Научная статья на тему 'XURMO MEVASINI KONVEKTIV USULDA QURITISH TEXNOLOGIYASI'

XURMO MEVASINI KONVEKTIV USULDA QURITISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Промышленные биотехнологии»

CC BY
124
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xurmo “Olov rang quyosh” / Xitoy shaftolisi / Fuyu va Tamopon / Zendji-marudan / Xiakumeni / S va R / kaliy / temir / fosfor / glyukoza / saxaroza.

Аннотация научной статьи по промышленным биотехнологиям, автор научной работы — Назаров А.М

Xurmo mevasini vatani Xitoy bo'lib u Yevropaga 19 asrda kirib kelgan. Uni “Olov rang quyosh” va Xitoy shaftolisi” ham deb atashadi. Fuyu va Tamopon bol`shoy navlari standart navimiz Xiakumeni quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha 27,8 28,8 % ni tashkil qildi. Boshqa navlar ichidan Zendji-marudan biroz nazorat navimizga yaqin ya'ni 24,8 % quritilgan maqsulot olishga erishildi. Bundan tashqari uning tarkibida S va R, kaliy, temir, fosfor, glyukoza, saxaroza, kal`tsiy va magniylar mavjud bo'lib inson organizmi uchun foydali hisoblanada.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XURMO MEVASINI KONVEKTIV USULDA QURITISH TEXNOLOGIYASI»

YDK:664.8+396.8

XURMO MEVASINI KONVEKTIV USULDA QURITISH TEXNOLOGIYASI

Назаров А.М.

К.х.ф.ф.д Тошкент давлат аграр университети qodiruz327@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10085045

Annotatsiya. Xurmo mevasini vatani Xitoy bo'lib u Yevropaga 19 asrda kirib kelgan. Uni "Olov rang quyosh" va Xitoy shaftolisi" ham deb atashadi. Fuyu va Tamopon bolshoy navlari standart navimiz Xiakumeni quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha 27,8 - 28,8 % ni tashkil qildi. Boshqa navlar ichidan Zendji-marudan biroz nazorat navimizga yaqin ya'ni 24,8 % quritilgan maqsulot olishga erishildi. Bundan tashqari uning tarkibida S va R, kaliy, temir, fosfor, glyukoza, saxaroza, kaltsiy va magniylar mavjud bo'lib inson organizmi uchun foydali hisoblanada.

Kalit so'zlar: Xurmo "Olov rang quyosh", Xitoy shaftolisi, Fuyu va Tamopon, Zendji-marudan, Xiakumeni, S va R, kaliy, temir, fosfor, glyukoza, saxaroza.

Аннотация. Родиной финиковой пальмы является Китай, а в Европу она попала в 19 веке. Назовите это «Аннотации цвета огня». Родина финиковая пальма Китай Абстракция. Родиной финиковой пальмы является Китай, а в Европу она попала в 19 веке. Он также известен как «огненное солнце» и китайский персик. Сорта Fuyu и Tamopon bolshoi составили 27,8 - 28,8% от производства нашего стандартного сорта сушеного продукта Xiakumeni. Среди других сортов 24,8% сушеных продуктов было получено из Зенджи-мару, что немного ближе к нашему контрольному сорту. Он также содержит S и R, калий, железо, фосфор, глюкозу, сахарозу, кальций и магний, которые считаются полезными для человеческого организма.

Ключевые слова: Пальма «Огненное солнце», китайский персик, Фую и Тамопон, Дзэндзи-марудан, Ксиакумени, S и R, калий, железо, фосфор, глюкоза, сахароза.

Abstract. Homeland date palm is China and it entered Europe in the 19th century. Call it "Fire color quAnnotation. Homeland of dates is China. Homeland date palm is China and it entered Europe in the 19 th century. It is also known as the "Fire Sun" and the Chinese Peach. Fuyu and Tamopon bolshoi varieties accounted for 27.8 - 28.8% of the output of our standard variety Xiakumeni dried product. Among other varieties, Zendji-maru yielded 24.8% dried product, which is close to our control variety. It also contains S and R, potassium, iron, phosphorus, glucose, sucrose, calcium and magnesium, which are considered beneficial for the human body.

