Научная статья на тему 'BADIIY KULOLCHILIK TARIXI'

BADIIY KULOLCHILIK TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
21
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Neolit davri / kulolchilik tarixi / naqsh / badiiy san’at / kulol

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tursunoy Sabirhodjayeva Tojitdin Qizi

Qadim tarixga ega bo’lgan kulolchilik va uning an’analari haqida ushbu maqolada yoritiladi.Dastlabki ish qurollar orqali yasalgan buyumlarni insonlar tomonidan turmush tarzida foydalanilganidan tarix guvohlik beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY KULOLCHILIK TARIXI»

BADIIY KULOLCHILIK TARIXI

Tursunoy Sabirhodjayeva Tojitdin qizi Andijon Davlat Universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10906858

ARTICLE INFO

Received: 31st March 2024 Accepted: 31st March 2024 Published: 2nd April 2024

KEYWORDS Neolit davri,kulolchilik

tarixi,naqsh,badiiy san'at,kulol

ABSTRACT

Qadim tarixga ega bo'lgan kulolchilik va uning an'analari haqida ushbu maqolada yoritiladi.Dastlabki ish qurollar orqali yasalgan buyumlarni insonlar tomonidan turmush tarzida foydalanilganidan tarix guvohlik beradi.

Insonlar kulolchilik bilan neolit davridan beri shug'ullanib keladi. Maxsus loyli buyumlar qo'lda yasalgan, quritib olovda qizdirilgan. Kulolchilikda ishlatiladigan tuproq jahonning hamma

yerlarida mavjudligi deyarli hamma xalqlarda kulolchilikning keng tarqalishini ta'minladi. Kulolchilik bilan dastlab ayollar shug'ullangan, kulollik charxining paydo bo'lishi bilan erkaklar ham bu ishga jalb qilingan. Idishlar maxsus o'choq va xumdonlarda pishirilgan. Kulolchilikning sodda usullari Osiyoning tog'liq hududlarida yashovchi xalqlarda hozir ham mavjud. Neolit davriga oid qarorgohlarning qazib topilgan qoldiqlari o'sha davrda idishlarning tagi uchli qilib tayyorlanganligini ko'rsatadi (idishlar yerga suqib qo'yilgan). Eneolit davrida Sharq mamlakatlarida, Yunonistonda nafis sopol idishlar tayyorlash, sopoldan me'morlikda foydalanish avj oladi. Sirlash usullari kashf etilgach, kulolchilik buyumlarining badiiy qiymati osha bordi. Kulolchilikda asosiy xomashyo - tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha bo'lgan tuproqlardan turli xil kulolchilik mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha ko'p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi bo'ladi.

Kulolchilikda asosiy qurol kulolning charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi.

Kulollik charxi - kulollikda ishlatiladigan dastgoh; kulolning asosiy ish quroli, maxsus loydan ishlanadigan idishni shaklga solishda foydalaniladi.Kulollik charxi ikki yog'och g'ildirak-katta parrak (diametri 1 metrgacha) va kichik sartaxta diametri (20-30 sm) hamda g'ildiraklarning markazidan o'tgan dumaloq xarsang toshga o'rnatilgan o'qdan iborat. Kulol pasdagi katta g'ildakni oyog'i bilan aylantiradi, yuqoridagi g'ildirak ustiga loyni quyib idish yasaydi. Kulolchilik charxi ilk bor Qadimgi Sharqda milloddan avvalgi 4-3 ming yillikda paydo bo'lgan, u dastlab qo'lda aylantirilgan. Keyinchalik o'rta asrlarda oyoq bilan aylantiradigan xili-hozir qo'llanilayotgan Kulolchilik charxi yuzaga kelgan

Afrosiyob va O'rta Osiyoning boshqa yerdarida topilgan arxeologik qazilmalar 9—12-asrlarda kulolchilik bu yerlarda ancha rivojlanganligini ko'rsatadi, 13-asrda mo'g'ullar hujumlari oqibatida nisbatan sekin rivojlangan kulolchilik 14—16 asrlarda ancha taraqqiy etdi. O'rta

Osiyoning bo'linib ketishi o'zaro aloqalar susayishini keltirib chiqardi, lekin hunarmandchilik (ayniqsa, kulolchilik) rivojlanishda davom etdi. Turli joylarda kulolchilikning turlicha uslublari vujudga keldi. Xalq ustalari ko'plab idishlar tayyorlash bilan birga ularni yuksak did bilan bezadilar. Rossiyadan ko'plab chinni mahsulotlar keltirilishi O'rta Osiyo kulollari bozorini birmuncha susaytirdi. Biroq arzon sopol idishlarga bo'lgan talab, ayniqsa, me'morlikda kulolchilik mahsulotlarining keng qo'llanilishi kulolchilikning uzluksiz rivojlanishini taqozo etdi.

