BAQLAJONNI TABIIY SHAROITDA QURITISHDA TAYYOR MAHSULOT CHIQISH DARAJASINI ANIQLASH
1Islamov Soxib Yaxshibekovich, 2Axmedov Shuxrat Kurvondurdiyevich, 3Nortojiyev
Bobosher Sheraliyevich
1Toshkent davlat agrar universiteti professori 2Toshkent davlat agrar universiteti mustaqil izlanuvchisi 3Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13950586
Annotatsiya. Ushbu maqolada baqlajon quritishda oftobda va quritish uskunasida xom-ashyoni quritishda uning qobig'idan ajratib quritish ijobiy natija ko'rsatdi. Oftobda quritilgan baqlajon maxsulotlari turli ko'rsatkichlar bo'yicha quritish uskunasida quritilgan tayyor maxsulotlarga taqqoslanganda maxsulot rangi sifati oftobda quritilgan maxsulotlarga taqqoslanganda tabiiyligini saqlab qoldi. Xom-ashyoni qobig'i ajratib quritilgan xom-ashyoni qurish tezligi va tayyor mahsulot chiqishi kuzatildi. Baqlajon xom ashyosini quritganda o'rtacha 9-10 % tayyor mahsulot chiqishi tajribalarimiz davomida aniqlandi.
Kalit so'zlar: baqlajon, oftob, xom ashyo issiqlik, harorat, shamol, qurish tezligi, suv bug'lanishi, quritilgan mahsulot, namlik tayyor maxsulot.
Аннотация. В данной стате сушка баклажанов на солнсе и в сушилном оборудовании без очистки показала положителний резултат. Продукти из баклажанов, висушенние на солнсе, по сравнению с готовими продуктами, висушенними в сушилном оборудовании, по различним параметрам, качество света продукта оставалис естественними по сравнению с продуктами, висушенними на солнсе. Наблюдалис скорост строителства сиря и виход готовой продуксии. В ходе наших опитов при сушке баклажанного сиря определен средний виход готового продукта 9-10%.
Ключевие слова: баклажан, солнсе, тепло сиря, температура, ветер, скорост образования, испарение води, сушений продукт, влага готового продукта.
Abstract. In this article, the drying of eggplants in the sun and in the drying equipment without peeling showed a positive result. Eggplant products dried in the sun, compared to finished products dried in the drying equipment, according to various parameters, the color quality of the product remained natural compared to the products dried in the sun. The speed of construction of raw materials and the yield of finished products were observed. During our experiments, an average yield of 9-10% finished product was determined when drying eggplant raw materials.
Keywords: eggplant, sun, raw material heat, temperature, wind, rate of formation, water evaporation, dried product, moisture finished product.
Kirish
Respublikamiz hududida sabzavot ekinlaridan baqlajon keng maydonlarga ekib parvarishlanadi. Mamlakat aholisini sifatli oziq-ovqatga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish va yil davomida turli xil sabzavotlarni turg'ur (svejiy) holatda, quritilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlar bilan ta'minlashda dehqon fermer xo'jaliklarini o'rni beqiyos. Bugungi kunda respublikada qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar tomonidan sabzavot ekinlarining ko'plab yangi navlari, jumladan, baqlajonning o'ziga xos va biologik xususiyatlariga ega bo'lgan, ham alohida yetishtirish texnologiyasini, ham qayta ishlashni talab qiladigan navlari yaratilib ishlab chiqarishda keng foydalanilmoqda.
Sabzavot maxsulotlarini saqlash, quritish va qayta ishlash rejimi mahsulot sifatni yaxshilash, yo'qotishlar va chiqindilarni kamaytirish, tayyor mahsulot tannarxini pasayishiga asoss bo'ladi. Ma'lumki, barcha oziq-ovqat mahsulotlarni jumladan sabzavot mahsulotlarini bir vaqtni o'zida sotish imkoni mavjud emas. Shuning uchun bugungi kunda ularni kompleks qayta ishlash va quritishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu esa mahsulotlarni nafaqat buzilishdan himoya qiladi, balki yangi ozuqaviy va ta'mga ega mahsulotlarni ham olish imkonini beradi.
