INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
UZUMNI QURITISHGA MOS NAVLARINI QURITISH USULLARI
M.A.Mirzayeva
Farg'ona davlat universiteti, Aholi tomorqalaridan samarali foydalanisjh va dorivor o'imliklar
kafedrasi, dotsent, q.x.f.n https://doi.org/10.5281/zenodo.8002634
Annotatsiya. Uzumni quritish uchun mahsulot sifati yuqori bo'lgan xom ashyoni keskin ko'paytirish muhim hisoblanadi. Bu ishni muvaffaqiyatli ado etish uchun har bir fermer xo'jaligidagi tokzorlarda kompleks agrotexnika tadbirlarini eng qulay muddatda, to'liq va yuqori sifatli qilib o'tkazish zarur.
Kalit so'zlar: Xom ashyo, quritish usullari, agrotexnik tadbirlar, sifatli mahsulot, uzum navlari, tayyor mahsulot, qator orasi, quritish jarayoni, ishqor eritmasi, mayiz.
O'zbekistonning iqlim sharoiti uzum quritish uchun qulay xisoblanadi. Yozning davomiyligi, nisbiy namlikning past bo'lishi, a'lo sifatli mayiz va xo'raki uzum navlarining yetishtirilishi, xalqning an'anaviy tajribalari, fan yutuqlari, quyoshli ochiq havoda va soyada meva quritish usullaridan keng foydalanishga, yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi.
Quritish uchun mahsulot sifati yuqori bo'lgan xom ashyoni keskin ko'paytirish muhim hisoblanadi. Bu ishni muvaffaqiyatli ado etish uchun har bir fermer xo'jaligidagi tokzorlarda kompleks agrotexnika tadbirlarini eng qulay muddatda, to'liq va yuqori sifatli qilib o'tkazish zarur.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi "O'zbekiston Respublikasida meva - sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-5388-sonli Farmoniga ko'ra meva-sabzavot va uzumchilikni rivojantirishga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga quritilgan mevalarga ya'ni uzum mahsulotlariga bo'lgan talab kuchayib bormoqda. Shunga ko'ra bitiruv malakaviy ishida quritishga mo'ljallangan uzum navlaridan sifatli mayiz olishga e'tibor berildi.
Quritilgan mahsulot miqdorini ko'paytirish va uning sifatini yaxshilash uchun, hosilni terib olishga ikki hafta qolganda tok barglari olib tashlanadi, novdalari chekanka qilinib, sug'orish to'xtatiladi. Chunki meva tarkibida ortiqcha namlikning saqlanishi, quritish vaqtini bir muncha kechiktirishi barchamizga ma'lumdir.
Kishmish nav uzum tarkibida qand moddasi 23-25 % ni, mayizbop uzum tarkibida esa 22-23 % ni tashkil qilingan paytda quritiladi.
Quritish uchun eng yaxshi navlar
Urug'siz - Oq kishmish, Qora kishmish, Xishrov kishmishi, Sogdiana kishmishi, Botir kishmishi, Zarafshon kishmishi va boshqalar kiradi.
Mayiz uchun - Kattaqo'rg'on, Shtur angur, Rizamat, Qora janjal, Qora kaltak, Sultoni, Nimrang, Aleksandriya muskati navlari tanlanadi.
Bu usulning o'ziga xos xususiyati shundaki, bunda mevaga avval kaustik sodaning qaynayotgan suvdagi aralashmasida ishlov beriladi (blanshirlash), so'ngra uzum navlariga ajratilgandan keyin savatlarga 2-3 kg dan solinadi va kaustik soda aralashtirilib qaynayotgan qozonga tushiriladi. Suvga aralashtiriladigan kaustik soda 0,3 - 0,4 % ni tashkil qiladi. Ishlov berish (uzum solingan savatni qozonda tutib turish) vaqti 3-6 sekund davom etadi. Bunda uzum donasining yupqa po'stida ingichka yoriqlar paydo bo'ladi va dona po'sti ustidagi mumsimon
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
g'ubor yo'qoladi. Bu uzum donasidagi namning tez bug'lanishini ta'minlaydi va quritish jarayonini tezlashtiradi. Quritilgan mahsulot chiqishi ortadi.