O'rta Osiyoda, ayniqsa, o'zbeklar va tojiklar yashaydigan joylarda kulolchilik taraqqiy etdi. Qoratog', Panjakent, Samarqand, Kitob, Shahrisabz, G'ijduvon, Xorazm, Toshkent G'urum saroy, Rishtonda sopol idishlarni sirlab bezatishning o'ziga xos uslublari vujudga keldi. Bu markazlarda tayyorlangan kulolchilik buyumlari pishiq, chiroyli, nafis siri, ko'rkam naqshlari bilan diqqatni tortadi

20-asrning 20-yillaridan kulollar mehnatini tashkil etishga e'tibor berildi. Toshkentda tajriba kulollik, Samarqandda kulollik ustaxonalari ochildi, Toshkentda o'quv ishlab chiqarish, badiiy kti ishga tushdi (1932), qisqa muddatli kurslar tashkil qilindi, kulollar tayyorlash, ularning malakalarini oshirish yo'lga qo'yildi. T. Miraliyev (Toshkent), R. Egamberdiyev, A. Hazratqulov (Shahrisabz), Muhammad Siddiq, Usmon Umarov (G'ijduvon) singari kulollar yoshlarga ta'lim berdi. Kulolchilikni tadqiq etish, rivojlantirish hamda yoshlardan kulollar tayyorlashda O'zbekiston xalq rassomi Muhiddin Rahimovning xizmatlari katta.

Arxeologik materiallar kulolchilik mahsulotlarining asrlar davomida takomillashib borganini ko'rsatadi. Davr kulolchilik mahsulotlariga, uning turi va bezaklariga katta o'zgarishlar kiritdi. O'tmishda tayyorlangan shamdon, qorachiroq, sarxona, jomashov, xum singari sopol idishlarga ehtiyoj qolmadi. Guldon, tovoq, lagan kabi sopol idishlar va buyumlarga ehtiyoj katta. Me'morlikda ham kulolchilik mahsulotlari (koshin, parchin va boshqalar) keng ko'llanilmoqda.

Sopol lagan (10-asr, Afrosiyob). Budrochtepadan topilgan sopol idishlar (Surxondaryo). Kulollik buyumlari (20-asr).

Hozirgi kunda badiiy bezatish usuli, shakli va tayyorlanish usullariga ko'ra quyidagi kulolchilik maktablari mavjud: Farg'ona (asosiy markazlari — Rishton, G'urumsaroy), Buxoro-Samarqand (asosiy markazlari — Samarqand, Urgut, G'ijduvon, Uba), Xorazm (asosiy markazlari — Madir, Kattabog' qishloqlari), Toshkent. Har bir maktab o'zining rivojlanish va ijodiy tamoyillari, yetakchi markaz va ustalari, o'zigagiva xos xususiyatlariga ega bo'lish bilan birga asosiy badiiy umumiylikni ham saqlagan.

Farg'ona (Rishton)da kulolchilikning an'anaviy badiiy va ishlab chiqarish usullari qayta tiklandi, ishkrrli sir tayyorlash yo'lga qo'yildi. M. Ismoilov, I. Komilov, U. Ashurov, U. Qosimov, Sh. Yusupov, A. Nazirov, M. Saidov va boshqa ustalar yaratgan buyumlar (lagan, kosalar, don mahsulotlari uchun katta xumlar) shakl jihatidan ham, bezak jihatdan ham rangbarangdir.

G'urumsaroy kulolchilik buyumlariga bezakning mahobatli oydinligi va soddalik xosdir, bu maktab vakili usta M. Turopov sir tayyorlashdan tortib to naqsh chizishgacha bo'lgan barcha ishlarni faqat an'anaviy usulda bajargan, bu an'anani uning shogirdi V. Buvayev va boshqalar davom ettirmoqda, yangi ijodiy yangiliklar yaratishda izlanmoqda (jumladan, mahobatli laganlar hajmini kichraytirish va boshqalar).

