Научная статья на тему 'BADIIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN DIDAKTIK TALABLAR XUSUSIDA'

BADIIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN DIDAKTIK TALABLAR XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jahon adabiyoti / kompetensiya / tahlil / rivojlantirish / didaktik talablar / ma’ruza / amaliy mashg‘ulot. / world literature / competence / analysis / development / didactic requirements / lecture / practical classes.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulnoza Bobonazarova

Bugungi kunda jahon adabiyoti namunalarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Talabalarda badiiy asar ustida ishlash jarayonida o‘z fikr va mulohazalarini bildirish orqali badiiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda uni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada jahon adabiyoti asosida badiiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qo‘yiladigan didaktik talablar borasida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Nowadays, interest in studying examples of world literature is growing. It is important to develop and improve literary competence in students by expressing their thoughts and opinions in the process of working on a literary work. This article discusses didactic requirements for the development literary competence based on examples of world literature.

Текст научной работы на тему «BADIIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN DIDAKTIK TALABLAR XUSUSIDA»

BADIIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHGA QO'YILADIGAN DIDAKTIK TALABLAR XUSUSIDA Gulnoza BOBONAZAROVA

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Jahon tillari va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11100507

Annotatsiya. Bugungi kunda jahon adabiyoti namunalarini o'rganishga bo 'lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Talabalarda badiiy asar ustida ishlash jarayonida o'z fikr va mulohazalarini bildirish orqali badiiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda uni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada jahon adabiyoti asosida badiiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qo'yiladigan didaktik talablar borasida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: jahon adabiyoti, kompetensiya, tahlil, rivojlantirish, didaktik talablar, ma'ruza, amaliy mashg'ulot.

Abstract. Nowadays, interest in studying examples of world literature is growing. It is important to develop and improve literary competence in students by expressing their thoughts and opinions in the process of working on a literary work. This article discusses didactic requirements for the development literary competence based on examples of world literature.

Key words: world literature, competence, analysis, development, didactic requirements, lecture, practical classes.

Talabalarda jahon adabiyoti asosida badiiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qo'yiladigan didaktik talablar haqida yoritishdan avval ushbu so'zlarning izohiga e'tiborni qaratamiz. "Didaktika" so'zi grekcha "Didaktikos" so'zidan olingan bo'lib, "O'qitish, o'rgatish" degan ma'noni bildiradi [5]. Didaktikaning o'rganish ob'ekti o'quv jarayoni, o'quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, o'qitish tamoyillari, metodlari va shakllari hisoblanadi. Didaktik talablar quyidagilardan iborat:

1. Mashg'ulotning ta'limiy-tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash. Har bir dars aniq maqsadni ko'zlagan holda puxta rejalashtirilishi lozim. Bu jarayonda o'qituvchi darsning ta'limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi.

2. Ma'ruza ma'lumotlarini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish.

3. Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarning mohiyatini talabalarning mustaqil fikrlab o'zlashtirishiga erishish. Agar talaba muammoli vaziyatni o'zining hayotiy tajribasiga tayanib yechadigan bo'lsa, u nafaqat talaba tafakkurini kuchaytiradi, balki uning xotirasida mustahkam saqlanib qolishiga ham sabab bo'ladi. Shu jarayonda qatnashadigan psixologik qonuniyatlardan yana biri-tafakkurni emotsional tomonini qamrab oladi. U ham bo'lsa, talaba muammoli vaziyatni o'zi mustaqil hal qilganda unda qiziqish, ya'ni o'z mehnatining mahsulini ko'rishdan qoniqish tuyg'usi paydo bo'ladi.

