Научная статья на тему 'SIFATLI MAYIZ (GERMIYON) TAYYORLASHDA YIRIK G‘UJUMLI UZUM NAVLARINING MUHIM AGROTEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI'

SIFATLI MAYIZ (GERMIYON) TAYYORLASHDA YIRIK G‘UJUMLI UZUM NAVLARINING MUHIM AGROTEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
105
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Agro Inform
Ключевые слова
uzum boshi / g‘ujum / pishish muddati / hosildorlik / quritish / mayiz / g‘ujum o‘lchami / ta’m / rang / konsistensiya / harorat yig‘indisi / ball.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Odinaev M. I, Ergashov S. S., Xayrullayev N. A., Omonboyev D. O.

Maqolada yirik g‘ujumli mayizbop uzum navlarini o‘rganishda, uzumni kelib chiqish vatani, uzum boshining shakli, pishish muddati, hosildorlik, meva tugish va tuguvchanlik koeffitsienti, o‘lchami va tig‘izligi, g‘ujumining vazni, rangi, g‘ujumining fizik-mexanik xususiyati, po‘stining qalinligi, degustatsion bahosi, g‘ujumining uvologik ko‘rsatkichlari, g‘ujumidagi sharbat va etining tig‘iz qismlari, shingil, po‘st miqdori, mayiz sifati va chiqishi, qand miqdori, nordonligi o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIFATLI MAYIZ (GERMIYON) TAYYORLASHDA YIRIK G‘UJUMLI UZUM NAVLARINING MUHIM AGROTEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Received: 30 November 2022 Accepted: 5 December 2022 Published: 15 December 2022

UDK: 634.8.631.

Agrotexnologiya

SIFATLI MAYIZ (GERMIYON) TAYYORLASHDA YIRIK G'UJUMLI UZUM NAVLARINING MUHIM AGROTEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI

Odinaev M. I.1, Ergashov S. S.2, Xayrullayev N. A.2, Omonboyev D. O.2

1 Tosh DAU dotsenti q.x.f.f.d,(PhD) : Tosh DAU magistrlari.

Annotatsiya. Maqolada yirik g'ujumli mayizbop uzum navlarini o'rganishda, uzumni kelib chiqish vatani, uzum boshining shakli, pishish muddati, hosildorlik, meva tugish va tuguvchanlik koeffitsienti, o'lchami va tig'izligi, g'ujumining vazni, rangi, g'ujumining fizik-mexanik xususiyati, po'stining qalinligi, degustatsion bahosi, g'ujumining uvologik ko'rsatkichlari, g'ujumidagi sharbat va etining tig'iz qismlari, shingil, po'st miqdori, mayiz sifati va chiqishi, qand miqdori, nordonligi o'rganilgan.

Tayanch so'zlar: uzum boshi, g'ujum, pishish muddati, hosildorlik, quritish, mayiz, g'ujum o'lchami, ta'm, rang, konsistensiya, haroratyig'indisi, ball.

Kirish. O'zbekiston uzumning ko'pgina turlarini kelib chiqish vatani bo'lib, bu erda juda qadimdan xilma xil navlar etishtirib kelinadi. Respublika tuproq iqlim sharoiti, ayniqsa, uning tog'oldi mintaqalari uzum etishtirish uchun juda ham qulay bo'lib, bu erdagi uzumlar o'zining qanddorligi, yuqori hosildorligi, mayiz mahsulotining yuqori sifatliligi bilan alohida ajralib turadi. O'zbekiston O'rta Osiyoda kishmish va mayiz eksport qiluvchi etakchi davlatlardan biri hisoblanadi [1,2,4].

Uzumning yangi mayizbop navlarini chiqarish bo'yicha ishlar juda qadimdan davom etib kelmoqda. So'nggi yillarda bunday navlarni chiqarishga bo'lgan e'tiboryanada ortib bormoqda. Ayniqsa uning yirik g'ujumli navlari yuqori qadrlanadi. Respublika olimlari tomonidan so'nggi yillarda bunday navlarning bir qanchasi chiqarilgan bo'lib, ularning texnologik xususiyatlarini chuqur o'rganish va tanlash dolzarb hisoblanadi. Bu esa sifatli mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mayiz eksporti salohiyatini oshirish imkonini beradi [3,5].

Tadqiqotning ob'ekti sifatida uzumning yirik g'ujumli mayizbop Germiyon navlari: Sultoni (Djaus), Qora Janjal, Katta-Kurgan (Maska), navlari

o'rganilgan. Bu navlarni mayizbop uzum navlar qatoriga kiritish mumkin.

Katta-Kurgan (Maska) - kechpishar xo'raki, mayizbop uzum navi Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Vatani - O'rta Osiyo. Uzum boshi yirik (bo'yi 12-26 sm, eni 14-25 sm), g'ujumi yirik, ovalsimon yoki tuxumsimon och yashil, etdor, sershira, po'sti yupqa, urug'i yirik. Hosili yig'ib olingunga qadar foydali harorat yig'indisi 3400-3800 °S ni 150-160 kunda (sentyabr 2-yarmi)ga to'g'ri keladi va shu muddatda pishib etiladi. (1-rasm].