Qozondan olingan uzumli savatlar, eritma oqib tushishi uchun panjaralar ustiga bir necha daqiqa qo'yiladi, so'ngra patnoslarga yoki maydonga yoyiladi. Tayyor kishmish tarkibida ishqor bo'lmasligiga sabab u meva po'stining yoriqlaridan kirgan kislotalar bilan to'la reaksiyaga kirishib, yo'qolib ketadi.
Ishqorning kislotalar bilan reaksiyaga kirishishida inson organizmi uchun zararsiz bo'lgan juda oz miqdorda organik tuzlarning paydo bo'lishi kuzatiladi. Quritish uchun yoyilgan uzumlar 3-4 kundan keyin ag'dariladi va tayyor bo'lgunga qadar quritiladi. Quritish 6-12 kun davom etadi. Quritilgan mahsulot chiqishi 25-26 % ni tashkil qiladi.
Mahsulotning yog'ingarchilikdan va ifloslanishdan himoya qilinmasligi, bu usulning kamchiliklaridan biridir. Bundan tashqari, och rangli uzum navlari bu usulda quritilganda, ular tabiiy ko'k rangini yo'qotadi, tayyor mahsulot qora-jigarrang tus oladi, natijada sifati pasayadi va mahsulot birmuncha past baholarda sotiladi.
Bu usul bilan asosan, Qora kishmish navi quritiladi. Yog'ingarchilik boshlangunga qadar qurimasligi sababli, yirik donali uzum navlari oftobi usulida quritilmaydi. Har bir bosh uzum navlarga ajratiladi va ishlov bermasdan, yupqa qilib, yog'och patnoslarga yoki oldindan-somon loy bilan suvalgan quritish maydonlariga yoyiladi.
Uzumning Qora kishmish navidan olingan mahsulot-shig'oni, Oq kishmish navidan olingani esa - bedona deb ataladi. Quritish 18-20 kun davom etadi, bu usulda 22-25 % quritilgan mahsulot olinadi, namligi 18 % ga yetganda daladan yig'ib olinadi.
Yarim ochiq palata quyidagi kattaliqda bo'ladi: eni - 4m, eng baland tepa qismi - 2,4m yon devorlari balandligi 1,6m, bitta seksiya uzunligi - 4m. Palataning ikkala yon tomoniga patnislarni joylash uchun etajerkalar o'rnatiladi.
Etajerka kattaligi 60x90x 160 sm. Har bir patnisga 6-8 kg uzum ketadi. Palataning bitta seksiyasiga 10 tagacha etajerka o'rnatiladi va har qanday seksiyada bir yo'la 0,6-0,8 tonna ho'l meva quritish mumkin.
Palataning tepa qismi yarim ochiq, ya'ni egilgan yassi tomoni, taxminan, yarim ochiq holatda. Bunda ustki choklar ostki choklarni qoplab turadi va shu bilan birga, mevalarni yog'in -sochindan saqlaydi. Palataning yon devorlari yerdan 40 sm balandlikda plyonka bilan berkitiladi.
Palata ichidagi harorat atrof muhitdagi haroratga nisbatan 2-7° S yuqori bo'ladi. Palata loyihasi mevalarni quritish jarayonida paydo bo'lgan bug'larni chiqarib yuborish bilan tabiiy havo almashishini ta'minlaydi. Etajerkalar orasidagi o'tish masofasi (150 sm) kelgusida patnoslarni tashish ishlarini mexanizatsiyalashga imkoniyat yaratadi.
Uzumni plyonka yopilgan palatalarda quritish usuli akademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumc] va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va sinab ko'iilgan. Uzum quritishning hamma an'anaviy usullarini qo'llash natijasida umumiy quritilgan mahsulot miqdori ko'payib, quritishning somonli loy bilan suvalgan ochiq maydonda quritish maydonidan unumli foydalanilmaydi.
Uzumzorni o'zida, qator oralarida quritish uchun tokni tik shpalerga yoki yerda yotqizib o'stirilgan holatda va 3x2,5 m sxemada ekilgan tokzorlar qulay kelishi tajribalarda aniqlangan.
Uzum hosilini va undan chiqqan mahsulotni ko'paytirish maqsadida uzum terishdan 2 hafta oldin tok barglarini siyraklashtirib, novdalarning chekankasini o'tkazish kerak va shu bilan bir qatorda sug'orish ishlarini to'xtatish kerak bo'ladi. Aks holda qurish muddatini cho'zib
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
yuboradi va qurigan kishmish sifatiga salbiy ta'sir etadi. Chekanka o'tkazilgandan keyin qator oralaridagi tuproq ustiga qog'oz yoyish va uzumni yoyishga bog'liq tayyorgarlik ishlari o'tkaziladi. Maydonning hajmi uzum miqdori va tumanning meteorologik sharoitiga bog'liq.
