Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA SANOATBOP UZUM NAVLARIDAGI KASALLIKLAR VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARINING AHAMIYATI'

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA SANOATBOP UZUM NAVLARIDAGI KASALLIKLAR VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
107
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzum / patogen / kasallik / fungisid / un-shudring / soxta un-shudring / antraknoz. / виноград / возбудитель / болезнь / фунгицид / мучнистая роса / ложная мучнистая роса / антракноз.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nizamiddinov, Kamoliddin, Boyjigitov, Fozil Muxammadiyevich, Botirov, Sodiq Ahmad O‘g‘li, Jalilov, Faxriyor Akmal O’g’li

Ushbu maqolada, Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzum navlaridagi kasalliklar va ularga qarshi kurash choralarining dolzarbligini, maqsadi, vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati to’g’risida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗНАЧЕНИЕ БОЛЕЗНЕЙ ТЕХНИЧЕСКИХ СОРТОВ ВИНОГРАДА И МЕРЫ БОРЬБЫ С НИМИ В УСЛОВИЯХ СУРХОНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

В данной статье описаны актуальность, цель, задачи, научная и практическая значимость болезней технических сортов винограда и меры борьбы с ними в условиях Сурхандарьинской области.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA SANOATBOP UZUM NAVLARIDAGI KASALLIKLAR VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARINING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

UO'K: 632:634.8:

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA SANOATBOP UZUM NAVLARIDAGI KASALLIKLAR VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARINING AHAMIYATI

Nizamiddinov Kamoliddin

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti assistenti Boyjigitov Fozil Muxammadiyevich Akademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

katta ilmiy xodimi Botirov Sodiq Ahmad o'g'li Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti assistenti

Jalilov Faxriyor Akmal o'g'li Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talabasi

Ushbu maqolada, Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzum navlaridagi kasalliklar va ularga qarshi kurash choralarining dolzarbligini, maqsadi, vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati to 'g'risida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: uzum, patogen, kasallik, fungisid, un-shudring, soxta un-shudring, antraknoz.

В данной статье описаны актуальность, цель, задачи, научная и практическая значимость болезней технических сортов винограда и меры борьбы с ними в условиях Сурхандарьинской области.

Ключевые слова: виноград, возбудитель, болезнь, фунгицид, мучнистая роса, ложная мучнистая роса, антракноз.

Uzumchilik qishloq xo'jaligining uzluksiz rivojlanayotgan serdaromad sohalaridan biri hisoblanadi. Xalqaro uzum va vino tashkiloti (IOGW - XUVT) ning ma'lumotlariga ko'ra, jahondagi uzumzorlar 9,5-10 mln gektarga teng bo'lib, yalpi mahsulot oxirgi yillarda 60-70 mln tonnani tashkil etgan. Dunyoda yetishtirilgan uzumning 80-90% qayta ishlash (vino, sok va boshqalar) uchun yuborilsa, 9-10% i yangi uzilgan holda iste'mol qilinadi hamda qolgan 5-6 % quritiladi. Bugungi kunda jahonda uzum yetishtirish bo'yicha yetakchi davlatlar Xitoy, Italiya, AQSH, Fransiya, Ispaniya va Turkiya hisoblanadi. Mayizbop navlar yetishtirish va mayiz tayyorlash

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'yicha Turkiya, AQSH va Eron ilg'or bo'lib, bu borada O'zbekiston 7-o'rinni egallaydi.

Bugungi kunda O'zbekistonda 140 ming gektardan ortiq uzumzorlar bo'lib, asosiy uzumzorlar Qashqadaryo, Curxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlariga to'g'ri keladi, bu yerlarda ko'proq qayta ishlash va quritish maqsadida uzum yetishtiriladi. Toshkent viloyatida va Farg'ona vodiysida esa yangi uzilgan holda iste'mol qilinadigan uzum navlarini yetishtirish ko'proq ommalashgan.

Endilikda sohibkor fermerlar zimmasiga uzum yetishtirishda uzum hosildorligini keskin ko'tarish, mahsulot sifatini yaxshilash, kishmish va mayiz tayyorlash hajmini oshirish, aholini hamda qayta ishlash sanoatini xom-ashyo bilan to'liq ta'minlab, yuqori sifatli mahsulotni chetga chiqarish yuklatilgan.