Buxoro-Samarqand kulolchilik maktabi buyumlarining jarangdor nafisligida qo'rg'oshinli sir va sarg'ish-yashil, jigarrang bo'yoqlar muhim o'rin tutadi. "Afrosiyob sopoli" an'analariga asoslanib tayyorlanilgan buyumlar bezagida o'simliksimon naqshlar yetakchilik qiladi, handasiy naqshlar, hayvonlar tasvirlari kam ishlatiladi. Ular, asosan, G'ijduvon kulolchiligida qo'llaniladi. G'ijduvon, Shaxrisabz ustalari mo'yqalamda ishlasalar, Urgut, Denov ustalari chizma naqshlarni ko'p qo'llaydilar. G'ijduvonlik aka-uka Alisher va Abdulla Narzullayevlar an'analarni saqlash, rivojlantirish va vorislarga yetkazishda samarali mehnat qilmoqda. Ustalar idishlar tubiga hayvonlarning soddalashtirilgan shakli yoki ayrim qismlarini joylashtiradilar ("dumi burgut", "murg'i safid", "boyqush", "guli tovus" va boshqalar), bu shakllar gulsimon naqshga o'xshab ketishi bilan diqqatga sazovor. Narzullayevlar yaratgan buyumlarda yangilikni his qilish, an'anaviy shakllarga erkin munosabatda bo'lish kabi xususiyatlar aniq ko'zga tashlanadi. Buxoro-Samarqand kulolchilik maktabi boshqa maktablardan sopol xushtak o'yinchofilar ishlanadigan markazining borligi bilan ajralib turadi. H. Raximova an'analarini uning o'g'illari va shogirdi K. Boboyeva davom ettirmokda, ularning ijodida an'anaviylikni saqlagan holda o'ziga xos mahorat ham kuzatiladi, bu ranglarda, shakl mujassamotida, yechimning mukammalligi va o'lchamlarning barqarorligida namoyon bo'ladi.

Xorazm kulolchilik maktabi o'ziga xos badiiyligi, bezaklar rangi va ishlanish uslubi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi; uning milliy shaklli o'ziga xos buyumi bodiyadir; naqsh mujassamoti handasiy va o'simliksimon naqshlardan iborat, buyumning markaziy qismiga arabeska girih tushirish ushbu maktabga xos uslublardan. Usta R. Matchonov (Madir qishlog'i) buyumlarga to'q rang ishlatgan, buyum bezagida havo rang yoki rangning o'ziga xos to'q tusi ustunlik qiladi. S. Otajonov (Kattabog' qishlog'i) oq angobdan ko'proq foydalanadi.

20-asrning 80-yillarida kulolchilik markazlarida ishlar birmuncha susaydi. 1990-yillarda O'zbekistonda an'anaviy qadriyatlarga e'tiborni qaratilishi bu sohaning rivojlanishini ta'minladi. O'zbekiston Respublikasida an'anaviy amaliy san'at asarlari ko'rgazmasi (Respublika yarmarkasi)ga asos solindi. 1995-yildagi 1-Respublika yarmarkasida (BMTning 50 yilligiga bag'ishlandi) barcha kulolchilik maktabining vakillari ishtirok etdi. Ustalardan R. Zuhurov (Denov), M. Turopov (G'urumsaroy), I. Komilov (Rishton), Alisher va Abdulla Narzullayevlar (G'ijduvon), Namoz va No'mon Oblokulovlar (Urgut), R. Matchonov (Xorazm), A. Raximov (Toshkent) maxsus tayyorlangan "Usta guvohnomasi"ga sazovor bo'ldi. 1997-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq badiiy hunarmandchiliklari va

amaliy san'atni yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni barcha sohalar qatorida kulolchilik an'analarini rivojlanishiga samarali turtki bo'ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Razvodovskiy V., Opit issledonaniya goncharnogo i nekotorix drugix kustarnix promislov v Turkestanskom kraye, T., 1916;

2.Raximov M. K., Varodnie traditsii v sovremennoy xudojestvennoy keramike O'zbekistova, T., 1964;

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 1, Issue 5, April 2024

Page 19

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.