Tadqiqotimizning asosiy vazifalaridan biri ekologik toza, yuqori sifatli, standart talablariga javob beradigan quritilgan mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat. Qayta ishlash usuliga qarab, bunday mahsulotlar quritilgan (chiplar va kukunlar) va konservalangan (germetik yopiq idishlarda) bo'linadi. Baqlajon hosilini qayta ishlash usullaridan biri oddiy usulda quyoshda quritishdir. Quyoshda quritish tabiiy omillar - quyosh, shamol, havoning nisbiy namligidan maksimal darajada foydalangan holda ekologik toza quritilgan mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Quyosh nurida quritish mahsulot turiga qarab turlicha uzoq yoki qisqa vaqt davomida oziq-ovqat sifatida foydalanish uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarash imkonini beradi [9].
Ilmiy tadqiqot uslubi
Tadqiqotlarda dala tajribalarini o'tkazishda fenologik kuzatuvlar, biometrik o'lchovlar, bo'yicha kuzatuvlar olib borildi. Kuzatuv va xisoblash ishlari umum qabul qilingan talablarga mos ravishda o'tkazildi. Tajribalar 4 qaytariqda olib borildi. Quritilgan sabzavotlarni sof og'irligi, zarrachalarni shakli va o'lchami, silliqlash hajmi, tashqi ko'rinishdagi nuqsonlar, tarkibiy qismlarning nisbati, organoleptik ko'rsatkichlar va quritishni aniqlash usullari Gost 13340.1-77 davlatlararo standart bo'yicha aniqlandi.
Tadqiqot 2023-2024 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Axborat maslahat markazining meva-sabzavotlarni quritishga mo'ljallangan tajriba maydonida amalga oshirildi.
Tadqiqotning maqsadi baqlajonni tabiiy sharoitda quritishda tayyor quritilgan mahsulot chiqish ko'rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqot obekti sifatida baqlajonning Avrora, Feruz navlari va Zamin F1 duragayi tanlab olingan.
Tadqiqot natijasi
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki baqlajonni turli usullarda tabiiy sharoitda ochiq maydonda va maxsus quritish qurilmalarida quritilganda ularni quritish usuliga va xom ashyoga beriladigan turli ishlovlar ta'sirida ulardan turli darajada tayyor maxsulot chiqish ko'rsatkichlari aniqlandi. Bizga ma'lumki quritish jarayonida xom ashyo tarkibidagi suvning katta qismi bug'lanadi. Turg'ur holatdagi (svejiy) mahsulot esa quritilganidan so'ng 7-10 marta vazn yo'qotishi kuzatildi. Biz tadqiqotlarimiz davomida dastlab baqlajonni turg'ur (svejiy) holatdagi xom-ashyosidan namunalar olib laboratoriya sharoitida ularning tarkibidagi umumiy suv miqdorini aniqladik. Namuna uchun qirqib olingan xom ashyoni og'irlik o'lchami 3,24 gr tashkil etdi. Xom ashyodan qirqib olingan namunalar volkmetr ukunasida +135 0S haroratda 32 daqiqa davomda quritib olindi. Quritib olingan maxsulot tarkibidan jami 88,87 % suv bug'langanligi tajribalarimizda aniqlandi. Bundan aytishimiz mumkinki turg'ur (svejiy) holatdagi texnik pishib yetilgan baqlajon tarkibida 88,87 % suv mavjud.
Tajribalarimizda o'rganilgan baqlajonning Avrora, Feruz navlari va Zamin F1 duragayilari doira shaklda 3 mm qalinlikda kesib olinib quritish uskunasining maxsus savatlariga pergament qog'ozi to'shalib qirqib tayyorlangan baqlajon xom-ashyosi bir qavat qilib yoyib joylashtirildi. Aytish joizki turli sabzavot maxsulotlarini quritishda ularni tarkibidagi suvning maksimal bug'lanib ketishi natijasida quritilgan tayyor
maxsulot olish imkoni bo'ladi. Sabzavotlarni quritishda ularning turlari va navlariga bog'liq ravishda qurish tezligi tayyor maxsulot chiqish darajalari turlicha bo'lishi tajribalarimiz davomida aniqlandi. Tajribalarimizda o'rganilgan baqlajon nav va duragaylari quritilganda tayyor maxsulot chiqish darajasi turli ko'rsatkichda bo'lsada katta tofovut bo'lmaganligi kuzatildi (1-rasm).