Tok o'simligi ham boshqa ekinlar singari o'suv hamda ularni saqlash d avrida bir qator zamburug'lar qo'zg'atadigan kasalliklar bilan zararlanib, bu kasalliklar ularning hosildorligini kamaytirish bilan birga ularning sifatini ham pasaytirmoqda. Tokning bir qator kasalliklari bo'lib, ular yosh nihollarni hamda vegetatsiya davrida barcha organlarini zararlaydi, bular jumlasiga un-shudring, saxta un-shudring, antiraknoz, serkosporoz, qora chirish, kulrang chirish, oq chirish, bakterial rak kasalliklari hamda noinfeksion kasalliklar kiradi. Shu bois hozirgi kunda tok kasalliklarini rivojlanishini o'rganish va uning fitopatogenlariga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqish zaruriyati keskin oshib bormoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tok kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo'yicha xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan ko'plab tadqiqotlar olib borilgan. Shu sababli respublikamiz sharoitida tok o'simligida kasallik tug'diruvchi tuproq fitopatogenlari tur takribini identifikatsiya qilish, ularni biologik xususiyatlarini o'rganish, dala sharoitida ularni doimiy monitoringini amalga oshirish hamda kasallik qo'zg'atuvchilarga qarshi fungitsidlar samaradorligini aniqlash hamda shu asosda qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish respublikamiz uchun dolzarb masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Shunday ekan hozirgi kunda har bir mintaqa sharoitida uzum kasalliklarini rivojlanishini o'rganish va uning fitopatogenlariga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda biz "Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzum navlaridagi kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari" mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqdamiz.

Biz tadqiqotimizda Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzum navlarining zamburug', bakteriyalar qo'zg'atadigan kasalliklarini tarqalishini va zararini aniqlash

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hamda kasallik qo'zg'atuvchilarining biologik xususiyatlarini o'rgangan holda ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirishni maqsad qilib oldik. Ushbu maqsadga erishishda quyidagilarni vazifa qilib belgiladik

> Tok ko'chatlarini kasallik qo'zg'atuvchi tuproq fitopatogenlarining sof kulturasini ajratish, ularning tur tarkibini an'anaviy va zamonaviy usullar yordamida aniqlash;

> Tok ko'chatlarini hamda mevasini dala va saqlash sharoitida fitopatogenlar qo'zg'atadigan kasalliklarini tarqalishi hamda zararini o'rganish;

> Tuproq fitopatogenlarini tok ko'chatlari va mevasiga nisbatan fitotoksikligini aniqlash;

> Laboratoriya sharoitida ajratilgan fitopatoginlarning sof kulturasiga fungitsidlarni ta'sirini aniqlash;

> Sun'iy zararlantirilgan infeksion fonda tok ko'chatlarining un-shudring kasalligiga fungitsidlarni ta'sirini aniqlash;

> Tok kasalliklariga qarshi dala sharoitlarida fungitsidlar samaradorligini aniqlash va shu asosda ularga qarshi kurash chorasini ishlab chiqish;

> Tok kasalliklariga qarshi qo'llanilgan kimyoviy fungitsidlarning agrotoksikologik tahlilini o'tkazish.

Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzumlar va ularning mahaliy hamda chetdan keltirilgan navlari tadqiqot ob'ekti hisoblanadi. Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzum navlaridagi kasalliklar, bu kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroorganizimlar va ularga qarshi qo'llaniladigan kimyoviy vositalar tadqiqotning predmeti hisoblanadi.

Ushbu ilmiy tadqiqot ishi Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti O'simliklar himoysi va qishloq xo'jalik maxsulotlari karantini kafedrasida, Surxondaryo viloyatidagi Oltinsoy, Termiz, Qumqurg'on tumanlarida joylashgan fermer xo'jaliklari dala maydonlarida olib boriladi. Tadqiqotlar Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzum navlari ekilgan dalalardan kasallangan o'simlik namunalari olinib tuproq patogenlari bilan kasallanish darajasi aniqlanib, nam kamerada kasallikni qaysi zamburug' keltirib chiqarishi aniqlanadi. Zamburug'larning turini aniqlashda quyidagi aniqlagichlardan foydalanildi A.A.^neBCKHH [1917], H.A.HanMOB [1937], H.M.nngonnnHKO [1953, 1977]. M.A.^HTBHHOB [1967].