T.V.Kidyavtsev, I.Ya.Lerner, A.M.Matyushkin, M.I.Mahmutov singari olimlar muammoli vaziyatni psixologik o'rganish asosida hamda vaziyatdan chiqishga yo'naltirilgan qaror qabul qilish jarayoniga tayanib, ta'limning muammoli "tadqiqot" usulini taklif qilishdi. Mazkur ta'lim metodi talabani "ilk kashfiyotchi", "tadqiqotchi" qiyofasiga keltiradi va muammoni o'zi hal qilishga undaydi [2; 3]. Bu yerda o'qituvchining roli muammoli vaziyatni rejali maqsadga yo'naltirilgan holda tashkil qilishda yotadi. Shuningdek, u talabalar oldiga

masalani qo'yadi va zarur hollarda yordam ko'rsatish bilan ham shug'ullanadi. Bu usul bilimlarni egallash va tafakkurni rivojlantirish uchun yangi qulay usul hisoblanadi. Chunki bu vaziyatda talaba qandaydir darajada o'zgacha yangilikni o'zi kashf qiladi. Natijada talaba o'quv jarayonida ijodiy va qiziqish bilan yondashadi. O'tkazilgan tadqiqotlar va pedagogik tajriba-bu ta'lim usulining samarali ekanligini isbotladi. Yana shuni isbotladiki, har qanday talabaning tafakkurida minimal darajada bo'lsada, ijodkorlik elementlari mavjud ekan. Psixologiya fanida turli-tuman usullarini shunday yaxlit tizimi ishlab chiqilganki, bu tizim yordamida pedagoglar talabalarning o'quv faoliyatini muammoli vaziyatlarini mustaqil yechishga oqibatda, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga erishadilar. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, muammoli ta'lim standart "Ma'lumot uzatish" ta'limi bilan ziddiyatga bormaydi. Aksincha, u qonuniy holda an'anaviy (standart) usulda uzatiladigan materialni talaba aqliy qobiyatini faollashtiruvchi zaruriy vositaga aylantiradi. Birinchi navbatda, o'qituvchi "tayyor" bilimlar (ma'ruzalar)ni uzatadi, talaba esa ularni passiv holda o'zlashtiradi. Shundan so'ng o'zlashtirgan bilim xotirada mustahkamlanadi va nazariy holda amaliy o'quv topshiriqlarini yechish jarayonida qo'llaniladi. Shuning uchun ham bu usul bilimlarini o'zlashtirish va hayotda qo'llash uslubi deb ataladi. Muammoli ta'lim esa an'anaviy (standart) ta'lim usulida shu bilan farq qiladiki, u talabadan umuman ma'lum masalalarni yechishni talab qilmaydi, bu asosiy talab emas. Farq shundaki, bu usul talabalarga masalalarni yechish jarayoni ularning o'quv faoliyatida qanday o'rin tutishini tushuntirib beradi [4]. Muammoli ta'limda ma'lum bir muammo pedagogik rahbarligida talaba tomonidan mustaqil o'zlashtiriladi.

4. Ma'ruza ma'lumotlari talabalar tomonidan sodda tarzda qabul qilinishi va hayot bilan chambarchas bog'lanishiga erishish.

5. Mavzu mazmuniga mos ta'lim metodlarini tanlash bu metodlar asosan, qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo'lishi zarur. Ta'lim jarayoning doimiy ravishda qat'iy belgilangan va uzoq yillar davomida amal qilib, kelinayotgan vaqt davomida tashkil etilishi, mutaxassislik fani bo'yicha mavzularga har o'quv yilida takror murojaat qilinishi, talabalar ta'limiy faoligi hamisha ham yuqori darajada bo'lavermasligi kabi holatlar hatto o'qituvchining o'zida ham darsda tayyorlashga nisbatan befarqlikni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, fan dasturiga kiritilgan mavzular yoki talabalarga tanish bo'lmagan yangi mavzular ularda yana ham katta qiziqish uyg'otadi. Bu esa talabani o'z-o'zining mavzuga katta qiziqish bilan kirishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