Xo'jalikda yuqori harorat va havoning nisbiy namligi past bo'lsa, kam maydon talab qilinadi, agar harorat past bo'lib, namlik yuqori bo'lsa, ko'p maydon talab qilinadi. O'rtacha 1 m2 tayyorlangan maydonga 10 kg dan 16 kg gacha yangi uzilgan uzum joylanadi. Gektaridan 100 s uzum olinadigan maydondagi ashyoni quritishga qo'yish uchun 150-250 kg, eni 120 sm li qog'oz, 50 kg hajmli 50-55 dona quritilgan kishmishni joylashtirish uchun qog'oz qoplar kerak bo'ladi.
Terilgan uzum oldindan yozilib qo'yilgan qog'oz ustiga boshlari bir qatordan joylanadi. 8-10 kundan keyin uzum so'ligandan so'ng, uzum boshi to'nkarilib qo'yilib, qurish oxirigacha shunday qoldiriladi. Uzum mahsuloti standart namligi 18 % bo'lganda ajratilgan alohida joyda tozalanadi.
Farg'ona viloyatining Oltiariq tumani "Qapchug'ay mevalari" agrofirmasida tashkil etilgan quritish maydonida o'tkazilgan tajribalar ijobiy natijalar berib, tokning yotqizib o'stirilgan sxemasida olingan hosilni quritganda o'sha yerni o'zida tayyor qurigan mahsulot olindi, ya'ni qo'shimcha vaqt talab etilmadi, hamda quritish agregatlarida quritilmasdan yuqori iqtisodiy ko'rsatkichlarga erishish mumkinligi aniqlandi.
REFERENCES
1. Mirziyoev Sh. M. O'zbekiton Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi " O'zbekiton Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF- 5388 sonli Farmoni. Xalq so'zi gazetasi, 2018 yil, 30 mart.
2. Bo'riev X.Ch va boshqalar Meva-sabzavotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi Mehnat 2002.
3. D.Abdukarimova ,M.A.Mirzayeva Исследование Структуры,Составов и Физико-Химичесих Свойстов Ингредиентов Для Разработки Композиционных Химических Препаратов Central Asian Jurnal of theoretical and applied sciences Volume:02 Issue:12|dec 2021 ISSN:2660-5317
4. Мирзаева М.А., Рахмоналиева H.H.,S.Xolmatov. Изучение способ хранение семян Universum: технические науки Выпуск 6(87) июнь 2021 URLhttps||universum.com|ru|tech|archive|Item|12011 стр.50-52
5. Sh.I.Mamatojiyev.,M.A.Mirzayeva Солержание влаги в зависимости от технологии допосевной обработки почвы Выпуск 2(92) февраль 2022 URLhttps||universum.com|ru|tech|archive|Item|12973 стр.20-23
6. M.A.Mirzayeva., D.N.Abdukarimova The metods of harvesting and storage of melons products. Academical:An Internatsional Multidisciplinary Research jurnal ISSN:2249-7173 Vol.11,Issue 12,December 2021 SJIF2021=7.492 https:||sarj.com
7. M.A.Mirzayeva.,S.Xolmatov The improving seed storage methods. AJMR:Asian jurnal of Multidimensional Research ISSN:2278-4853 Voi.11,ISSUE 1, January 2022 SJIF 2021=7.699 https:||tajr.in
8. M.A.Mirzayeva., O'tbosarov Q. The study of the morphobiological properties of tomatoes Volime 6|March, 2022 Eurasian research bulletin.pages 73-77
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
9. MA.Mirzayeva.,Mullajonova S.S., Mirzaikromov M.A The grape processing technology for wine production Internasional jurnal of advance scientific research ISSN-2750-1396 Volume 02 issue 04 pages 7-10 2022
10. M.A.Mirzayeva., Turdimatova Z The effect of grain storage method on the production of quality products Academicia globe Inderscience research ISSN:2776-1010 Volume 3,Issue 4,Apr.2022 pages-310-312 https: ||agir.academiascience.org for mor.