtus V shaxsiy kutubxonasida bu qo'lyozmani topib, uni o'qib chiqib,
12 Barnabas incili, sah. 15-16.
13 Yucel Kaya, Yakup'un Be§ incili (Rahip Bahira'nin Sim), Marka Yayinlan, istanbul, 435 s., ISBN 9786054167104.
14 Muhammad Ata ur-Rahim, Jesus A Prophet of Islam, P 39-41.
15 §ansolye Seguier Kitabxanasi, B.,Montfaucan tarafindan yazilmi§ yunanca alyazmalar kataloqu.
16 Acta Sanctorum, Boland Junii, Tome II, sah. 422-450, Antwerpen, 1698. P 392
17 Скогорев А. П., Апокрифические деяния апостолов. Арабское Евангелие детства Спасителя, Античное христианство. Источники, СПб., Алетейя, 2000, с 480.
18 Decretum Gelasianum Latin Kitabxanasi.// Decretum Glasianum. barnabas-incili.com Latinca. And the following apocryphal (writings) (ing.) // List of the Sixty Books. www.barnabas-incili.com
19 Данилевский И. Древняя Русь глазами современников и потомков (IX—XII вв.). Лекция 7: Языческие традиции и христианство в Древней Руси. М.: Аспект пресс, 1998. C 456.
yashirincha islom diniga kirishga va hujjatni avlodlarga saqlashga qaror qildi. Bundan tashqari, ispan tilidagi matn italyan aragoni musulmon Mustafo De Arand tomonidan tarjima qilingan.
Yuqorida qayd etilganidek, "Barnoba Injili" haqidagi birinchi iqtibosiy ma'lumot Tunisda mavjud qo'lyozmada topilgan bo'lib, u taxminan 1630-yilga to'g'ri keladi. Mazmunga ko'ra, bu 1709-yilda topilgan nusxa bir xil psevdoapokrif shaklda yaratilgan. Sharqshunos va Qur'onning klassik ingliz tilidagi tarjimasi (1734-yil) muallifi Jorj Seyl (Jorj Sale) "musulmonlarda arab va ispan tilida yozilgan Muqaddas
9П
Barnabasga tegishli Injil bor", deb ushbu tarjimani so'z boshida yozgan .
Oksfordda 1907-yil Longsdale va Laura Regg tomonidan chop etilgan "Barnoba xushxabarlari"ning birinchi ilmiy nashri keng matnli tahlil bilan jamoatchilikka taqdim etildi. 1908-yilda ushbu kitob arabcha tarjimada ham paydo bo'ldi. Keyin urdu, fors va
9 1
dunyoning boshqa tillariga tarjimalari paydo bo'ldi .
XX asrning o'rtalariga qadar "Barnoba Injili" keng ilm-fan sohasi vakillari
99
orasida tarqalmagan, ammo keyinchalik u konfessiyalararo bahslarda faol ishlatilgan . 2005-yilda ushbu kitob to'liq rus tilida nashr etilgan bo'lib, u 2007-yilda qayta nashr etilgan . Ingliz tilidan tarjima D.Aribjanov tomonidan amalga oshirildi. Ushbu kitobning muqaddimasi hazrat Bibarsov (Saratov viloyati muftiysi va Rossiya muftiylar Kengashi hamraisi) Volga viloyati musulmonlari ruhiy boshqarmasi nomidan yozilgan: "Kitob ilmiy va dinshunoslik maqsadlarida foydalidir, biroq, unda islomga mos kelmaydigan qoidalar ham mavjud. Shu asosda, bu kitob ilmiy bilim va din tarixini o'rganish uchun foydali bo'lishi mumkin, ammo shariat me'yorlariga rioya qilish uchun qo'llanma bo'la olmaydi"
9 A
Tarjima islom an'anasi nuqtayi nazaridan, "Barnoba Injili" matnining bir qator nomaqbul va noto'g'ri izohlarni o'z ichiga oladi.
Ba'zi tadqiqotlarga ko'ra, psevdo-apokrif uchun tanlangan nom - "Barnoba Injili" - bu "Injil" atamasining nasroniy ta'rifiga to'liq mos kelmaydi, chunki o'rganilayotgan diniy manba nafaqat Iso Masihning yer yuzidagi hayoti haqidagi hikoyani, balki, aniq didaktik maqsadga ega bo'lgan, Odam ato va Ibrohim haqidagi hikoyani, Bibliya payg'ambarlari haqidagi psevdo-apokrifik qismlarni ham o'z ichiga oladi.