Keywords: Palm "Fire-colored sun", Chinese peach, Fuyu and Tamopon, Zenji-marudan, Xiakumeni, S and R, potassium, iron, phosphorus, glucose, sucrose.

Kirish O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini to'g'risida qonuniga ko'ra keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xurmo mevasi — subtropik o'simlik bo'lib, uning juda ko'p turlari bor. Xurmo yovvoyi holda Xitoyda o'sib, undan Yaponiya va MDH davlatlarga

keltirilgan. Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirim va Qora dengiz qirg'oqlarida o'sadi. U barg to'kuvchi, 6-12 m baland o'suvchi, bir yoki ikki jinsli o'simlik. Gullari bir yillik novdalarda paydo bo'ladi.

Xurmo mevasi turiga va naviga qarab shakli, rangi va mazasini o'zgartiradi. Mevasi xo'lligida yeyiladi, kishi salomatligi uchun juda foydalidir.

Mevalari avval taxirrroq bo'lib, bir oz yetilib pishgandan keyin shirin bo'ladi. Urug'ini ekish va payvand qilish yo'li bilan ko'paytiriladi.

Ekilgandan so'ng 3-4 yilda hosilga kiradi. Subtropik o'simliklar ichida sovuqqa chidamli hisoblanadi. Ko'pchiligi chetdan changlanadi.

Mevasi bir yillik novdalarining uchida tugadi, noyabr oyida pishadi. Ko'pchilik navlarning mevasi terib olingandan keyin pishib yetiladi. Mevasi bog' qaychida qirqib olinib, keyin meva bandi bilan o'zib olinadi.

Xurmo ko'pda yer tanlamaydi, lekin unumdor tuproqli yerlarda yaxshi o'sib, mo'l hosil beradi. Xurmo mevasini ho'lligida va quritib iste'mol qilinadi.

Undan tashqari mevasi har xil murabbo kabi shirinliklar tayyorlashda ishlatiladi. Xurmo daraxtlari 18°S sovuqqa bardosh berishi mumkin. Sovuq 20°S yetganda uning bir yillik novdalari undan ham oshsa yer ustki qismi kuchli zararlanadi. Quruq havoga ancha chidamli, lekin tuproqda nam yetarlibo'lmaganda mevasini to'kib yuboradi. U yorug'sevar o'simlik. O'zbekiston sharoitida xurmozorlar barpo qilish ishlari fevral oyidan boshlandi.

Xurmozor asosan Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatida va Farg'ona vodiysida ko'proq tarqalgan. Lekin keying yillarda havaskorlar yordamida qishi sovuq bo'ladigan viloyat tomorqalarda ham ko'paytirishga kirishildi.

Xurmo quritish. Xurmo mamlakatimiz uchun nisbatan yangi o'simlik. Uning respublikamizda yetishtirila boshlaganiga uncha ko'p bo'lmaganligi sababli xurmo quritish yalpi rivojlanishga ulgurmagan. Xurmo mevalarini quritish ham istiqbolli soha hisoblanadi. Chunki xurmo mevalari tarkibida qand moddasining ko'pligi bilan mevali ekinlar orasida o'ziga xos o'ringa ega (Bo'riev X.CH, Rizaev R.M., 1996).

Quruq mahsulot tayyorlashning texnologik jarayonlari - uzish, tashish, saqlash, navlarga ajratish, yuvish, mevalarni kesish, dudlash, quritish, namini baravarlash, qutilarga joylab, saqlashga ko'yishdan iborat. Xurmo navlar Tamopan, Zenji-maru, Xiakume va Shing navlari qo'ritishga mos keladi.