1-rasm. Uzumning mayizbop Katta-Kurgan (Maska) navi Hosildorligi o'rtacha 270-280 s/ga. Funksional urg'ochi gulli bo'lganligi sababli unga Oq kishmish, Qora kishmish, Pushti Toifi, Saperavi, Sultoniy navlari eng yaxshi changlovchilar

Agro Inform N4 [6] 2022

hisoblanadi. Yangiligida eyiladi, quritiladi, germiyon mayizi tayyorlanadi. Uzoq erlarga tashishga yaroqli. O'zbekistonning janubiy viloyatlarida rayonlashtirilgan

Sultoni (sinonimlari: Jaus, Oqpar, Shakarak)-o'rtacha kechpishar mahalliy xo'raki, mayizbop va vinobop uzum navi. (2-rasm).

2-rasm. Uzumning mayizbop Sultoni navi O'rta Osiyoda yaratilgan. O'zbekiston (Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ko'proq), Tojikiston, Turkmaniston, Qozog'istonda ekiladi. Uzum boshi yirik, vazni 400-500, ba'zan 800-1100g. Konus-simon, tig'iz joylashgan. G'ujumi yirik, 5-6 g keladi, yumaloq cho'ziq, och sariq, pishganda qahrabo, oftobga qaragan tomoni to'q sariq. Po'sti qalin, qo'ng'ir nuqtalar bilan qoplangan. Eti sershira, eganda karsillaydi. Sentyabr boshlarida,148-154 kunda pishadi. Tarkibida 25-27 % qand, 3-3,5% kislota bor. Hosildorligi 200-240 s/ga. Uzumi yangiligida iste'mol qilinadi, mayiz solinadi.

Qorajanjal - (sinonimi: Qorasemiz) - xalq seleksiyasida chiqarilgan o'rtacha kechpishar mahalliy xo'raki va mayizbop uzum navi. (3-rasm).

Uzum boshi yirik 300-400 g (bo'yi 16-25 sm), keng konussimon, zichligi o'rtacha. G'ujumi yirik (4,8 g), ser et, shirali, oval yoki silindrsimon; binafsha-qoramtir, po'sti qalin. Tarkibida 25-27% qand bor, nordonligi 4-7%, sentyabrda pishadi. Uzumining sifatliligi jihatidan xo'raki navlar orasida 1-o'rinlarda turadi. Yangiligida eyiladi, mayiz solinadi (23% mayiz tushadi).Toshkent,

Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida etishtiriladi.

3-rasm. Uzumning mayizbop Qora janjal

Nimrang. Tojikiston maxalliy navi. 1959 yildan Respublika bo'yicha Davlat reestriga kiritilgan. Uzum boshi yirik, konus yoki silindrsimon. G'ujumi yirik tux-umsimon shaklda, rangi oqish - sariq, quyosh tushgan tomoni pushti. Uzum boshining o'rtacha vazni 348-465 g atro-fida.Eti go'shtli, sershira, kuvrak. Tarkibida 22-25% qand, 5-6% kislota bor. Mevasining pishgan vaqtidagi ta'm bahosi 6,5 ball. Kurtak yozilishidan mevasi pishgungacha 162 kun. O'rtacha hosildorligi 180-220 sentnerni tashkil etadi. Yangiligida eyiladi, qishgi saqlashga qo'yiladi va mayiz ham qilinadi (23% gacha mayiz tushadi)

4-rasm. Uzumning mayizbop Nimrang navi

Go'zal qora - o'rtapishar xo'raki nav. Go'zal qora navi Butunittifoq o'simlikshunoslik ilmiy-tadqiqotinstitutiningO'rtaOsiyotajribastansiyasida olinganduragayurug'lardanchiqarilgan.Uzumboshi o'rtacha, yumaloq, 500-600 g keladi.Uzum boshi va g'ujumlari o'rtacha tig'iz. G'ujumi yirik, ko'kish-qora rangda. Kurtak yozgandan boshlab faol harorat yig'indisi 2800°da 136 kunda - avgust oyi oxirlarida pishadi. Hosildorligi 220-240 s/ga. Kasalliklar bilan kam zararlanadi. Asosan yangiligida iste'mol qilinadi va mayiz solinadi. Quritilganda yirik donali mayiz olinadi. O'zbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan. (5-rasmga qarang).