Ushbu manbada Iso olgan "ilohiy vahiy kitobi" deb nomlangan va ayni paytda havoriy Barnoba tomonidan yozilgan kitobning aynan bir xil ekanligi uqtirilsa-da, aslida bu holatning o'zidayoq tushunmovchilik va mos kelmaslik jihatlari paydo bo'ladi, zero, kanonik manbada muallif bo'lishi mumkin emas, ammo Barnoba o'zini ushbu Injilning muallifi sifatida qayd etadi.
20 George Sale. The Preliminary Discourse to the Koran. London, 1734 -P. 398.
21 Русский неполный перевод «Евангелия от Варнавы» на islam.ru Архивная копия от 23 апреля 2008 на Wayback Machine. -C. 236
22 www.barnabas.net. Дата обращения: 20 августа 2008. Архивировано 18 мая 2012 года.
23 Евангелие от Варнавы (полный русский перевод), 2007, -C. 3.
24 Евангелие от Варнавы. — 2-е изд. — М.: Ансар, 2007. C 288. ISBN 5-98443-021-5.
"Bamoba Injili"ning uslubi, ko'pincha, tajovuzkor va agressivlik bilan deb ta'riflangan. O'rganilayotgan manbaning asosiy xususiyati - uning eklektikligi, ya'ni umumlashma xususiyatiga egaligidadir. Chunki "Barnabo Injili"da nafaqat xushxabar -ham kanonik, ham apokrifik hikoyalar, balki "Yangi Ahd" tarixidan tashqariga
9 S
chiqadigan ko'plab hikoyalar ham aks ettirilgan .
Shunga qaramasdan, "Barnoba Injili"ning shakllanish tarixi va uning ma'naviy-diniy qiymatini kichik miqdorda bo'lsa-da anglagan holda, u bilan bog'liq juda ko'p ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Aynan shunday ishlar qatorini, albatta, ushbu diniy manbaning turli tillardagi tarjimalarini amalga oshirish ishini alohida belgilash lozim:
1) 1907-yilda tadqiqotchilar Lonsdale Regg va Beggo Laura Regg tomonidan Venadagi Hofbibliotek kutubxonasi va Oksford universiteti Clarendon nashriyoti hamkorligida mazkur manbaning italiyan qo'lyozma nusxasi so'zboshi va maxsus sharhlar bilan ingliz tiliga tarjima va chop etildi26. Ushbu nashrning faqat 2 nusxasi bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Ulardan biri Britaniya muzeyida, ikkinchisi
97
Vashingtondagi Kongress kutubxonasida saqlanadi .
2) Kitob 1908-yilda professorlar tahriri ostida nashr etilgan bo'lib, u Xalil Saadet
98
tomonidan arab tiliga tarjima qilingan28 va Muhammad Riza ar-Rashid tomonidan
9Q
so'zboshi bilan nashr etilgan .
3) Kongress kutubxonasidagi 1907-yilgi nashrning yagona nusxasini ilk bor 1970-yillarda AQShda harbiy ta'lim olgan musulmon inson - Pokiston generali Muhammad Abdurrahim kashf etgan va u bu nashrning mikrofilm nusxasini sotib olib, o'zi bilan
•ÎA
Pokistonga olib borib, 1973-yilda nashr ettirgan . 1970-yillarda Pokistonning "Begim
-3 1
Aisha Bavani" fondi mikrofilmlarni kitoblarga aylantirdi va ularni bir necha marta nashr ettirdi .
4) 1907-yilda birinchi marta Mehmet Yildiz tomonidan turk tiliga tarjima qilingan "Barnoba Injili" 1988-yilda "Kultur basa Yain birligi" nashriyoti tomonidan nashr qilingan va keyinchalik bir necha marta qayta chop etilgan33.
5) 1907-yildagi nashr 200734, 200835 va 2010-yilda ingliz tilida chop etildi36.