Tadqiqod uslublari. Tadqiqotlar Toshkent Davlat Agrar Universitetining Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kafedrasi laboratoriyasida 2 xil usulda olib borildi:

I .Butun holatda archilgan holatda quritish;

II. Parrak qilib kesib quritish;

Tadqiqot natijalari. Ushbu tajribamizda ham xurmo mevasini quritish uchun O'zbekiston respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari davlat reestriga kiritilgan Zendji-maru, Xiakume, Tamopon boFshoy va introduktsiya qilingan Sheng, Fuyu, hamda Korolek xurmo navlaridan foydalanildi. Bu tanlangan navlarimiz asosan quruq moddasi 16% dan yuqori va mevasi qattiqligi jihatdan ajralib turadi. Tadqiqotimizda xurmoning Xiakume navi nazorat sifatida olindi.Tajribalar laboratoriya sharoitida elektr quritkichda o'tkazildi. Dastlabki variantimizda 6 ta xurmo navlarining mevalaridan quritish uchun 12 tadan 20 tagacha tanlab olindi va taroziga tortib o'lchab olindi. Har bir takroriylik uchun ham xuddi shunday tarzda xurmo mevalari ajratib olindi. Tajriba uchun ajratib olingan xurmo mevalari po'sti archilib alohida laboratoriya tarozisida tortib olindi. Keyingi bosqichda oldindan tayyorlab qo'yilgan patnislarga

butunligicha terib chiqildi va infraqizil nur yordamidagi konvektiv quritishga 40-450S da quritish uchun joylashtirildi. Ushbu haroratda xurmo mevalari 12 soat davomida quritildi. Tajribadan olingan natijalar quyidagi jadvalimizda aks etgan(l-Jadval).

Xurmo mevasini butun holatda elektr quritkichda quritish natijalari.

1-Jadval

№ Xurmo navlari Quritishga qo'yilgan xurmolar soni, dona Quritishga qo'yilgan xurmo mevalarining og'irligi, gr Quritilgan mahsulot chiqish miqdori, gr Quritishga ketgan vaqt, soat

1 Xiakume (nazorat) 10 1720 450 24

2 Zendji-maru 17 1650 410 24

3 Tamopon boF shoy 12 1420 395 24

4 Sheng 12 1570 300 24

5 Fuyu 11 1250 360 24

6 Korolek 13 1412 330 24

Tadqiqot davomida barcha xurmo navlari quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha turli

ko'rsatkichlarga ega bo'lishdi. Tajribada qatnashayotgan Fuyu va Tamopon boFshoy navlari standart navimiz Xiakume (nazorat)ni ortda qoldirib quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha 27,8 - 28,8 % ni tashkil qildi. Nazorat navimizda esa quritilgan mahsulot chiqish miqdori 26,1 % dan iborat bo'ldi. Tadqiqot davomida o'rganilgan boshqa navlar ichidan Zendji-marudan biroz nazorat navimizga yaqin ya'ni 24,8 % quritilgan maqsulot olishga erishildi. Quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha eng past natija Korolek - 19,1 % va Sheng - 23,3% navlarida kuzatildi .

Tadqiqotimiz davomida xurmo mevasini quritishda ikkinchi variant ya'ni parrak qilib kesib elektr quritkich uskunasida quritish bo'yicha olib borilgan tajriba natijalariga ko'ra eng yaxshi quritilgan mahsulot chiqish miqdori bo'yicha Xiakume (nazorat) - 25,9 % va Zendji-maru - 25,0% navlarida kuzatildi. Keyingi o'rinlarni Korolek va Fuyu navlari egallab 24,0 % dan 24,4 % gacha quritilgan mahsulot olishga erishildi.

Xurmo mevasini parrak qilib kesib elektr quritkichda quritish natijalari.

2. Jadval.

Quritishga Quritishga Quritilgan Quritishga ketgan vaqt, soat

№ Xurmo navlari qo'yilgan xurmolar qo'yilgan xurmo mevalarining mahsulot chiqish

soni, dona og'irligi, gr miqdori, gr

1 Xiakume (nazorat) 10 1850 480 24

2 Zendji-maru 17 1600 400 24

3 Tamopon boF shoy 10 3100 720 24

4 Sheng 13 1500 340 24

5 Fuyu 12 1250 300 24

6 Korolek 15 1310 320 24

Quritilgan mahsulot chiqish miqdori bo'yicha eng past ko'rsatkich Sheng va Tamopon boFshoy navlrida kuzatildi. Yuqoridagi olib borilgan tajribamizni fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari shakar miqdori 20-22%, S vitamini - 15.39 mg /%, kaliy - 100, natriy - 12,9, kaltsiy - 16,6, magniy - 9,3 va temir - 0,6. Shuni ham ta'kidlash kerakki, xurmo mevasi tarkibida yod miqdori yuqori -0,63 mg%, tashkil etadi. Quritilgan xurmo tanovvul qilish oshqozon-ichak trakti, jigar faoliyati,

ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi, buyrakdagi toshlardan xalos etadi, yurak faoliyatini mustahkamlaydi, gipertoniya va shishlarga qarshi, anemiya, yo'talga qarshi kurashadi va teri jinsiy bezlar faoliyatini tartibga soladi.

1-rasm Qo'ritish pichlarida olib borilgan tajriba.

Keyingi vaqtlarda xurmo mevalaridan sukat, ya'ni dastlab shakarlab, so'ngra quritilgan mevalar ishlab chiqarish keng urf bo'lmoqda. Buning uchun xurmo mevalari yuqoridagi singari terib olinadi, dastlabki ishlov beriladi, yuviladi va to'g'raladi. So'ngra to'g'ralgan mevalar 15-20 foizli shakarli suvda 20-25 daqiqa qaynatib olinadi va oftobda 5-6 kun quritiladi.

Bunday mevalar o'zining shirin va xush ta'mi bilan alohida ajralib turadi. Quritilgan xurmo mevalari boshqa barcha quritilgan mevalar singari salqin omborlarda maxsus karton qutilar yoki kraft qoplarga joylanib, sovutiladigan omborlarda 0-5 daraja haroratda va havoning nisbiy namligi 65 foizdan yuqori bo'lmagan o'y sharoitlarda saqlanadi (Trisvyatskiy L. A, Lesik B. V, Kurtina V. N. 1991).

XULOSA

O'tkazilgan ikki yillik tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, tajriba o'tkazilgan ikki yil davomida xurmo mevasin elektr quritkich uskunasida butun holatda quritish bo'yicha o'tkazilgan tajribada Fuyu va Tamopon bol shoy navlari standart navimiz Xiakume (nazorat)ni ortda qoldirib quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha 27,8 - 28,8 % ni tashkil qildi.

Tadqiqotimiznig ikkinchi variantida ikki yillik tajribalarimizda ya'ni xurmo mevasini elektr quritkich uskunasida parrak qilib quritish bo'yicha o'tkazilgan tajribada eng yaxshi quritilgan mahsulot chiqish miqdori bo'yicha Xiakume (nazorat) - 25,9 %o va Zendji-maru - 25,0% navlarida kuzatildi.

REFERENCES

1. Buriev X., Rizaev R. Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi. T.: «Mexnat», 1996.

2. Buriev X., Juraev R., Alimov O. Meva-sabzavotlarni saklash va ularga dastlabki ishlov berish. T.: «Mexnat», 2002.

3. Oripov R.O. va bosh. Kishlok xuj aligi mahsulotlarini saklash va kayta ishlash texnologiyasi. T. : «Mexnat», 1991.

4. Ostonakulov T.E., Narzieva S.X. Mevachilik asoslari. Ukuv kullanma. T.: 2010.

5. Buznashvidi P.SH., Ustinnikov V.D., Stepanov V.N. Ekstrudirovannie produkti Pishevaya

promishlennosf. 1990. ? 2. S.41.

6. Burtsev A.V. Sovershenstvovanie texnologii ekstrudirovannix produktov na osnove rostiteFnogo i jivotnogo sirya. Avtoref. Diss. Kand. Texn. Nauk. - Krasnodar: KubGTU, 2003. - 24s.

7. Vasilenko V.N. Razrabotka i nauchnoe obosnovanie sposoba polucheniya ekstrudiprovannix goroxovix palochek s belkovoy dobavkoy. Avtogref Diss. Kand. Texn. Nauk. - Voronej: VGTA .2003. - 17s

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.