5-rasm. Uzumning mayizbop go'zal qora navi

6-rasm. Uzumning mayizbop Xusayne muskatniy navi

Xusayne muskatnbiy. Akademik M. Mirzaev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan. 2014 yildan

Respublika bo'yicha davlat reestriga kiritilgan. O'rtagi muddatlarda pishadigan xo'raki va mayizbop nav. Avgust oxiri va sentyabr oyi boshida pishadi. Uzum boshi yirik - 400-450 g atrofida, g'ujumi 6-7 g keladi, shakli - uzunchoq, rangi oqish-yashil, ta'mi yoqimli. Qand miqdori 23% ni tashkil etadi. Hosildorligi o'rtacha 160-180 s/ga ni tashkil etadi. Asosan yangiligida iste'mol qilinadi, respublikaning janubiy viloyatlarida quritilib, sifatli mayiz ham olinadi.

Ushbu mayizbop uzum navlarini tajribalarimizda bir nechta usullarda quritib ko'rdik.

Yuqorida mayizbop uzum navlarining agrobiologik ko'rsatkichlari o'rganilib rasmlari bilan keltirib o'tildi. 1-jadvalda O'zbekistonda rayonlashtirilgan mayizbop uzum navlarining agrobiologik tavsifi keltirilgan.

Uzumning mayizbop navlarini o'rganishda quyidagi xulosaga kelindi. Uzumnin mayizbop yirik g'ujumli navlarining boshining xususiyati - po'stining qalinligi, g'ujumidagi sharbat va etining tig'iz qismlari, shingil, po'st miqdori, mayiz sifati - mayiz chiqishi, yirikligi, pishish muddati, hosildorlik, meva tugish va meva tuguvchanlik koeffitsienti, g'ujumining vazni, ranggi, g'ujumining fizik-mexanik qand miqdori, nordonligi va degustatsiya baholari o'rganildi. Ushbu navlarning mayizbopligi iqtisodiy va sifatli quritilgan mahsulot berish xususiyatidan kelib chiqib respublikada uzumchilikga iqtisoslashgan fermer xo'jaliklariga etishtirish va sifatli mayiz olishlari uchun tavsiya etish mumkin.

Xulosa.

Uzumning mayizbop navlarini o'rganishda quyidagi xulosaga kelindi. Uzumnin mayizbop yirik g'ujumli navlarining boshining yirikligi, pishish muddati, hosildorlik, meva tugish va meva tuguvchanlik koeffitsienti, g'ujumining vazni, ranggi, g'ujumining fizik-mexanik xususiyati -po'stining qalinligi, g'ujumidagi sharbat va etining tig'iz qismlari, shingil, po'st miqdori, mayiz

Agro Inform N4 [6] 2022

sifati - mayiz chiqishi, qand miqdori, nordonligi va degustatsiya baholari o'rganildi. Ushbu navlarning mayizbopligi iqtisodiy va sifatli quritilgan mahsulot berish xususiyatidan kelib chiqib respublikamizda uzumchilikga iqtisoslashgan fermer xo'jaliklariga etishtirish va sifatli mayiz olishlari uchun tavsiya etish mumkin.

O'zbekistonda rayonlashtirilgan mayizbop uzum navlarining agrobiologik tavsifi (2018-2020 yy)

1-jadval

Navlar G'ujumining o'lchami, mm Oidiumga chidamliligi Sovuqqa chidamliligi (5 balli tizimda) Namlikka talabchanligi Sho'rga chidamliligi Qand miqdori, % Kislotaliligi, g/1 Tezpisharlik guruhi Vegeta tsiya davri davo-miyligi, kun Faol harorat yig'indisi °C Hosilining pishish sanasi

Katta-Kurgan (Maska] 30x30 chidam-siz 3 + + 24-26 4,3 o'rtacha kechki 15 0-160 3600 15-25/09

Sultani 25x24 o'rtacha 3 + + 25-27 4,1 o'rtacha kechki 14 8-154 3400 8-15/09

Kara djanjal 27x24 chidam-siz 4 + + 23-24 4,6 o'rtacha kechki 13 8-145 3500 5-10/09

Xusayne muskatniy 32x20 o'rtacha 3 + + 26-27 4,4 o'rtacha kechki 14 0- 145 3400 4-11/09

Nimrang 21x15 o'rtacha 3 + + 23-24 5,1 o'rtacha kechki 155-162 3300 8-14/09

Go'zal qora 27x22 o'rtacha 3 - + 25-26 6,0 o'rtacha kechki 13 6-140 2800 25-31/08

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Buriev X., Mirzaev M., Odinaev M. - Mayizbop (germiyon) uzum navlarini quritish usullari. -ToshDAU Tahririyat-nashriyoti, 2018. -18 b.

2. Temurov Sh., Uzumchilik. - "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent: 2002. -B. 180-187.

3. Mirzaev M., Odinaev M. - Texnologiya virashivaniya i sushki izyumnbix sortov vinograda.- Monografiya. LAMBERT Academic Publishing. Germaniya-2017. -196 b.

4. Buriev X., Rizaev R., - Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi. -Toshkent: "Mexnat", 1996. -B. 76-81.

5. Mirzaev M., Abdullaev R. -Tog' va tog'oldi mintaqalar bog'dorchiligi va uzumchiligi. // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. Toshkent, 2010. № 1. - B. 21-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.