25
www.mtss.ru
26 Lonsdale & Laura Ragg: The Gospel of Barnabas. Edited and translated from the Italian MS. in the Imperial Library at Vienna, Oxford 1907, lxxvi, sah 500
27 The Gospel of Barnabas, Oxford, Clarendon Press, 1907. P 430.
28 Rasuli Mahallati, "Peygambarlarin hayati", sah. 597.
29 Ohmad §alabi, Mukaranatul-Odyan, Misir 1984, II, sah. 215.
30 Rahim, M A - The Gospel of Barnabas. (Qur'an Council of Pakistan, Karachi, Pakistan, 1973). P 435
31 Fondun unvani: Bank Havse No: 1 Habib / Square M. A. Jinns Karachi/PAKÎSTAN. P 621
32 Begum Aisha Bawany Wakf - The Gospel of Barnabas. (3rd Edition, with introduction). (Begum Aisha Bawany Wakf, Karachi, Pakistan, 1974). *Begum Aisha Bawany Wakf - The Gospel of Barnabas. (6th Edition, with appendix). (Bawany Islamic Literature Trust Ltd., Karachi, Pakistan, 1977). P 651
33 Barnabas incili, 1999, 1. Hm. Kagit, 375 sayfa, 13,5x19,5 cm, "Kultur Basin Yayin Birligi" Barnabas incili, 371 s., 1. Hamur, Ciltsiz, 14 x 20 cm, Konya, 2005, "Elif Kitabevi" ISBN 9789758773053 Barnabas incili, Elif Kitabevi, ISBN :9789758773053, 374 s., Ciltsiz, 1. Hamur, 14.0x20.0, 2009[olu keçid] p 230
34 The Gospel of Barnabas, Lonsdale Ragg, Laura Maria Roberts Ragg, Clarendon Press, 1907, The University of Michigan, 2007.
35 The Gospel of Barnabas, Forgotten Books, 2008,
07
6) 2007-yilda kitob D.Aribjanov tomonidan rus tiliga to'liq tarjima qilingan .
7) 2009-yilda kitobning bir qismi Musarza Haydarzoda tomonidan ozarbayjon tiliga
-50
tarjima qilinib sharhlangan .
8) 2011-yilda kitob bu safar Qadri Chelik tomonidan turk tiliga tarjima qilingan va
"5Q
"Tutku" nashriyoti tomonidan nashr etilgan39.
9) Qo'shimcha ma'lumot uchun: 2008-yilda turk yozuvchisi Aydog'an Vatandosh "Apokrifal" nomli kitob yozgan bo'lib, unda "Barnoba Injili" kitobi va uning oromiy tilidagi nusxalaridagi o'zaro taqqoslash tahlili haqida ham so'z boradi40. Aynan shu ijodkor 2009-yilda "Yo'qotilgan Barnoba kitobining siri" romanini yozgan41.
REFERENCES
1. The Gospel of Barnabas, Cosimo Classics, 2010
2. Евангелие от Варнавы., 2-е изд., Москва,: Ансар, 2007.
3. "BARNABAS iNCiLi - HZ. MUHAMMED'iN MUJDELENDiGi YASAK iNCiL" (turk). tutkuyayinevi.com. 2014-01-03 tarixinda orijinalindan arxivla§dirilib. istifada tarixi: 2014-03-15. B 157.
4. Bugun (2012-02-23). "O incil'i istiyorum" (turk). sabah.com.tr. istifada tarixi: 201406-03. B 122.
36 The Gospel of Barnabas, Cosimo Classics, 2010,
37 Евангелие от Варнавы., 2-е изд., Москва,: Ансар, 2007.
38 Barnaba incili (Segilmi§ fasillar). kitabklubu.org.
39 "BARNABAS iNCiLi - HZ. MUHAMMED'iN MUJDELENDiGi YASAK iNCiL" (turk). tutkuyayinevi.com. 2014-0103 tarixinda orijinalindan arxivla§dirilib. istifada tarixi: 2014-03-15. B 157.
40 "Apokrifal" (turk). timas.com.tr. 2015-05-06 tarixinda orijinalindan arxivla§dirilib. istifada tarixi: 2014-05-15. B 234
41 Bugun (2012-02-23). "O incil'i istiyorum" (turk). sabah.com.tr. istifada tarixi: 2014-06-03. B 122.