Fitopatogen mikroorganizmlarni tur tarkibini aniqlash hamda kasalliklarga qarshi qo'llanilgan kimyoviy vositalarning agrotoksikologik tahlili Respublika yuqori texnologiyalar markazi (RYUTM), O'zRFA Genomika va bioinformatika markazi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

(GBM) hamda O'simlik moddalari kimyosi institutlarida (O'MKI) amalga oshirish ko'zda tutiladi.

Tajribalarda uzumni sanoatbop navlaridan, uzum yetishtirishda esa qabul qilingan an'anaviy va zamonaviy agrotexnik tadbirlardan foydalaniladi.

Tokda kasallik qo'zg'atuvchi fitopatogenlarga qarshi tashkiliy xo'jalik tadbirlar va fungitsidlar qo'llaniladi.

Tadqiqotlar mikologiya va fitopatologiya, o'simliklarni himoya qilish va sabzavotchilikda laboratoriya va dala tajribalari o'tkazish uchun qabul qilingan usullarga asoslanib tajribalar o'tkaziladi. Ayrim tadqiqot usullari modifikatsilanishi inobatga olinadi.

Surxondaryo viloyatida uzum kasalliklarini rivojlanishini o'rganish va uning fitopatogenlariga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqish ilmiy jihatdan o'rganiladi. Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzum navlaridagi kasalliklarning tarqalish rivojlanishi va keltiradigan zarari ilmiy jixatdan asoslab beriladi. Bu kasalliklarning qo'zg'atuvchilarini biologiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar yanada kengayadi va bu boradagi qilinadigan ishlarga ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzum navlarini yetishtirishda hosildorligini kamayishiga va hosil sifatini pasayishiga ta'sir qiluvchi patologik jarayonlarni boshqarish hamda kasallklarga qarshi amalga oshiriladigan tadbirlar bo'yicha takliflar va hosildorligini oshirish bo'yicha ishlab chiqarishga tavsiyalar beriladi.

Bugungi kunda respublikamiz qishloq xo'jaligini yuqori bosqichga ko'tarishda rersuslardan to'g'ri foydalanish, ekinlarni parvarishlashda ilmiy asoslangan, zararli organizmlarga qarshi takomillashgan kurash choralarini joriy etish, kam mablag' sarflab, yuqori va sifatli hosil yetishtirish shu kunning eng muhim muomolaridan biri hisoblanadi.

O'simliklarni himoya qilishda hamda qishloq xo'jalik ekinlarining zamburug'li kasalliklariga qarshi kurashib hosildorligini oshirishda fungitsidlar va tashkiliy xo'jalik tadbirlari asosiy o'rinni egallaydi. Surxondaryo viloyati sharioitida qishloq xo'jaligi ekinlari qatorida tokdan yuqori va sifatli hosil olishda kasallik qo'zg'atuvchi fitopatogenlarni tur takribini identifikatsiya qilish, ularni biologik xususiyatlarini o'rganish, kasallik qo'zg'atuvchilarga qarshi fungitsidlar samaradorligini aniqlash hamda shu asosda qarshi kurash tadbirlarini ilmiy asoslash zarur. Surxondaryo viloyati sharoitida sanoatbop uzum navlaridagi kasalliklar va ularga qarshi kurash

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

choralarini takomillashtirish natijasida sanoatbop uzum navlarining hosildorligi kasallangan bir tupdan olingan hosilga nisbatan 2-3 barobar oshishi va uzum navlarini yetishtirishda 85-90 foiz kasalliklardan himoya qilish kutilmoqda.

REFERENCES

1. Rahmatov A, Yusupov A, Boyjigitov F, Muxitdinov "Mevali bog'larni kasalliklardan himoya qilish tizimi" Toshkent 2018 y.

2. Sulaymonov B, Muxammadiyev B, Nosirova Z, "O'simliklarni himoya qilishda ilmiy tadqiqot ishlari" Toshkent 2019y.

3. Dala tarjibalarini o'tkazish uslublari. Uslubiy qo'llanma- Toshkent- 2017. 29-78 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.