Научная статья на тему 'UZUMNING MAYIZBOP (QORA KISHMISH) NAVIDAN TABIIY VA SUN’IY RAVISHDA MAYIZ TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI'

UZUMNING MAYIZBOP (QORA KISHMISH) NAVIDAN TABIIY VA SUN’IY RAVISHDA MAYIZ TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
920
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzum qurutish / nav / qora kishmish / mayiz / tizim / tabiiy / sun’iy / bosqich / usullar / texnologiya. / grape drying / variety / black currant / raisin / system / natural / artificial / stage / methods / technology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — L. Xudoyberdiyeva, N. Botirova

Ushbu maqolada turli xil uzumning mayizbop navlarini zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy usullaridan foydalangan holda tabiiy va sun’iy ravishda qurutib mayiz tayyorlash texnologiyasi to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Biz tabiiy yoki sun’iy usullardan samarli foydanlanib ko’zda tutilgan asosiy maqsad bo’lgan sifat jihatidan yuqori va hamyonbop bo’lgan mahsulot olib uni aholimiz dasturxoniga yil davomida yetkazib berishdan iboratdir. Hozir biz uzumning qora kishmish navidan tabiiy va sun’iy ravishda magiz olish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TECHNOLOGY OF NATURAL AND ARTIFICIAL PREPARATION OF RAISINS FROM THE RAISIN (BLACK RAISIN) VARIETY OF GRAPES

This article provides information about the technology of natural and artificial drying of raisins of various types of grapes using modern technologies and traditional methods. Using natural or artificial methods, the main goal is to bring high-quality and affordable products to the table of our people throughout the year. Now we will get acquainted with the technology of natural and artificial extraction of grapes from the black currant variety.

Текст научной работы на тему «UZUMNING MAYIZBOP (QORA KISHMISH) NAVIDAN TABIIY VA SUN’IY RAVISHDA MAYIZ TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

UZUMNING MAYIZBOP (QORA KISHMISH) NAVIDAN TABIIY VA SUN'IY RAVISHDA MAYIZ TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI Xudoyberdiyeva Laylo Abdisamatovna.

Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti o'qituvchisi Botirova Nargiza Abdumo'min qizi.

Toshkent davlat agrar universiteti 3- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7207585 Annotatsiya. Ushbu maqolada turli xil uzumning mayizbop navlarini zamonaviy texnologiyalar va an'anaviy usullaridan foydalangan holda tabiiy va sun'iy ravishda qurutib mayiz tayyorlash texnologiyasi to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Biz tabiiy yoki sun'iy usullardan samarli foydanlanib ko'zda tutilgan asosiy maqsad bo'lgan sifat jihatidan yuqori va hamyonbop bo'lgan mahsulot olib uni aholimiz dasturxoniga yil davomida yetkazib berishdan iboratdir. Hozir biz uzumning qora kishmish navidan tabiiy va sun'iy ravishda magiz olish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz.

Kalit so'zlar: uzum qurutish, nav, qora kishmish, mayiz, tizim, tabiiy, sun'iy, bosqich, usullar, texnologiya.

ТЕХНОЛОГИЯ ПРИГОТОВЛЕНИЯ ИЗЮМА НАТУРАЛЬНОГО И ИСКУССТВЕННОГО ИЗ ВИНОГРАДА СОРТА КИШМИШ (ЧЕРНЫЙ ИЗЮМ) Аннотация. В данной статье представлена информация о технологии естественной и искусственной сушки изюма с использованием современных технологий и традиционных методов. Используя естественные или искусственные методы, главная цель - поставлять качественные и доступные продукты на стол наших людей в течение всего года. Теперь познакомимся с технологией естественного и искусственного извлечения винограда из сорта черной смородины.

Ключевые слова: сушка винограда, сорт, черная смородина, изюм, система, естественная, искусственная, стадия, приемы, технология.

THE TECHNOLOGY OF NATURAL AND ARTIFICIAL PREPARATION OF RAISINS FROM THE RAISIN (BLACK RAISIN) VARIETY OF GRAPES Abstract. This article provides information about the technology of natural and artificial drying of raisins of various types of grapes using modern technologies and traditional methods. Using natural or artificial methods, the main goal is to bring high-quality and affordable products to the table of our people throughout the year. Now we will get acquainted with the technology of natural and artificial extraction of grapes from the black currant variety.

Key words: grape drying, variety, black currant, raisin, system, natural, artificial, stage, methods, technology.

