Научная статья на тему 'UZUMNING XO‘RAKI NAVLARI, ULARNI ANANAVAIY XALQ USULI XISOBLANGAN SUV TO‘LDIRILGAN IDISHLARDA (BAKLAJKA USULI) SAQLASHNI TEXNOLOGIK SXEMASI, QO‘SHIMCHA TAVSIYALARI'

UZUMNING XO‘RAKI NAVLARI, ULARNI ANANAVAIY XALQ USULI XISOBLANGAN SUV TO‘LDIRILGAN IDISHLARDA (BAKLAJKA USULI) SAQLASHNI TEXNOLOGIK SXEMASI, QO‘SHIMCHA TAVSIYALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1028
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Termometr / psixrometr / penitrometr / shtangensirkul / suv to‘ldirilgan idishlar / xavo yostiqchalari / so‘rilar / ichimlik suvi / tuman / xavo xarorati / saqlash mobaynida elektr energiyasi sarflanmasligi. / Thermometer / psychrometer / penitrometer / caliper / water-filled containers / airbags / chairs / drinking water / fog / air temperature / no electricity consumption during storage

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Azizov, A.Sh., Toshmatov, B. A.

Mazkur maqolada, bugungi kunda Respublikamizda uzumning xo‘raki navlarini an’anaviy tabiiy xolda saqlash usullari, ularni texnologik sxemasi va qo‘shimcha tavsiyalari uning o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGICAL SCHEME OF STORAGE OF VINE VARIETIES, THEIR STORAGE IN WATER-FILLED VESSELS, WHICH IS A TRADITIONAL FOLK METHOD, ADDITIONAL RECOMMENDATION

This article provides information on the traditional methods of preservation of edible varieties of grapes in the Republic today, their technological scheme and additional recommendations, its specific features and advantages.

Текст научной работы на тему «UZUMNING XO‘RAKI NAVLARI, ULARNI ANANAVAIY XALQ USULI XISOBLANGAN SUV TO‘LDIRILGAN IDISHLARDA (BAKLAJKA USULI) SAQLASHNI TEXNOLOGIK SXEMASI, QO‘SHIMCHA TAVSIYALARI»

Scientific Journal Impact Factor

UZUMNING XO'RAKI NAVLARI, ULARNI ANANAVAIY XALQ USULI XISOBLANGAN SUV TO'LDIRILGAN IDISHLARDA (BAKLAJKA USULI) SAQLASHNI TEXNOLOGIK SXEMASI, QO'SHIMCHA

TAVSIYALARI

A.Sh. Azizov1, B. A. Toshmatov2

Toshkent davlat agrar universiteti "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va

qayta ishlash" kafedrasi professori1 Toshkent davlat agrar universiteti "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash" kafedrasi magistranti2 E-mail: toshmatovb6264@gmail.com

Mazkur maqolada, bugungi kunda Respublikamizda uzumning xo 'raki navlarini an 'anaviy tabiiy xolda saqlash usullari, ularni texnologik sxemasi va qo 'shimcha tavsiyalari uning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Termometr, psixrometr, penitrometr, shtangensirkul, suv to 'ldirilgan idishlar, xavo yostiqchalari, so 'rilar, ichimlik suvi, tuman, xavo xarorati, saqlash mobaynida elektr energiyasi sarflanmasligi.

В данной статье представлена информация о традиционных способах сохранения съедобных сортов винограда в республике сегодня, их технологическая схема и дополнительные рекомендации, его особенности и преимущества.

Ключевые слова: термометр, психрометр, пенитрометр, штангенциркуль, емкости с водой, подушки безопасности, стулья, питьевая вода, туман, температура воздуха, отсутствие потребления электроэнергии при хранении.

This article provides information on the traditional methods of preservation of edible varieties of grapes in the Republic today, their technological scheme and additional recommendations, its specific features and advantages.

Keywords: Thermometer, psychrometer, penitrometer, caliper, water-filled containers, airbags, chairs, drinking water, fog, air temperature, no electricity consumption during storage.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Hisob-kitoblarga ko'ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar ko'p daromad olish imkoniyati mavjud. Bunga ko'ra soxani yanada takomillashtirish maqsadida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 martdagi «Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi PQ-4239-son qarori qabul qilingan edi.

Xo'raki uzum mevalarini saqlashda resurs tejamkor, uzum mevalari sifatli va uzoq muddat saqlanadigan, kam energiya sarflanadigan usullardan foydalanish ushbu qaror ijrosini taminlashga hizmat qilishi shubhasiz. Yuqorida sanab o'tilgan avfzalliklarga ega bo'lgan usullardan biri uzumning xo'raki navlarini suv to'ldirilgan idishlarda (baklajka usulida) saqlash usulidir.