6. Mavzu mazmuniga mos ta'lim vositalarini tanlash va ulardan ko'proq foydalanishga erishish.

7. Talabalarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o'rgatib borish. Dars juda tarixiy davr mobaynida bugungi kungacha davom etib kelayotgan ta'lim jarayoni hisoblanib, yildan yilga uning mazmuni va metodlari rivojlanib, sayqallanib kelmoqda. U shunday pedagogik jarayonki, jamiyat taraqqiyoti bilan hammohang ravishda mazmunan boyib takomillashib, har bir darsda talaba nimanidir o'rganadi, qandaydir yangi bilimlarni o'zlashtiradi, hamda uning zaminida xohish-istak, qiziqish, ma'lum maqsad sari intilish paydo bo'ladi. Shuningdek, dars talabani kelajak hayotga tayyorlaydi, ya'ni talaba darsning ishtirokchisi sifatida tarbiyalanadi, ma'naviy rivojlanadi. Zero, dars ma'lumdan noma'lumga bilishdan yana bilishga intilish sari doimiy ravishda davomli ta'lim jarayonidir.

8. Talabalarning dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, o'z tarixi, milliy urf-odatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o'rgatish.

9. Dars mavzusini boshqa o'quv fanlari bilan bog'liqligini ta'minlash.

10. Talablarni yaxlit ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.

11. Talabalarda dars mavzusini mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyatini tarkib toptirish.

12. Darsda talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yilgan talablarni to'liq bajarishga erishish [1].

Ushbu didaktik talablardan kelib chiqqan holda talabalarda jahon adabiyoti asosida badiiy kompetensiyalarni rivojlantirishda quyidagi jihatlar e'tiborga olinadi: - jahon adabiyoti namunalaridan - jahon xalq og'zaki ijodini keng o'rganish; - jahon adiblari tomonidan yaratilgan asarlar mohiyatini anglab yetish; - asarlarning tarbiyaviy ahamiyatini tushunish; - jahon adabiyoti durdonalarini bugungi kunda o'rganilish holatini kuchaytirish; - o'zbek tiliga tarjima qilingan jahon adabiyoti namunalari bilan tanishib chiqish.

Jahon adabiyoti namunalarini o'qitish bo'yicha tadqiqotlar ko'proq hamkorlikda hamda individual o'rganish, badiiy asarlar tahlili va imkoniyatlarini taqdim etish orqali namoyish etiladi. Talabalarni o'qitishni mazmunli va rag'batlantiruvchi sifatida ko'rishga majbur qiladigan tegishli maqsadlarga asoslanadi. Biroq, talabalar badiiy asar tahlilini o'rganishda uning mohiyatini, izohini va tarbiyaviy ahamiyatini tez o'zlashtira olishlari va kompetensiyalarga ega hamda o'quv muhitlariga tayyor bo'lishlari kerak. Aksariyat talabalar jahon adabiyotida badiiy asar tahliliga, so'zlarning izohiga, asrning o'rganilish tarixiga, jahon xalq og'zaki ijodini o'rganish yuzasidan texnologiyalardan samarali yoki qoniqarli foydalanish uchun yetarli bilim, ko'nikma va ishonchga ega emas. Shu bois, jahon adabiyoti namunalari asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ushbu jihatlarga kengroq e'tibor qaratmoq muhim sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Kurbanova B.X. O'quv mashg'ulotlarda didaktik talablardan va pedagogiK texnologiyalardan foydalanish. Scientific progress. 2021.2:1,1841-1849.

2. Mahmudova S. Jahon adabiyoti. Uslubiy qo'llanma. -Toshkent, 2018.

3. Матюшкин A.M. Психология мышления. Мышление как разрешение проблемных ситуаций. - Москва: КДУ, 2009. - 190 с.

4. Umarova N.Z. Talabalarning o'zbekcha yozma nutqini o'stirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish texnologiyasi (texnika oliy o'quv yurtlarining rusiyzabon guruhlarida): ped. fan. nom. ... diss. -Toshkent, 2007. - 133b.

5. Yo'ldoshev Q.B. Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta'lim maktablarida adabiyot o'qitishning ilmiy-metodik asoslari. Ped. fan. dokt. ... dis. - Toshkent, 1996. - 238 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.