KIRISH

Hozirgi kunda qishloq xo'jaligi sohasining jadal rivojlanib kelayotgan bog'dorchilik yo'nalishini bir tarmog'i uzumchilik hisoblanadi. Uzumchilik bo'g'dorchilik eng qadimiy tarmoqlaridan biri bo'lib, hozirgi davrlarda ham ko'p rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning xo'lq xo'jaligidagi mavqeyi yuqori. Jahonda 84 tadan ortiq davlatlarda uzum yetishtiriladi. Uzumchilikning juda ko'p sohalari mavjud bo'lib ulardan biri uzumni qurutib mayiz tayyorlash hisoblanadi. Hozirgi kunda uzumdan tayyorlangan mahsulotlar sifat va ta'm

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

jihatidan yuqori baholanib, shu asosida unga bo'lgan talab ham o'z-o'zidan yildan yilga ortib bormoqda. Bu esa uzumni qayta ishlash sohasi tarmoqlarining rivojlanishiga juda katta turtki bo'lmoqda. Uzumning jada ko'p O'zbekiston muskati, Buvaki, Charos, Chillaki, Daroyi, Dili kabutar, Go'zal qora, Hasayni, Husayni, Kishmish, Oq kishmish, Parkent, Pobeda, Qorajanjal, Rizamat, Nimrang, Kattaqo'rg'on, Qirraburun, Toyfi, Tuyatishi, Chillaki va boshqa navlari mavjud bo'lib, uning mayizbop navlariga asosan oq va qaro kishmish , Parkent, Go'zal qora, Kattaqo'rgon, G'alaba , Sug'diyona kishmish kabilar misol bo'laoladi. Uzumning qurutilgan navlari oziq-ovqat sanoatida muhim ro'l o'ynaydi. Uzumning mayizbop qora kishmish navini uzum pishgan vaqtdan va uni qurutib mayiz holida ham iste'mol qilinganimizda o'ziga xos ta'mga va ko'rinish sifatga ega bo'ladi. Uzumning mayizbop qora kishmish navi mahalliy ertapishar xo'raki va mayizbop urug'siz na v hisoblanadi. O'simlikning tupi o'rtacha o'sadi. Qora kishmishning bargi o'rtacha, to'garak, o'rtacha kertikli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi o'rtacha bo'yi 18—25 sm, eni 11 — 13 sm, konussimon, shingillari g'avol. G'ujumi o'rtacha tig'iz, tuxumsimon, uchi to'mtoq, po'sti qora, yupqa, eti shirali, karsillaydi. Tarkibida 2 4 - 2 5 % qand bor, nordonligi 4,5 — 5,5%. Hosili 130-145 kunda, iyul oxiri— avgustning 2-yarmida to'liq pishadi. Uzumidan sifatli mayiz tayyorlanadi 25—27% mayiz chiqadi O'zbekistonning hamma viloyatlarida o'stiriladi. Hosilni yig ishtirib olish vaqti uning pishganligi yoki ma'lum bir mahsulot ishlab chiqarish uchun uzumdagi qand va kislota miqdorining kozlangan maqsadga to'g'ri keladigan miqdori kabi ko'rsatgichlari bilan belgilanadi. Yurtimiz iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tabiiy va sun'iy quritish texnologiyalari yuqori samara beadi. Chunki, yurtimizning geografik joylashuvi va quyoshli kunlarning ko'p bo'lishi qulaydir. Mayizbop uzum navlarini qurotish usullari turli xil bo'lib, ularni tabiiy va sun'iy usullarga ajratiladi. Qora kishmish mayiz ham tabiiy, ham quyoshda quritish, ham sun'iy ravishda harorat va kimyoviy ishlov berish orqali tayyorlanadi. Tabiiy quritilgan mayiz kamroq jozibador, chunki ular quyoshda quritilganida atrof-muhit ta'siriga duchor bo'ladi, lekin ular sun'iy ravishda qayta ishlanmagani uchun foydali xususiyatlari ko'proq.bo'ladi.

TADQIQOT METODI

Oftobi — tabiiy mayiz tayyorlash usuli, uzumni xech qanday mexaik va kimyoviy ishlov bermasdan turib, uzilgan holatda bevosita oftobda quritish usuli. Bu usul uzumchilikda tarqalgan bo'lib, asosan, qora kishmish uzum navlari quritiladi. Qora kishmish uzumi tez o'sadi, kasalliklarga kam chidamli, novdalari yirik va shigillari katta-katta o'rtacha vazni 173gr bo'ladi. Uzum boshlari uzib olinishdan avval hosildorligini yanada oshirish uchun tok barglari kamaytirilib ya'ni siyralashtirilib, sug'orish ishlarini to'tatib so'ng uzum boshlari uzib olinadi va saralanadi, zararlanganlari ajratiladi, havo o'tkazuvchi taxtadan yasalgan maydonga yoki taxta patnislar, bo'yra yoki somon suvoq qilingan joylarga bir tekis qilib yoyib qo'yiladi. 1 m2 maydonga 10-12 kg qora kishmish uzumi yoyiladi. Oradan 7—8 kun o'tgach, g'ujumlarning ust qismi so'lib, bir oz qorayadi. Shunda uzum boshlar ag'darib qo'yiladi, kozdan kechiriladi zararlanganlari ajratiladi va quriguncha shu holda takrorlanib turiladi. Quritish 20—25 kun davom etadi. Namligi 18% dan oshmaydigan qurigan mayiz shingil bandlari, xas-cho'plaridan tozalanib, idishlarga joylanadi. Kamchiligi shundaki bu tabiiy quritish usulida asosan mayda donali uzumlar quritiladi (qora kishmish), quritilayotgan uzumlar yog'ingarchilik changto'zondan himoya qilimaganligi bir qancha yo'qotishlarga sabab bo'lishi mumkin. Bu usul orqali tabiiy 22-25% qurutilgan mahsulot olish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qora kishmish navlarini uzumzorlarning o'zida qator orasida quritish, bu usulda uzumni yerbag'irlab shoxlari o'stiriladi ekinzorlar sxemasi ko'pincha qulay 3x3 yoki 3x2.5 m ekiladi. Texnik yetilagan uzumlarni qator orasiga qog'oz tushab ustiga terib olamiz. Har 1 m2 joyga 1016 kg uzum joylashadi. Har 8-10 kunda uzumlar boshida ko'zdan kechirilib ag'darib chiqiladi va naligi 18% ga yetganda ularni alohida olib shox, cho'plardan tozalanadi. Bu usuldan asosan Respublikamizning Samarqand viloyatida foydalaniladi afzalligi shundaki bu tabiiy va qator oralarida qurutish usulida boshqa tabiiy quritish usullariga nisbatan inson omili va resurs tejaladi.