Xo 'raki uzumlar hech qanday qo'shimcha qayta ishlovlarsiz, yani asosan pishib-etilgan paytida sarxil holatda istemol qilinadi. Shuningdek, ho'raki uzumlar dasturxonning ko'rki sanaladi xamda ularni to'g'ri texnologik jarayon asosida sifatli saqlab yil bo'yi istemol qilish mumkin. Ushbu uzum navlariga asosan tashqi ko'rinishi va mazasiga qarab baxo beriladi. Shuningdek, tashish va saqlashga yaroqliligi hamda yetishtirish tannarxi, shuningdek istemol narxining yuqori bo'lmasligi ho'raki uzumlar uchun muhim ko'rsatkichlar hisoblanadi.

TADQIQOT USLUBLARI VA MATERIALLARI.

Respublikamizda yetishtirilgan xo'raki uzum navlarining fizik ko'rsatkichlarini aniqlash.

Xo'raki uzum navlari yetishtirilgan bog'ning xavo xarorati va nisbiy namligini aniqlash yani termometr va psixrometr uslubi. Uzum mevalarini uzishdan oldin bog' ichiga tashqi xavo xaroratini o'lchash uchun termometr va xavoning nisbiy namligini aniqlash uchun psixrometr jixozlari quyosh nuri tushmaydigan soya joyga osib qo'yiladi.

\aiMimiiii iiiaefiiiii iihmjiiii hhh aiiHKJiiiitjiHi tui iicuxpoMci p ita lauiKii \ano vapopa i mill ailHK.iaÜllHl all lepMOMi-i p vkii voi.iapn.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yetishtirilgan uzumning xo'raki navlarini qattiqlik darajasini aniqlaydigan penitrometr uslubi.Uzumning 1 dona mevasiga penitrometr jixozining uchki qismi uzum mevasining meva etini teshib kirgunicha sekin kiritaladi, meva etini teshib kirgandan so'ng penitrometrning shkalasiga qaraladi.

Yjvm MesacHHii Karin kji h ru h h aiiiiK.iaii.iiu an iieiiurpoivierp /Kiixo tii.

Yetishtirilgan uzum mevalarining umumiy o'lchamlari. Uzum mevasining geometrik o'lchamlari, ya'ni mevaning uzunligi, eni, uzum boshining uzunligi, shingildan uzum donigacha bo'lgan masofa shtangensirkul jixozi yordamida o'lchash uslubi qo'llanildi.

Yjvm MeBaciiiin reoMerpiiK yjiiaMJiapiuiH yJi*iaH;uiran uiTam emuipKyji

yKii\oi.iapii.

Yetishtirilgan uzum mevalarining fizik og'irlik o'lchamlari. Uzumning bir donasini o'rtacha og'irligi, 10 donasining o'rtacha og'irligi, bir bosh uzum mevasining o'rtacha og'irligi, idishlarning o'rtacha og'irligi va bir yashikka qadoqlangan uzum vaznining saqlashgacha va saqlashdan keyingi o'lchamlari

elektron tarozi yordamida o'lchash uslubi xam qo'llanildi.

889

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Узум BaiHiiHii улчандиган ■ ¡iponuiap

Sifatli uzum boshlarini ikkilamchi ko'p yillik zangi bilan birga kesish

Yashiklarga qo'yiladigan

yostiqchalar hamda

maxsus qog'ozlarni

Quyosh nuridan ximoyalangan

Toza ichimlik suvi

Honani asosan kechki salqinda shamollatib turish

Uzum boshlarini saralash

-v-

Saralangan uzum boshlarini idishlargaqadoqlash

Qadoqlangan xomashyoni tashish jarayoni

Qadoqlangan homashyoni saqlanadigan honaga olib kirish va mahsus so'rilar ustiga joylashtirish

Uzoq muddatli saqlangan uzum mevasini sifat ko'rsatkichlarini aniqlash va istemolchiga yetkazish

Yashiklarga 1-1.5 l xajmdagi plastmas idishlar (baklajkalar) ni kesib qo'yish

Yashiklar ichidagi plastmas idishlar (bakljkalar)ga suv quyish va bu ishni xar 10-15 kunda takrorlash

Qadoqlangan uzum boshlari sifatini nazorat qilib turish

Scientific Journal Impact Factor

1 jadval. Ho'raki uzum mevalarini suv to'ldirilgan idishlarda (baklajka usulida) saqlash jarayonini texnologik sxemasi

Uzumning xo'raki navlarini baklajka usulida saqlash uchun tavsiyalar:

Uzum mevasi keyingi yil xosili uchun hizmat qiladigan ikkilamchi ko'p yillik zanglar asasiy novdadan 1-2 bo'g'in qoldirilib kesiladi.

Saqlash uchun kesilgan zang qancha baquvvat bo'lsa suvni shimishi yaxshi bo'ladi, uzoqroq saqlanadi.

Zanglar yashikdagi idishlarga solingach dastlab idishning uchdan bir qismiga suv quyiladi, saqlanadigan xonaga kiritilib joylangandan so'ngina idishga to'ldirib suv quyamiz. Yashik tayyor xolatga keltirilib to saqlanadigan xonaga kirgunicha bir muddat vaqt talab etadi. Agar suv quymasak uzum bandi suvsizlanib qolishi mumkin. Aksincha boshidanoq idishga to'ldirib suv quyilsa, yashiklar qo'zg'atilgan paytlarda idishdagi suv chayqalish xisobiga yashik ichiga uzum bandlari va quruq qog'ozlar ustiga to'kiladi va namlikni oshirib yuboradi.