a) b)
1-rasm a) baqlajon xom ashyoni quritish uskunasiga joylashtirish, b) quritilgan tayyor
mahsulot
Tadqiqotlarimizda baqlajonni qalinligi 3 mm diametri 4-5 sm o'lchamlarda qirqib olib quritish uskunasida quritildi. Quritish uskunasidagi bir dona savatga 5-55 kg xom-ashyo joylashtirildi. Tajriba davomida xom-ashyo maxsulotlari har 8-10 soat davomida kuzatib turildi. Aytish joizki tajribalarimiz davomida kunduzi soat 1400 da quritish uskunasining ichki qismida havo harorati 42-44 0C ni tashkil etgan bo'lsa kunning ikkinchi yarmida uskuna ichidagi havo harorati 20-22 0C ni tashkil etdi. 30-34 soat davomida quritilgandan so'ng tayyor maghsulot olindi. Tayyor mahsulot chiqish miqdori aniqlanib xom-ashyoga taqqoslab tahlil etildi (jadval).
jadval
Baqlajon xom ashyosini quritishda tayyor maxsulot chiqish ko'rsatkichlari (2024 y).
Baqlajon nav va duragaylari Xom-ashyo o'lchami, kg Xom-ashyo holati (xom-ashyoni quritishga tayyorlash bo'laklarga bo'lish) Qirqib olingan xom-ashyo qalinlik o' lchami, mm Qirqib olingan xom-ashyo diametri, sm Xom-ashyoni quritish muddati, soat Tayyor maxsulot chiqish miqdori, %
Avrora, 10 qobig'i olingan 3 4-5 30-34 0,9
qobig' i olinmagan 10
Feruz 10 qobig' i olingan 3 4-5 30-34 0,9
qobig' i olinmagan 11
Zamin F1 10 qobig' i olingan 3 4-5 30-34 0,8
qobig' i olinmagan 0,9
Olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki baqlajon quritishda quritish sharoitinig ta'siri va ularni turli o'lchamlarda qirqib quritishda tayyor maxsulot chiqimiga bevosita ta'siri aniqlandi. Navlar aro taqqoslanganda nisbatan yaxshi ko'rsatkich avrora navida kuzatilgan bo'lsa past ko'rsatkich esa Zamin F1 duragayida kuzatildi. Xom ashyoni qobig'i olinganda maxsulotni sifat ko'rsatkichlari qobig'i olinmagan maxsulotga taqqoslanganda bir qancha tofovutlar mavjudligi aniqlandi. Bunda tayor maxsulotni organaliptik ko'rsatkichlari rangi tovarlilik xususiyati xidi asilligicha bo'lganligi kuzatildi. Baqlajon xom ashyosini quritganda o'rtacha 9-10 % tayyor maxsulot chiqishi tajribalarimiz davomida aniqlandi. Xulosa.
Quritish uskunasida baqlajon xom-ashyoni quritishda uning qobig'idan ajratib quritish ijobiy natija ko'rsatdi. Baqlajon xom ashyosini quritganda o'rtacha 9-10 % tayyor maxsulot chiqishi tajribalarimiz davomida aniqlandi. Oftobda quritilgan baqlajon maxsulotlari turli ko'rsatkichlar bo'yicha quritish uskunasida quritilgan tayyor maxsulotlarga taqqoslanganda maxsulot rangi sifati oftobda quritilgan maxsulotlarga taqqoslanganda tabiiyligin saqlab qoldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Гордеев А.В. Решение проблем продоволственной безопасности. Мир агробизнеса. 2008;(1):4-6.
2. Иванова В.М. Рост селскохозяйственного производства, как фактор развития пишевой промишленности и продоволственного ринка. Пишевая промишленност. 2016;(2):8-11.
3. Мачулкина В.А. Безотходная технология переработки овошебахчевой продуксии. Картофел и овоши. 2017;(7):22-23.
4. Гераскина Н.В. Селекция баклажана для юга России. Картофел и овоши. 2016;(7):33-34.
5. Кигашпаева О.П., Авдеев А.Й. Новие сорта баклажана для консервирований. Картофел и овоши. 2016;(7):35-36.
6. Медико-биологические требования и санитарние норми продоволственного сиря и пишевих продуктов. М.: Издателство стандартов, 1990. С.94-100. 7. Гигиенические требования безопасности и пишевой сенности пишевих продуктов М., 2002.
7. Axmedov Sh.K., Nortojiyev B.Sh., "TABIIY SHAROITDA MAXSUS QURITISH USKUNASIDA BAQLAJON QURITISH" Ta'limda zamonaviy transfarmatsiyasi| 11-to'plam 1-son| tadqiqotlar.uz^ 2024 йил. Б.28-31