Mayiz ishlab chiqarishning sun'iy usullari ularni yanada chiroyli va jozibali qilish bilan birga, ularga zararli moddalar qo'shadi, shuningdek, minerallar va vitaminlar darajasini pasaytiradi. Mayiz sun'iy ravishda qurilib ishlab chiqarilgan bo'lsa, uni ishlatishdan oldin uni yaxshilab yuvish kerak. Qora kishmish uzumini sun'iy qurutishda Objush usulidan foydalaniladi.

Objush usuli, bundan texnik yetilgan uzum boshi olinib bunda dastlab mevaga kaustik sodaning qaynayotgan suvdagi aralashmasi yordamida ishlov berilib, songra sortlarga ajratilib maxsus savatlarga 2-3 kg atrofida joylashtiriladi va 0.3 % kaustik sodali qaynayotgan qozonga solinadi va 3-4 sekund botirib olinadi. Natijada uzum boshining yupqa po'stida ingichka yorliqlar paydo bo'ladi hamda uzum donasi po'stidagi mumsimon g'ubor yo'qolib, namning tezroq bug'lanilishi kuzatiladi va quritish jarayonini tezlashtirishiga yordam beradi. Vaqt bo'lgandan so'ng qozondan savatlarni olib, eritma oqib ketishi uchun panjaralar ustiga bir necha daqiqaga qo'yilgandan keyin, yog'och patnoslarga bir tekis qilib yoyilib chiqiladi. Oradan 3-4 kun o'tgach uzumlarni ag'darib, tayyor bo'lgungacha quritiladi. Quritish 6-12 kun davom etadi. Quritilgan maxsulot chiqishi 25-26% ni tashkil qiladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekistonda iqlim sharoitining yaxshiligi, quyoshli kunlarning ko'pligi, namlikning ancha past bo'lishi yuqori sifatli uzum yetishtirish va ularni qayta ishlash ya'ni quritish usullarini qo'llashda yuqori samara beradi. qora kishmish navlarni quritishda birinchi oftobi usulni qo'llaganimda, quritish 20-25 kun davom etib, 2225% quritilgan maxsulot olinadi. Bu usulqulayligi ortiqcha harajat talab etmasligi bilan va ortiqcha texnikalarning talab etilmasligi bilan ajralib turadi. Biroq ochiq havoda quritilganligi uchun, yog'ingarchilik ro'y berishi hisobiga, ozgina noqulayliklar tug'dirishi mumkin. Ikkinchi usul bo'lgan uzumzorlarni o'zida qator orasida quritish bo'lib, terib olingan uzumlarni tranportirovaka qilmasdan tabiiy usulda kamharajatlilik bilan resurs va ishchilar sonini kamaytirish bilan birgalikda uzumni 18% namlik ko'rsatkichiga kelgancha quritiladi. Uchinchi usul sun'iy ravishda qurutish hisoblangan objush usulida quritish 9-16 kun davom etib oftobi usulga qaraganda quritish uchun 11-14 kun kamroq vaqt sarflanadi, quritilgan maxsulot chiqishi 25-26% ni tashkil etadi.

REFERENCES

1. Uzumchilik. Sh.Temurov. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2002.

2. Uzum yetishtirish va mayiz quritishning zamonaviy texnologiyasi. R.M.Abdullayev va boshqalar. Toshkent 2013.

3. Agrobank tomonidan tayyorlangan " 100 kitob" to'plami

4. O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan mevauzum navlarining katalogi. Sulaymonov.B.A, Saimnazarov.Yu.B. Toshkent 2016.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5. X.B.Shoumarov, S.Ya.IsIamov. "Qishloq xo'jaligi mabsuiotiarmi

saqlash va birlamcfai qayta ishlash texnologiyasi". Toshkent: «Inovatsiya-Ziyo", 2020, 200 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.