Yashiklarga joylangan uzum bandiga saqlash muddati yetmaguncha tegilmaydi, joyidan qo'zg'atilmaydi.

Saqlash uchun ajratilgan xona oltingugurt bilan dimlangan bo'lishi lozim.

Xona derazalari quyoshga teskari bo'lgani maqul.

Yashiklar tagiga 10 sm taxtadan so'ri qilinadi (paddonlar). So'rilarni yerdan ko'tarib turishi uchun tagiga banka idishlar qo'yilgani maqsadga muvofiq. Agar xonaga turli kemiruvchilar kiradigan bo'lsa u bankalardan chirmashib chiqa olmaydi. G'isht yoki taxtadan esa sichqonlar chirmashib chiqa oladi va ular butun boshli saqlanayotgan uzum mevalariga zarar yetkazishi mumkin. Yashiklar yerdan 20-25 sm balandlikda ko'tariladi.

• Vivmhii cvb iy.iiiipii.il au u ni m. lap.ia cnK.miii.

Saqlash uchun uzum zanglari kesilayotgan vaqtda bog'da 24-26 S issiq xarorat bo'lishi mumkin. Bunday xarorat paytida saqlanadigan xona xarorati 8-12 S iliqligi taminlangan bo'lishi lozim.

Xonaga yashiklar joylashtirilgach xonaning deraza va eshiklari quyosh nurini o'tkazmaydigan mato bilan yopiladi. Xonaga yorug'lik va issiq xavo kirmasligi kerak.

Xaroratni muntazam o'lchab turish uchun xonaga termometr qo'yiladi.

Saqlashning ilk kunlarida, kechki salqin tushgan paytda xona 3-4 soat shamollatiladi.

Qish oylarida esa xona kunduzi 1 soat shamollatiladi. Bunda xona xarorati muntazam o'lchab turiladi.

Baklajka usulida shamolni tabiiy xolda esishini taminlash muxim.

Kuchli shamol esgan va tuman tushgan paytlari xonaning eshik derazalari ochilmaydi. Tuman xona namligini oshirib yuboradi natijada uzum mevalari chirishi mumkin.

Baklajka usulida saqlanayotgan uzum mevalariga kuchli shamol tasir etsa uzum bandlari va donalarida qurish, so'lish alomatlari kuzatiladi. Bu usulda saqlanayotgan uzum mevalarimizga shamolning kuchli tarzda esishi mumkin emas.

Bazi kunlari tuman tushishi 2-3 kunlab davom etishi mumkin. Xonani esa shamollatishga to'g'ri keladi. Bunday vaziyatlarda ventilyatorlardan foydalanamiz. Ventilyatordan foydalanganda uni yashiklardan uzoqroq qo'yishimiz kerak va undan uzoq muddat foydalanib bo'lmaydi.

XULOSA

Uzum mevalarini baklajka usulida saqlashni ilk kunidan so'ngi kunigacha idishda (baklajkada) suv bo'lishi juda muxim. Saqlashni dastlabki kunlarida idishga 7-10 kunda suv quyib turiladi. Keyingi kunlarida 12-18 kunda suv quyiladi. Idishdagi suv tugab qolishiga yo'l qo'yilmaydi. Idishga xech qanday qo'shimchalarsiz oddiy ichimlik suvi quyiladi.

Baklajka usulida xo'raki uzum navlarini sentabr oyidan mart oyigacha saqlash mumkin. Bu usul serdaromad xisoblanadi chunki energiya sarfi va ortiqcha xarajatlarni talab etmaydi. Uzum mevalari g'arq pishgan mavsumda xusayni uzum navini 6-7 ming so'm atrofida sotib olib baklajka usulida yanvar-fevral oylarigacha saqlab 22-30 ming so'mdan sotish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2019 yil 14 martdagi PQ - 4239-sonli "Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo'jaligi kooperatsiyasini

rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori. - Lex.uz

892

Scientific Journal Impact Factor

2. Mup3aeB M.M h gp. AMnenorpa^ua Y36eKHcraHa. TamKeHT: «Y3ÖeKHCTaH»,

3. Oripov R, Sulaymonov I, Umurzoqov E. «Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi». Toshkent: «Mehnat», 1991.

4. AQShning USID xalqaro agentligining "Qishloq xo'jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish" AVC loyihasi doirasida bo'lib o'tgan "Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashda sovuqxonalarning o'rni, sohaning bugungi kun holati va istiqbollari" mavzusida ilmiy amaliy seminar Toshkent. 2020 y.

5. Azizov A.Sh. Meva va sabzavotlarni innovasion texnologiyalar asosida saqlash va qayta ishlash texnologiyalari ToshDAU tahririyat nashriyoti. - Toshkent - 2018. -

1984

b. 64

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.